Soliq va bojxona sohasini tartibga solishda mamlakatimizdagi savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik tizimi



Download 19,35 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi19,35 Kb.
#651393
Bog'liq
Qo\'ldosheva Farangiz TTYSI


Soliq va bojxona sohasini tartibga solishda mamlakatimizdagi savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik tizimi
Qo‘ldosheva F.F. (TTYeSI, Toshkent)
Ilmiy rahbar (consultant) – N.Z.Saydaliyeva, doktorant

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji konsullik yig‘imi tariqasida undiriladi.


Davlat bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat bojini to‘lovchilari – yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Davlat boji quyidagilardan undiriladi:
1. sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, organlarning va ular mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan berilgan shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan beriladigan apelyatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi shikoyatlar va arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaladan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun;
2. da’vo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish to‘g‘risidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalardan, iqtisodiy sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini olish to‘g‘risidagi apelyatsiya shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlarni ustidan berilgan apelyatsiya shikoyatlaridan;
3. notariuslar va O‘zbekison Respulikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;
4. fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun;
5. chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risida hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganligi uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan;
6. O‘zbekiston Respublikasining fuqaro pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berilganlik uchun;
7. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik uchun;
8. faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berilganlik uchun;
10. ov qilish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida ruxsatnoma berganlik uchun.
Soliq qonunchiligida umumiy yurisdiksiya sudlarida, iqtisodiy sudlarida, notarial harakatlar amalga oshirilganda, fuqarolik holati dalolatnomalarini, chet elga, chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berishda, konsullik yig‘imlari davlat bojini to‘lashdan qayd etishda va boshqa harakatlarni amalga oshirganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadigan holatlar belgilangan.
“Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatgichi bo‘yicha dunyoning 190 davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik. Shuningdek, 86 davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza tizimi joriy etilishi natijasida o‘tgan yili yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2016 yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko‘p demakdir” [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning o‘ziyoq yurtimizdagi soliq imtiyozlarini tartibga solish orqali mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini keng rivojlantirish bilan birgalikda yurtimiz nufuzini jahon hamjamiyati oldida yuqorilashiga ham xizmat qilgani shubhasiz.
Bugun O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Shubhasiz, ularga bojxona hamda soliq tizimida ham keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buni biz O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
“Biz yurtimizning har bir viloyatida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etdik. Bu hududlarda investorlar barcha turdagi soliq to‘lovlar va import bojlaridan ozod etilgan.
Hozirgi kunda 300 dan ziyod investorlar erkin iqtisodiy hududlarda yaratilgan qulay sharoitlardan foydalangan holda faoliyat olib bormoqda.
O‘tgan qisqa vaqt ichida biz savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga erishganimizni mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardim.
2017 yil yakuniga ko‘ra, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi 30 foizga o‘sib, 1,5 milliard dollarni tashkil etdi. Joriy yilning birinchini choragida esa bu ko‘rsatkich 20 foizga ko‘paydi. Turkiya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalarining umumiy hajmi 1,2 milliard dollardan oshdi.
Mamlakatimizda 500 ga yaqin qo‘shma shirkat faoliyat yuritmoqda, bulardan 59 tasi shu yilning birinchi choragida tashkil etildi.
Bir qator turk kompaniyalari bilan zamonaviy yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda” [2].
Bizning mamlakatimiz boy tarixiga ega bo‘lgan, islom dini zamirida tarixning yorqin zarvaraqlaridan joy olgani barchaga ma’lum. Biz savdo-sotiq tizimini dinda ham eng munosib hadislar bilan izohlab berilganini keltirib o‘tishni joiz deb bildik. Quyida Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning musulmon olamida Qur’oni karimdan keyin turuvchi ishonarli hadislar to‘plami, “Al-Jome’ As-Sahih” dan o‘sha vaqtlardagi soliq turlari va ularga aloqador manbalarni keltirib o‘tamiz:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Baxrayn (yerlar) dan ulush bo‘lib berganlari va Baxrayndan keltiriladigan mol va jizyadan in’om qilmoqni va’da qilganlari haqida. O‘ljalar va jiz’yalar kimlarga taqsim qilinadi?
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollalohu alayhi va sallam ansorlarni o‘z huzurlariga chaqirib, ularga Bahrayn (yerlari) dan ulush vasiyat qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Shunda ansorlar: “Yo‘q, Olloh taolo haqqi, toki Quraysh qabilasiga mansub birodarlarimizga ham (ya’ni, muhojir birodarlarimizga ham) bizga bo‘lib berayotganingizchalik yer ulushi bo‘lib bermas ekansiz, olmasmiz!”- deyishadi. Janob Rasululloh ularga: “Mendan keyin, sizlar istibdodni (ya’ni hukmdorlarning mol-dunyo orttirish birlan mashg’ul bo‘lib, o‘zlaringizni xoru zor va mutoj qilganlarini) ko‘rursizlar. Meni (Havzi Kavsar bo‘yida) uchratguningizga qadar sabr qilingizlar!” – dedilar.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollalohu alayhi va sallam menga: “Agar bizga Bahrayn moli kelsa, senga shuncha va shuncha va shuncha in’om qilurman” – der edilar. Ammo, o‘shal mol Janob Rasululloh vafot qilganlaridan so‘ng yetib keldi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu: “Janob Rasululloh kimga (Bahrayn molidan) bermoqni va’da qilgan bo‘lsalar, mening huzurimga kelsin!” – deb ovoza qildilar. Men Abu Bakr as-Siddiqni huzurlariga borib: “Janob Rasululloh menga: “Agar bizga Bahrayn moli kelsa, senga shuncha va shuncha in’om qilurman” – deb aytgan edilar”, - dedim. Abu Bakr as-Siddiq menga: “undan moldan bir hovuch ol”- dedilar. Men bir hovuch oldim. So‘ng: “sana, qancha erkan?” – dedilar. Men sanasam besh yuzta erkan. Keyin, Abu Bakr as-Siddiq menga (yana ikki hissa qo‘shib, jami) bir ming besh yuzta berdilar.”
Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Bahrayndan keltirishib erdi, ul zot: “Buni masjid hovlisiga to‘kib qo‘yingizlar!” – dedilar. Bul mol Janob Rasulullohga kelgan mollarning ichida eng ko‘pi erdi. Bir vaqt, (amakilari) Abbos qoshlariga kelib: “Yo Rasululloh, menga (bul moldan) beringiz, chunki men o‘zim uchun ham, Uqayl uchun ham fida to‘ladim”, - dedilar. Janob Rasululloh: “ (Mayli olingiz!) – dedilar. Abbos (ul moldan) etaklariga to‘ldirib soldilar-da, ko‘tarib ketmoqchi erdilar, ko‘tara olmadilar. Shunda ul zotga: “Biror kishiga buyuringiz, menga ko‘tartirib yuboringiz!” - dedilar. Ul zot: “Yo‘q”, - dedilar. Shunda Abbos (noiloj) etaklaridagi moldan ozginasini to‘kdilar-da, ko‘taraman deb yana ko‘tara olmadilar. Janob Rasulullohga (yana): “Biror kishiga buyuringiz, menga ko‘tartirib yuborsin!” – dedilar. Janob Rasululloh: “yo‘q”, - dedilar. Abbos: “Bo‘lmasa, o‘zingiz ko‘tartirib yuboringiz!” – dedilar. Ul zot: “yo‘q”, - dedilar. Abbos (noiloj) yana bir oz to‘kdilar-da, zo‘r-bazo‘r ko‘tarib ketdilar. Janob Rasululloh Abbosning ochko‘zliklaridan ajablangancha toki ko‘zdan g’oyib bo‘lgunlaricha ortlaridan qarab qoldilar”.
Yuqorida keltirilgan hadislar orqali insoniylik fazilatlarini halollikka bog‘lovchi ibratli voqeliklar orqali har qanday zamonda, har qanday holatda ham insonlarni to‘g‘ri yo‘lga chaqirishgan.
Soliqlar va bojlar tarixda inson sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanib, uning ajralmas qismi hisoblangan. Soliqlarning iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘ringa chiqishiga, avvalambor, davlatning, jamoalarning sinflarga bo‘linishi, qadimgi ijtimoiy tuzumning vujudga kelishi hamda ularning ma’lum moliyaviy manbaga ehtiyoj sezishlari sabab bo‘lgan. Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayonida ularning shakllari ham o‘zgarib kelmoqda. Agarda bugungi kunga kelib soliqlar asosan pul shaklida undirilayotgan bo‘lsa, ular qadimda bir qancha ko‘rinishlarda, jumladan, mehnat shaklida, natura shaklida undirilgan. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti yuksalishiga mos ravishda soliqlarning pulli shaklda undirilishi ham tobora rivojlanib bordi[3].
Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bevosita davlatchilik munosabatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi bog‘liq bo‘lib, uning sababi sifatida shuni qayd etish lozimki, davlatning mavjud bo‘lishi, davlat xarajatlarini moliyalashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Ma’lumki, davlatchilik munosabatlarining ilk ko‘rinishlaridan tortib hozirga qadar ham davlat xarajatlarini moliyalashtirishning soliqlardan boshqa samarali mexanizmi mavjud emas. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Markaziy Osiyo hududida davlatchilik munosabatlari eramizdan avvalgi mingyillik boshlariga borib taqalib, uning hududidagi eng qadimgi davlatlar sifatida Katta Xorazm, Baqtriya va So‘g‘diyona davlatlari qayd etilgan. Ushbu davlatlarni boshqarish tizimi ularda amal qilgan soliqlar borasida aniq ma’lumotlar saqlanmagan bo‘lsada, aytish lozimki, shak-shubhasiz, u yoki bu ko‘rinishdagi soliqlar amal qilgan. Iqtisodiy nuqtai nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan iborat bo‘lib, ular vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar, ikkinchi tomondan davlat bilan davlat mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha munosabatlar amalga oshirilgan.
Adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (24.01.2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.
2. Mirziyoyev Sh. M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. – T. “O‘zbekiston” NMIU, 2018. – 392 -394 b.
3. Bozorov U., Mamatmurodov Sh. Soliq huquqi fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. Toshkent – 2019. 102 -103 b.
Download 19,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish