Soyaning introduksiya qilingan namunalarida hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlili xolmurodova Go’zal Ro’ziyevna



Download 48,5 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi48,5 Kb.
#841696
Bog'liq
Soyaning introduksiya qilingan namunalarida hosildorlik ko


SOYANING INTRODUKSIYA QILINGAN NAMUNALARIDA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI


Xolmurodova Go’zal Ro’ziyevna
Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor, Toshkent Davlat Agrar Universiteti,
gozal.xolmurodova66@mail.ru
Tangirova Gulchehra Nasriddinovna,
Qishloq xo’jalik falsafa fanlari doktori,(PhD), dotsent, Toshkent Davlat Agrar Universiteti
tangirova1966@mail.ru
Saidova Aziza Ochil qizi,
‘‘Seleksiya va urug’chilik’’ yo’nalishi 2-bosqich magistri, Toshkent Davlat Agrar Universiteti
azizasaidova787@gmail.com
Berdimurodova Barchin Suyun qizi
‘‘Seleksiya va urug’chilik’’ yo’nalishi 2-bosqich magistri, Toshkent Davlat Agrar Universiteti
PRODUCTIVITY INDICATORS IN INTRODUCED VARIETIES OF SOYBEAN


Xolmurodova Go’zal Ro’ziyevna
DSc (agriculture), professor, Tashkent state agrarian university, Tashkent
gozal.xolmurodova.66@mail.ru


Tangirova Gulchehra Nasriddinovna
(PhD), dosent, Tashkent state agrarian university , Tashkent
tangirova1966@mail.ru


Saidova Aziza Ochil qizi
Magistr 2 course, Tashkent state agrarian university, Tashkent
azizasaidova787@gmail.com


Berdimurodova Barchin Suyun qizi
Magistr 2 course, Tashkent state agrarian university, Tashkent


Annotatsiya Maqolada , Krasnodar seleksiyasiga tegishli nav namunalarida olib borilgan tadqiqot natijalari va hosildorlik ko’rsatkichlari keltirildi. Ushbu navlardan hosildor navlar yaratishda boshlang’ich manba sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Kalit so’zlar: soya , seleksiya, hosildorlik , boshlang’ich manba, nav
Annotation This article presents the results of research and productivity indicators on varieties of varieties belonging to the Krasnodar selection . These samples are recommended to bepurposefully used for further breeding work to create highly productive varieties. Key words: soybean, selection, productivity, variety, initial material,

So’nggi 4-5 yil ichida Respublikamizda noan’anaviy ekin turlarini keng maydonlarga ekish, urug’chiligini kengaytirish jadal rivojlandi. Respublikada serhosil va ertapishar soya navlarini yaratish, birlamchi urug’chiligini tashkil etish, horijiy mamlakatlardan keltirilgan namunalardan seleksiya jarayonida foydalaish , soya seleksiyasida chet el tajribalaridan foydalanish , shuningdek , yangi innovatsion agrotexnologiyalar asosida soya yetishtirishni kompleks rivojlantirish , parrandachilik korxonalariga soya shrotini yetkazib berish va boshqa soya mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholining soya soya yog’iga bo’lgan ehtiyojini to’laligicha qondirish maqsadida Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator qonun va farmonlar qabul qilindi. Jumladan birgina 2017-yilning o’zida respublikada 1-marta 12 ming gektardan ortiq maydonga soya ekilib, 14 ming tonna soya doni yetishtirildi va ushbu xomashyoni qayta ishlash hisobiga aholiga 2 ming tonnadan ortiq soya yog’i , parrandachilik korxonalariga 10 ming tonna yuqori ozuqali soya shroti yetkazib berildi.


Soya urug’i O’zbekistonda katta maydonda yetishtirilmaydi. Soya xomashyolaridan tayyorlangan mahsulotlarning asosiy qismi asosan o’simlik yog’i chet davlatlardan keltiriladi va asosiy yetkazib beruvchilar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va Qozog’istondir. O’zbekiston uchun odatiy bo’lmagan moyli ekin maydonlarining ko’payishiga qaramay ishlab chiqarish quvvatlarini o’rnatish uchun o’z xomashyo bazasi hali yetarli emas. Birgina 2019-yilda 17 ming tonna 7,3 mln dollar valyuta evaziga soya urug’i import qilindi. Ya’ni qayta ishlash quvvatining 35%i import xomashyo hisobiga ta’minlanadi. Davlat korxonalarining tarmoqlari ayni shunday importga bog’liq bo’lib qolishi COVID-19 kasallik paytida davlat iqtisodiyotiga katta zarar keltiradi. Chunki COVID-19 davrida 2020-yil 31-martda Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi Kengashi tomonidan bir qator qishloq xo’jaligi va oziq ovqat mahsulotlarini Ittifoq hududidan eksport qilishni taqiqlash to’g’risidagi qarori qabul qilingan bo’lib bu ro’yxatga soya urug’i ham kiritilgan. Tabiiyki bunday sharoitda mamlakatimizga soya importi sezilarli qisqarib, qayta ishlash tarmoqlarida xomashyo yetishmovchiligi, ichki bozorda esa o’simlik moyi narxi ko’tarilishi kuzatilgan.
Bunday sharoitda davlatning importga qaramligini oldini olishning asosiy yechimlaridan biri soya seleksiyasi va urug’chiligini rivojlantirish chet mamlakatlaridan soya navlarini introduksiya qilib , mahalliy sharoitga moslashtirish va shu yo’l bilan ishlab chiqarish tarmoqlarining xomashyoga bo’lgan talabini to’la qondirishdir.
Seleksioner olimlarimiz tomonidan introduksiya qilingan navlarning xususiyatlari mahalliy navlar bilan birga ekib o’rganilganda , chetdan keltirilgan navlar qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha mahalliy navlardan ustunligi aniqlangan.
Ushbu navlarning mahalliy navlardan qanchalik ustunligini aniqlash va mahalliy sharoitga mos yangi navlar yaratish maqsadida 2021-yil Paxta seleksiyasi , urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti tajriba maydonlarida Krasnodar seleksiyasiga tegishli Arletta , Avanta, Sparta, Selekta -302, Selekta-201 soya nav namunalari ekib o’rganildi. Tajriba maydonida ushbu kolleksiya nav namunalarining butun o’suv davri davomida tegishlicha fenologik kuzatuvlar olib borildi va hosildorlik ko’rsatkichlari quyidagicha tahlil qilindi.

Kolleksiya nav namunalarining o’rtacha vegetatsiya davri Arletta , Avanta, Sparta, Selekta-302, Selekta-201 navlarida mos ravishda 85; 79; 87; 78; 83 kunni tashkil etdi. Pastki dukkakning joylashishi ham seleksiyada muhim ko’rsatkichlardan biri bo’lib , bu hosilning mexanizatsiya bilan yig’ishtirib olishga qanchalik yaroqli ekanligini bildiradi. Bu ko’rsatkich davri Arletta , Avanta, Sparta, Selekta-302, Selekta-201 navlarida mos ravishda 16,4; 13,4; 14,2; 14,5; 13,8 sm ni tashkil etdi. 1000 dona urug’ vazni hosildorlikni belgilaydigan ko’rsatkichlardan biri bo’lib Arletta , Avanta, Sparta, Selekta-302, Selekta-201 navlarida mos ravishda 121,4; 159,4; 132,5; 130,2; 140,3 g ni tashkil etdi. Bitta o’simlik poyasida urug’soni va og’irligi bo’yicha tahlil natijalari quyidagilardan iborat bo’ldi. Arletta , Avanta, Sparta, Selekta-302, Selekta-201 navlarida mos ravishda 138 dona- 30,4 g, 161 dona-18,7g; 146 dona-27 g; 146 dona-24,3 g; 211 dona- 17,3 g ni tashkil etdi.


Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki , introduksiya qilingan nav va namunalar qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha mahalliy sharoitga moslashib yaxshi natija ko’rsata oldi. Ulardan seleksiya jarayonida yangi navlar yaratishda boshlang’ich manba sifatida foydalanishga tavsiya etish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. X.N.Atabayeva .Soya Toshkent-2004.

  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi “O'zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “ 2017-2021-yillarda respublikada
soya ekin ekishni va soya doni yetishtirishni ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
PK-2832-sonli qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi PK-3144sonli
qarori.
Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish