Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti


Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy holati bilan tanishish



Download 46,5 Kb.
bet3/13
Sana11.04.2022
Hajmi46,5 Kb.
#541886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI

Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy holati bilan tanishish.


Korxona bosh buxgalteri, uning o'rinbosari, shuningdek, boshqa buxgalterlar alohida xonalarga joylashishi keraK. Hisob ishlarini zamonaviy tashkil etish uchun buxgalteriya bo'limini texnik vositalar (kompyuter, printer, faks, modem, telefon va boshqalar) bilan to'liq jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo'limlardan tashkil topadi. 1. Material bo'limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanishi bo'yicha kirirni hamda sarflanishi hisobi yuritiladi. 2. Hisoblashish bo'limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo'yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi. 3. Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo'limi. Bu bo'limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi. 4. Umumiy bo'lim. Bu bo'limda yuqorida sanab o'tilgan bo'limlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi. Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xiI bo'ladi. Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo'lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug'ullanuvchi bo'linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodirnlariga ko'rsatmalar berish, yozma yo'riqnomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli harnma tarrnoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug'ullanadi. Hisob yuritish siyosati deganda, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo'llaniladigan usullar majmui tushuniladi. Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nornli I-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo'lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlaming moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo'nalishi bo'yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlarini qo'llash lozim. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta'sir etadi: • mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl; • faoliyat turi yoki tarmoq bo'ysinuvi; • ishlab chiqarish ko'larni hamda ishchi xodimlar soni; • soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.); • bozor munosabatlariga o'tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi; • moliya-xo'jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi; • boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi; • korxonani ma'lumotlar bilan ta'minlashning samarali tizimi mavjudligi; • buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi; . • moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo'yicha moddiy javobgarlik tizirni. / Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma'muriy hujjat e'lon qilingan yildan keyingi yilning l-yanvaridan boshlab qo'llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e'lon qilgunga qadar, o'zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o'zgartirilmaydi. Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati I-son BHMAning 16-50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyilari. Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni. ichki xo'jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya bisobi va hisoboti ma'lumotlari bo'yicha korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta'minlaydi. Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig'ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to'g'risida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari xo'jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslar ro'yxatining mavjudligi uchun javobgar bo'ladi. Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag'larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo'ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo'jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo'lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslami (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o'zgartirish va ishdan bo'shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Agar korxonabosh buxgalteri o'zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma'lumotlarining aniqltgi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi. Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta'minlash va ularni arxivga o'z vaqtida topshirish uchun bosh buxgalter mas'uldir. Buxgalteriya bo'limi hujjatlami ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlami hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta'minlashi lozim. Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta'minlash va ulami arxivga o'z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas'uldir.


Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish