Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti


Materiallarni hisobga olish



Download 46,5 Kb.
bet5/13
Sana11.04.2022
Hajmi46,5 Kb.
#541886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI

Materiallarni hisobga olish.


Tayyor mahsulot deb, barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo'jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar kiritiladi. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizirnida tayyor mahsulot, uni ortib jo'natish va realizatsiyasi hisobi alohida o'rin tutib, ulaming vazifalariga quyidagilar kiradi: l. Tayyor mahsulot xarajati bilan bog'liq hamma xo'jalik operatsiyalarini hisobda o'z vaqtida va to'g'ri aks ettirish. 2. Ombordagi zaxiralar holatini va butligini saqlash. 3- Ish va xizmatlaming bajarish hajrni, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha uzluksiz nazorat o'matish, ortib jo'natilgan va yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) bo'yicha hujjatlami o'z vaqtida to'g'ri rasrniylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblami aniq tashkil etish. 4. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajrni bo'yicha shartnoma mol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish. 5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan (davr xarajatlari) haqiqiy xarajatlarni o'z vaqtida aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash. Ushbu vazifalaming muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo'jaligi va mahsulot sotishni to'g'ri tashkil qilishga, hujjatlami vaqtida rasrniylashtirishga bog'liq. Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblami aks ettiradi. . Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib, texnika nazorati bo'limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo'ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. Jo'natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste'molchilarga jo'natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to'lanmagan yo'ldagi mahsulotga aytiladi. Mas'u1 saqlashga qabul qiliogan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo'natilgan tovar mahsulot har xii sabablarga ko'ra (sifatiga ko'ra xaridoming talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya'ni bir korxonaning o'miga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo'lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o'z javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas'ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo'shirncha ravishda ko'rgazmada qo'yilgan tayyor mahsulotni harn kiritish mumkin. Chunki ko'rgazmada qo'yilgan tayyor mahsulot harn korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo'lgan mahsulotlardir. Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma'lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. Baho - qiymatning puldagi ifodasi. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog'liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning sotish qiymatini belgilashda ((Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida. Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo'ladi, shu sababdan mahsulotni joriy hisobda shartli baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning tezkor hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda yuritiladi. Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan: Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xomashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo'lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o'lchashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo'lishi mumkin. Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog'liq bo'lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxi sanaladi. Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o'zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin: a) zaxiralami sotish narxi arzonlashganda; b) zaxiralarga zarar yetganda; d) zaxiralar to'la va qisman eskirganda. Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan belgilanadi. Hisobot davri oxirida haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko'p bo'lishi mumkin. Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo'lsa, og'ishishlar ham shu schyotlarda tejalgan bo'lsa - qizil stomo usulida, ortiqcha xarajat bo'lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Tayyor mahsulot harakati hisobini to'g'ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ro'yxati nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya'ni ushbu korxonada ishlab chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma'lum belgilari yotadi. Nomenklatura ro'yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xiI sonlardan iborat bo'ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro'yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi: - dispetcherlik xizmati turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qiladi; . - sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortirnentini qilishda, omborga tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi; - marketing bo'limi - jo'natish bo'limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat qilish uchun; - buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma'lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi.


Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish