Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Download 2,02 Mb.
bet5/17
Sana30.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#718761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
214 suv o\'ti

Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Ta’sirlanishi. Evglena qizil dog‘ ko‘zchasi yordamida yorug’likni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug’ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi.
Ko‘payishi. Evglena amyoba singari ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi. Bo’linish boshlanishi bilan eski xivchinning yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo’ladi. Bo’li nish butun tana bo’ylab shu ikki xivchin hamda yadro o’rtasidan o’tadi.

7-rasm



Sista hosil qilishi. Noqulay sharoit tug’ilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o’ralib sistaga aylanadi.
Volvoks – koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos suvli hovuz va ko’llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga o’xshash volvokslar uchraydi (8- rasm). Volvoks koloniyasi mingga yaqin noksimon ikki xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar sharning sirtida joylashgan bo’lib, sitoplazmatik ipchalar yordamida o’zaro bog’langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to’lgan.
Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Tripanosoma tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini keltirib chiqaradi. LeyshmaniyaO’zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda uchraydi, odam yuzi va ba‘zan qo’l terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladi.
8-rasm

Bu sinfga mansub hayvonlar sitoplazma o`simtasidan hosil bo`lgan bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ko`pchiligida xivchin bittadan, ba'zan ikkita yoki undan ham ko`proq bo`lishi mumkin. Xivchinlilarning hujayrasi organik moddadan iborat qobiq bilan o`ralgan. Shuning uchun ular tanasining shakli doimiy bo`ladi. Xivchinlilar sinfi oziqlanish usuliga ko`ra ikki kenja sinfga


— o`simliksimon va hayvonsimson xivchinlilarga bo`linadi.
O`simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) hujayrasida yashil rang beruvchi xromotoforalar bo`ladi. Hamma yashil xivchinlilar yashil o`simliklar singari yorug`da karbonat angidrid, suv va boshqa mineral moddalardan organik moddalar sintez qilish (fotosintez) xususiyatiga ega. O`simliksimon xivchinlilar tuzilishiga ko`ra bir hujayrali suv o`tlarini eslatadi.
Yashil xivchinlilar orasida Evglenasimonlar (Euglenoidina) turkumiga mansub bo`lgan hayvonlar chuchuk suvlarda ko`p uchraydi (1-rasm). Ko`pchilikka
ma'lum bo`lgan yashil evglena (Euglena virides) chuchuk suv havzalarida yashaydi. Uning tanasi yupqa elastik pellikula po`st bilan qoplangan bo`lib, ikki uchi ingichkalashgan dukka o`xshaydi. Tanasining oldingi uchida bitta uzun xivchini, sitoplazmasida esa yirik pufaksimon yadrosi, tayoqqa o`xshash bir qancha yashil xromotoforalari, xivchini asosida qisqaruvchi vakuolasi va qizil dog`simon ko`zchasi joylashgan. Tanasini egishi va shaklini birmuncha o`zgartirishi mumkin. Harakatlanayotgan evglenaning xivchini aylanib, parma singari buraladi va u oldinga qarab aylanma harakat bilan suzib ketadi.
Volvoks (Volvox sp). Volvoks chuchuk suvlarda keng tarqalgan koloniya bo`lib, yashovchi yashil xivchinlilarga kiradi. Volvoks koloniyasi sitoplazmatik ipchalar orqali o`zaro qo`shilgan juda ko`p hujayralardan iborat. Hujayralarning ko`pchiligi vegetativ (o`suvchi), oz qismi esa generativ (ko`payuvchi) hujayralardan iborat. Volvoks koloniyasining ko`rinishi ko`p hujayralilar embrionining blastula davriga o`xshaydi. Volvoks ko`p hujayralilarning kelib chiqishini o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina) yakka yashovchi rangsiz bir hujayrali organizmlardir. Ularning ko`pchiligi parazit hayot kechiradi. Tripanosomalar (Tripanosoma). Baliqlar, sutemizuvchilar va boshqa hayvonlar, shuningdek, odamlar qoni plazmasida juda mayda parazit xivchinlilar — tripanosomalar uchraydi. Ularning tanasi duksimon, xivchini orqaga qayrilgan, tanasi va xivchini o`rtasida to`lqinsimon pardasi bo`ladi. Tripanosomalar qonga zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Afrikaning tropik mintaqasida odamlar orasida tarqalgan og`ir uyqu kasalligini (Tripanosoma gambiense) paydo qiladi. Kasallikni se-se chivini antilopalardan odamga yuqtiradi.
Leyshmaniyalar (Leishmania). Leyshmaniyalar teri epiteliysi hujayralari ichida parazitlik qiladigan hayvonsimon xivchinlilardir. Odamlarda teri leyshmaniyasi ko`proq uchraydi. Bu parazit terining ochiq joylarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan yara hosil qiladi. Kasallik xalq orasida "afg`on yara", "yomon yara" yoki "sharq kuydirgisi" nomlari bilan ma'lum. Yara tuzalib ketgandan so`ng
o`rni chandiq bo`lib qoladi. Kasallik Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonning janubiy hududlarida uchraydi. Kasallik qo`zg`atuvchisini iskabtoparlar kemiruvchilardan odamga yuqtiradi.
Hayvonsimon xivchinlilarning ayrim vakillari chumolilar ichagida simbioz (hamkorlikda birga yashash) yashaydi. Ular qiyin hazm bo`ladigan o`simlik sellyulozasini hazm qilishda chumolilarga yordam beradi.
Geterotrof oziqlanuvchi xivchinlilarning qadimiyligi ularning tuzilishidagi ayrim belgilar bakteriyalarning tuzilishiga o‘xshaydi, ya‘ni ikkala guruh vakillarida ham gavda shakli o‘zgarmas va xivchinlar mavjud. Bundan tashqari ko‘pgina mualliflarning tasdiqlashicha sarkodalilarning ba‘zi guruhlari (foraminiferalar, nurlilar) hayot siklining ayrim davrida xivchinli gametalarni hosil qiladi. Bunday xususiyatni ehtimol sarkodalilar tomonidan qadimgi geterotrof ajdodlarini ayrim belgilarini takrorlash deb tushunish lozim. Shuningdek ba‘zi xivchinlilar oziqni qabul qilish uchun amyobasimon shaklga o‘tadi. Bu dalillar xivchinlilarni bir hujayrali hayvonlarning dastlabki ajdodi sifatida ular shajarasining eng pastiga (asosiga) qo‘yishni taqozo etadi. Lekin elektron-mikroskop tadqiqotlari jarayonida olingan eng yangi ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki xivchinlilardagi xivchin juda murakkab struktur tuzilishga ega bo‘lgan organella hisoblanadi va bakteriyalarda bo‘ladigan xivchin bilan hyech qanday umumiylikka ega emas. Bundan tashqari murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xivchin hyech vaqt eukariot organizmlarning sodda tuzilishga ega bo‘lgan primitiv belgisi bo‘lmaydi. Keltirilgan mulohazalarga binoan xivchinlilar va sarkodalilarni qandaydir qadimgi, bizgacha yetib kelmagan eukariot geterotrof organizmlardan kelib chiqqan deb faraz qilish mumkin. Bunday qadimgi primitiv organizmlarni harakatlanish usuli hozirgi zamon xivchinlilarining harakatlanishiga o‘xshash bo‘lgan deb qarash mumkin. Bir hujayralilarning filogenetik munosabatlarida xivchinlilar juda muhim guruh hisoblanadi, chunki infuzoriyalarning kelib chiqishi aynan xivchinlilar bilan bog‘liqdir. Infuzoriyalarning kipriklari bilan xivchinlilarning xivchini struktur tuzilishi jihatdan bir-biriga juda ham o‘xshashdir. Faqat evolyusiya jarayonida
xivchinlilardan infu-zoriyalarning kelib chiqishida harakat organellalarining sonini ko‘payishi (polimerizasiyasi) hamda yadro apparatining murakkablashuvi (yadrolar dualizmi va makronukleus poliploidiyasi) tomoniga qarab borgan. Sporalilarning kelib chiqishi ham xivchinlilar bilan bog‘liqdir, chunki ko‘pgina sporalilar (koksidiyalar, qon sporalilar) ning hayot siklida uchrovchi gametalar to‘zilishida xivchinlilarnikiga o‘xshash umumiy belgilarga egadir. Xivchinlilarning yana bir nazariy ahamiyati shundan iboratki, ularning kolonial holda hayot kechiruvchi guruhlaridan ko‘p hujayrali hayvonlar kelib chiqqan. Knidosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kelsak, ularning kelib chiqishi sarkodalilar bilan bog‘liqdir, chunki ularning sporasi ichida amyobasimon murtakning bo‘lishi va hayot siklida xivchinli bosqichning bo‘lmasligi ushbu guruhlarni sarkodalilarga yaqinlashtiradi.



Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish