Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Download 2,02 Mb.
bet9/17
Sana30.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#718761
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
214 suv o\'ti

14-rasm. Gonium pectorale. A- senobiy; B- gametalarning qo’shilishi; V- zigota; G,D – zigotaning o’sishi.

15-rasm. Pandornia morum. Senobiysi.
Eudarina senobiysi erkin yopishgan 32—64 hujayradan iborat. Se­nobiy markazini suyuq shilliq tashkil etadi.
Koloniyaning sirt tomonida joylashgan xivchinlar senobiyni harakatga keltiradi (8-rasm, A).





16-rasm. Eudorina elegans. A—senobiysi; B— ona xujayra ichida ko‘p koloniyalarning taraqqiy etishi: V — urug‘lanish; G — zigotaning o‘sishi, bitta sog‘ zoospora va uchta ravojlapmasdan qolgan zoospora.


Volvokslar tartibining bir hujayrali vakillari (go­nium, pandarina, evdarina) suvning asta-sekin qurishi bilan palmelloid holatga o‘tishi mumkin. Qulay sharoitda, ya’ni suvga tushgandan keyin, har bir xujayra xivchin chiqarib, zoosporaga aylanadi va shilliqdan chiqib, mustaqil senobiyga aylanadi.
Volvokslar tartibining keyingi evolyutsiyasi davomida sharsimon koloniya vujudga keladi. Bularning tipik vakili volvoks Volvox (74-raem)dir. Uning koloniyasi nihoyatda murakkab tuzilgan, organik moddalarga boy bo‘lib, yozda iliq ko‘lmak hamda halqob suvlarda, mayda hovuzchalarda o‘sadi.
Volvoksning koloniyasi sharsimon yoki ellipssimon bo‘lib, diametri 2—3 mm. Bitta koloniyadagi hujayralar soni 500— 600 mingga etadi. Volvoksning har bir hujayrasi gematokokk hujayrasini eslatadi. Kolo­niya markazi shilimshiq suyuqlik bilan to‘lgan, ust tomonida gometokpkka o’xshash ikki xivchini, yadrosi, xromatoforasi, ko’zchasi, tebranuvchi vakuolalari bo’ladi.

17-rasm. Volvox aurein.
Xujayra po‘sti yarim shilimshiq bo‘lib, xivchin to­moni tashqariga, dum tomoni markazga tomon bir qator bo‘lib joylashgan.
Ona koloniya ichidagi sharsimon kichik koloniyadagi hujayralar in-gichka plazmasimon iplar (plazmodesmalar) yordamida o‘zaro birlashadi. Volvox globator degan turda bu iplar ancha dag‘al, yo‘g‘onlashgan hamda xromatofor bilan tutashgan bo‘lib, mikroskop ostida qaralsa, se­nobiy xloroplasti yulduzsimon shaklda ko‘rinadi.
Volvoks senobiysi doim ma’lum tomonga qarab aylanma va ilgarilanma harakat qilib turadi. Senobiy tarkibiga kiruvchi hujayralar orasida funksiyalar taqsimoti ularning differensiyalanishiga olib keladi. Senobiy hujayralarining ko‘pchiligi vegetativ hujayralardan bo‘lib, ular oziqlanish, sharni harakatga keltirish vazifasini bajaradi.
Volvokslar tartibining vakillari jinssiz ko‘paygan vaqtda qiz koloniyalar hosil qiladi. Masalan, Gonium jins­siz ko‘paygan vaqtda harakatdan to‘xtab, hujayra protoplasti eniga va bo‘yiga bir necha marta bo‘linib, oxirida 16 ta plastinkasimon hujayra hosil qiladi. Natijada ona hujayra ichida yangi senobiy hosil bo‘ladi. Ular kichikligi bilan ona senobiydan farq qiladi. Bu yosh ssnobiy ona senobiysi ichida harakat qilib o‘sadi. Ma’lum vaqt o‘tgach, ona senobiy devorchasini yirtib, suvga chiqib, mustaqil o‘sadi va jinsiy ko‘payadi.
Pandarina, evdarina va volvoks turkumlarining turlari jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayra protoplasti ko‘ndalangiga bo‘linib, 2, 4, 8, 16 ta bo‘lakka ajraladi (8-rasm, B). Nati­jada ko‘p hujayrali plastinka vujudga keladi, volvoksda esa uning chetlari bukilib, xivchinlar chiqaradi va kichik seno­biy hosil qiladi.
Volvoksning senobiy orasida vegetativ va 8—10 ta reproduktiv xujayra bo‘lib, ular qiz koloniya hosil qilish xususiyatiga ega. Bularga gonidiy hujayralar deb ataladi.
Gonium va pandarinaning jinsiy ko‘payishi izogamiya, evdarinada geterogamiya va volvoksda esa oogamiya.






Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish