Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Download 0,65 Mb.
bet2/9
Sana01.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#728089
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
214 charos 2

Mavzuning maqsadi. O`simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) hujayrasida yashil rang beruvchi xromotoforalar bo`ladi. Hamma yashil xivchinlilar yashil o`simliklar singari yorug`da karbonat angidrid, suv va boshqa mineral moddalardan organik moddalar sintez qilish (fotosintez) xususiyatiga ega. O`simliksimon xivchinlilar tuzilishiga ko`ra bir hujayrali suv o`tlarini eslatadi.
Mavzuning vazifalari:
Xivchinlilar (mastigophora) sinfi.
Euglena yashil.
Xivchinlilar sinfiga tavsif, Xivchinlilarning oziqlanish usullari.
Xivchinlilar klassifikatsiyasi, muhim vakillari Chlorophyta tipi, Volvokslar.
Ko`p xivchinlilar Polymastigina turkumi
Volvoks (Volvox globator).
Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati. Ilmiy adabiyotlar tahlili va internet saytlarida to’plangan ushbu kurs ishidagi ma’lumotlardan bakalavriyatning biologiya va ekologiya yo’nalishlari hamda barcha qiziquvchilar qo’llanma sifatida dars va darsdan tashqari jarayonlarda foydalanishlari, undan o’zlari uchun zarur ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Mavzuning hajmi: Kurs ishi kirish ,adabiyotlar sharxi,asosiy qism ,xivchinlilar (mastigophora) sinfi,euglena yashil,xivchinlilar sinfiga tavsif, Xivchinlilarning oziqlanish usullari,xivchinlilar klassifikatsiyasi, muhim vakillari Chlorophyta tipi, Volvokslar,ko`p xivchinlilar Polymastigina turkumi,volvoks (Volvox globator),xulosa,foydalangan adabiyotlar ro’yxati, 4ta rasmdan iborat bo’lib, ishning umumiy hajmi 44betdan iborat.

II. Adabiyotlar sharxi.
Suv o‘tlari, zamburug‘larni esa, hayvonot va o‘simliklar dunyosi oralig‘idagi organizm deb hisoblaydi. Tabiiy filogenetik sistemani o‘simliklarning rivojlanishiga asoslanib, rus olimlaridan Varshava Universitetining professorlaridan Belyayev, Moskva Universitetining professori Gorojankinlar tuzgan. Ular sistemani tuzishda urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklardan paydo bo‘lishiga asolanganlar. Ular o‘z sistemasini buyuk ingliz olimi Charlz Darvin nazariyasiga asoslanib tuzganlar. Darvinning 1859 yilda "Turlarning tabiiy saralanish natijasida kelib chiqishi"degan asari bosilib chiqadi. Bu asarida Darvin o‘simlik va hayvon turlarining yer yuzida paydo bo‘lishi va rivojlanishini ko‘rsatadi. Darvin materialist olim bo‘lgan. Darvin 3 faktorga asos-lanadi:
1.IRSIYAT-nasledstvennost
2.O‘ZGARUVCHANLIK-izmenchivost
3.Tabiiy saralanish yestetstvennыy stbor.
1897 yilda Gorojankinning tuzgan "tabiiy filogenetik sistemasi bo‘yicha o‘simliklar sistemasini 3 ta bo‘lim,7 ta sinfga bo‘lgan.
1-bo‘lim. -Tuban sporali o‘simliklar - Oodoniata
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi
a) Aldae - suv o‘tlari
b) Fungi - zamburug‘lar - Mucophita
2-bo‘lim-Yuqori sporali o‘simliklar - Archimycetes
Bu bo‘limga 3 ta sinf kiradi a)Moxlar - Bryophyta
b) Qirqquloqsimonlar- Polyhodyophyta
v) Ochiq urug‘lilar - pinophyta
3-bo‘lim yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermae
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi
a) Bir pallalilar - Monocotyledoneae
b) Ikki pallalilar - Dicotyledoneae
Bundan keyin ham o‘simliklar sitemasi o‘zgartirilib, mukammallashtirilgan. Xozirgi sistema nemis olimi Engler sistemasiga asoslangan.
Yer yuzidagi hamma o‘simliklar 2 ta gruppaga bo‘linadi:
1.SPORALILAR - Sporophyta
2.URUFLILAR - Spermatophyta
a) Sporalilar 2 ta otdelga bo‘linadi:
1) Tuban sporali o‘simliklar-Oogoniatae
2) Yuqori sporali o‘simliklar- Archegoniatae
TUBAN SPORALILARGA:
Suv o‘tlari - Algae, Bakteriyalar - Bacteriophyta, Zamburug‘-lar-Fungi Lishayniklar Lichenophyta kiradi.
YUQORI SPORALI O‘SIMLIKLARGA:
Moxlar- Bryophyta, qirqquloqsimonlar- Pteridophyta ki-radi.
b) URUFLILARGA
1.Ochiq urug‘li o‘simliklar - gymnospermae yoki Pinophyta
2.Yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermea Mognoliophyta
Tuban sporali o‘simliklarning jinsiy organlari bir xujayrali, oddiy tuzilgan.Bularning tanasi organlarga bo‘linmaydi.
Yuqori sporali o‘simliklarning jinsiy organlari, ko‘p xujayrali, murakkab tuzilgan. Bularning tanasi organlarga bo‘linadi.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi.
Ochiq urug‘li o‘simliklarning mevasi bo‘lmaydi.
Engler sistemasi bo‘yicha o‘simliklar quyidagi tipga bo‘linadi.
1.Bakteriya- Bacteria
2.Ko‘k yashil suv o‘tlari-Cyanophyceae
3.Yashil suv o‘tlari-Chloropyceae
4.Sariq- Diatomea
5.Qo‘ng‘ir- Phacophyceae
6.Qizil- Rhodophyceae
7.Shilimshiqlar yoki miksomitsetlar-Myxophyta
8.Zamburug‘lar-fungi
9.Lishayniklar- Lichenes
10.Moxlar- Bryophyta
11.Qirqquloqsimonlar- Pteridophyta
12.Ochiq urug‘lilar-gymnospermae
13.Yopiq urug‘lilar-Angiospermae



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish