Talabalar uchun!



Download 222,5 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi222,5 Kb.
#524841
Bog'liq
Floraa durcha



TALABALAR UCHUN!
5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi 2-kurs (3-semestr) talabalari uchun Dorivor o’simliklar florasi va sistematikasi fanidan oraliq nazorat uchun variant savollari.

1. O’zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni va uning vertikal yo’nalish bo’yich


taqsimlanishini aniqlang.
A) 447,4 ming km2 shundan 61,1 % cho’l, 9,6 % adir, 2,1 % tog’, 1,55 % yaylov.
B) 448 ming km2 shundan 60 % cho’l, 10 % adir, 2 % tog’, 1,6 % yaylov.
C) 449,1 ming km2 shundan 62 % cho’l, 9 % adir, 2,5 % tog’, 2 % yaylov.
D) 446,9 ming km2 shundan 60,7 % cho’l, 9,1 % adir, 2 % tog’, 1,5 % yaylov.

2. Cho’l mintaqasi uchun xarakterli bo’lgan o’simliklar qatorini belgilang.


A) sariqbosh, qo’ng’iroqgul, oqso’xta, arpabosh
B) selin, juzg’un, saksovul, quyonsuyak
C) tog’arpa, oqquray, shirach, qatron
D) buyurg’un, shuvoq, gulxayri, qo’ziquloq

3. Adir mintaqasi uchun xarakterli bo’lgan o’simliklar qatorini belgilang.


A) buyrug’un, rang, oqquray, selin
B) iloq, cherkez, boyalich, qo’ngorbosh.
C) bug’doyiq, tak-tak, andiz, qo’ziquloq
D) namatak, betaga, oqso’xta, mavrak

4. Tog’ mintaqasi uchun xarakterli bo’lgan o’simliklar qatorini belgilang.


A) shuvoq, qizilcha, iloq, tuyapaypoq
B) archa, shuvoq, bodomcha, selin
C) namatak, qo’ng’irbosh, cherkez, ermon
D) archa, namatak, do’lana, kiyiko’t

5. Yaylov mintaqasi uchun xarakterli bo’lgan o’simliklar qatorini belgilang.


A) betaga, suguro’t, yorongul, to’ng’izsirt
B) arpao’t, navro’zgul, chetan, cherkez
C) arpa, namatak, keyreuk, cherkez
D) arxaro’ti, kiyiko’ti, mushuko’ti cherkez

6. O’zbekiston florasidagi eng yirik turkumlarni belgilang.


A) Salsola, Hozdeum, Bromus, Stipa.
B) Astragalus Allium, Cousinia calligonium
C) Solanum, Poa, Roza, Salsola
D) Festuca, Poa, Salix, Stipa

7. O’zbekiston florasida turlar soni eng ko’p bo’lgan oilalarnibelgilang


A) yalpizdoshlar, ziradoshlar
B) bug’doydoshlar, karamdoshlar
C) qoqio’tdoshlar, burchoqdoshlar
D) sho’radoshlar, piyozdoshlar

8. O’zbekiston florasida qancha o’simlik turi bor.


A) 140 oilagamansub 4300ga yaqin
B) 145 oilagamansub 3700ga yaqin
C) 140 oilagamansub 4000ga yaqin
D) 145 oilagamansub 4500ga yaqin

9. Cho’l mintaqasining sho’r yoki galofita-Halophyta egafotipida qaysi o’simliklar dominantlik


Qiladi.
A) Holostachis, Salicornia, Climocoptera
B) Atriplex, Salsola, Festuca
C) Artemisia, Zugophyllum, Stipa
D) Aeluropus, Allium, stipa

10. Pastki adir (500-800 m) uchun xarakterli o’simliklarni belgilang


A) qo’ziquloq-Phlomis, isfarak-Dellinium, cherkez- Salsola
B) qo’ng’irbosh-Poa, shuvoq-Artemisia, yetmak-Acantopyllum, qo’ypechak-Convolvuius
C) oq quray-Psoralea, karrak-Cousinia, qorasho’ra-Salicornia
D) lolaqizg’aldoq-Papaver, shuvoq-Artemisia, baliqko’z-Climocoptera

11. Yuqori adir( 900-1200) xarakterli o’simliklar qatorini belgilang.


A) andiz-Jnula, qatron-Crambe, gulxayri-Althaea, jing’il-Tomarix
B) oqshuvoq- Artemisia, rovoch-Rheum, gazako’t-Gentiana, shoxilak-Kalidium
C) bodomcha-Amygdalus, izen-Kochia, teresken-Eurotia, bug’doyiq-Elytriya
D) shirach-Eremurus, bug’doyiq-Elytriga, quyonsuyak-Ammodendron, qorajuvsan-
Artemisia

12. Yuqori tog’(2100-2800) mintaqasi uchun xarakterli bo’lgan o’simliklar qatorini belgilang.


A) oqquray, karrak, lolaqizg’aldoq, oqso’xta
B) yong’oq, olma, namatak, xapri
C) izen, teresken, andiz, qatron
D) zirk, shilvi, irg’ay, arpa

13.O’zbekistonda psammofit tipiga mansub o’simliklar qayerlarda ko’piroq tarqalgan.


A) Qizilqum, Yozyovon, Karnobcho’l-qandim
B) Ust-Yurt, Sirdaryo, Zarafshon-yulg’un
C) Amudaryo, Qoraqum, Zarafshon-turong’il
D) Ust-Yurt, Qoraqum, Amudaryo-qorabaroq
14. To’qaylarda o’sadigan ko’p yillik o’t o’simliklar qatorini belgilang.
A) oqbosh, otquloq, g’arov, kiyiko’t
B) govpechak, kendir, qizilmiya, yantoq
C) to’zg’oq, qalam, qamish, hiyol
D) kordariya, lepidium, shokokil, chuxra

15. Ikki yillik o’simliklar qatorini belgilang.


A) qulupnay, gulxayri, arpa, baqlajon
B) trup, sholg’om, sariqyo’ng’ichqa, beda
C) karam, lavlagi, piyoz, sabzi
D) bug’doy, surepka, piyoz, sabzi

16. O’simliklar sistematikasi fanining asosiy ilmiy tekshirish metodlarini ko’rsating


A) anatomiya, eksperemental genetika, chog’ishtirma morfologiya, ekologiya
B) chog’ishtirma morfologiya, ekologiya, geografiya
C) eksperemental genetika, paleobotanika
D) chog’ishtirma morfologiya, anatomiya, embiryalogiya, paleobotanika, ekologiya,
geografiya, biokimyoviy, eksperemental genetika

17. O’simliklar sistematikasidagi taksonomik birliklarning asosiy qatorini ketma ketligini


belgilang.
A) Riegnum, vegetabile, Devisio, Klassus, Ordo, Familia, Genus, Species
B) Devisio, Klassus, Riegnum, vegetabile, Ordo, Familia, Genus, Species
C) Subdevisio, Subklassus, Subordo, Subfamilia, Subgenus, Subspecies, Varietales
D) Devisio, Subderisio, Klossus, Subklassus, Ordo, Subordo, Familia, Subfamilia

18. “Botanika nomenklaturasining xalqaro kodeksi” ga asosan taksonomik birliklarni


atashda chalkashliklar sodir bo’lmasligi uchun qanday qo’shimchalar qo’yib yozish
tavsiya etiladi.
A) Ordo Rosales-qabilasi ra’nogullilar oilasi, Ramilia Rosaceoe-ra’noguldoshlar oilasi
Genus-Rosa-turkum namatak, species Rosa canina-tur-itburun
B) Bo’lim-phyta, ajdod-psida, qabila-ales, oila-aceoe, turkum-us
C) Riegnum Vegetabile-o’simliklar oilasi, Devisio-bo’lim, Klassus-ajdod, ordo-qabila, Fam
D) ajdod-psida, qabila-ales, oila-aceoe, turkum-us

19. Taksonomik birliklarni nomlashda o’zbek tilidagi qo’shimchalarni qo’shilishi ko’rsatuvchi


qatorlar ketma ketligini belgilang
A) Divisio-toifa, subdivision-singarilar
B) Subdivision-singarilar, Subclossic-qabila
C) Divisio-toifa, clossis-simonlar, ordo-namolar, familia-doshlar
D) Classis-simonlar, Orda-namolar, Familia-doshlar
20. Turkumning sistematik birliklarning ketma-ketligini belgilang.
A) Genus – Sectio – Series
B) Sectio – Series
C) Subgenus – Sectio – Subsectio – Series
D) Genus – Subgenus – Sectio – Subsectio – Series – Subseries

21. “O’zbekiston yuksak o’simliklarining zamonaviy tizimi” (T-2007) nomli asarni mualliflari


kim?
A) O’.Pratov, M.Nabiev
B) K.Zokirov, X.Jamolxonov
C) O’.Pratov, V.Mahmudov
D) O’.Pratov, T.Odilov

22. “Ruscha-o’zbekcha botanic terminlarning qisqacha izoxli lug’ati” (1965) kimlar tomonidan


nashir qilingan.
A) O’.P.Pratov
B) Q.Z.Zokirov, M.M.Nabiev, O’.P.Pratov. X.A.Jamolxonov
C) K.Z.Zokirov, P.K.Zokirov
D) K.Z.Zokirov

23. Hozirda yuksak o’simliklar dunyochasi 300000 dan ortiq turni o’z ichiga oluvchi 9 ta


bo’limga ajiratiladi. Ularni ketma ketligini belgilang.
A) Yo’sintoifalar – riniotoifalar – zosterofiltoifalar – plauntoifalar – pisilottoifalar –
qirqbo'g’imtoifalar – qirqqulog’toifalar – qarag’aytoifalar – magnoliatoifalar
B) Zosterofiltoifalar – riniotoifalar – plauntoifalar – psilottoifalar – qirqbo’g’imtoifalar –
qirqqulogqtoifalar – qarag’aytoifalar – magnoliatoifalar – yo’sintoifalar
C) Riniatoifalar – zosterofiltoifalar – yo’sintoifalar – plauntoifalar – psilottoifalar –
qirqbo’g’imtoifalar – qirqquloqtoifalar – qarag’aytoifalar – magnoliatoifalar
D) Plauntoifalar – riniotoifalar – zasterofiltoifalar – yo’sintoifalar – pisilottoifalar – qirq-
bo'g’imtoifalar – qirqquloqtoifalar – qarag’aytoifalar – magnoliatoifalar

24. Riniatoifa o’simliklar bo’lmini fanga kim tomonidan kiritilgan


(A) Amerikalik botanik Birxorst (1971)
B) Kanadalik geolig D.Dauson (1859)
C) Ingliz polebotanigi U. Long (1937)
D) Shatlandiyalik polebotanik D. Skomm.

25. Telom nazaryasining yaratilishiga asos bo’lgandastlabki asosiy material bo’lgan o’simlik


toifasini belgilang.
A) Riniatoifalar – Rhyniophyta
(B) Zasterofiltoifa – Zosterophyllophyta
C) Yo’sintoifa – Bryophyta
D) Plauntoifa – Lycopodiophyta
26. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametafit bilan uzviy bog’langan, chunki sporafit suv va
ozuqani asosan gametafitdan oladi, sporagenda asimlatsiya to’qimasi zaif taraqqiy etgan.
Bu xususiyat qaysi bo’limga xos.
A) Rhyniophyta
(B) Bryophyta
C) Lucopodiophyta
D) Eguisetophta

27. Yo’sintoifa o’simliklar bo’limining jigarsimon yo’sinlar ajdodining xarakterli turlarini


ko'rsating.
A) Sphognum
B) Polytrichum commune
(C) Marchantia polimorpha
D) Jungermonnii

28. Vegetativ organlari o’z tanasiga nisbatan 30 barobar ko’p suv suv to’play oladigan yo’sin


turini aniqlang.
A) Antotseros.
B) Morchontia polimorpha
C) Polytrichum commune
(D) Shognum cuspidatum

29. Yashil o’simliklar qabilasiga mansub o’simliklarni ko’rsating.


(A) Kakku zig’iri, funariya,
B) Morshantsiya, sfagnum
C) Morshantsiya, funariya
D) Kokku zig’iri, sfagnum

30. Yo’sinlarning ayrim vakillari ham bir uyali (arxegoniy va anteridiy tupning turli shoxlarida


joylashadi) ham ikki uyli (arxegoniy va anteridiy aloxida tuplarda) bo’ladi, umi belgilang.
A) Marchantia
(B) Sphognum
C) Polytrychum
D) Antotseros

31. Bir metrli torfni xosil bo’lish jarayoni sekin bo’lib, unda botqoq va suv ostida to’plangan


yo’sinlar kisolordning yo’qligi sababli chirimasdan torfga aylanadi. Unga qancha vaqt ketadi.
A) 2000 yil
B) 500 yil
(C) 1000 yil
D) 100 yil
32. Bo’yi 30-40 sm, poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan, oddiy qalami barglar bilan zich
qoplangan, o’rta va ichki qismidagi barglari yassi, pastkisi esa qo’ng’ir bo’lgan ikki uyli
o’simlikni belgilang.
A) Antotsegos
B) Sphagnum cuspidatum
C) Marhantia polimorpha
(D) Polytrichum commune

33. Quruqvaznida 60% uglerod bo’lgan, undan quruq xaydash yo’li bilan mum, parafin, fenol,


karbon kislota, saxarin, spirt (1 m 120 l) karton qog’oz Qishloq xo’jaligida organik o’g’it sifatida, hamda
xalq tabobatida ishlatiladigan o’simlik qaysi?
(A) Sphognum cuspidatum

  1. Polytrichum commune

  2. Morchantia polimorpha

  3. Funaria

34. Cho’qmoqli planning gametafiti necha jinsli ba u qancha umr ko’radi.


A) ikki jinsli, 8 – 10-yil yashaydi
(B) ikki jinsli, 15 – 20-yil yashaydi
C) ayrim jinsli, 1 – 2-yil yashaydi
D) ayrim jinsli, 6 – 8-yil yashaydi

35. Licopodium clavatum qanday ko’payadi.


A) faqa jinsiy yo’l bilan, anteridiy va arxegoniy xosil qilib.
B) faqat jinssiz – sporalar xosil qilib.
(C) vegetative, jinssiz – sporalar yordamida, jinsiy yo’l bilan.
D) faqat vegetative, poyasining shoxlanishi dixatamik bo’lib, yer bag’irlab o’sib 3 metr-
gacha yetadi va shu orqali ko’payadi

36. Sporasidan olinadigan moy tabobatda, jun va ipaklarni bo’yashda, pirotexnikada, texnika


detallarini quyishda ishlatiladigan o’simlikni aniqlang.
A) Polytrichum commune
B) Sphagnum cuspidatum
C) Morchontia polimorpha
(D) Licopodium claratum

37. Hozirgi ilmiy qarashlarga ko’ra yo’sinlar


(A) Riniotoifalardan, ulardan sporafitning reduksiyalanishi va gametafitning progressiv
taraqqiy etishi tufayli kelib chiqqan
B) Zosterofiltoifalardan, ulardan sporafitning reduksiyalanishi va gametafitning progressive
taraqqiy etishi tufayli kelib chiqqan
C) Psilottoifalardan, ulardan sporafitning reduksiyalanishi va gametafitning progressive
taraqqiy etishi tufayli kelib chiqqan
D) Yo’sintoifa o’simliklar evalutsiya jarayonida mustaqil ravishda suv o’tlardan kelib
chiqqan

38. Qirqbo’g’imlilar jinsiy naslining o’ziga xos xususiyatlari qanday bo’lishini belgilang.


A) O’simtalari bir bo’lib, spermatazoidlari ko’p xivchinli, arxegoniyda tuxum hujayra
yetiladi
(B) Anteridiyda ko’p xivchinli spermatozoid, arxegoniya tuxum hujayra shakillanadi, uning
o'simtalari ayrim jinslidir.
C) O’simtasi ikki jinsli, spermatazoidlari ko’p xivchinli, arxegoniyda tuxum hujayra
yetiladi
D) O’simtalari bir va ikki jinsli bo’ladi

39. Sporasi morfologik jixatidan birxil, lekin fiziologik jixatdan bir – biridan farq qilib,


ularning birida erkak, boshqalaridan urg’ochi gametafit unadigan o’simlikni belgilang.
A) Rhynia major
B) Licopodium clavatum
(C) Eguisetum arvense
D) Polytrychum commune

40. Psilottoifa o’simliklar bo’limiga xos bo’lgan ta’rifni belgilang.


A) Psilottoifalarga – Psilotum triguetum, P.flaccidum mansub bo’lib, ular Janubiy Kareya,
Janubiy Yaponiya, Govay orollari va Yangi Zellamdiyada tarqalgan.
B) Poyasi 10-100 sm, poyasi uch qirrali yoki yassi dixotamik shoxlangan, poyasini uchida
sinangiy xosil bo’ladi, unda sporalar yetiladi, sporalardan chuvalchang shaklidagi dixotamik
shoxlangan 1,8-2 smli gametafit xosil qiladi.
C) Poyasi 5-25 sm uzunlikda, poyasi yassi bo’lib dixotamik shoxlangan, ular paporotniklar
poyasida epifit xolda yashaydi
(D) B,C,D

41. Qirqbo’g’imlarning ildiz tuzilishining o’ziga xos xususiyatlarini belgilang.


(A) Ularda musbat geotropik ildizlar bo’lib, ular pastga qarab o’saib, 0,5-2 metrga yetadi
ularda ageotropik ildizlar ham bo’lib, ular har tomonga o’sadi.
B) Qirqbo’g’imlarda faqat geotropic ildizlar bo’lib, ular pastga 0,5-2 metrgacha kirib boradi,
har qaysi bo’g’imdan bittadan xosil bo’ladi
C) Qirqbo’g’imlarga ageotropik ildizlar bo’lib, ular har tomonga qarab o’sadi.
D) Qirqbo’g’imlarda faqat ildizpoya va yon ildizlar mavjud.

42. Qirqbo’g’imning ildizpoyasidan hosil bo’lgan tuganaklarning vazifasi nima?


A) Qirqbo’g’im tuganagida zaxira moddalar to’planib u vegetativ poyani o’sishiga sarf
bo'ladi
(B) tuganakda ozuqa modda to’planadi va vegetative ko’payish vazifasini bajaradi.
C) Qirqbo’g’im tuganagida kurtaklar joylashgan bo’lib vegetativ ko’payishni ta’minlaydi
D) Qirqbo’g’im tuganagi spora xosil qiluvchi qo’ng’ir rangli poyani o’sishiga sarf bo’ladi
43. Poyasidagi kremnozem binokorlikda yog’och va boshqa qurilish materiallarining siliq-
lashda ishlatiladigan, meditsinada siydik haydovchi va qon to’xtatuvchi vosita sifatida
qo’llaniladigan vosita sifatida qo’llaniladigan o’simlikni aniqlang.
A) Polytrychum commune
B) Licopodium claratum
(C) Eguisetum arvense
D) Sphagnum cuspidatum

44. Sporalari yumaloq, to’q yashil rangli, uch qavat po’sti bilan o’ralgan, ustki po’stidan


spora pishib yetilishi oldidan spiral shakli bukilgan, oxiri bir qadar yo’g’onlashgan elatera
xosil qiladi. Berilgan tarif qaysi o’simlikka taluqli?
A) Sphagnum cuspidatum
B) Licopodium claratum
C) Polytrychum commune
(D) Eguisetum arvense

45. Qirqqulog’lar bo’limining yer yuzida qancha turi malum.


(A) 10000
B) 8000
C) 5700
D) 4500

46. Qirqquloqsimonlar qaysi davrda paydo bo’lgan.


A) Toshko’mir
(B) Devon
C) Silur
D) Yura

47. Qirqquloqsimonlarni daraxtsimon vakillarini belgilang.


A) marsiliya
B) salviniya
(C) diksoniya
D) ofioglossum

48. O’simlikda sporangiylar xosil bo’lishi jixatidan ikki xil, eng qadimgi vakillarida ular


barg epidermisidagi bir necha hujayradan xosil bo’lgan bo’lsa, evalutsiya jixatdan ancha
yosh vakillarida esa bargning bitta hujayrasidan xosil bo’lgan. Bu ta’rif qaysi bo’limga
tegishli.
A) Riniotoifalar
B) Plauntoifalar
C) Yo’sintoifalar
(D) Qirqquloqtoifalar

49. Qirqquloqlarni riniotoifalar bilan filogenetik bog’liqligidan darak beruvchi belgi nima.


(A) ularning eng qadimgi va xozirgi vakillarida o’tkazuvchi sistemaning primitive shakildagi
protostel shaklda bo’lishligi
B) ularda protostel simondagi o’tkazuvchi sistemani bo’lishligi
C) ular poyasida sifanostel shakildagi o’tkazuvchi sistemani bo’lishligi
D) ular poyasida protostel, hamda sifonostel sistemani bo’lishligi

50. Bargi xlorafilni yo’qotib, faqat jinssiz ko’payish vazifasini bajaruvchi qirqquloq, turini


belgilang.
A) marsiliya
(B) salviniya
C) zuxrasoch
D) ofioglossum

51. Qirqquloqlar bargining poyadan kelib chiqqanligini ko’rsatuvchi belgilarni aniqlang.


A) barg tomirlanishi dixotamik, bu xususiyat novda (tallom)ga xosligi
B) barglari yirik bo’lib 30 m gacha o’sadi, chumki o’sish nuqtasi uni ichida joylashgan
(C) barglari yirik bo’lib o’sish nuqtasi uning uning icchida joylashgan, barg tomirlanishi
dixotamikdir
D) barg ildiz poyadan rivojlangan mustaqil vegetativ organdir.

52. Qirqquloqlar bargida to’p-to’p bo’lib joylashgan sporangiylarni sorus deyiladi. Ularning


xosil bo’lishi necha xil.
A) Sporangiylarni xosil bo’lishi barcha qirqqulog’larda bir xil bo’ladi
B) Eng qadimgi qirqquloqlarda sporangiylar barg epidermisidagi bir necha hujayradan xosil
bo’lgan, shuning uchun yirik va bir necha qavat hujayralar bilan qoplangan.
C) Evolutsiya jihatdan ancha yosh vakillarida sporangiylar bargning bitta hujayrasidan xosil
bo'lgan, ular kichik va bir qavat po’st bilan qoplangan
(D) Sporangiylarni xosil bo’lishi ikki xil bo’ladi.

53. Teng sporali qirqquloqlarning gametafitining shakillari qanday bo’ladi?


(A) ipsimon, lentasimon, chuvalchangsimon, yuraksimon va boshqalar
B) ipsimon, lentasimon
C) faqat yuraksimon
D) faqat lentasimon

54. Qirqquloqlarda protoandrea kuzatiladi, bu nima.


A) arxegoniyni anteridiyga nisbatan oldinroq taraqqiy etishi
(B) anteridiyni arxegoniyga nisbatan oldinroq taraqqiy etishi
C) gametafitdagi anterediy va arxegoniyning turli muddatlarda yetilishi o’z-o’zidan urug’-
lanish o’rniga, gametafitlar orasida chetdan urug’lanish uchun imkoniyat yaratadi
D) evalutsiyaning progressiv rivojlanishida yordam beradi
55.Sporangiysining kattaligi 3 mm, gametafiti ipsimon shakilda, xlorafilsiz zamburug’lar bilan
simbioz xolda tuproqda 20 yilga qadar yashaydigan o’simta qaysi o’simlikka mansub?
A) Salvinia natans (L) Alb.
B) Dryopteris filix-mas (L) Schott.
(C) Ophioglassum vulgatum L.
D) Adianthum capillus-veneris L.

56. Xalq tabobatida ildizpoyasidan gijja xaydovchi bosita sifatida foydalaniladiga o’simlikni


belgilang.
A) Ophioglossum vulgatum L.
B) Salvinia natans (L) Alb.
C) Adianthum capillus-veneris L.
(D) Dryapteris filix-mas (L) Schott.

57. Qirqquloqning o’simtasi yuraksimon plastinka shaklida, uning ostki qismida


rangsiz rizoidlari xosil bo’ladi, o’simtada jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy
taraqqiy etadi, spermatazoidlari ko’p xivchinli, urug’langan tuxum hujayradan
murtak rivojlanuvchi, bo’yi 100 sm gacha etadigan o’simlikni aniqlang.
(A) Dryopteris filix-mas (L.) Schott.
B) Salvinia natans (L.) Alb.
C) Adianthum capillus-veneris L.
D) Ophioglossum vulgatum L.

58. Mikrosoruslarning uchida taraqqiy etgan mikrosporangiylarda 64 tagacha mik-


rospora, megasorusda taraqqiy etgan megasporangiyda bitta megaspora yetiladi-
gan o’simlikni aniqlang.
A) Dryopteris filix-mas (L.) Schott.
(B) Salvinia natans (L.) Alb.
C) Adionthum capillus-veneris L.
D) Ophioglossum vulgatum L.

59. Barglar qo’ltig’ida joylashgan soruelar kuzda uzulib suv ostiga cho’kadi, qishda


uning devorlari chiriydi, erta bahorda mikro va megasporangiylar yana suv yuzassiga ko’tarilib gametafit xosil qiladi, uning spermatozoidlar ko’p xivchinli. Bu qaysi o’simlik.
A) Asplenium ruta-muraria L.
B) Marsilia guadrifalia L.

(C) Salvinia natans (L.) Alb.


D) Ophioglossum vulgatum L.

60. Qarag’aytoifalar (Pinophyta) bo’limining hozirda o’sayotgan ajdod (sinf)larini


aniqlang.
A) Genetitsimonlar, urug’lipoporotniklar
B) Urug’lipoparotniksimonlar, ginkosimonlar
C) Bennettitsimonlar, qarag’aysimonlar
(D) Sagovniksimonlar, genetitsimonlar

61. Qarag’aytoifalar (Pinophyta) bo’limining qazilma holda uchiraydigan ajdod (sinf)larni aniqlang.


(A) Urug’lipoparotniksimonlar, bennettitsimonlar
B) Sagovniksimonlar, urug’lipoparotniksimonlar
C) Bennettitsimonlar, sagovniksimonlar
D) Genetitsimonlar, qarag’aysimonlar

62. Yer yuzida qarag’aytoifa o’simliklarning qancha turi bor?


A) 650-680
(B) 750-800
C) 900-950
D) 1000-1100

63.Ochiq urug’li o’simliklar qachon paydo bo’lgan?


A) poleozoy erasi, perm davrida
B) poleazoy erasi, karbon davrida
(C) paleozoy erasi, devon davrida
D) mezazoy erasi, yura davrida

64. Sagovniklarning urug’kurtagida urug’lanish jarayoni ko’rsating.


A) anteridial hujayra – spermatozoid + arxegoniyni tuxim hujayrasi – zigota – urug’
B) mikrospora – spermogen hujayra + arxegoniyning tuxum hujayrasi – zigota – urug’
C) spermotogen hujayra – spermatozoid + tuxum hujayra – zigota – urug’murtak – urug’
(D) Mikrospora (chang) – vegetative hujayra – anteredial hujayra – spermagen hujayra – 2 ta ko’pxivchinli spermatozoid + arxegoniyning tuxum hujayrasi – zigota – urug’murtak – urug’
65. Gnetumsimonlar ajdodiga (sinf) mansub oilalarni belgilang.
(A) Qizilchdoshlar, velvichiyadoshlar, genetumdoshlar
B) Genetumdoshlar, ginkodoshlar, bennetitdoshlar
C) Qizilchadoshlar, sagovnikdoshlar, ginkodoshlar
D) Velvichiyadoshlar, bennetitdoshlar, sagovnikdoshlar

66. Qizilchadoshlar (Ephedraceae) oilaning shoxchalarini bo’g’im orasi 2 sm, bo’yi 1,5 m gacha urg’ochi qubbasi bir gulli, mevasi bir urug’li barglari ikkitadan qarama qarshi joylashgan dorivor turni aniqlang.


A) Ephedra fedtschenkoa Pauls.
(B) Ephedra eguisetina Bge.
C) Ephedra intermedia Schrenk.
D) Ephedra intermedia Sup.

67. Balandligi 30-40 m daraxt, ikki uyli, bargi oddiy, uzun bandli, yapirog’i yelpig’ichsimon, ikki bo’lakli, poyasida smola hosil bo’lmaydi, urug’ining sirt qismi yumshoq va shirali, ichki qatlami esa yupqa va qattiq, urug’i tashqi ko’rinishidan olxo’rining mevasiga o’xshaydigan dorivor, manzarali, 1000 yoshgacha yashaydigan o’simlikni aniqlang.


A) Juniperus excelsa M.B.
B) Thuja orientalis (L.) Ende.
(C) Ginkgo biloba L.
D) Juglans regia L.

68. Mikrosporafillari qisqa, unda 2ta, bazan 3-4 ta mikrosporangiy joylashgan, uning spermiyli gametafitga aylanishi mikrosporangiydan ajiralib chiqmasdan avval uning ichida boradi, undan hosil bo’lgan mikrospora shamol yordamida urug’kurtakka tushadi va u yerda ikkita harakatchan spermatozoid hosil bo’ladi, spermatozoid tuxum hujayrani urug’lantirgandan so’ng zigota, undan murtak xosil bo’ladi, so’ngra urug’ shakillanadi, urug’murtagining taraqqiyoti ko’pincha urug’ yerga to’kilgandan so’ng davom etadi. Yani urug’ida tinim davri bo’lmaydigan dorivor, manzarali, xosiyatli o’simlik qaysi.


A) Taxaca bacata L.
B) Thuja orientalis (L.) Ende
C) Juniperus excelsa M.B.
(D) Ginkgo biloba L.

69. Poyasida smola yo’llari mavjud bo’lgan, changchi qubbalari yillik novdani tubida g’uj bo’lib joylashgan, mikrosporasida ikkita havo qopchig’i bo’lgan, urug’chi qubbalari novdaning uchida joylashgan, tarqalish areali juda keng bo’lgan, yorug’sevar, balandligi 20-40 m, po’stlog’i qizg’ish-qo’ng’ir bo’lgan, qurilish xom ashyosi sifatida, manzarali o’simlik sifatida, dorivorlik xususiyatlarriga ega bo’lgan o’simlikni aniqlang.


(A) Pinus silvestris L.
B) Thuja orientalis (L.) Ende
C) Juniperus excelsa M.B.
D) Taxaca bacata L.

70. Balandligi 112 m, tanasining diametri 11 m bo’lgan doimo yashil sekvoya, meksika taksodiumning diametri 16 m, momont daraxtiniki esa 12 m bo’lib 3000 yilgacha yashaydi.


Bu o’simliklar qaysi ajdod (sinf) ga mansub
A) Genetumsimonlar ajdodi
(B) Qarag’aysimonlar ajdodi
C) Bennettitsimonlar ajdodi
D) Sagovniksimonlar ajdodi

71. Qarag’aydoshlar (Piniaceoe) oilasiga mansub turkumlarni belgilang.


A) Biota, Pinus
B) Biota, Juniperus
(C) Pinus, Picea
D) Taxela, Arauca

72. Archadoshlar (sarvdoshlar) – Cupressaceae oilasiga mansub turlarni aniqlang


A) Biota orientalis, Pinus pallasiana
B) Juniperus serarschanica, Picea abies
C) Juniperus excelsa, Picea schrenkiana
(D) Biota orientalis, juniperus turkestanica

73. Archadoshlar (Cupressaceae) oilasiga mansub turlarni belgilang.


(A) kiparis, tuya, archa
B) archa, saur, sekvoya
C) toksodium, kiparis, tuya
D) archa, momont, saur

74. O’zbekistonning tog’li xududlarida o’sadigan archa turlarini aniqlang.


A) kiparis, zarafshonarchasi, yarimsharsimonarcha
(B) zarafshonarchasi, yarimsharsimonarcha, turkiston archasi
C) kiparis, virginarchasi, Turkistonarchasi
D) zarafshonarchasi, Turkistonarchasi, virginarchasi

75. Archa (Juniperus) turkimining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.


A) Mevasi (qubba) bir urug’li, yumshoq, qalin mazasi bir oz chuchuk shirin, ovalsimon
B) Qubbasi pishish jarayonida qattiq, yog’ochlanadi, pishgandan so’ng ochiladi
(С) Qubbasi yumaloq pishish jarayonida etdor, smolali bo’ladi, yog’ochlanmaydi, pishganda ochilmaydi
D) Qubbasi 2-3 urug’li, bir muncha qattiq

76. Gulli o’simliklarning hozirda qancha turi mavjud.


A) 370 oila, 13000 turkum, 267000 tur
B) 350 oila, 10000 turkum, 160000 tur
(C) 533 oila, 13000 turkum, 250000 tur
D) hali to’liq aniqlangan emas

77. Dastlabki gulli o’simliklar qachon paydo bo’lgan.


(A) mezazoy erasining yura davrida
B) mezazoy erasining trias davrida
C) mezazoy erasining bo’r davrida
D) palyazoy erasining perm davrida

78. Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilaning gul formulasini ko’rsating.


A) Ca2 Co4 AG(2)
(B) Ca3 Co3+3 AG
C) Ca5 Co5 AG
D) Ca4 Co4 A4+2 G(2)

79. O’zbekistonda 1870-yilda keltirilga, gullari efir moyli (limon xidli), bo’yi 30 m ga yetadigan, gullari sarg’ish oq, uzunligi 10 sm, mevassi bargak, to’p meva 6-7 sm bo’lgan qimmatli manzarali, hamda dorivorlik xususiyatiga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.


A) Liriodendron tulipifera L.
B) Magnolia yulan L.
(C) Magnolia grandiflora L.
D) Liriodendron sinessis L.

80. Gulining formulasi P3+3 A3+3+3 G(3) aktinamorf, mevasi danak, urug’i endosperimsiz, 20-25% yog’ bor, bo’yi 10-15 m ga yetadigan daraxt, u yovvoyi xolda. O’rta yer dengizi atraflarida tarqalgan, O’zbekistonning introduksiya qilingan. U qimmatli oziq-ovqat, ziravor, dorivor, manzarali, kanserva sanoatida keng qo’llaniladigan, qadimgi greklar botirlik, jasurlik, paxlavonlik va moxirlik ramzi xissoblagan o’simlikni aniqlang.


A) Cinnomomum Comfora L.
B) Persea gratissima L.
C) Persea Americana L.
( D) Laurus nobilis L.

81. Dorchin, kamfora, avakado kabi dorivor, oziq-ovqat o’simliklari qaysi oilaga mansub.


(A) Lavrdoshlar oilasi – Lauracea
B) Magnoliadoshlar oilasi – Magnoliaceae
C) Qalampirdoshlar oilasi – Piperaceae
D) Nilufardoshlar oilasi – Numphaeaceae

82. Guli oq, formulasi Ca3+5 Co A G , aktinomorf mevasi yong’oqcha, ildizpoyasida kraxmal to’planadigan, Sirdaryo va Amudaryo deltasida tarqalgan Hymphoe alba qaysi oilaga mansub?


A) ayiqtovondoshlar
(B) nilufarguldoshlar
C) rafleziyadoshlar
D) lavrdoshlar

83. Gulining diametri, 40 sm, 3 kun gullab turadi, uning rangi 1-kuni oq pushti, 2-kuni to’q qizil, 3 kuni tiniq oq rangga kiradi, bargining diametri 2 m gacha bo’lib, u 50 kg gacha yukni ko’tara oladigan manzarali gidrofit o’simlik bo’lib, Amazonka daryosida o’sadi nilufarguldoshlar oilasiga mansub o’simlikni aniqlang.


A) Nymphaea candida L.
B) Victoria cruciana L.
(C) Victoria regia L.
D) Nymphae alba L.

84. Gul formulasi Ca5 Co5 AU, aktinomorf, mevasi to’p meva, yong’oqcha yoki ko’sakcha, bo’lgan, yer ustki qismida zaxarli-anemonal bo’lgan, bo’yi 20-45 sm, zax yerlarda o’suvchi ayiq tovondoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki ko’p yillik o’simlikni belgilang.


A) Adonis chrysocythus
B) Aconitum talassicum M. Pop.
C) Ceratocephalus falcatus
(D) Ranunculus sceleratus L.

85. Gul formulasi Ca5 CoAU mevasi ko’p urug’li to’p meva, ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib undan yurak kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan adonizit pereparati olinadigan o’simlikni aniqlang.


A) sug’ur o’ti – Adonis chrysocythus
(B) mushuko’t – Adonis parviflora Fisch
C) o’yuvchi ayiqtovon – Ranunculus acer
D) bahor suviro’ti – Adonis Vernalis

86. Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub, efimer zaxarli o’simlikni aniqlang.


A) go’zal ayiqtovon – Ranunculus laetus Wall.
B) ilontumshuq uchma – Ceratocephalus falcotus L.
(C) zaxarli ayiqtovon – Ranunculus Sceleatus
D) mushuk o’t yoki sassiqmatal – Adonis parviflora Fisch

87. Ayiqtovondoshlar oilsiga mansub manzarali o’simliklarni aniqlang.


A) sanchiqio’t, olmoso’t, sedana
B) akanit, anemon, uchma
(C) peon, suvyig’ar, isparak
D) peon, uchma, o’rmalovchi ayiqtovon
88. Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub mevasi efir moyli, qishloq xo’jaligi ekinini belgilang
A) Paeonia albiflora Pall.
B) Nigella integrifalia Rgl.
C) Paeonia hybrida Pall.
(D) Nigella sativa L.

89. Zirkdoshlar (Berberidaceae) oilasiga mansub o’simliklar qatorini belgilang.


( A) qoraqand, yersovun, magoniya
B) sanchiqio’t, mushuko’t, iloncho’p
C) yersovun, magoniya, suvyig’ar
D) isparak, parpi, po’fanak

90. Ginetseyi psevdo (soxta) monomer tuzilishli siklik joylashgan, kam sonli (4-18 tagacha), ko’pinch 6 ta changchili, ular o’z navbatida maxsus qopqoq yordamida ochiladi. Oila nixoyatda geterogen, uning karpologiyasi palenologik tuzilishi, gul meva va urug’ining tuzilishi, vegetativ organlarining ichki va tashqi tuzilishi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Oilaning 12 turkimga mansub 600 dan ortiq turi yer sharida tarqalgan, bu oilani aniqlang.


A) Ko’knordoshlar (Papaveraceae) oilasi
(B) Zirkdoshlar (Berberidaceae) oilasi
C) Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) oilasi
D) Ayqiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi

91. Mevasi ovqatga solinadi, sharbat olinadi, murabbo, kisel tayorlanadi, ildizi va po’stlog’idan teri va gazlamalarni bo’yash uchun sariq bo’yoq olinadigan dorivor o’simlik, ammo g’alla ekinlariga zarar keltirishga sabab bo’ladigan o’simlikni aniqlang.


A) Leontice eversmannii Bge.
B) Mahonia aguifolium (Rursch) Nutt.
(C) Berberis vulgaris L.
D) Bangardia chrysogonum (L.) Boiss.

92. Gul formulasi Ca2 Co4 AG(2) , aktinomorf, mevasi ko’sakcha, urug’i endosperimli, unda 50 % gacha yog’ bor, poyasi sut shirali, mum qatlam bilan qoplangan, gullari gunafsha, pushti rangli, bo’yi 100 sm yetadigan mevasidan meditsinada muhum axamiyatga ega bo’lgan morfin, kodein, papaverin alkoloidlari olinadigan bir yillik madaniy o’t o’simlikni belgilang.


A) Roemeria hybrida (L.) DC.
B) Papaver pavonium Schrenk.
C) Roemeria refracta DC.
D
93. Bargi bandli, oddiy, 2-3 karra patsimon qirqilgan, tukli guli qizil, pushti, asosi dog’li, kosachabargi 2 ta, gultojbargi 4 ta, changchisi ko’p, ipchalari qora, mevasi 2-4 tabaqali qo’zoqsimmon ko’sak, gulbargida alkaloidlar, organik kislotalar, vitamin C, qandlar, oshlovchi va bo’yoq moddalari bo’lgan bo’yi 50 sm gacha yetadigan efimer o’simlikni aniqlang.
(A) Poemeria refracto D.C – qizg’aldoq
B) Glaucium elegans F. et M – o’rmon qora
C) Paparer pavoninum Schrenk – qizil ko’knori
D) Nypecoum trilobum Trautv - xupekoum

94. Shotaradoshlar (Fumariaceoe) oilasiga mansub bo’yi 10-25 sm gacha bo’lgan tarkibida alkaloidlar, glikozidlar, oshlovchi va bo’yoq moddalar, vitamin C, K, organik kislotalar, smolalar, qandlar bo’lgan, yer ustki qismidan tayorlangan qaynatmasi sariq, bavosil, qon tozalovchi, siydik haydovchi, bosh og’rig’ini qoldiruvchi, haroratni pasaytiruvchi o’simlikni aniqlang.


A) Shotara – Fumaria Parviflora.
(B) Vayyan shotarasi – Fumaria vaillantii Loisl.
C) Darvoz burmaqorasi – Corydalis darvasica Rgl.
D) Burmaqora – Corydalis severtzovii Rgl.

95. Gul formulasi ♀ P4 A0 G(2) ♂ P4 A4 G0 bo’lga, mevasi rezavor to’p meva, urug’i endosperimli, barglari oddiy, sut shirali, gullari ayrim jinsli, bir yoki ikki uyli bo’lgan, gulqo’rg’oni oddiy, gulkosachasimon, 4 bargchali, gulqo’rg’on bargchalari qancha bo’lsa, changchilari ham shuncha bo’lgan, daraxt va butalardan iborat oilani belgilang.


A) Ranodoshlar oilasi – Rosaceae
B) Toldoshlar oilasi – Salicaceae
(C) Tutdoshlar oilasi – Moraceae
D) Zarangdoshlar oilasi – Aceraceae

96. Barygining tarkibida furokumarinlardan psoralen, bergapten bo’lgan, yo’tal va


ko'kyo’tal, hamda teri kasalliklarida foydalaniladigan ayrim jinsli bir uyli o’simlikni aniqlang.
A) Maclura sup.
B) Morus nigra L.
C) Ficus clastica L.
(D) Ficus carica L.

97. Tutdoshlar (Moraceoe) oilasiga mansub mevasi oziq-ovqat bo’ladigan o’simliklarni belgilang.


(A) non daraxti (Artocorpus integer L.), shotut (Morus nigra L.), anjir (Ficus carica L.).
B) fikus (Ficus elastica L.), moklyura (Maclura sup.) shotut (Morus nigra L.)
C) anchar (Antiaris toxicaria L.), oq tut (Morus alba L.) anjir (Ficus carica L.).
D) Kostilla eloetika (Castilloa elostica), qog’oz daraxti (Broussonetia), maklyura
(Maclura sup.)

98. Po’stloq qaynatmasi burishturuvchi vosita sifatida og’iz bo’shlig’i kasalliklari, menenggit, stamatit, milk qonaganda, og’izda hid paydo bo’lganda, og’iz chayish uchun qo’llaniladigan o’simlikni aniqlang.


A) ot kashtan (Castanea satira Mill.)
(B) oddiy eman (Quercus robur L.)
C) Qora qayin (Fagus orientalus Lipsky.)
D) Buk (Fogus silvatica L.)

99. Urug’I tarkibida eskulin va farosin, kumarin glikozidlari, flavonoidlar, triterpen saponinlar, kraxmal, oqsil oshlovchi moddalar, bargida flavonoidlardan ktsertsetin, kempferol, karotinoidlar bo’lgan, urug’idan tayorlangan ekstrakt eskuzan tromboflebit va vena qon tomiri kengayishining oldini olish va davolashda, bavosil va aterosklerozda ishlatiladigan emandoshlar (Fagaceae) oilasiga mansub barglari oddiy, 15-20 m ga yetadigan daraxtni belgilang.


A) Qora dub (Quercus petrajah)
B) Oddiy eman (Quercus robur L.)
(C) Asl kashtan (Costanea satira Mill.)
D) Sharq qora qayini (Fagus oirentalis Lipsky.) Buk

100. Qayindoshlar (Berulaceoe) oilasiga mansub o’simliklar qatorini belgilang.


A) o’rmon yong’og’I, olixa, so’galei qayin, eman.
B) oq qayin, momiqli qayin, pomir qayin, buk.
C) turkiston qayini, pakana qayin, olixa, kashtan.
(D) grab, o’rmon yong’og’i, oq qayin, olixa.

101. Kurtagining tarkibida betilen betulol, kariofellen va terpenoidlar bo’lgan, kurtak damlamasidan siydik haydovchi, o’t haydovchi vosita sifatida xoletsistitda ishlatiladigan, po’stlog’i oq, bo’yi 10-20 m, gullari ayrim jinsli, bir uyli to’pguli kuchalasimon, erkak kuchalasi 2-4 tadan kuzdan boshlab taraqqiy etadigan, urg’ochi kuchalasi bahorda bittadan yetiladigan, barglari oddiy bo’lgan daraxtni toping.


(A) qayin – Betula verrucosa Ehrh.
B) Turkiston qayini – Betula turkestanica.
C) Olxa – Alnusglutinosa (L.) Gaertn.
D) O’rmon yong’og’i – Carylus avellana L.

102. Gullari ayrim jinsli, bir uyli, urug’chili gullari bittadan, changchili gullari esa 6-20 tasi birikib kuchalasimon to’pgul xosil qiladi, bargi toq patsimon murakkab barg, bargidan yuglon pereparati ajiratib olingan bo’lib, u teri sili, ekzema, temiratki, surunkali epidermofitiyani davolashda ishlatiladi, xom mevasidan vitamin kontsentrati tayorlanadi, bargidan va po’stlog’idan jigarrang bo’yoq olinadigan o’simlikni aniqlang.


A) Fraxinus excelsior L.
(B) Juglans regia L.
C) Jasminium officinale L.
D) Olea Europoea L.

103. Mevasining tarkibida 75 % yog’ bo’lgan o’simlikni toping.


A) Ricinus communis L.-kanakunjut
B) Olea Europoea L.-zaytun
(C) Juglans regia L.-yong’oq
D) Gassypium hirsutum-g’o’za

104. O’zbekistonda Pskom va Ugom tizma tog’larida Qirg’izistonda Farg’ona, Chotqol va Uzun Axmat tizma tog’larida, Tojikistonda Hisor va Darboz tizma tog’larida, Turkmanistonda Kopetdog’ tizma tog’idagi Sambur daryolarining qirg’oqlari bo’lib o’rmonzorlar xosil qilgan oziq-ovqat, qimmatli dorivor va bo’yoq beruvchi, hamda mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan o’simlikni aniqlang.


A) Betula turkestanica Roth.
B) Faraxinus excelsior L.
C) Betula verrucosa Ehrh.
(D) Juglans regia L.

105. Yong’oqdoshlar (Juglandaceae) oilasi Pistadoshlar (Anacardiaceae) oilasiga yaqin deb e’tirof etiladi, ammo o’ziga xos farqi bor, uni toping.


(A) b,c,d
B) ginetseyini tuzilishi bilan farqlanadi, ginetsey yosh novdalarni uchida 1-5 (10-12) tadan joylashadi.
C) changchilarida teshikchalari (pora) bo’lishi bilan
D) yog’ochligida mum yollarining bo’lmasligi bilan

106. Gul formulasi P2,4 A5-4,8-10 G0; P4 A0 G(2) bo’lgan o’simlikni aniqlang.


A) Faxinus excelsior L.
(B) Juglans regia L.
C) Betula verrucosa Ehrh.
D) Platanus orientalis L.

107. Gul formulasi ♂ P4 A4 G0; ♀ P4 A0 G(2) tugunchasi bir xonali, mevasi yong’ocha, barglari poyada qarama-qarshi joylashgan tukli, bargida A, B, C, K vitaminlarga boy bo’lib 2-5% xlorafil bor, meditsinada bavosil va qon oqishini to’xtatuvchi vosita sifatida foydalaniladigan ko’p yillik o’t o’simlik bu qaysi o’simlik.


A) Urtica cannabina L.-nashasimon gazanda
B) Urtica ureus L.-kuydiruvchi gazanda
(C) Urtica dioica L.-gazanda
D) Bochmeria mivea L.-oq rami.

108. Poyasi tik o’suvchi (60-100sm) to’rt qirrali, shoxlanmagan, barglari oddiy, tuxumsimon, yirik tishsimon qirrali, poyada uzun bandi bilan qarama-qarshi joylashgan, poya va barglari achituvchi tuklar bilan qoplangan, ikki uyli, tarkibida karotin, vitamin C, K, B2 pantoten va chumoli kislotalar, urtitsin glikozidi, gistamin, xlorafil, kraxmal bo’lgan meditsinada qon to’xtatuvchi vosita sifatida, bargidan ajiratib olingan xlorafil oziq-ovqat sanoatida va farmatsevtikada bo’yoq modda sifatida ishlatiladigan o’simlikni toping.


A) Mentha asiatica Boriss-yalpiz.
B) Bachmeria mivea L.-oq rami
C) Salvia sclarea L.-marmarak
(D) Urtica dioic L.-gazanda

109. Gulqo’rg’oni oddiy, etli pardasimon, 3-5 bargchali, oqimtir-yashil yoki sarg’ish, bazan to’q qizil rangli, changchisi gulqo’rg’on bargchalarining soniga teng (3-5), bazan tagi birikib, tugunchani o’raab olgan pardasimon naychaga aylanadi, tugunchasi chetki, naychasiz, 2-3 tumshuqli, bir uyali, bir yoki ko’p urug’kurtakli, mevasi bir yoki ko’p urug’li yong’oqcha, urug’lari sharsimon, yasmiqsimon, yaltiroq, murtagi halqasimon, bir tupi 1 mln gacha urug’ beradigan bir yillik, bo’yi 1-1,5 m li o’simliklar qaaysi oilaga mansub.


(A) Amaranthaceae - gultojixo’rozdoshlar
B) Chenopodiaceae – sho’radoshlar
C) Polygaonaceae – torondoshlar
D) Connabaceae – nashadoshlar

110. Gultoji xo’rozdoshlar (Amaranthaceae) oilasiga mansub manzarali va yem-xashak o’simlikni aniqlang.


A) Amaranthus albus L.
(B) Amaranthus Candatus
C) Amaranthus blitum L.
D) Amaranthus retroflexus L.

111. Gul formulasi Ca4-5 Co0 A5 G(2-3), mevasi yong’oqcha, urug’lari sharsimon, yasmiqsimon yaltiroq, O’zbekistonda 1 ta turkum 10 turi o’sadigan oilachani aniqlang.


A) gerringiodoshchalar – Derringioideae
B) gomfrenadoshchalar – Gomphrenoideae
(C) gultojixo’rozdoshchalar – Amaranthoideae
D) gultojixo’rozdoshlar – Amaranthaceae

112. Qizil rangli gullari xo’rozning tojisiga o’xshash to’pgul xosil qiladigan, O’zbekistonda faqat madaniy holda o’stiriladigan mashxur o’simlik gultojixo’rozni toping.


A) Amaranthus blitum L. (Amaranthoideae)
B) Gomhrena globosa (Gomfrenadoshchalar)
C) Amaranthus albus L. (Amaranthoideae)
(D) Celosia cristata (Derringiadoshchalar)

113. Gul formulasi P(5) A5 G(2-5) , gullari ko’rimsiz, anemofil, bazan entomofil, boshoq yoki qisqa bandli dixozinlarda joylashgan , gulqo’rg’oni oddiy, kosachasimon 5 bo’lakli, tutash, yashil yoki pardasimon changchilari 5 ta, erkin, ginitseyi 2-5 mevacha bargdan xosil bo’lgan, mevasi yong’oqcha, murtagi egilgan, sipiralsimon, ko’sakcha va rezavor mevali turlari ham mavjud bo’lgan oilani aniqlang.


(A) Sho’radoshlar – Chenopodiaceae
B) Gultojixo’rozdoshlar – Amaranthoceae
C) Chinniguldoshlar – Caryphyllaceae
D) Semizo’tdoshlar – Portulacaceae

114. O’zbekistonda sho’radoshlar oilasining qancha turi o’sadi.


A) 110 turkum, 1500 tur.
(B) 43 turkum, 180 tur.
C) 51 turkum, 200 tur.
D) 108 turkum, 1400 tur.

115. Qand lavlagi – beta vulgaris var altissima ildiz mevasida 20% qand bor, uning gul formulasini aniqlang.


A) Ca5 Co5 A5 G(1)
B) Ca4-5 Co0 A5 G(2-3)
(C) P(5) A5 G(2-5)
D) Ca4 Co4 A4+2 G(1)

116. Sho’radoshlar oilasiga mansub super galafit o’simlikni aniqlang.


A) Bassiya – Bassia hyssopifolia (Pall) Kuntze
B) Qizg’ish sho’ra – Chinopodium rubrum L.
C) Oq sho’ra – Chenopodium album L.
(D) Qizil sho’ra – Saalicornia europaea
117. Sho’radoshlar (Chenopodiaceae) oilasiga mansub bir yillik o’simlikni toping.
(A) Olabo’ta – Atriplex tatarica L.
B) Buyrug’un (itsigek) – Anabasis aphylla L.
C) Teresken – Ceratoides erersmanniana
D) Izen – Kochia prostrate (L) Schrad

118. Kam qonlik va buqoq kasalligida foydalaniladigansho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik sabzavot o’simligini aniqlang.


A) sho’ra – Chenopodium album L.
(B) ismaloq – Spinacia oleracea L.
C) lavlagi – Beta vulgaris L.
D) Olabuta – Atriplex tatarica L.

119. Bargsiz yoki qipiqsimon bargli, assimlatsiya vazifasini asosan bir yillik yosh novdalari bajaradigan gullari mayda, ikki jinsli, 5 azoli, mevasi qanotchali rezavor, po’stlog’i to’q kulrang-qoramtir, o’zagi jigarrang, qattiq, og’ir, suvda cho’kadigan yem-xashak, ixota, yoqilg’i, sifatida foydalaniladigan qumli sho’rxok gullarga o’sadigan o’simlikni aniqlang.


A) Cherkez – Salsola richteri. Korelin.
B) Cho’g’on – Aellenia subaphylla (C.A.Mey) Aellen.
(C) Holoxylon aphyllum L.
D) Buyrug’in – Nanophyton erinaceum (Pall) Bungl.

120. Tarkibida calcolin va calcolidin alkaloidlari bo’lgan, pereparatlari gipertoniya, hamda bosh og’riq kasalliklarini davolashda ishlatiladigan barglari navbatlashib joylashgan, ipsimon, 4-8 sm, uchki qismi ignasimon uchli, mevasi gulqo’rg’oni bilan birlashgan bir urug’li yong’oqcha, bo’yi 2-3, bazan 5 m gacha yetadigan buta yoki kichik daraxtni belgilang.


A) Buyrug’un – Nanophyton erinaceum (Pall.) Bunge.
B) Saksoul - Haloxylon aphyllum L.
C) Cho’g’on – Aellenia subophylla (C.A.Mey) Aellen.
(D) Cherkez – Salsola Richteri Karelin
121. Gul formulasi P3-6 A5-9 G(3), (2-4) oilani toping.
(A) Torondoshlar –Polygonaceae
B) Sho’radoshlar – Chenopodiaceae
C) Chinniguldoshlar – Caryophyllaceae
D) Ko’knordoshlar – Papakeraceae

122. Torondoshlar (Polygopaceae) oilasiga mansub urug’ida kraxmal, yog’, vitamin B1, B2 bo’lgan, qon bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida qo’llaniladigan, bo’yi 50-80 sm, bo’lib barglari yuraksimon, gullari shingil to’pgul bo’lib barg qo’ltig’idan chiqqan, gul qo’rg’oni qizil, pushti, oq ranglarda bo’lgan, mevasi uch qirrali ko’saklarda yetiladigan, urug’i qo’ng’ir rangli bir yillik madaniy o’simlikni belgilang.


A) Shovul – Rumex acetosa L.
(B) Grechixa – Fagopyrum sogittatum Gilib.
C) Rovoch – Rheum maximowiczii Losinsk.
D) Tomirdori – Polygonum amphibium L.

123. Uning ildizida 20% tannid moddasi bo’lib terini qayta ishlash sanoatida ishlatiladi, uni O’zFA Botanika institute olimlari (Zokirov Q.Z, Chevrenidi S.X) tomonidan madaniylashtirilib ishlab chiqarishga tavsiya etilgan, bu qaysi o’simlik.


A) Rovoch – Rheum maximowiczii Losinsk.
B) Suv qalampir – Polygonum hydropiper L.
(C) Toron – Polygonum coriarium Grig.
D) Shovul (ekma otquloq) – Rumex thyrsiflorus Fengerh.
124. Torondoshlar (Polygonaceae) oilasiga mansub madaniy turlarini anqlang.
A) Fagopyrum sogittatum Gilib. (grechixa); Beta vulgaris L. (lavlagi)
B) Spinacia oleraceae L (ismaloq); Beta vulgaris L. (lavlagi)
C) Rumex thyrsiflorus Fengerh (shovul); Spinacia oleraceae L. (ismaloq)
(D) Rumex thyrsiflorus Fengerh. (shovul); Fagopyrum sogittatum Gilib (grechixa)

125. Qandim (Calligonum) turkumini O’zbekistonda 40 turi bor, uning gullari 2 jinsli, gulqo’rg’oni 5 bargchali, kosachasimon, changchilari 12-18 m, mevasi shamol yordamida tarqalishiga moslashgan bo’lib ipsimon o’simtalar bilan qoplangan yong’oq meva. Qandim qumli gullarda o’suvchi pisommofit butadir. U qaysi oilaga kiradi.


(A) Torondoshlar – Polygonaceae
B) Sho’radoshlar – Chenopodiaceae
C) Chinniguldoshlar – Caryophyllaceae
D) Ko’knordoshlar – Popaveraceae

126. Torondoshlar (Polygonaceae) oilasiga mansub endemik turlarni ko’rsating.


A) tatar rovochi, maksimovich rovochi, so’galli otquloq, angren otqulog’i.
(B) so’galli otquloq, amgren otqulog’i, yirik bargli rovoch, Vvedeniskiy rovoch.
C) yirik bargli rovoch, Vvedenskiy rovochi, tatar rovochi, maksimovich rovochi
D) oshlovchi toron, suv qalampiri, tuyasingren, juzg’un.

127. Tomirdori tarkibida organik kislotalar, flavonoidlar, vitamin C, karotin, oshlovchi moddalar bo’lib, yer ustki qismidan tayorlangan qaynatma zaxm, podagra, boy va asab kasalliklarini davolashda hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Tomirdori ko’p yillik o’t bo’lib, bo’yi 1 m ga yetib nam, suvi sekin oqadigan daryo, kanal, ariqlarda o’sadi. Ushbu o’simlikni turkumini aniqlang.


A) Rumex – otquloq
B) Rheum – rovoch
(C) Polygonim – toron
D) Atraphaxis – tuyasingren

128. Gul formulasi Ca5 Co5 A3(∞) G(3) bo’lgan, barglari oddiy, poyada qaramaqarshi joylashgan, efir moyi ajiratadigan bezchalari bor, guli aktinamorf, simoz to’pgulda joylashgan, sariq rangli, mevasi ko’sakcha, bizning floramizda faqat ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lgan oilani aniqlang.


A) Kermekdoshlar – Plumboginaceae
B) chinniguldoshlar – Coryophyllaceae
C) Torondoshlar – Polygonaceae
(D) dalachoydoshlar – guttiferae

129. Dalachoydoshlar (Guttiferae) oilasiga mansub qimmatli dorivor o’simliklarni 3 ta turi O’zbekistonda o’sadi ulardan dalchoy (Hypericum perhoratum L.) ni o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.


( A) Tojbarglari yirik (18-20mm) bo’lib changchilaridan uzun bo’lgan, iyul-sentabr oylarida gullab urug’laydi bo’yi 30-35 sm.
B) Gullari ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan, tojbarglari 13-15 mm, bo’yi 40-50 sm, iyul-avgustda gullab, urug’laydi
C) Tojbarglari 4-10 mm, changchilaridan kaltaroq bo’ladi, bo’yi 20-40 sm may-iyulda gullab urug’laydi
D) 3 ta turi ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, ularni farqlash ancha qiyin.


Download 222,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish