Ta’limning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablarni bekor qilgan holda har bir lavozim va kasb bo‘yicha malaka doirasiga muvofiq malaka darajasiga talablar kiritilishi



Download 373,67 Kb.
bet1/19
Sana14.04.2022
Hajmi373,67 Kb.
#551813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
PQ-4939 31.12.2020 (1)




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda inson kapitalini to‘laqonli rivojlantirish, oliy va professional ta’limning sifatini oshirish, mehnat bozorining rivojlanishi tendensiyalarini inobatga olgan holda, aholining keng qatlamlarini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish hamda malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zstandart” agentligi, yirik korxonalar va uyushmalarning quyidagilarni nazarda tutuvchi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini (keyingi o‘rinlarda — Klassifikator) takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
ta’limning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablarni bekor qilgan holda har bir lavozim va kasb bo‘yicha malaka doirasiga muvofiq malaka darajasiga talablar kiritilishi;
lavozim va kasblarni Mashg‘ulotlarning Xalqaro Standart Klassifikatori (MXSK — 2008) bilan muvofiqlashtirish;
ishchi kasblar uchun tarif razryadlarining oralig‘ini belgilash.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi tahrirdagi Klassifikatorni ishlab chiqsin va “O‘zstandart” agentligida O‘zbekiston davlat standarti shaklida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
2. Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha tegishli malaka darajasiga erishish yo‘llarining moslashuvchanligi va xilma-xilligini ta’minlovchi Malaka darajalariga erishish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Klassifikatorda belgilangan har bir lavozim va kasb bo‘yicha ta’lim va malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar Malaka darajalariga erishish sxemasiga muvofiq tegishli lavozim (kasb)ning malaka darajasidan kelib chiqqan holda ish beruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi;
har bir xodimning malaka darajasini aniqlashda nafaqat uning ma’lumoti, balki kasbiy tajribasi, bilimlari hamda shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlari ham hisobga olinadi;
xodimlarning ish haqini belgilashda ularning malaka darajasi hisobga olinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘lgan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlar (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) tashkil etilsin va ularga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
mehnat bozorini, shu jumladan uning kasbiy-malakaviy tuzilmasini monitoring qilish, baholash va strategik rejalashtirish tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish va yangi progressiv texnologiyalarni rivojlantirishni inobatga olgan holda, malakali kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqbolli ehtiyojni qondirish;
kasbiy standartlar, tarmoq malakalar doiralari va malaka talablarining ishlab chiqilishi hamda yangilab borilishini tashkil etish;
malaka va bilimlarni baholash milliy tizimining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash;
kasbiy malaka va bilimlarning moslashuvchan, izchil va uzluksiz rivojlanishini ta’minlash;
malaka va bilimlarni, nafaqat shaxs tomonidan olingan ta’lim, balki uning kasbiy tajribasi, ko‘nikmalari hamda shaxsiy va ishbilarmonlik xususiyatlarini inobatga olgan holda tan olish, validatsiya va akkreditatsiya (sertifikatsiya) qilishning moslashuvchan, shaffof va xolisona mexanizmlarini joriy etish;
ish beruvchi talablarining ta’lim dasturlari mazmuni bilan o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish orqali ta’limning sifatini oshirish.
5. Quyidagilar:
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash tarkibi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlarning namunaviy tarkibi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari (keyingi o‘rinlarda — tarmoq kengashlari), shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish uchun mas’ul vazirlik, idora, ta’lim va ilmiy muassasalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tegishli vazirlik va idoralarning takliflariga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tarmoq kengashlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Tarmoq kengashlariga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
mehnat bozori monitoringi asosida tarmoqlarning malaka va bilimlarga ehtiyojlari va tendensiyalarini aniqlash;
tarmoq malaka doiralarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish;
kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
norasmiy va informal o‘qitishning natijalarini tan olish, validatsiya va akkreditatsiya (sertifikatsiya) qilish tizimini shakllantirish, shu jumladan malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkil qilish;
yoshlarni kasbga yo‘naltirish, professiogramma va axborot materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
tarmoq malakalar doiralari va kasbiy standartlardan kelib chiqqan holda Klassifikatorni takomillashtirish hamda mehnatga haq to‘lashga oid me’yorlarni aniqlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash.
Belgilansinki:
mas’ul vazirlik va idoralarda ularning umumiy shtat birliklari soni doirasida mehnatga haq to‘lash sharoiti bo‘yicha mustaqil bo‘lim boshlig‘iga tenglashtirilgan tarmoq kengashi kotibi lavozimi kiritiladi;
tarmoq kengashlarining doimiy ishchi organi sohaga oid ilmiy-tadqiqot va ta’lim tashkilotlari, yirik tarmoq korxonalari, xodimlar bilan ishlash bo‘yicha tuzilmalar bo‘lishi mumkin;
ishchi organ tarmoq kengashi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilayotgan kasbiy standartlar va boshqa hujjatlarning xususiyatlarini inobatga olib, ishchi ekspertlar guruhlarini tashkil etishga haqli;
ishchi ekspertlar guruhlarining ishlariga jalb etiladigan xodim va ekspertlarga tarmoq kengashlarining faoliyatini tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarning mablag‘lari hisobidan mukofot puli to‘lanishi mumkin.
7. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov):
har chorakda tarmoq va hududiy kengashlar bilan birgalikda malakalarni baholash tizimini joriy etish bo‘yicha faoliyat natijalarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etib borsin;
bir oy muddatda 2021-2022-yillarda xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalarini tarmoq kengashlari tomonidan qayta ko‘rib chiqish reja-jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:
malaka tizimi ishtirokchilarining takliflari va ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, kasbiy standartning maketiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
malaka tizimining ishtirokchilari sifatida o‘ziga yuklatilgan vazifalar buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan vazirlik va idoralar mansabdor shaxslarining javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar taqdim etish;
talabgorlarda malaka darajalariga erishish sxemasida nazarda tutilmagan ta’lim bo‘lgan taqdirda ularning malakalar darajasini belgilash.
8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika bandlik va mehnat muhofazasi ilmiy markazi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti (keyingi o‘rinlarda — Mehnat instituti) etib qayta tashkil etilsin va unga Kengashning ishchi organi vazifasi yuklansin.
Mehnat institutining asosiy vazifalari etib bandlikka ko‘maklashish, mehnat munosabatlarini rivojlantirish, mehnat bozori, mehnat muhofazasi, Malaka tizimi va kasbiy standartlarni takomillashtirish hamda mehnat migratsiyasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish belgilansin.
9. Mehnat instituti tuzilmasida quyidagilar uchun mas’ul bo‘lgan Mehnatni me’yorlash markazi tashkil etilsin:
mehnat bo‘yicha me’yorlar va normativlarni ishlab chiqish sohasida amaliy loyihalarni, shu jumladan tarmoq korxonalari buyurtmalari asosida amalga oshirish;
tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar sonini rejalashtirish hamda maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
mehnat faoliyatini tartibga soluvchi texnik reglamentlarni takomillashtirish;
kasblarning malakaviy tavsiflarini ishlab chiqish.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Mehnat instituti:
tarmoq kengashlarining, shu jumladan kasbiy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish borasidagi faoliyatini uslubiy, tashkiliy va axborot jihatidan ta’minlaydi;
malakalar tizimining registri va boshqa axborot resurslarini shakllantirish, yuritish va rivojlantirishni tashkil etadi;
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun vazirlik va idoralar, ta’lim tashkilotlari, ilmiy va boshqa muassasalar, davlat korxonalari mutaxassislarini jalb etishga haqli;
b) Mehnat institutining direktori Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, uning o‘rinbosarlari esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi;
v) Mehnatni me’yorlash markazining rahbari bir vaqtning o‘zida Mehnat instituti direktorining o‘rinbosari hisoblanadi;
g) Mehnat instituti, shu jumladan Mehnatni me’yorlash markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari, xo‘jalik hisobidagi faoliyatdan daromadlar, xalqaro, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grant mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Mehnat institutida ishlash uchun xorijiy mutaxassislarni, shu jumladan chet eldagi vatandoshlarni shartnoma asosida jalb qilish hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan ularning mehnatiga haq to‘lashga ruxsat berilsin.
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) va tarmoq kengashlari bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelgacha quyidagi imkoniyatlarni ta’minlovchi “profstandart.uz” kasbiy standartlarning yagona ochiq portalini ishlab chiqsin va ishga tushirsin:
kasbiy standartlarning registri va ular matnlarining amaldagi tahrirlari bilan erkin tanishish;
ish beruvchilar va mutaxassislar tomonidan kasbiy standartlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
“ochiq maydoncha” tamoyili asosida va real vaqt rejimida yangi kasb standartlarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish, malakalarni baholash tizimining samaradorligini oshirish borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda tashkil etish.
Belgilansinki, “profstandart.uz” portalini yaratish va uning faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq ishlarni moliyalashtirish Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
12. Ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotining tizimli o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
oliy ta’lim muassasalarida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida ushbu muassasalarning qarorlari asosida dual ta’lim tizimi joriy etilishi mumkin;
dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi to‘lanishi mumkin;
b) 2021-yil 1-apreldan boshlab:
yangi kasbiy standart qabul qilinganda yoki amaldagilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar navbatdagi o‘quv yili boshlanishidan oldin ta’lim tashkilotlarining tegishli ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etadi;
oliy va professional ta’limning ta’lim dasturlari WorldSkills standartlari, kasbiy standartlar va ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan, xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar reytingida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi 1 000 o‘rinni egallovchi oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi;
ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha loyihalar “profstandart.uz” portalida, shuningdek ta’lim tashkilotlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy saytlarida yigirma kundan kam bo‘lmagan muddatga jamoatchilik va ekspertlar, shu jumladan ish beruvchilar, vazirlik va idoralar, uyushmalar va mahalliy ijro hokimiyati organlari vakillari orasida muhokama uchun joylashtiriladi.
13. 2021-yilga mo‘ljallangan kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish reja-grafigi (keyingi o‘rinlarda — Reja-grafik) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
har yili 1-noyabrga qadar tarmoq kengashlari, hududiy kengashlar, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, ta’lim tashkilotlari, ilmiy va boshqa muassasalar Mehnat institutiga kelgusi yil uchun Reja-grafik bo‘yicha takliflarni taqdim etadi;
har yili 1-dekabrga qadar Mehnat instituti joriy va o‘tgan yillardagi Reja-grafikni amalga oshirish natijalarini hamda tarmoq kengashlari, hududiy kengashlar, ta’lim tashkilotlari, ilmiy va boshqa muassasalarning takliflarini har tomonlama o‘rganish asosida kelgusi yil uchun Reja-grafik loyihasini ishlab chiqadi va Kengashga taqdim etadi;
har yili 10-dekabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Kengash tomonidan ma’qullangan kelgusi yil uchun Reja-grafik loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 1-apreldan boshlab kasbiy standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga quyidagi talablarni belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
kasbiy standartlarning ishlab chiqilishi tarmoq kengashlari tomonidan tegishli yil uchun Reja-grafik asosida yoki o‘z tashabbusi bilan tarmoqlar mutaxassislarini jalb qilgan holda tashkil etiladi;
kasbiy standart loyihasi jamoatchilik va ekspertlar muhokamasi uchun yigirma kundan kam bo‘lmagan muddatga “profstandart.uz” portaliga joylashtiriladi;
jamoatchilik va ekspertlar muhokamasidan o‘tgan kasbiy standart loyihasi tarmoq kengashi tomonidan ekspertizadan o‘tkazish uchun Mehnat institutiga taqdim etiladi. Bunda, taqdim etilgan kasbiy standart loyihasiga nisbatan salbiy xulosa berilgan taqdirda, uni qayta ishlash tarmoq kengashi tomonidan Mehnat instituti negizida tashkil etiladi;
ekspertizadan o‘tgan kasbiy standart loyihasi besh kun ichida tarmoq kengashi tomonidan tasdiqlanadi va shu kunning o‘zida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish hamda kasbiy standartlar registriga kiritish uchun taqdim etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bir oy muddatda Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. 2021-yilga mo‘ljallangan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi yirik korxonalar huzurida malakalarni baholash markazlarini tashkil etish dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Malakalarni baholashning shaffof, xolisona va samarali tartibotlarini ta’minlash maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
malakalarni baholash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan baholash vositalari, shu jumladan onlayn testni o‘tkazishga mo‘ljallangan dastur ta’minotidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
malakalarni baholash jarayoni Internet tarmog‘ida efirga uzatilib, elektron jismda videoyozuv orqali qayd etiladi;
baholash vositalari Mehnat instituti yoki tarmoq kengashlarida ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Mazkur qarorga 5-ilovada belgilangan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar hududiy kengashlar bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
2021-yil davomida malakalarni baholash markazlarini tashkil etishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish;
malakalarni baholash markazlarini tegishli baholash vositalari va boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlash;
malakalarni baholash markazlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.
16. Belgilab qo‘yilsinki, malakani baholash markazlari tomonidan beriladigan malaka pasportlari malaka doirasi darajalariga muvofiq lavozimlarni egallash va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
17. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Davlat statistika qo‘mitasi (B.A. Begalov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yildan boshlab ish bilan band bo‘lganlarning kasbiy va malaka tuzilmasi ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubiyatini ishlab chiqsin.
18. Malakalar tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 795-son qarori 2021-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ikki hafta muddatda hududiy kengashlarning tarkibini tasdiqlasin hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ularning samarali faoliyatini tashkil etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rsin.
21. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov):
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q.M. Rafikov) bilan birgalikda xodimlarning mehnat huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlab, ularning malaka darajasini hisobga olgan holda ish haqi to‘lanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining kasb-hunar ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari M.M. Xolmuxamedov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida 2021-yil 1-aprel hamda 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
PQ-4939-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qaroriga
1-ILOVA
Malaka darajalariga erishish
SXEMASI


Download 373,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish