Tarix fakulteti Tarix ta`lim yo`nalishi 164-gurux talabasi Pirova Shahnozaning Xorazm tarixi fanidan



Download 118,3 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi118,3 Kb.
#51161
Bog'liq
xorazm tarixi

Mavzu :O`rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish natijasida Xorazm SSSRning tugatilishi . Reja: XORAZMDA MILLIY-DEMOKRATIK HARAKATLAR. XXSRNING TASHKIL TOPISHI. 3.Milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari  


1920 yil 27—30 aprelda Xivada bo‘lib o‘tgan xalq vakillarining I Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e’lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Respublikasi deb e’lon qildi. Kurultoy XXRning Muvaqqat Konstitutsiyasini qabul etdi, u ro‘y bergan to‘ntarishni va uning natijasida o‘rnatilgan tuzumni antimonarxistik, antifeodal, xalq-demokratik xususiyatiga ega bo‘lgan tuzum sifatida aks ettirdi.

1920 yilda Xiva xonligida ro‘y bergan tub siyosiy o‘zgarishlarni qanday baholasa bo‘ladi? Bu siyosiy larzalar «Xalq inqilobi» yoki «davlat to‘ntarishi»mi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy.

1920 yil 2 fevralda Xivada ro‘y bergan siyosiy zilzilaning aybdorlari bolsheviklar, ularning qurolli kuchlari va muxolifchi kuchlar edi. Ular O‘rta Osiyo xalqlarini mustamlaka holatida saqlab turish uchun, ularning birligini bo‘lib tashlab, hukmronlik qilish uchun turli hiylayu–nayranglar o‘ylab to‘dilar.

Shulardan biri O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralash o‘tkazish edi. Buning natijasida Turkiston avtonom respubli­kasi, XXSR va BXSR lar tugatilib, ularning hududlari yangi tashkil qilingan O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda QASSR tarkibiga kiritildi. 1925 yil 13 fevralda Buxoroda O‘zSSR Sovetlarining 1–spezdi ochildi. 17 fevralda «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topishi to‘g‘risida deklaratsiya»ni qabul qildi. Deklaratsiya O‘zSSR tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va O‘zSSR ning «ixtiyoriy» ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e’lon qildi.


O‘rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo‘lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm

respublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi organ — RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib mahalliy xalqqa ta’sir va tazyiqlar o‘tkazib borildi. Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924-yil 5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy byurosida, 11-mayda



RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi komissiyasida ko‘rib chiqildi. Unda O‘rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib, asosan ma’qullandi.

Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm respublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev,ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov, Turkiston va Buxoro vakillari: Sultonbek Xo‘janov, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar.

Munozaralar tobora qizib borganligi sababli vaqtincha Xorazm respublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to‘xtatib turishga qaror qilindi. Bu borada Xorazm Kompartiyasi va hukumati rahbarlariga har tomonlama ta’sir o‘tkazib borildi. Ularning ko‘pchiligi vazifasidan olinadi,qolganlari partiya qaroriga qo‘shilishga majbur bo‘ladi.

Oqibatda 1924-yil 26-iyunda Xorazm respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini «e’tirof» etadilar. Shundan so‘ng, 1924-yil 15-iyulda O‘rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va 1924-yil oktabr oyida uni o‘tkazish zarur, degan qat’iy xulosaga keldi. Shu maqsadda maxsus Markaziy hududiy komissiya tuzilib, joylarda tashviqot-targ‘ibot ishlari kuchaytirib yuboriladi

O‘rta Osiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida endilikda O‘zbekiston SSR,Turkmaniston SSR, shuningdek, O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg‘izlar yashagan hududlar Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog‘iston ASSR ixtiyoriga berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor viloyatiga birlashtirilib Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritildi. O‘lkada beshta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi. Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir-biridan sun’iy ravishda uzoqlashtirildi.

Mustamlakachilar vakillari Markazning ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy rahbar xodimlarga ishonchsizlik bilan qarab, ularga nisbatan turli nayranglar uyushtirib, g‘ayriqonuniy ravishda davlat to‘ntarishlari qilib, haqiqiy xalq vakillarini davlat ishlaridan chetlatib, xohlagan vaqtda ularni hibsga olib, surgun–quvg‘in qilib, xalq boyligini talon–taroj qilib, vohadagi turli elat va millatlarni bir–biriga qarama–qarshi qo‘yib, o‘zlarining buyuk davlatchilik, mustamlakachilik siyosatini yuritib kelganlar.  


Download 118,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish