Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi



Download 468,93 Kb.
bet9/69
Sana01.06.2022
Hajmi468,93 Kb.
#628481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

2.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilish, jahon hamjamiyatida o'z o'rnini topishiga qaratilgan tashqi siyosat olib bormoqda.
Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xo’jaligining faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy me'yorlar, balki xalqaro huquq, standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy huquq, reglamentasiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq o'rtasida muayyan ziddiyatlar mavjud.
Bir tomondan, davlatlarning huquq, sohasidagi suverenitetini e'tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa —xalqaro qoidalar ustuvorligini tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi ta'sir ko’rsatadi.
Milliy huquqiy xujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq, tarzda muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu muammoning eng maqbul yechimi hisoblanadi. Ya'ni xalqaro huquqning qoida va me'yorlari amaliyotda milliy qonun xujjatlari orqali ro’yobga chiqariladi.
O’zgartirish jarayonlarining keskinligi O'zbekiston milliy qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga keltirgan jarayonida muayyan murakkabliklarni yuzaga keltirdi. Ushbu vazifa izchillik bilan, bir necha bosqichlarda hal etib borildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga taalluqli qonun hujjatlari va me'yoriy hujjatlarning ko'pligini e'tiborga olib, O’zbekistonning Jahon iqtisodiy tizimiga kirishi xususiyatlarini kuo'rib chiqamiz.
Mamlakagimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshqarish strategiyasining o’ziga xosliklarini hamda ham mintaqaviy midyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorligining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Uzoq muddatli, barqaror va umum tan olingan tamoyillari asosiga ko'rilgan o’zaro xo’jalik hamkorligini ta'minlovchi Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta'minlash orqali o’z strategik manfaatlariga erishish maqsadida O’zbekiston qator ikkitomonlama shartnomalardan tashqari sherikchilik va hamkorlik to’g’risida kelishuv shaklida savdo-iktisodiy hamkorlik to’g’risidagi umumiy kelishuvni ham imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining qarori va O'zbekiston Respublikasi bilan Yevropa hamjamiyat va unga a'zo davlatlar o'rtasidagi sherikchilik va hamkorlik yo'lidagi kelishuvni amalga oshirish bo'yicha 2000-2005 yillarga mo’ljallangan O'zbekiston Respublikasi yuksalishning asosiy sababi chora-tadbirlari umumiy dasturi qabul qilindi.
MDH mamlakatlari bilan munosabatlar ham jadal rivojlanmoqda. Hamdo’stlik mamlakatlari bilan munosabatlar ilgari mavjud bo'lgan iqtisodiy aloqalarning tabiiy davomi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari bilan aloqalar madaniy savdo-sotiq olib borishga to’siq, bo'layotgan moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi tufayli murakkablashmoqda.
O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining shartnomaviy - huquqiy bazasini ishlab chiqishda va takomillashtirishda jahonning boshqa mintaqalari mamlakatlari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham muhim ahamiyat berish kerak. Masalan, Osiyo mamlakatlari asta-sekin jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqeini egallamoqdalar, dunyoning katta transport-kommunikasiya imkoniyatlariga ega bo’lgan muhim savdo, moliya markazlariga aylanmoqdalar. O’zbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish nuqtai nazaridan Afrika mamlakatlari ham biz uchun katta qiziqish uyg'otadi, bunda e'tibor to'la qayta ishlangan mahsulotni sotishga keratilishi kerak. Bu sharoitlarda ushbumintaqa davlatlariga nisbatan O’zbekistonning huquqiy strategiyasi eng avvalo xalqaro mehnat taqsimoti asosida O'zbekistonning iqtpsodiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan tabaqalashtirilgan holda, har bir davlat uchun alohida ishlab chiqdilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi, qonunning yangi 77-II-сонли tahriri 2000 yil 26 mayda e‘lon qilingan edi. Unga ko’ra:
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari hisoblanadilar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat obyektlari. Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari mazur qonunda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari keltirib o’tilgan va ular quyidagilardan iborat:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • “O‘zbekiston Respeblikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentining Qarori PQ-3303-son 29.09.2017

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi "Investisiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5643-sonli Farmoni

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-4135-sonli qarori va h.




Download 468,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish