Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


-rasm. Ishlab chiqarish omiilari narxining muvozanatlashuvi



Download 2,2 Mb.
bet36/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

2.2.5.-rasm. Ishlab chiqarish omiilari narxining muvozanatlashuvi.

\
narxi Oʻzbekistonda OF, Yaponiyada esa OD ni tashkil etadi. Mamla- katlar o‘rtasida savdo boshlanmasdan oldin Oʻzbekistonda A, Yaponi- yada B nuqtada bozor muvozanatiga erishilgan. Oʻzaro savdodan avval (w/r) nisbat Oʻzbekistonda Yaponiyaga nisbatan kichik bo‘lgani uchun u mehnat sig‘imli 1-tovami, Yaponiya esa kapital sig‘imli 2-tovami ish- lab chiqarish bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega.


Savdo boshlanganidan keyin Oʻzbekiston mehnat sig‘imli 1-tovar- ga ixtisoslashgani bois bu mamlakatda mehnatga nisbiy talab oshib boradi, bu mehnatning nisbiy narxi (w/r)ning ortib borishiga, ushbu holat, o‘z navbatida, 1-tovaming nisbiy narxi (Pj/P^ning ko‘tarilishiga olib keladi. Yaponiya kapital sig‘imli 2-tovarga ixtisoslashgani bois bu mamlakatda kapitalga nisbiy talab oshib borishi kapitalning nisbiy narxi (r/w)ning ortib borishiga yoki mehnatning nisbiy narxi (w/r)ning pasayishiga, bu esa, o‘z navbatida, 2-tovaming nisbiy narxi (R2/R,) ning ko‘tarilishiga, 1-tovaming nisbiy narxi (P^/P^ning kamayishiga olib keladi. Binobarin A va B nuqtalar C nuqtada ustma-ust tushma- guncha bir-biriga yaqinlashib keladi va 1-tovaming har ikki mamlakat- dagi nisbiy narxi E nuqtada muvozanatlashadi. Bu esa 1-tovami ishlab chiqarishga sarflangan mehnatning nisbiy narxini Oʻzbekiston va Ya- poniyada H nuqtada tenglashishiga olib keladi. Shunday qilib, xalqaro savdo natijasida tovarlar nisbiy narxining muvozanatga kelishi, ushbu tovarlami yaratishda foydalanilgan ishlab chiqarish omillari nisbiy naixining tenglashishiga olib keladi.
Haqiqiy olamda ishlab chiqarish omillari narxi umuman muvoza- natlashmagan. Misol uchun turli mamlakatlarda mehnatga to‘lanadi- gan ish haqi ular o‘rtasida faol savdo aloqalari olib borilishiga qaramay sezilarli farq qilib kelmoqda. Buning bosh sababi yuqorida oldindan qabul qilingan shartlardir:

  • Har ikki tovar har ikki mamlakatda ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan.

  • Savdo olib bomvchi mamlakatlarda texnologiya bir xil deb faraz qilingan.

  • Ishlab chiqarish omillari va tovarlar mamlakat ichida toiiq hara- katchan deb faraz qilingan.

  • Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati mavjud emas deb faraz qilingan.

• Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi teoremasi barcha cheklanishlari va kamchiliklariga qaramasdan, xalqaro iqtisodi- yot tahlilida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, omillar sig‘imliligi ma'lum bir tovami yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini, omillar serobligi mam- lakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini bel- gilab beradi. Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati naza- riyasiga ko‘ra, turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy narxidagi farq, o‘z navbatida, ular o‘rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish omillari bi- lan bir xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o‘zining barcha kam- chiliklari va mavhum tabiatiga qaramay hozirgi kungacha xalqaro sav- doning rivojlanishini tushuntimvchi eng mashhur nazariyalarning biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham bu nazariyaning turli mamlakat- lar, tovarlar va ichlab chiqarish omillariga nisbatan ulkan statistik mas- sivlar yordamida empirik yoilar bilan tekshirilishiga ajablanmasa ham boiadi.
Ba’zi empirik testlar nazariyani tasdiqlar, boshqalari rad etar edi. Xeksher-01in-Samuel’son xulosalarini rad etgan tadqiqotlarning eng mashhuri 1953-yilda kelib chiqishi Rossiyadan boigan amerikalik olim Vasiliy Leontyev tomonidan amalga oshirilgan.
Leontyev bir necha empirik testlar yordamida Xeksher-Olin naza- riyasi shartlari amalda bajarilmasligini ko‘rsatib berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh eng boy va kapital serob boigan mamlakatlar- ning biri boiib, boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda mehnatga haq toiash me'yori ham yuqori boiganligi bois ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga muvofiq ravishda kapital sig'imli tovarlami eksport qilishi kerak edi. Leontyev bu gipitezani tekshirish uchun 1 million dol- lar qiymatiga ega bo‘lgan eksportga mo‘ljallangan tovarlar va shuncha qiymatli import bilan bevosita raqobat qiluvchi tovarlami ishlab chiqa- rish uchun qancha kapital va ishchi kuchi zarurligini hisoblab chiqdi. U har bir sanoat tarmog‘i kapital va ishchi kuchi sarfini hisobladi, bunda faqatgina tayyor mahsulotlar (masalan, avtomobillar) bilan cheklan- madi, balki oraliq mahsulotlar (po‘lat, oyna, rezina) uchun ham kerakli hisob-kitoblami amalga oshirdi. Shundan so‘ng AQShning 1947-yilda- gi eksport tarkibidan foydalangan holda 1 million dollar summadagi eksport tovarlarga sarflangan kapital va mehnat xarajatlarining nisba- tini hisoblab chiqdi. Leontyev AQShning shu yildagi import tarkibi bo‘yicha (import tovarlari ro‘yxatiga AQShda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar kiritilmadi) import o‘mini bosuvchi AQSh tovarlarini ishlab chiqarishga sarflangan kapital va mehnat xarajatlari nisbatini aniqladi.
Amalda bir birlik AQSh importini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kapital va mehnat nisbati - (K/L).^ ni bir birlik AQSh ekspor- tini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kapital va mehnat nisbati - (K/L)x bilan solishtirildi. “Leontyev statistikasi” (Leontief stadstic) nomini olgan ushbu nisbatga muvofiq 1 tengsizlik bajarilsa har qan- day mamlakat kapital serob, 2 tengsizlik bajarilganda esa mehnat serob mamlakat sanalishi mumkin.
(K/L)im / (K/L)x < 1 (1)
(K/L)ta/(K/L)x>l (2)
Leontyev, Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, eksport tovarlar im- port o ‘mini bosuvchi tovarlarga (deyarli AQSh importi) nisbatan har bir ishchi kuchi hisobiga ko‘proq kapital talab qilishini kutgan edi. Natija buning teskarisi bo‘lib chiqdi: AQSh importining kapital sig'imliligi uning eksporti kapital sig‘imliligidan 30 foizga ko‘p chiqdi, bu esa AQSh kapital serob bo‘lgan mamlakat emas, balki mehnat serob mam- lakat ekanligidan dalolat berardi, ushbu holat mavjud tasawurlarga umuman mos kelmas edi.
Leontyev paradoksi (Leontief paradox), bu - Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omiltari nisbati nazariyasining amalda bajarilmas- ligi - mehnat serob mamlakatlarning kapital sigHmli, kapital serob mamlakatlarning mehnat sigHmli tovarlarni eksport qilishidin
Oʻsha paytda yetakchi bo‘lgan yondashuvning inkor etilishi uning tushuntirilishini talab qilardi. Munozaralar Xeksher-Olin nazariyasi to‘g‘ri, Leontyev tomonidan olingan natijalar noto‘g‘ri ekanligini is- botlashga harakatlar doirasida bo‘ldi. Leontyev paradoksiga qarshi keltirilgan ba’zi dalillar quyidagilar:
Ishehi kuchini malakali va malakasiz ishchi kuchi guruhlariga ajratish kerak hamda eksport tovarlarga sarflangan xarajatlami har ikki guruh uchun alohida hisoblash kerak.
AQSh qazib olinishida katta miqdorda kapital xarajatlarini talab qi- luvchi xomashyoni katta hajmda import qiladi. Shuning uchun AQSh- ning eksport tovarlari katta hajmdagi kapital sig‘imli xomashyoni talab qiladi, bu esa eksportni kapital sig‘imliga aylantiradi.
Leontyev testi AQShda mavjud bo‘lgan import tariflarini inobatga olmagan, bu tariflar AQSh sanoatining mehnat sig‘imli tarmoqlarini xorijiy raqobatdan himoyalash uchun joriy qilingan, natijada mehnat sig‘imli tovarlar importiga to‘siq qo‘yilgan.
Amerikaliklarning did va xohishlari an’anaviy ravishda kapital si- g‘imli texnologik mahsulotlarga qaratilgan bo‘lib, AQSh kapital bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lishiga qaramasdan bu tovarlami ular xorijdan sotib olishadi.
Ishlab chiqarish omillari reversi: bir tovar mehnat serob mamlakat- da mehnat sig‘imli, kapital serob mamlakatda kapital sig‘imli bo‘lishi mumkin. Masalan, kapital serob sanalgan AQShda yetishtirilgan gu- mch yuqori texnologiya vositasida ishlab chiqarilgani bois kapital sig‘imli hisoblansa, Vetnamda yetishtirilgan gumch mehnat sig‘imlidir, chunki u asosan qo‘l mehnati yordanrida tayyorlanadi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish