@ Import o‘mini qoplashga qaratilgan o‘sish (import-biased growth) - mamlakat import qiladigan tovar ishlab chiqarishining kengayishi bo‘lib, bu savdo shartinisavdo hamkorlar uchun yomon- lashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladL
Import o‘mini qoplashga qaratilgan o‘sish har bir mamlakatda im- port bilan raqobat qiluvchi tovar, bizning misolimizda, Oʻzbekistonda 2-tovar, Yaponiyada esa 1-tovar ishlab chiqarishining o‘sishi bilan bel- gilanadi. Bu tovarlar ichki ishlab chiqarishining o'sishi eksport nisbiy narxlarining ortishiga, import nisbiy narxlarining pasayishiga olib ke- ladi, chunki har bir mamlakat mustaqil ravishda ishlab chiqarayotgani bois an'anaviy import tovarlarini kamroq xarid qila boshlaydi. Import- ga talabning qisqarishi natijasida import tovarlar nisbiy narxi tushadi, binobarin savdo sharti savdo hamkorlari uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladi.
Savdoning neytral o‘sishi (neutral tradegrowth), bu - mamlakat- lar o‘rtasida savdo shartining o‘zgarmagan holatida xalqaro savdo jismoniy hajmining ortishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |