Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


II-Bob. Ota-onalar majlisini tashkil qilishning mazmun mohiyati



Download 125,91 Kb.
bet7/9
Sana01.02.2022
Hajmi125,91 Kb.
#424426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HASANOVA PARVONA

II-Bob. Ota-onalar majlisini tashkil qilishning mazmun mohiyati
2.1. Birinchi ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish.
Ota−onalar yig`ilishlari ota−onalar bilan ish olib borishning an‘anaviy tarkib topgan shaklidir. Hal qilinayotgan aniq vazifalarga bog`liq holda sinf yig`ilishlarini tashkiliy, yakuniy chorak yig`ilishlarini mavzuga doir yig’ilish bahs, yig`ilish praktikum, ota−onalarning umumiy ta’limi bo`yicha sinf rejasiga ko’ra yig’ilish kabi yig`ilishlar bo`lishi mumkin.Tashkiliy yig`ilishlarda ota−onalar qo`mitasi saylanadi, ish rejasi tasdiqlanadi. Mikrorayonda pedagogik iqlim o’rnatish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadi, jamoat topshiriqlari taqsimlanadi va turli ish yo’nalishlariga doir tashabbuskor ota−onalar guruhlari tuziladi, ota−onalar ishtirokida umummaktab tadbirlarini o’tkazish rejalari muvofiqlashtiriladi.
Chorakdagi yakunlovchi sinf majlislari ota−onalarining e’tiborini o`quvchilarning bilimga doir qiziqishlari,qobiliyatini, axloqiy irodaviy fazilatlarini rivojlantirishdagi yutuqlar, kamchiliklari, foydalanilmagan imkoniyatlarga qaratish maqsadini ko’zda tutadi. Ta’lim muassasalarida mazkur tadbirni samarali tashkil etish maqsadida uni quyidagi tartibda tashkil etish tavsiya etiladi.
Ta’lim muassasalarida «Ota-onalar majlisi» alohida sinflar va umummaktab miqyosida tashkil etiladi. A) Sinf ota-onalar majlisi – o’quv yili davomida besh marta (o’quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida) o’tkaziladi. O’quv yili boshlanishidan oldin o’tkaziladigan majlisda ota-onalar maktabning ichki-tartib qoidalari bilan tanishtirilib, o’quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish jarayonida maktab jamoasi bilan amaliy hamkorligi borasidagi majburiyatlari (shartnoma asosida) belgilab beriladi. O’quv yili choraklari yakuni bo’yicha o’tkaziladigan majlislarda o’quvchilarning o’zlashtirishi, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, tarbiya jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlar muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko’riladi. B) Umumiy ota-onalar majlisi – o’quv yili boshi va oxirida o’tkazilib, unda ota-onalar maktab hayoti, o’quv yili davomida olib boriladigan hamda amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi.
Sinf ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi: sinf rahbari tomonidan maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda sinf ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanadi (bunda ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasi borasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilishi lozim). Sinfdagi barcha o’quvchilarning ota-onalariga yig’ilish o’tkaziladigan kun, vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi. ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassislari va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi (yig’ilish boshlanishidan oldin o’quvchilar tomonidan tayyorlangan qisqa muddatli badiiy dastur tashkil etilishi, ota-onalarga ta’lim sohasidagi islohotlar bo’yicha (slayd yordamida) ma’lumotlar berilishi mumkin). Yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan mavzular hayotiy misollar, tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyat va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda ota-onalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. Sinf rahbari tomonidan har bir o’quvchining o’zlashtirishi va xulqi bo’yicha ota-onalarga umumiy ma’lumot berilib, yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida oilada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan pedagogik, uslubiy yordam ko’rsatiladi.
Shuningdek, har oy yakunlari bo’yicha e’lon qilingan «Eng faol o’quvchi» hamda «Eng faol sinf»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, sinf yoki maktab miqyosida g’olib bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma topshiriladi. Qolgan ota-onalarga kelgusida farzandlari ham ushbu mavqeni egallashlariga amaliy yordam ko’rsatishlari bo’yicha tavsiyalar beriladi. Yig’ilish kun tartibiga rejadan tashqari kiritilgan turli masalalar o’rnatilgan tartibda muhokama qilinadi (bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinishiga yo’l qo’yilmaydi). Yig’ilishning samaradorligini baholash va kelgusi yig’ilishlarda qamrab olinishi lozim bo’lgan dolzarb mavzularni aniqlash maqsadida ota-onalarning fikrlari yozma ravishda olinadi. Yig’ilish yakunlanganligi e’lon qilinib, farzandining ta’lim-tarbiyasi yuzasidan alohida axborot olishni xohlagan ota-onalarga yig’ilishdan so’ng suhbatlashish uchun qolishlari mumkinligi eslatiladi.

Oila bilan maktab hamkolrligi barkamol inson tarbiyasidagi muщim, omillardan biridir. Maktabdagi o’quv - tarbiya ishlarining yuqori saviyada bo’lishi o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ota - onalariga boғlikdir.


Maktab oila bilan щamkorlik ishlari quyidagi shakillarda amalga oshiriladi :
1. Ota - onalar jamoasi orkali.
2. Yakka - yakka ota - onalar bilan olib boriladigan ishlar orkali.
3.Mahalla va oila щamda maktab щamkorligi.
4.Jamoatchilik va щuquqiy organ щodimlari bilan щamikorlikda.
5. Mahalla murabiysi bilan щamkorlikda.
Ukituvchining ota - onalar bilan alokasi uzaro bir - birini tushunib yuksak axlokiy munosabatda pedagogik yondashuv, xushmuomilalik , shirinsuzlik xamma ota - onalarga bir xil muomila va tugri talab bulishi lozim.
Ota - onalarga beriladigan maslaxat nixoyatda asosli , puxta uylangan bulishi,shaklan va mazmunan mukammal bo’lmagan suxbatlar va maslaxatlar maktab ukituvchisiga ota - onalarni e’tiborini pasayib borishiga olib keladi. Ota - onaning maktab ukituvchisiga ijobiy munosabati, farzandiga kursatilayotgan gamxurlik, akliy yetuklik, axlokiy yuksaklikdan kelib chikadi.
Ota - onalar bilan yakkama - yakka ishlash ayrim bola tarbiyasidagi kiyinchiliklarni ommaviy muammolar, ukuvchilarni uzlashtirmaslikdagi sabablarini aniklash maksadiga olib boradi.
Yakka suxbatlar kuydagi sharoitda amalga oshirilishi mumkin.
1.Ukuvchining xarakter xususiyati , oiladagi urni, mavkeyi, ruxiy xolatini urganishda.
2.Odob va axlokka doir suxbat.Ota - ona shu borada kanday tadbirlarni amalga oshirishlarida ( sharkona urf - odat, rasm - rusmlar yangi chikkan adabiyotlar kurgan teatr va kinolar taxlili ) kurinadi.
3.Tarbiyasi murakkablashgan ukuvchilarni ota - onasiga maslaxat berish, ukituvchinin suxbati puxta asosli va mantikan boy bulsa, ota - onani ishonchini unga oshiradi.
Natijada erkin, dil suzlari, maslaxat, uzaro yordam kabi yagona xamkorlik xolati vujudga keladi. Ukituvchi ota - ona va ukuvchilar bilan yakkama - yakka faoliyatini yulga kuyishi sinf ota - onalar shaxsini, oilaviy axvolini bilishi kerak. Ukituvchi xamkorlik kilishi uchun sinf ukuvchilarining ota - onalari xakida ma’lumotga ega bulishi lozim.
1.Ota - ona va a’zolarining ismi familiyasi
2.Yoshi
3.Ma’lumotlari
4.Ish joyi
5.Oilaviy sharoiti
6.Oila daromadi
7.Ota - onaning ijtimoiy - syosiy, ma’naviy bilim darajasi, milliy meros va ma’naviyat tarbiyasiga munosabati
Qizikishlari darajasi, ukituvchi ota - onalar xakida ma’lumotga ega bulgandan keyin ularning farzandlari xakida ma’lumotni aniklash muximdir . Ukituvchi tarbiyachining bolallarni tulik urganishi tarbiyaviy tadbirlarni tulik , mukammal, ta’sirchan uyushtirishga imkoniyat yaratadi.
Kuzatishlarga kur ayrim ukituvchi bolalarni urganish borasidagi xujjatllarni rasmiylashtirish bilan uni yil buyi rivojlantirmaydilar . Bu xolat bolalar urtasidagi ijobiy va salbiy uzgarishlarni farklamaslikka olib keladi. Bu esa ukituvchi, bola va ota - onalar urtasidagi munosabatni buzilishiga sabab buladi.
Bunday xolat bulmaslik uchun ukituvchi - tarbiyachi kuydagilarga e’tibor berishi lozim :
-Ukuvchilarda shakillanib kelayotgan ijobiy fazilatlarni tavsiflab chikish sinfdagi ukuvchilrada ilm olishga kizikish, kungli bushlik, rostguy va mexnatga munosabati bor ukuvchilar sonini aniklash .
-Ukuvchilar ruxiy kuvvat va temperament turlariga ajrata olish.
-Ukuvchida mavjud kamchiliklar, yolgon gapirish, chakma - chakarligi salbiy sifatlarning sonini aniklash.
-Xar xafta " Maktab sizni chorlaydi " ruknidagi ochik eshiklar kunini joriy etib bolalar tarbiyasida xosil bulayotgan uzgarishlar bilan ota - onalarni tanishtirish
Oila bola shaxsini tugri yulga soluvchi muxim omildir. Bolani jismoniy tarbiyalash, ularga axlok va mexnat tarbiyasini berish oilada shakillanadi. Bolaning tafakkuri oiladan rivojlanadi. Oilada ota - ona bilan bolalar, aka - ukalar bilan opa - singillar urtasida axillik bulsa oilada bir birini xurmat kilishsa, kattalar kichiklarga gamxorlik kilib tursalarbunday ilalarda bolalarni tarbiyalash ancha muvaffakiyatli kechadi. Bizning mamlakatimizda bola tarbisida maktab bilani olianing maksadi bitta. Maktab xam bolani tugri yulga solishga undaydi.
Razovuddin ibn Faxriddining "Oila" nomli risolasida bola taribiyasi yomon niyat va kupollik bilan emas balki sabr tokat, matonat, mexribonlik, chidamlilik, shavkatu sezgirlik bilan olib borilishi kerak" - deb ta’kidlagan edi. Utmishdagi mutaffakir, marifatparvar allomalarimiz soglom farzandlarini xayotga keltirishda shariat konun - koidlariga rioy kilishni, savob va gunoxning farkiga borishni , akli solik farzand bulishdagi bosh maksad deb xisoblaganlar. Xar bir ota - ona farzandi oldidigi burchini bajarishi shart.Bu burch
Konstitutsiyamizning 64-moddasida shunday belgilab qo’yilgan " Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar".1 Bolalarni tarbiyalashda uz burchlariga mensimaslik bilan karayotgan ba’zi ota - onalar bolalarni tarbiyalash uchun mening vaktim yuk deb baxona kiladilar. Ota - ona ishlab chikarish muassasasida shuningdek, ijtimoiy shilar bilan xar kancha banda bulsa xam lekin, uz bolalaridan xabardor bulib turishi lozim . Oilada tinchlik totuvlik bulmasa bunday oilada bola tarbiyasi birmuncha oksokliklarga uchraydi. Bunday kungilsiz vaziyatga tushib kolmaslik uchun ushubu oilaning xar bir a’zosi xamkorlikda bir yokadan bosh chikarishlari kerak.
Shu sababdan boshlangich sinf ukuvchilarining ota - onalari jamoasi guruxi bilan ishlash uziga xos xususiyatga ega. Brinchi farzandlarini maktabga kuzatadigan ota - onalarning ish shakl va uslublari kup tajribali ota - onalardan fark kiladi.
Ota - ona I - sinf ukuvchisining ilm dargoxidan kup bilim va tarbiyaga ega bulishi uchun nimalar kilishi kerak :
1. Sinf va maktab jamoasining ta’lim - tarbiya tadbirlariga faol katnashib taklif va muloxazalringizni muntazam ravishda aytish.
2. Bolangizga nima yaxshi - yu nima yomon ekanligini uktirib, udum an’analarimizdan xabardor kilish, ukituvchiga kumakdosh bulish.
3.Bolangizning ukuv ishlariga yordam berib borish. Uyga berilgan topshiriklarni bajarishda bolangizga yordam berish
4. Bolangizda maktab, ukituvchi, sinf, ukituchi va urtoklarga nisbatan yaxshi fikrlar uygotish, chunki I- sinf ukuvchisining maktab sharoitiga moslashtirish murakkab ruxiy xolatdir.
5. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatni kuzatib, surab borish .
Bunday suxbatda yaxshi, juda yaxshi, marxamat, raxmat, baraka top kabi sexirli suzlarni ishlatish
6. Ota - ona maktabning yakin yordamchisi bulishi, kumakdoshi uz farzandining kamoli bilan yashashi kabilar.


Download 125,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish