Топшириқлар тўплами


« Umumta’lim »  fakulteti dekani



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi1,81 Mb.
#260768
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 HGI VAL PLASTINA

« Umumta’lim »  fakulteti dekani 

 

 

Tursunov Z.SH. 

 


I. 

O‘lchamlar qo‘yish qoidalari bilan tanishish. 

Muhandislik  grafikasi  kursidan[1]  bizga  ma’lumki  muhandislik  chizmalarini 

bajarishda  va  konstruktorlik  hujjatlarini  taxtlashda  chizmalarga  o‘lcham  qo‘yish  juda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ya’ni  loyihalarga  to‘g‘ri  o‘lachamlar  berish  ularning  ishlab 

chiqarish  sifatining  yuqori  bo‘lishida  birlamchi  muhim  omil  bo‘lib  hizmat  qiladi. 

Chizmalarga  o‘lchamlar  berish  standart  talablari  asosida  bajarilib,  GOST  2.307-81  da 

keltirilgan.  

Chizmalarga  o‘lcham  qo‘yish  masalasi  ancha  murakkab  masala  hisoblanadi.  Standart 

belgilangan o‘lcham qo‘yish qoidalaridan tashqari muhandis (injener)lik bilimlar va birinchi 

navbatda  mashinasozlik  texnalogiyalar,  konsturktorlik  loyihash  kabilarni  yaxshi  bilishni 

talab qiladi[2]. 

Konstruktor detalga u yoki bu formani shakllantirish bilan birga o‘lchamlarini qo‘yishda 

detalni  tayyorlash  va  zagotovkasini  olish  texnalogik  jarayonlari  ham  hisobga  olish  zarur. 

Masalan, oddiy silindrik teshikli vtulkani tokorlik dastgohida yo‘nib tayyorlash uchun uning 

devori qalinligi emas, balki, ikkala diametri  o‘lchanadi. Shuning uchun vtulkaning ikkala 

diametri va uzunligi beriladi (1-chizma, a). Agar ushbu vtulka listli materialdan tayyorlansa, 

list  qalinligi  hamda  muhim  diametri  (ichkisi  yoki  tashqarisi)  va  uzunligi  o‘lchamlari 

qo‘yiladi (1-chizma, b). 

 

1-chizma. 



Mashinasozlikda  detalning  konstruktiv  element  o‘lchamlari  baza  (zagotovka  yoki 

buyumga  tegishli  sirt  yoki  sirtlar,  o‘q,  nuqtalar  majmuyi)dan  boshlab  qo‘yiladi.  Baza 

sifatida detalning biror sirti, markaziy yoki o‘q chizig‘i olinishi mumkin. Detalning asosiy 

sirti  uning  buyumdagi  o‘rni  bilan  aniqlanadi.  O‘zining  vazifasiga  qarab  quyidagi  bazalar 

aniqlanadi:[2] 

— detal elementlarining detaldagi vaziyatiga qarab konstruktorlik bazalar aniqlanadi

—  buyumning  zagotovka holatiga,  tayorlanayotganligiga yoki  ta’mirlanayotganligiga 

qarab texnologik bazalar aniqlanadi. 

Konstruktorlik  va  texnalogik  talablarga  ko‘ra  o‘lchamlarni  qo‘yish  tizimini  to‘g‘ri 

tanlash o‘ta muhim va murakkab vazifa hisoblanadi[2]. 

Detal bir nechta konstruktorlik bazaga ega bo‘lishi mumkin. Shulardan bittasi asosiy, 

qolganlari  yordamchi  bazalar  hisoblanadi.  Odatda,  konstruktorlik  bazalardan  texnologik 

bazalar  sifatida  foydalanishga  harakat  qilinadi.  Shunda  o‘lcham  qo‘yishda  kombi- 

natsiyalashgan tizim hosil bo‘lishi mumkin, ya’ni, o‘lchamlarning bir qismi konstruktorlik 

bazalardan, boshqa qismi texnologik bazalardan qo‘yilgan bo‘ladi. 



Detalni  ko‘proq  texnologik  bazadan  qo‘yilgan  o‘lchamlari  orqali  tayyorlash  qulay 

hisoblanadi.  Bunday  hollarda  konstruktorlik  bazalardan  qo‘yilgan  olchamlar  cheklangan 

bo‘ladi. 

O‘lchamlar qo‘yish usullari: 

1. 

Zanjirli  usulida  detal  uzunligi  bitta  zanjir  kabi  ketma-ket  qo‘yiladi  (2-chizma,  a). 



Bunday usulda juziy kamchiliklar asta-sekin yig‘ilishi oqibatida tayyorlangan detal yaroqsiz 

holga kelishi mumkin. Chunki, har bir qismi reja belgisi qo‘yilishi jarayonida andek bo‘lsa 

ham kattalik yoki kichiklikka (+, —) yo‘l qo‘yiladi. 

2. 


Koordinata usulida barcha o‘lchamlar bitta bazadan qo‘yiladi (2-chizma, b). Bu usul 

aniqligi  bilan  ajralib  turadi,  lekin  bunday  o‘lchamli  usulda  detalni  tayyorlash  ancha 

qimmatga tushadi. 

3. 


Aralash usulida o‘lchamlar qo‘yishda zanjirli usuldan ham, koordinata usulidan ham 

foydalaniladi.  Bu  usul  ancha  optimal  hisoblanib,  detalning  elementlari  o‘ta  aniq 

tayyorlanishiga imkon yaratiladi (2-chizma, c). 

 

2-chizma. 



Shuni  esda  tutish  joizki,  o‘lchamlardan  birining  qo‘yimi  boshqa  o‘lchamlarga  ta’sir 

qilmasligi lozim. 2-chizma, a da detalning uzunligiga zanjirli, 2-chizma, da koordinata, 2-

chizma,  c  da  kombinatsiyalashgan  usullarda  o‘lchamlar  konstruktorlik  bazadan 

qo‘yilganiga  misollar  keltirilgan.  3-chizmada  valikning  uzunligiga  ikkita  konstruktorlik 

bazalarda bir-biri bilan bog‘langan olchamlari qo‘yilgan[2]. 

 

3-chizma. 



Bu  yerda  har  bir  funksional  o‘lcham  konstruktorlik  bazadan  boshlab  qo‘yilgan  valikning 


butun uzunligi spravka o‘lchami sifatida berilgan.  

Qo‘yilgan  o‘lchamlarni  nazorat  qilishni  osonlashtirish  uchun  ularni  navbatma-navbat 

jamlanadigan o‘lchamlardan yig‘ilgan o‘lchamlarga o‘tish yo‘li bilan qo‘yib borish lozim 

(4-chizma). Gabarit o‘lchami A jamlangan В va C o‘lchamlar erkin qatnashuvchi tarkibiy 

qism X bilan o‘lchamlar zanjirni hosil qiladi. O‘z navbatida В o‘lcham C o‘lcham hamda 

tarkibiy qism X uchun jamlangan hisoblanadi va shu kabilar. 

 

4-chizma. 



Buyumlar ularning o‘lchamlari asosida tayyorlanadi. Shuning uchun ham chizmalarda 

detal  o‘lchamlarini  to‘g‘ri  qo‘yish  va  o‘zaro  bog‘lab  borish  katta  ahamiyatga  ega. 

Chizmalarda o‘lchamlarni qo‘yishda quyidagilarni hisobga olish tavsiya etiladi[3]. 

•  detalning har bir о‘lchami geometrik va texnologik jihatdan juda to‘g‘ri, to‘liq ishlab 

chiqarish  jarayoni  bilan  bog‘langan  bo‘lishi,  ya’ni  detalni  tayyorlashdagi  belgilash, 

ishlov berish, nazorat qilish kabi usullar hisobga olinishi lozim

•  chizmaga  qo'yilayotgan  о‘cham  shunday  bo‘lishi  lozimki,  detalni  tayyorlaydigan 

mutaxassis uni qiynalmay о‘qiy olishi kerak; 

•  о‘lchamlar qo‘yilayotganda yondosh detallarni ham hisobga olish lozim

•  o‘lchamlarni  texnologik  va  konstruktorlik  talablarini  qondiradigan  bazadan  boshlab 

qo‘yish lozim; 

•  о'lchamlar qo‘yish va ularni o‘zaro bog‘lashda xatoga уo‘l qo‘yilmaslik uchun standart 

belgilangan qoidalarni mukammal о‘rganibularga amal qilish lozim

•  о'lchamlar  chizmalarda  о‘lcham  chiziqlari  va  sonlari  bilan  kо‘rsatiladi.  О'lcham 

chiziqlaridagi  strelkalar  (ko‘rsatkichlar)  bitta  chizmadagi  barcha  о'lcham  chiziqlari 

uchun bir xil bo‘lishi lozim; 

•  о‘lcham  chiziqlari  detal  konturiga  parallel  chizilib,  chiqarish  chiziqlariga 



perpendikulyar bo‘jishi lozim; 

•  о‘lcham va chiqarish chiziqlari iloji boricha о‘zaro kesishishmasligi lozim; 

•  о‘lcham chiziqlarini iloji boricha chizma konturidan tashqarida chizish lozim; 

•  o‘lcham chiziqlari chizma konturidan va unga parallel  o‘tkazilgan ikkinchi о‘lcham 

chizig‘i oralig‘i 6...10 mm da olinishi lozim; 

•  о‘lcham sonlari chizmaning qanday masshtabda va qanchalik aniq chizilishidan qat’iy 

nazar, tasvirlangan buyumning haqiqiy о jchamini ifodalashi kerak; 

•  chizmada chiziqli ojchamlar mm hisobida, o‘lchov birligi mm ko‘rsatilmagan holda 

qo‘yiladi; 

 

 





Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish