Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
-kassa operatsiyalari; 
-ssuda operatsiyalari (kreditlash); 
-investitsiya va fond operatsiyalari; 
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish; 
-bank  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  xarajatlar  (asosiy 
vositalar, transport va b.) bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.  
Banklar  kassa  operatsiyalari  orqali  mijozlarga  naqd  pullarni 
berish  va  ulardan  naqd  pullarni  qabul  qilish  bilan  bog‘liq  ishlarni 
amalga oshiradi.  
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yurita-
yotgan  mulkiy  shaklidan  qat’iy  nazar  barcha  xo‘jalik  subyektlariga 
tegishli  kerditlarni  beradi.  Ma’lumki,  bank  kreditlari  bir  yilgacha  – 
qisqa  muddatli,  bir  yil  va  undan  ko‘p  davrga  –  uzoq  muddatli 
kreditlarga bo‘linadi.  
Investitsiya  operatsiyalarida  banklar  ho‘jalik  yurituvchi  sub-
yektlar  va  davlatning  qimmatli  qog‘ozlariga  moliyaviy  mablag‘larni 
joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun  ma’lum dara-
jadagi  riskli  operatsiyalar  hisoblanib,  banklarning  foydasini  shakllan-
tirishga xizmat qiladi. 
Fond  operatsiyalarida  banklar  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  operat-
siyalar  bajarish  bilan  birga,  fond  birjalarida  oldi  –  sotdi  qilinadigan 
qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.  
Banklarning  valyuta  operatsiyalari  bevosita  xorijiy  mamlakatlar 
milliy  valyutasini  oldi  –  sotdisi  bilan  bog‘liq  operatsiyalar  hisoblanib, 
milliy  valyutaning  xorijiy  valyutalarga  nisbatan  kursini  o‘zgarishi 
hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. 
Banklar  yirik  va  yuqori  darajadagi  to‘lov  qobiliyatiga  ega 
moliyaviy  muassasa  sifatida  kompaniya,  korporatsiya  va  boshqalarga 
uchinchi  shaxs  sifatida  kafolatlar  berishi  mumkin.  Albatta,  berilgan 
kafolatlar  evaziga  banklar  ma’lum  darajadagi  foydani  olishni 
rejalashtiradi.  
Yuqorida  qayd  eilganlarga  asoslanib,  banklarning  aktiv  operat-
siyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin. 
 1. Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bank-
dagi  vakillik  hisobvaraqlaridagi  qoldiqlar,  boshqa  kredit  tashkilot-


284 
larning  vakillik  hisobvaraqlaridagi  mablag‘lar.  Erkin  zahirlar  yuqori 
likvidli  mablag‘lar  hisoblanib,  bankka  qisman  yoki  umuman  daromad 
keltirmaydi. 
2. Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muas-
sasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar. 
3.  Investitsiyalar  –  bu  bankning  qimmatli  qog‘ozlarga  va 
nomoddiy  aktivlarga,  shuningdek  pay  ko‘rinishida  xo‘jalik  faoliyatiga 
yo‘naltirilgan resurslari. 
4.  Bankning  o‘ziga  (ichki  investitsiyalar)  moddiy  va  nomoddiy 
aktivlarga  yo‘naltirilgan  mablag‘lari.  Bunga  bank  faoliyatini  tashkil 
etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.  
Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi 
aktiv  operatsiyalari  hisobidan  tashkil  topib,  bank  aktivlarining  risk 
darajasi  qancha  yuqori  bo‘lsa,  ushbu  operatsiyalardan  kelayotgan 
daromadlar miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.  
Demak,  banklarning  aktiv  operatsiyalari  daromad  keltirish 
darajasiga qarab: 
 Daromad  keltiradigan  (kredit  va  investitsiyalar)  aktivlar  va 
daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga bo‘linadi. 
 Aktivlar  Markaziy  bankning  2015  yil  13  iyundagi  14/5-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash 
va  aktivlar  bo‘yicha  ehtimoliy  yo‘qotishlarni  qoplash  uchun  zaxiralar 
shakllantirish  hamda  ulardan  foydalanish  to‘g‘risida”gi  Nizomga 
asosan banklarning aktivlari sifatiga ko‘ra: 
standart; 
substandart; 
qoniqarsiz; 
shubhali; 
umidsiz toifalarga tasniflanadi.  
Aktivlar  “Standart”  sifatida  tasniflangan  aktivlar  bo‘yicha  qay-
tarilmagan  kredit  summasining  1  foizi  miqdorida  zaxiralar  tuzishi 
shart. 
“Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy 
qarzning to‘lanmagan summasining 10 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni 
shakllantirishi lozim. 
Tijorat  banki  sifati  “qoniqarsiz”  deb  tasniflagan  aktivlar  uchun 
ularning  qaytarilmagan  asosiy  qarz  (qoldiq)  summasining  25  foiz 
miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.  


285 
“Shubhali”  deb  tasniflangan  aktivlar  bo‘yicha  bank  asosiy  qarz 
to‘lanmagan  summasining  50  foizi  miqdorida  zaxirani  tashkil  etishi 
shart. 
Bank  tomonidan  berilgan  kreditlar  kamida  180  kunga  kechik-
tirilganda  bular  “umidsiz”  deb  tasniflanadi.  Umidsiz  deb  tasniflangan 
aktivlar bo‘yicha  bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 100 
foizi  miqdorida,  sud  jarayonida  ko‘rib  chiqilayotgan  aktivlarga  150 
foizgacha zaxiralar yaratishi kerak. 
Bank  aktivlari  likvidli,  ya’ni  tez  naqd  mablag‘ga  aylantirish 
imkoniyati  bo‘lishi  kerak.  Bank  aktivlari  likvidlilik  nuqtai  nazaridan 
quyidagilarga bo‘linadi: 
  Yuqori  likvidli  aktivlar  –  bevosita  pul  ko‘rinishidagi 
mablag‘lar  bo‘lib,  ushbu  aktivlar  istalgan  paytda  bank  maburiyatini 
bajarishga yo‘naltirilishi mumkin; 
  qisqa  muddatli  likvidli  aktivlar  –  qisqa  muddatli  kreditlar  va 
ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar; 
  qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o‘rta va uzoq muddatli 
kreditlar,  ikkilamchi  bozorga  ega  bo‘lmagan  qimmatli  qog‘ozlar,  pay 
ulushlari va boshqalar; 
  past  likvidli  aktivlar  –  bankning  asosiy  vositalariga 
yo‘naltirilgan mablag‘lar kiradi. 
Demak,  banklarning  aktiv  operatsiyalari  ularning  foydasini 
shakllantirishga  xizmat  qilish  bilan  birga,  ma’lum  darajadagi  risklarni 
vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Banklar  aktiv  operatsiyalarni 
bajarishda  asosiy  e’tiborni  mavjud  risklarning  darajasini  pasaytirish 
orqali balansning likvidligini ta’minlashga qaratadi.  
 
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish