Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 2,68 Mb.
bet97/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Amortizatsiya va uning normasi. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.

Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazish, keyinchalik ularni qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg’arish jarayonidan iborat. Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizatsiya o’rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo’qotish jarayonini aks ettiradi. Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo’lib, iste’mol qilingan mehnat vositalari qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulotga o’tkazish, iste’mol qilingan mehnat vositalarining o’rnini qoplash maqsadida pul fondini jamg’arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.

Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo’ladi: bir qismi asosiy kapitalni to’la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital remont qilishga) mo’ljallanadi.

Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda: asosiy kapital qiymati (Kas), asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun sarflar, (Rk) eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag’ (Ot) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi:

Kas + Rk - Ot

An = ---------------------- x 100

Xd

Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eyilishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda oshirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa taraqqiyotiga to’siq bo’ladi.



Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, avvalo qo’shimcha kapital mablag’ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko’payti-rishda o’z ifodasini topadi.

Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o’sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o’sish sura’tlari o’rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.

Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan asosiy kapital qiymati o’rtasidagi aloqani aks ettiradi, u o’zaro bog’langan ikki ko’rsatkich kapitaldan olinadigan samara (Ks) va mahsulotning kapital sig’imi (Ksig) ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi. Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab turgan asosiy kapitalning har bir so’miga to’g’ri keladigan yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadni, kapital sig’imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi milliy mahsulotning bir so’mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to’g’ri kelishini xarakterlab beradi:
YaMM Md

Ks=------------- yoki Ks=-----------

Kas Kas
Kas Kas

Ksig=---------- yoki Ksig=---------------

Yamm Md
Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so’mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sig’imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so’m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to’g’ri kelishi bilan xarakterlanadi.

M Kas


Ksamara=-----------; Ksig, kor=------------

Kas M


Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural ko’rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to’quv dastgohida metr hisobida bir kunda to’qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo.

Aylanma kapital harakati va samaradorligi.

Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag’lari harakati bilan uzviy bog’liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko’rsatib berish muhim ahamiyatga ega.

Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichi milliy xo’jalik miqyosida mahsulotning material sig’imi, (Msig’) mahsulot yaratishda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi milliy mahsulot (YaMM) yoki milliy daromadga (Md) nisbati sifatida aniqlanadi:

Ak

Msig’= -----------



Md

Korxona miqyosidagi material sig’imi (Msig’ kor) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqaradigan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Ak

Msig’ kor.= ----------



M

Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig’imi ko’rsatkichiga teskari miqdordir.

Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o’rtasidagi nisbatga bog’liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan aylanma kapitalning salmog’i qanchalik ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lardan shunchalik samarali foydalaniladi.

Amaliyotda aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsienti bilan o’lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag’larning o’rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (p) nisbati bilan aniqlanadi.

a=

Agar bir yilda aylanma mablag’larning o’rtacha yillik miqdori 10 mln. so’m bo’lganida 60 mln. so’mlik mahsulot sotilgan bo’lsa, aylanish koeffitsienti 6 ni (p=60/10) tashkil qiladi. Aylanma mablag’lar 6 aylanish qilib, bir aylanish davri 60 kunni (360/6) tashkil qiladi.

Aylanma mablag’lar tezligini oshirish ularga bo’lgan talabni kamaytirdi. Masalan, yuqoridagi misolda aylanish soni 6 dan 8 ga (p=360/45) o’zgarsa aylanma mablag’larga bo’lgan extiyoj 10 million so’m o’rniga, 7,5 mln. so’mni tashkil etadi ((60x4)/360).

Binobarin, aylanma mablag’larning aylanishini 15 kunga tezlatish 2,5 mln. so’mlik aylanma mablag’larni bo’shatib beradi va korxona aylanma mablag’larining o’sha summasida mahsulot chiqarishni 20 mln. so’mga ko’paytirishni [(8x10)-60] ta’minlaydi.

Aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish