Urganch davlat universiteti



Download 316,94 Kb.
bet1/6
Sana13.12.2019
Hajmi316,94 Kb.
#29857
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplom ishi 09-06-189

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Fizika – matematika fakulteti

“Kasb-talimi:Informatika va AT” kafedrasi

Yusupova So’najon Yaqubboy qizining

DASTURLASH TILLARINI O’QITISHNING INNOVATSION USULLARI

ISHLASH BO’YICHA USLUBIY QO’LLANMA

5480100-“ Kasb-talimi:Informatika va AT” ta’lim yo’nalishi bo’yicha

bakalavr darajasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ish ko`rildi va himoya qilishga Ilmiy rahbar ________ dots.O.I. Jalolov



ruxsat berildi” “_______” ______________ 2017y.

Kafedra mudiri. Taqrizchi ___________ katta o’qit.T.Sohibov

___________ dots.T.B.Boltayev “_______” ______________ 2018y.

«______» __________________2018 y.

Himoyaga ruxsat berildi”



Fakultet dekani _______________prof.Sh.M.Mirzayev

_______” ________________ 2018-y.



Urganch – 2018 yil

MUNDARIJA

Kirish..........................................................................................................................

I-BOB.MASALANING QO’YILISHI VA TIZIMLI TAHLIL

1.1Masalaning qo’yilishi va dolzarbligi...................................................................... II-BOB. ASOSIY QISM

2.1 Java dasturlash tilining umumiy tuzilishi vaimkoniyatlari....................................

2.2 Java ,C++ dasturlash tillarining umumiy xarakteristikasi....................................

2.3.Dasturlash tillarini o’qitishda innovatsion uslublar..............................................

III. XULOSA

IV-BOB.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Mamlakatimizda, keyingi yillarda jamiyatni kompyuterlashtirish va axborotlashtirish hamda bu jarayonni jadallashtirish borasida qator farmon, qaror va qonunlar qabul qilindi. Misol tariqasida Respublikasi 1- Prezidenti Islom Karimovning 2001 yil may oyida Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqi, yurtboshimizning bevosita rahbarligida va tashabbusi ostida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230 sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «INTERNET»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunda «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi qarori, 2004 yil 24 aprelda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” gi hamda 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyayev 2018 yil 9 yanvar kuni axborot –kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar natijadorligiga bag`ishlangan yig`ilishda bu sohadagi kutilayotgan o`zgarishlarni izohlab o`tdi.

Kompyuterga asoslangan turli texnologiyalarning tarqalishi ular bilan ishlaydigan foydalanuvchilarni ikki yirik guruhga ajratib qo‘ydi:

1) tizimli va amaliy dasturchilar. Ular matematik ta’minot sistemalari hamda xo‘jalik yurishda echilish talab qilinadigan katta sinfdagi masalalar uchun va amaliy dasturiy ta’minot yaratish bilan shug‘ullanadilar;

2) keng doiradagi foydalanuvchilar.

Birinchi guruh uchun ularning kasbiy faoliyatlari davomida taklif qilingan masalalar uchun dasturlash tillaridan birida yoki bevosita mashina kodida dasturlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar. Bu guruh faoliyatining mevasi ikkinchi guruh uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tizimli dasturchilarning asosiy faoliyati dasturchilarning bevosita mashina kodlari bilan ishlashdek og‘ir va mashaqqatli mehnatdan halos qilishga qaratiladi. Ular dasturlash tillarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. Amaliy dasturchilar esa ana shu dasturlash tillari yordamida ehtiyojga qarab, tabiat va jamiyatda uchrab turadigan turli jarayon va xodisalarni kompyuter yordamida qayta ishlash uchun dasturlar tizimini ishlab chiqadilar. Bu dasturlar tizimi esa o‘z navbatida ikkinchi guruh uchun “ish quroli” bo‘lib xizmat qiladi. Dasturlar tizimida dasturlash tillarini umuman bilmaydigan, bilishi ham shart bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun kompyuter yordamida u yoki bu masalani hal qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar hisobga olinadi. Foydalanuvchining kompyuter bilan muloqoti maxsus, oldindan ishlab chiqilgan dasturiy vositalar va odatiy bo‘lib qolgan kasbiy va maishiy terminologiyalar yordamida tashkil qilinadi.

Kompyuter yordamida hal qilinadigan har qanday masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish talab qilinadi. Bunday masalalar sinfining kengayib borishi albatta yangi-yangi dasturlar tizimini ishlab chiqishga olib keladi. YAngi dasturlarni yaratish uchun «eski» dasturlash tillarining imkoniyati etmay qolganda yoki dastur yaratish jarayonini mukammallashtirish uchun yangi dasturlash tiliga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu masala malakali va tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana shu dasturchilarni tarbiyalab, voyaga etkazish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatlari mobaynida ehtiyojlariga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan turli vositalar bilan ta’minlashdek jarayonni samarali tashkil etish bugungi kunda Respublikamiz o‘quv yurtlaridagi informatika fani o‘qituvchilarining eng asosiy vazifasi hisoblanadi.

Yosh mutaxassislarning tayyorgarlik darajalarini jahon andozalariga etkazish masalasida bir qator metodologik, tashkiliy va uslubiy ko‘rinishdagi vazifalarni hal qilish lozim bo‘ladi. Bunda uslubiy nuqtai nazardan oliy o‘quv yurtlaridagi kurslarda tor ma’nodagi informatika va dasturlash orasidagi chegarani aniq belgilab olish talab qilinadi. Tor ma’nodagi informatika fanida biror soha (masalan, pedagogika sohasida informatikani qo’llash) bo‘yicha axborotlar bilan ish olib borishga qaratilsa, dasturlashda ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda ifodalash va qayta ishlash, asosiy qurilma va vositalar (kompyuter arxitekturasi, operatsion tizimlar, kompilyatorlar), dasturlar tizimini ishlab chiqish kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan fundamental tushunchalarni o‘qitish birinchi o‘rinda turadi. Eng zamonaviy dasturlash tillarida bu tushunchalar dasturlashning yangi prinsiplarini o‘z ichiga olgan OYDT .

1.1Masalaning qo’yilishi va tizimli tahlil.

“Dasturlash asoslari” o’quv predmeti bo’yicha ta`lim texnologiyasi ma`ruza amaliy va mustaqil mashg`ulotlarni o’qitishning keng tarqalgan ilg`or pedagogik texnologiya qoidalari asosida va a`nanaviy hamda noa`nanaviy usullar yordamida o`qitish amalga oshirib kelinmoqda.

” Dasturlash asoslari” fanining bosh maqsadi talabalarga qo`yilgan masalani yechuvchi kompyuter programmasini tuzishga o`rgatishdir. Shu maqsadda programmalash tillari va muhitlari haqida umumiy tushunchalar beriladi va bu tillardan foydalanishga o`rgatiladi.

Fan nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qism informatika va hisoblash texnikasi, algoritmlar, C / C++ programmalash tili, JAVA, C++ Builder va Visual C++ ob’etktga yo`naltirilgan programmalash muhitlarida ishlash bo’yicha ko’rsatmalar bo’limlaridan tashkil topgan. JAVA dasturlash tilini o`rgatish IV semestrga belgilangan bo`lib ma`ruza 36 soat, amaliy mashg`ulot uchcun 72 soat, mustaqil ta`lim uchun 72 soat belgilangan.

Dasturda programmalashga kirishning nazariy asosi bo`lgan algoritmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu yerda algoritmlarni tavsiflash va keyinchalik kompyuterda amalga oshirish uchun zarur bo`lgan bir qator matematik tushunchalar - takrorlash, yordamchi algoritm, rekursiya, xotira, massiv, indeks, parametr va h.k. kiritilib, turli xil sinf masalalarining algoritmlari tuziladi.

Dasturlash tili - tuzilgan algoritmni kompyuterda amalga oshirish uchun vositadir. Bu o`rinda turli murakkablikdagi sintaksis va semantikaga ega bo`lgan tillardan foydalanish mumkin.

“Dasturlash asoslari” fanining ahamiyati va ushbu kursni o’qitishning dolzarbligi asoslangan, o’quv soatlarining mavzular bo’yicha taqsimlanishi hamda kursning asosiy mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, ta`lim texnologiyasini ishlab chiqishda qo’llanilgan asosiy qoidalari: ta`lim usuli va texnikasi; tashkil qilish shakli, vositasi; kommunikatsiya usullari; berilgan ma`lumotlarni nazorat qilish usullari va vositalari; baholash va nazorat qilish tartiblari yoritilgan.

Fanni o’qitish texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan.

Ma`ruza mashg`ulotlarini olib borishda ko’proq ko’rgazmali,muammoli, informatsion va tematik shakllariga e`tibor qaratilgan.

Amaliy mashg`ulotlarini olib borishda muammoli savollarni guruhlarga bo`lingan holda muhokama qilish, individual tarzda kompyuterda ishlash, muammoli vaziyatni keys-stadi usulidan foydalanib nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash bo’yicha ko’nikmalar va bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan.

“Dasturlash asoslari” fanini o`qitish jarayonida boshqa o`qitish metodlari bilan bir qatorda innovatsion o`qitish metodlari deb atalgan o`qitish metodlaridan foydalanish tavsiya qilingan. Tavsiya qilingan innovatsion o`qitish metodida o`quv jarayonni amalga оshirishda dastlab asоsiy, ya’ni o’rganish talab qilinadigan Java dasturlash tilini n shartli qismga quyidagicha ajratib оlamiz.

Q = ,


Bunda mavzular kеtma-kеtligi maxsus bеlgilab оlinadi, bunda n mavzular soni bo`lib n=18 . O’rganish rеjalashtirilgan Java dasturlash tilini tanlab оlamiz va unu Q orqali belgilaymiz, bunda mavzular ketma – ketligini anglatadi va qi (1 i n) tartib olinadi. Har bir ga mos mavzu belgilanadi va uni deb olsak u holda

T = , T=t(i)

Bunda T C++ dasturlash tilini tashkil qiluvchi mavzular to`plami bo`lib har ga mos holda mavzular mosligi innovatsion tarzda ishlab chiqiladi.

Ushbu ta`lim texnologiyasi barcha oliy o’quv muassasalarida “Dasturlash asoslari” fanining tegishli texnik va kompyuter vositalari bilan jihozlangan auditoriyalarda o’qitishga mo’ljallangan.



Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati. Keyingi yillarda ta’lim tizimining turli ko‘rinishlarida informatika faniga katta e’tibor berilmoqda. Bugungi informatika fani mantiqiy axborot modellari haqidagi fundamental fan sifatida shakllangan bo‘lib, faoliyat yuritish ob’ekti ma’lumotlarning strukturasi va ularni qayta ishlash usullaridan iborat. U ilgari faqat dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi fan sifatida shakllangan bo‘lsa, o‘z rivojining keyingi bosqichlarida informatika, axborot texnologiyalari, ma’lumotlar bazasi, telekommunikatsion texnologiyalar, kompyuter texnologiyalari kabi bir qator mustaqil fanlarga ajralib ketdi, shu jumladan dasturlash tillarining o`zi bir qator fanlar sifatida o`tila boshlandi. Dasturlash tillaridan dastlab Paskal,Delphi, C/C++ tillari o`rta ta`lim maktablarida ko`pchilik oliy o`quv yurtlarida o`rgatiladi. JAVA dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. JAVA dasturlash tilining ahamiyati shundaki bu til sistema tanlamaydi, windowsda ishlayotgan dastur boshqa sistemalarda ham ishlay oladi. Tavsiya qilinayotgan o`qitish metodi o`zlashtirib olingan bitta dasturlash tili asosida ikkinchi tilni o`rganishdan iborat. Bu tilni oddiy holatda o`qitishda sarflanadigan vaqtga nisbatan kam vaqt sarflanishi hamda tushunib olish jarayonida oldingi o`qib o`tilgan mavzuni takrorlash natijasi yuqori bo`lishi ma`lum.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Oliy o‘quv yurtlarining “Amaliy matematika va informatika” mutaxassislariga “Dasturlash asoslari” fanini o`qitishda Java dasturlash tili va uni innovatsion usullar yordamida o`qitish jarayoni.

Ishning maqsadi va vazifasi.JAVA dasturlash tilini C++ dasturlash tili yordamida o`rgatish uchun qiyosiy tahlil bog`lanishlarini aniqlash va ularni tizimlashtirishdan iborat. Qiyosiy tahlillarning har biriga dasturlar tuzish va ular yordamida qiyosiy tahlil bog`lanishlarini amalda ko`rsatish, hamda talabada ularning mantiqiy bog`lanishlari haqida fikrlarni shakllantirish.

Olingan asosiy natijalar. Talablar yoki foydalanuvchilar mustaqqil o’rganishlari uchun o’zbek tilida JAVA dasturlash tilida asosiy operatorlar,satrlar va fayllar oqimi bilan ishlash bo’yicha uslubiy qo’llanma tayyorlandi.

Xulosa va takliflar. Ushbu innovatsion o`qitish metodidan foydalanish ta`lim jarayonida boshqa o`qitish metodlari bilan qo`llaniladi va ta`lim jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi. Ushbu innovatsion o`qitish metodini qo’llash dasturlash tillarini o`rgatish fanlarida foydalanish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari JAVA dastrulash tilini mustaqil o’rganuvchilar ham ushbu uslublardan foydalanishlari mumkin.

II.Asosiy qism

2.1. Java dasturlash tilini yaratilish tarixi, umumiy tuzilishi va imkoniyatlari.

Java dasturlash tili — ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi dasturiy mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak(ma'nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems(hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga(operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi.

1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo'lsa ham, uning birinchi versiyasi(Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan.Undan so’ng keyingi versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshladi:



  1. JDK Alpha va Beta (1995)

  2. JDK 1.0 (23 Yan, 1996)

  3. JDK 1.1 (19t Feb, 1997)

  4. J2SE 1.2 (8 Dek, 1998)

  5. J2SE 1.3 (8 May, 2000)

  6. J2SE 1.4 (6 Feb, 2002)

  7. J2SE 5.0 (30 Sen, 2004)

  8. Java SE 6 (11 Dek, 2006)

  9. Java SE 7 (28 Iyul, 2011)

  10. Java SE 8 (18 Matr, 2014)

 Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming, ООП) tili va u C++ ga ancha o'xshash. Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.

Java texnologiyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.javafayl kompilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.



JAVA имкониятлари:

— WORA — Write Once, Run Anywhere (portable). Platforma tanlamaydi;

— havfsizlik (ishonch yo’q kodni havfsiz ishga tushirish);

— hotirani havfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yig'adi);

— tarmoq uchun dasturlar yozish ;

— ko'p oqimli (Multi-thread) dasturlash;




Java dasturlash tilining umumiy xarakteristikasi.



Oddiy

Ishonchli

Ob’ektga mo’ljallangan

Sharlaydi

Dinamik

Kompyuterdan mustaqil



Distributiv

Platformadan mustaqil



Yuqori samarali

Mustaqil arxitektura



Dasturlarni bebevosita(to’g’ridan-to’g’ri ) yozish



Juda qisqa dastur kodlari



Xavfsiz



Ko’p oqimli


Java quyidagi 5 maqsad uchun qurilgan, u shunday til bo’lishi kerakki:
1. Oddiy, obyektga mo’ljallangan, taqsimlangan va o’rganishga oson bo’lsin.
2. Mustahkam va xavsiz bo’lsin
3. Qaysidir qurilma platformasidan yoki uning arxitekturasidan mustaqil bo’lsin(ya’ni qaysidir platformaga tobe’ bo’lmasin).
4. Juda samarali bo’lsin.
5. Dasturlash tili uchun tarjimon(interpreter) yozish mumkin bo’lsin. Shuningdek dasturlash tili parallel ishlashni va dinamik tiplashda foydalanishni ta’minlay olsin.

Java texnologiyalari:

Java SE (Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.

Java EE (Java Enterprise Edition) — Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi xisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi, masalan ko'p foydalanuvchili web-saytlar yaratishda keng qo'llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo'llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o'z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko'pgina boshqa qo'shimcha kutubxonalarni(odatda *.jar) ham o'z ichiga oladi ya'ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko'pgina internetga asoslangan qoshimcha kutubxonalar.

Java ME (Java Micro Edition) — Java SE ning ba'zi qismlarini o'z ichiga oladi, JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin, masalan, mobil telefon uchun o'yinlar, dasturlar yaratish mumkin.

Javada kompilyator aytib o'tganimizdek biz yozgan kodni bayt-kodga o'giradi, odatda kompilatsiyadan o'tgan klasslar *.class qisqartirmasi bilan tugaydi va kompilatsiyadan o'tgan klassni Java Virtual Machine(JVM) ga yuklanadi va bayt-kodli fayllarni interpretatsiya qiladi, ya'ni mashina tiliga o'giradi va shu bilan birga undagi kodni imkoni boricha optimallashtiradi.



Javada asosan 4 tipdagi dasturlar yoziladi: 
1) Standalone applications – Linux, Mac yoki Windowsga o`rnatib, kundalik ishladatigan dasturlarimiz: mp3 player, ofis, antivirus kabilar. Ular AWT, Swing yoki JavaFX texnologiyalari orqali tuziladi.

2) Web Applications – tarmoq orqali ishlovchi ixtiyoriy dasturlar. Eslatma: web dasturlar ikki qismdan, server tomon hamda klient tomon (brouzer) dan iborat. Javada faqat server tomoni uchun yoziladi. Bunda servlet, jsp, jsf kabi fundamental texnologiyalardan boshlab Spring, Play kabi freymworklar qo`l keladi. Umuman olganda brouzer uchun HTML, CSS hamda Java Scriptdan boshqa tilda yozib bo`lmaydi.

3) Enterprise Applications – bu dasturlar yirik salmoqqa ega bo`lib, odatda katta jabhalarda ishlatiladi. Banklar, tashkilotlar yoki astronomiya kabi sohalarda. Ular yuqori xavfsizlik, yuklamani (nagruzka) serverlarga teng taqsimlash (load balancing) yoki klasterlash (clustering – katta tizimdan xuddi yagona obyekt sifatida foydalanish) kabi sifatlarni talab qiladi. Javada bular bor.

4) Mobile Applications – Mobil qurilmalarga mos dasturlarni ham Javada yozish mumkin. Androiddan boshlab, Java ME (JME – Java Micro Edition) gacha. JME ga misol qilib, Nokia telefonlarimiz uchun ishlangan JAR o`yinlarni misol keltirish mumkin.



Java texnologiyasi o’ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to’la obyektga versiyada bundan qulay imkoniyatlarni qo`shib kelmoqda. Ayni paytda oxirgi versiya 8-sidir. 2014-yil 18-martda ommaga e’lon qilindi.yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, muhit (platforma)ga bo’liq bo’lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to’laligicha Javaning sintaksisi C++ ga asoslangan. Shuning uchun C++ tilini biladiganlar Javani oson o`rganishadi. Lekin undagi ko`pchilik xususiyatlar olib tashlangan. Masalan: Pointer(ko`rsatkich)lar bilan to`g`ridan to`g`ri ishlash, ya`ni Javada alohida ko`rsatkich tushunchasi yo`q. Operatorlarni qayta yuklash ham olib tashlangan. Yana eng muhimi, ishlatilmaydigan xotira (unreferenced objects) avtomatik tozalanadi. Buni Javadagi Garbage Collector (GC – chiqindi yig`ishtirgich) amalga oshiradi. C++ da bu destruktorlar orqali qo`lda (manual ) qilingan.

Java tili quyidagi asosiy qismlardan iborat:



Java tilining asosiy konstruksiyalari

Javaning asosiy klasslari

Java tilining grafik interfeysi va apletlari

Javaning asosiy va zaruriy konstruksiyalari



Java tilida berilgan-lar toifa-lari.1-ilova

Klasslar va qobiq-lar. 4-ilova

Grafik inter-feyslarni qu-rish prinspi. 9-ilova

Kiritish chiqarish oqimlari.

13-ilova



Ob’ektga yo’naltirilgan das-turlash. 2-ilova




Satrlar va ular bilan ishlash. 5-ilova

Grafik primitive

10-ilova

Javaning tarmoq vositalari.

14-ilova



Paketlar va inter-feyslar. 3-ilova




Komponentlarni o’rna-tish

11-ilova

Klass kol-leksiyalari 7-ilova

Javada ilovalar.

15-ilova




Apletlar.

12-ilova

Klass utilitalari

8-ilova




1-ilova.Java tilida berilganlar toifalari.

Primitiv tiplar:

  • byte

  • short

  • int

  • long

  • char

  • boolean

Ko’rsatkichli toifa(havola qiluvchi):

  • klass

  • interfeys

  • Massiv

  • Sanoqli toifa



2-ilova.Ob’ektga yo’naltirlgan dasturlash

Download 316,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish