Узбекистон республикаси олий таълим вазирлиги т ошкент молия институти молиявий тахлил фанидан тайёрланган мустакил иш



Download 70,38 Kb.
bet1/2
Sana20.03.2022
Hajmi70,38 Kb.
#504351
  1   2
Bog'liq
2 5289686703915667968


УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
Т
ОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ


МОЛИЯВИЙ ТАХЛИЛ ФАНИДАН ТАЙЁРЛАНГАН МУСТАКИЛ ИШ

МАВЗУ: ХУЖАЛИК ЮРИТУВЧИ СУБЕКТНИНГ ДАРОМАДЛАРИ ВА ХАРАЖАТЛАРИ ТАХЛИЛИ.


БАЖАРДИ: СБИ-50 ГУРУХИ ТАЛАБАСИ
БАБАЕВА САГДИАНА
КАБУЛ КИЛДИ: УРМОНБЕКОВА И.Р.
МАВЗУ: ХУЖАЛИК ЮРИТУВЧИ СУБЕКТНИНГ ДАРОМАДЛАРИ ВА ХАРАЖАТЛАРИ ТАХЛИЛИ.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat uzluksizligi, rivoji va taraqqiyotini ta’minlab beruvchi asosiy manba bu foyda hisoblanadi. Foyda nafaqat biznesni harakatga keltiruvchi kuch‚ balki uni istiqbolda raqobatdoshligini ta’minlashning, moliyaviy barqarorligini o‘stirishning ham zaruriy sharti hisoblanadi. Foydaga ishlash korxonaning yashovchanligini oshirishning, risklarga bardoshliligini ta’minlashning muhim vositasidir.


Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning, foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari baholanadi, natijaviy ko‘rsatkichlarning omilli tahlili o‘tkaziladi, imkoniyatlari o‘rganiladi, natijaviylikni yaxshilashning chora-tadbirlari belgilanadi. Shuningdek, korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili amalga oshiriladi.
Foyda yoki zarar – bu boshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyingi qolgan natijasidir.1
Jami daromad – bu davr mobaynidagi operatsiyalar va boshqa hodisalar natijasida kapitalda yuzaga keladigan o‘zgarishlardir. Jami umumlashgan daromad “foyda yoki zarar”ning hamda “boshqa umumlashgan daromad”ning barcha qismlarini qamrab oladi.2
Umumlashgan daromad – foyda va zararlarning barcha manbalaridan to‘plangan natijadir.



Kelgusida iqtisodiy naf keltiruvchi qiymatliklar




Aktivlarni kelib tushishi yoki ko‘payishi




Aktivlarni chiqib ketishi yoki kamayishi




Daromad va xarajatlar farqi




Naflilikni
nisbiy ifodasi

Aktivlar






Daromad





Xarajat





Foyda





Rentabel
lik



Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning bir-biriga bog‘liqligi

Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.


Daromad – aktivlarning kelib tushishi yoki ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishi shaklida iqtisodiy nafning hisobot davrida o‘sish va ushbu o‘sish kapital egalarining kapitalga qo‘yilmalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘payishidir.3
Daromad tushunchasi odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad va boshqa daromadlarni o‘z ichiga oladi. Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad tadbirkorlik subyektining odatdagi faoliyati doirasida hosil bo‘ladi va turlicha nomlanadi, shu jumladan sotishdan tushum, yig‘imlar, foizlar, dividendlar va royaltilar.
Daromadni hisobga olishdagi asosiy masala bo‘lib, ushbu daromad qachon tan olinishi kerakligini aniqlash hisoblanadi. Daromad kelgusi iqtisodiy naf tadbirkorlik subyekti tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo‘lganida va ushbu naf ishonchli darajada baholanishi mumkin bo‘lganda tan olinadi.
Xarajat – aktivlarning chiqib ketishi yoki kamayishi yoxud majburiyatlarning ortishidir.
Foyda – daromad va xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy farq.
Zarar – daromad va xarajatlar o‘rtasidagi salbiy farqdir.
Mavzuning maqsadi – moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini, ularning «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»da ifodalanishini, har bir ko‘rsatkichning aniqlanish yo‘llarini, moliyaviy natijalarning umumlashgan ko‘rsatkichlari tahlilini yoritishdan iborat.
Tahlil jarayonida ushbu bog‘liqlikning murakkab tizimi o‘rganiladi. Bu uning vazifasini to‘g‘ri belgilab olishni taqozo qiladi. Korxonaning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish vazifalari quyidagilardan iborat:
moliyaviy natijalarni ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish;
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning hisobot davridagi o‘zgarishiga baho berish;
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning har biriga ta’sir qiluvchi omillarni belgilash va ularni ta’sirini baholash;
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning bir-biriga bog‘liqligini, aloqadorligini, ularni sof foyda o‘zgarishiga ta’sirini baholash;
moliyaviy natijaviylik ko‘rsatkichlarini mulkiy holat va samaradorlik bilan bog‘liq jihatlarini baholash;
rentabellik ko‘rsatkichlariga baho berish va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish;
foyda va rentabellikni oshirishning ichki imkoniyatlarini axtarib topish va chora-tadbirlarini belgilash.


Download 70,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish