Va xossalari



Download 32,08 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2022
Hajmi32,08 Kb.
#419999
  1   2   3
Bog'liq
проф этика маъруза 3


3-MAVZU. KASBIY ETIKANING KATЕGORIYALARI VA XOSSALARI
Reja:

  1. Kasbiy etika kategoriyalarining o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Buyuk mutafakkirlar etiket kategoriyalari haqida.

  3. Kasbiy burch; vijdon (diyonat); or-nomus (nomus); obro’ - kasbiy etikaning asosiy kategoriyalari. Kasbiy etikaning kategoriyalari va turlarining sifatli xizmat ko’rsatishdagi ahamiyati.

Tayanch iboralar.
Kategoriya va etika kategoriyalari; burch va kasbiy burch; O‘zbekiston fuqarolarining fuqarolik burchlari; ofitsiant, metrdotel, shveysar, barmen va garderobchi. Vijdon; ichki sudya, posbon, or–nomus va kasbiy etika; mezon; obro‘; sifatli ado etish; aldamaslik.
Kasbiy burch
Kategoriya grekcha «kategoria» so‘zidan olingan bo‘lib, etikaning asosiy tushunchalaridan hisoblanadi, axloqning muhim tomonlarini hamda elementlarini o‘zida ifoda qiladi.
Etika kategoriyalari deb jamiyat va uning a’zolarining axloqiy, ya’ni ma’naviy boyligini o‘zida to‘liq ifoda qiladigan tushunchalar majmuiga aytiladi. Demak, etika kategoriyalari jamiyat farovonligiga va uning a’zolarining ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Kategoriyalar tabiatda ob’ektiv mavjud bo‘lib, jamiyatning rivojlanishi va odamlar madaniy hamda ma’rifiy saviyasining oshib borishi bilan ularning jamiyat uchun ahamiyati oshib, mazmuni esa chuqurlashib boradi. Kategoriyalarning zaruriyligining va mazmunining jamiyat tomonidan anglanishi ma’naviy hamda ma’rifiy tarbiyaviy ishlar bilan bevosita bog‘liq.
Kasbiy etika kategoriyalarining asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
- kasbiy burch;
-vijdon (diyonat);
-or-nomus (nomus);
-obro‘.
Har bir odamning Vatani va o‘zi yashayotgan jamiyat oldida burchi bo‘ladi. Burch - bu kishining biron shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha bo‘lib, etika kategoriyasining eng asosiysi hisoblanadi. Burchning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, u insonning ichki kechikmalarini, ya’ni tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini belgilaydi. Burch, qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha bo‘ladi: ijtimoiy va shaxsiy burch, oila, ota-onalik burchi, farzandlik burchi,fuqarolik burchi, Vatanni himoya qilish burchi va boshqalar.
O‘zbekiston fuqarolarining fuqarolik burchlari O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiyaning 47-52 moddalarida (XI bob) ko‘rsatilgan. Masalan, Konstitutsiyaning 52- moddasida «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish - O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar» deyilgan.
Burch, shu jumladan kasbiy burch, ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan esa o‘zgarib boradi. Masalan, oxirgi yillarda tabiatda sodir bo‘layotgan halokat va fojiyalar tabiatdan oqilona foydalanish va uni kelajak uchun saqlab qolish odamlarning atrof- muhit va kelajak avlod oldidagi burchlariga umuman yangicha mazmun kasb etadi va jamiyat a’zolari oldiga ulkan vazifalarni qo‘yadi. Ona Vatanga, halqqa xizmat qilish O‘zbekiston fuqarolarining, respublikaning o‘z mustaqilliligiga erishishi munosabati bilan eng ulug‘ va sharafli burchga aylanib bormoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yanada uyg‘unlashib bormoqda.
Kasbiy burch - bu kasb sohiblarining boshqa odamlar va jamiyat oldida o‘zlarining kasbiy majburiyatlarini sezish hissidir. Ushbu ta’rifdan kelib chiqgan holda aholi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi kasb guruhlari a’zolarining, umumiy fuqarolik burchlaridan tashqari, ularning xizmatlaridan foydalanayotgan aholi va sayyohlar talab va ehtiyojlariga hamda manfaatlariga juda ham diqqat va ularning hatto etiket qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan ba’zi bir hatti-harakatlariga sabr-toqat bilan qarashdan iborat. Iste’molchilar talablariga e’tiqod bilan qarash va ularga nisbatan hurmat ko‘rsatish kabi axloqiy burchlar aholi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan kishilarning qo‘shimcha majburiyatlari emas, aksincha ular kasbining asosiy negizini tashkil qiladi. O‘z kasbiy burchini qanday darajada ado etish kerakligi kelajak mutaxassislariga tushunarli bo‘lishi uchun quyida sayyohlar tajribasidan bir misol keltiriladi. V. Matveev va A. Panovlarning (V mire vejlivosti.- M.: 1983) bergan ma’lumotlariga ko‘ra Fransiyaning Marsel shahridagi mehmonxonalaridan biriga sobiq ittifoqdan kelgan mehmonlardan biri o‘zining xonasidan mehmonxonaning birinchi qavatiga tushganda vanna xonasidagi suv jumragini yopmasdan ketganligi esiga tushadi; o‘zining xonasiga qaytib chiqqanda suv nafaqat vanna xonasini, yashash xonasini ham bosgan bo‘ladi. Sayyoh o‘zining jumrakni yopmay ketganlik xatosidan qo‘rqib, mehmonxonadagi uylarga qarovchi xodimaga sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida aytadi. Xodima esa sayyohni mehmonxonaning birinchi qavatiga tushib kutib turishini so‘raydi. Sayyoh undan o‘ch olish uchun mehmonxona xodimlarining kelishini tajanglik bilan kutib turadi. Bir mahal unga qarab bir nechta mehmonxona xodimlarining yaqinlashib kelayotganligini ko‘radi. Ular sayyohga tanbeh berish o‘rniga, undan o‘z vaqtida suv jumragidan faydalanishni tushuntirmaganliklari uchun kechirim so‘rasha boshlashgan. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, sayyoh tomonidan mehmonxonaga keltirilgan zararga va uning xodimlari uchun noqulayliklariga qaramasdan, xodimlar uchun yo‘riqnomada ko‘rsatilgan talablarga ko‘ra sayyohni koyish o‘rniga undan kechirim so‘rashgan, chunki yo‘riqnoma talablari mehmonxona xodimlari uchun etiket qoidalariga aylangan. Keltirilgan misol nafaqat mehmonxona ichki etiket qoidalariga rioya qilishni, bundan tashqari uning xizmatidan faydalanayotgan iste’molchilarning ham ba’zi bir nojuya hatti- harakatlariga sabr–toqat bilan chidash kerakligini bildiradi.
Ko‘rsatilgan xizmatdan keyin uni iste’mol qiluvchilarning kayfiyati yaxshi bo‘lishi va xizmatdan mamnun bo‘lib chiqib ketishlari uchun jamiyat va kasbiy etiket qoidalari talablariga rioya qilinishidan tashqari ko‘rsatilgan xizmatning sifati ham iste’molchilar talablari darajasida bo‘lish kerak.
Aholi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan ovqatlanish korxonalarida iste’molchilar bilan asosan ofitsiantlar, metrdotellar, shveysarlar, barmenlar va garderobchilar muloqotga tushishadi. SHu boisdan ham ularning o‘zini tutish, yurish-turish va muloqot qilish qoidalariga, ayniqsa razryadli kafe va restoranlarda, o‘ta katta ahamiyat beriladi, chunki xo‘randalar restoran va kafelarga nafaqat ovqatlanish zaruriyati bilan, har xil tantanali marosimlarni o‘tkazish yoki dam olish uchun ham kelishadi. SHu sababli ham restoran va kafelarning tashqi ko‘rinishi, kirish va tashqi kiyimlarini echish xonalari, ovqatlanish zallarining bezatilishi ham dizayn qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ovqatlanish korxonalarida juda ham katta talab ofitsiantlarga va barmenlarga qo‘yiladi, chunki ular iste’molchilar nazorati tagida ertadan kechgacha tik turib ishlashlaridan tashqari katta jismoniy ishni ham bajarishadi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda ofitsiant 12 soat ishi davomida o‘n kilometrlab yo‘l bosishidan tashqari 2 tonnagacha qo‘lida ko‘targan holda yuk (taomlar va ichimliklar) tashiydi. Bundan tashqari iste’molchilar mahsulot sifati bo‘yicha ta’nalarini ofitsiant va barmenlarga aytishadi. Zaldagi xo‘randalar ovozi va musiqa ham, ayniqsa ishning oxirlarida, ofitsiant va barmenlarning kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, nervlarini tajang qiladi. SHunga qaramasdan ular etiket qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, o‘zlarining yurish –turishlari, hatti–harakatlari va muomalalari bilan iste’molchilarga ozor etkazmasliklari shart. Ular charchashlariga qaramasdan doimo go‘zal harakatli, zeboli, tashqi ko‘rinishli, tabassumli kabi fazilatlarini to oxirgi iste’molchi chiqib ketmaguncha saqlab qola olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. SHu sababdan ham ofitsiant va barmenlar etiket qoidalarini bilishlaridan va tashqi go‘zalligidan tashqari kasbiy yaroqlilik talablariga ko‘ra ham tanlanadi.

Download 32,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish