X ibragimov, sh. Abdullayeva



Download 0,76 Mb.
bet9/125
Sana12.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#781927
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
Uchinchi bosqich - 2005 va undan keyingi yillarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, unda to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bunda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot baz- alari yanada mustaqkamlanishi, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv- uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta’- minlanishi, milliy (elita) oliy ta’lim muassasalari qaror topishi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o'qituvchi burchi, ma’suliyati va uning barkamol shaxsni shakllantirishdagi o‘mi haqida.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida ekanligini ta’kidlar ekan, awalo, yoshlami shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib etishtirish o'qituvchi va tarbiyachilaming fidokorona mehnati bilan bog'liqligini nazarda tutadi. Jamiyati- miz talab etayotgandek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab etishtirishda o'qituvchining o'mi beqiyosdir.
Yurtboshimiz o'zining qator nutqlari va asarlarida ta’lim- tarbiya masalalariga to'xtalganda, o'qituvchini ham e’tibordan chetda qoldir-maydi. «Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyo- tining poydevori» nomli O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so'zlagan nutqida jamiyatimizda ta’lim berish tizimi, yangilanish jarayoni talablari bilan yaqindan bog'lanmaganligi sa- bablaridan biri-o'qituvchiga borib taqalishini aytib o'tadi: «Tar­biyachilaming o'ziga zamonaviy ta’lim berish ulaming ma’lu- motini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dol- zarb masalaga duch kelmoqdamiz.
20
Mening fikrimcha, ta’Iim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi aso- siy muammo ham mana shu erda. O'qituvchi bolalarimizga zamo- naviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo, zamonaviy bilim be- rish uchun, awalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega boMishi kerak».I
Bundan ko'rinib turibdiki, o'qituvchining o‘zi awalambor, za­monaviy bilim bilan qurollangan bo'lishi lozim.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi o‘quv- chilaming ta’Iim-tarbiya jarayoniga eng yetuk, tajribali murabbiy- lami jalb etish lozim.
Mamlakatimiz rahbari o‘zining «0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992), «O'zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavf- sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997), «Millatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» (1998), «Ваг- kamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» (1998), «Ma’naviy yuksalish yoiida» (1998), («0‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) kabi nutq va asarlarida ta’Iim-tarbiya sohasidagi islohotlarimizning mazmuni erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta’kidlab o'tadi. Bu jarayonda esa o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatini o‘zgartirish talab etiladi.

  1. Karimov: «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko'rgan shaxslar kerak»II III, - deb ta’kidlaydi. Maktablarimizda o'quv- cliilar mustaqil fikrlashga o‘rgatilishi, o‘qituvchi-o‘quvchi munosa- batidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi lozim- liligini uqtiradi.

Bugungi kunda o‘qituvchiga qo'yilayotgan muhirn talablardan biri, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan tanishish, amalda qo'llash va shular orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.
0‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi»gi Qonunining 5-moddasida «...tegishli ma’lumoti, kasb tayyoigarligi bor va yuk- sak axloqiy fazilatlarga ega bo'Igan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega»IV ekanligi aytiladi. Mazkur qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kun talablariga ko‘ra o'qituvchiga qo‘yilgan talablar ham kengayib, murakkablashib bor- moqda. XXI asrda o‘qituvchidan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlik talab etiladi.
Shunday qilib, kadrlar tayyorlash milliy modelida o'qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rniga obyektiv baho berilgan bo‘lishiga qaramasdan, ta’lim-tarbiya jarayonida qanday insonni shakllantirish lozim, ta’lim-tarbiya natijasida inson qanday bo‘lishi kerak, degan savollarga muntazam javob izlash zaruriyati mav- judligicha qoladi va asrlar osha mutafakkirlarimiz tomonidan ya- ratilgan «komil inson tarbiyasi» g’oyalariga hamohang ravishda rivojlantiriladi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish