Xalqaro valyuta jamg’armasi



Download 372,26 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi372,26 Kb.
#642111
Bog'liq
Xalqaro-valyuta-jamg\'armasi

XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI

Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ)


Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ) xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. Shtab-kvartirasi Vashington shahrida joylashgan.
XVJ'ni baʼzilar taʼsiri haddan oshiq katta, deb tanqid qilishadi.

Maqsadi


Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi. 

Tashkil topishi

  • Xalqaro valyuta fondi, XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot.
  • 1944 yilda BrettonVuds (AKSH) da oʻtkazilgan xalqaro valyuta moliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (q. BrettonVuds bitimi). 1947 yil mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). 

Fondning rasmiy maqsadlari: 


maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish;
xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish;
valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish;
koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish;
aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish.
1998 yil boshida XVJ kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.
XVFJing rahbari — Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita.
Boshqaruvchilar kengashi — oliy organ boʻlib, har bir aʼzo — mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshqaruvchilari)dan tashkil topadi.
Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita XVJning 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2 marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi.
XVJning ijroiya organlari — Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi.
Ijroiya kengash majlislari har haftada 3 marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi.
XVJ kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi.
XVJ kreditlari toʻlov balansidagi nomuvozanatlik sabablariga ko’ra bir necha turlarga boʻlinadi. XVJning oddiy krediti toʻlov balansidagi vaqtinchalik tangliklarni bartaraf etish maqsadlarida 1 yilgacha muddatga SDRrya beriladi (uni 4—5 yilgacha choʻzish imkoniyati bilan). Katta miqdordagi kreditlar foiz bilan "STEND Bay" shartnomasini tuzgan mamlakatlarga XVJ barqarorlashtirish dasturi bajarilishiga qarab ajratiladi.
1991 yil Oʻzbekistonning oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritish boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar qatorida XVJga aʼzo boʻlib kirishi uchun shart-sharoit yaratdi.
1992 yilning 2 iyulida "Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta jamg’armasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama Agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul kilinishi mamlakatimizni XVJga teng huquqli aʼzo boʻlib kirishi uchun huquqiy asos boʻldi. 1992 yil 27 aprelda Oʻzbekiston XVJ aʼzoligiga qabul qilindi va Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 372,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish