Yarim avtomatik blokirovka



Download 235,19 Kb.
bet1/19
Sana31.12.2021
Hajmi235,19 Kb.
#266072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
yigma


Yarim avtomatik blokirovka
Yarim avtomatik blokirovka bilan quyidagi bog'lanishlar amalga oshiriladi: chiqish signallaridan biri ochilgandan so'ng, o'sha peregonga chiqishga ruxsat beradigan qolgan barcha chiqish svetoforlari taqiqlanadi, toki jo'natish stansiyasiga qabul qiluvchi stansiyasidan jo'natilgan poyezd kelganligi xaqida blokirovka signali berilmaguncha; jo'natish stansiyasiga blokirovka signali berilishi mumkin, agar axborot yo'l datchiklari va stansiya apparat qurilmalari poyezd haqiqatdan ham kelganligini qayd etishsa.

Yarim avtomatik blokirovka qurilmalari avtomatik ravishda stansiyaga poyezd kelishini nazorat etadilar. Lekin stansiya poyezdning to'liq tarkibini tekshirib, qayd qiladigan apparatura (masalan, vagon o'qlarini xisoblaydigan qurilmalar) bilan jihozlanmagan bo'lishi mumkin.

Bunday holda yarim avtomatik blokirovkaga xizmat ko'rsatadigan xodimlar poyezd to'liq tarkibda orqadagi signallari bilan kelganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina poyezd yetib kelganligi haqida blokirovka signalini berishlari mumkin. Temir yo'l yarim avtomatik blokirovkaning asosiy qismlari quydagilardan iborat (1.1-rasm): yo'l svetoforiga ta'sir etuvchi bloklash qurilmalari BU; aloqa liniyasi PS; yo'l datchiklari DI va boshqaruv pulti PU.

1.1 - rasm. Yarim avtoblakirovkaning tuzilishi.

Peregon poyezddan bo'shaganligi haqida xabarni simli aloqa liniyasi PS bo'yicha qabul stansiyasining navbatchisi beradi. Buning uchun u, poyezd yo'l datchigi ПД orqali boshqaruv pult ПУ ga ta'sir o'tkazgandan keyin, pultdagi poyezd kelganligini tasdiqlash uchun mo'ljallangan maxsus DP knopkasini bosadi. Lekin bundan avval, yo'lning ma'lum uchastkasi poyezddan bo'shaganidan so'ng, ПД boshqaruv pultiga poyezd haqiqatdan ham stansiyaga kelganligi haqida signal uzatadi. Jo'natish stansiyasiga DP knopkasi bilan bloklash signalini berishdan tashqari, qabul stansiyaning navbatchisi jo'natish stansiya ДСП ga telefon orqali poyezd kelganligi haqida xabar qiladi.

Temir yo'llarda asosan РПБ - ГТСС tizimli releli yarim avtomatik blokirovka ko'proq tarqalgan. Yarim avtomatik blokirovka qo'llanishida, ayrim peregonlar turlicha o'tqazish qobilyatiga ega, chunki ulardan poyezdlarning o'tish vaqti bir xil emas va stansiyalararo blok-uchastkalarning uzunliklariga, yo'lning tavsiflariga (profil, qiyshiqligi va hokazo) hamda harakatdagi tarkiblariga bog'liq. Uchastkaning umumiy o'tkazish qobilyati chegaralovchi deb ataluvchi peregon bilan aniqlanadi. Agar poyezd peregonni 18 minut ichida bosib o'tsa, unda peregonda yarim avtomatik releli blokirovkaligida va stansiyalari qo'l strelkalari bilan jihozlangan bir yo'llik uchastkaning o'tkazish qobilyati 32 juft poyezdlarga, ikki yo'llik uchastkada esa, 68 juft poyezdlarga teng.

Avtoblokirovkaga nisbatan, yarim avtomatik blokirovkani joriy qilishga kamroq xarajat talab etadi, lekin uning o'tkazish qobilyati pastroq, rels iplarining sinishi va uzilishi nazorat etilmaydi, poyezd to'liq tarkibda kelganligi tekshirilmaydi (agar maxsus qayd qilish qurilmalari bo'lmasa).

Hozirgi davrda avtoblokirovkasiz, ya'ni releli yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, poyezd to'liq tarkibda kelishini nazorat qiluvchi quyidagi usullar mavjud: poyezdning peregonga jo'natilishida va uning qabul stansiyaga kirishida g'ildirak juftliklarini hisobga olish; qabul stansiyaga kelayotgan poyezning to'liq tarkibini stansiya yo'lidagi induktor bilan birga ishlaydigan va oxirigi vagonda o'rnatilgan indiktor yordamida qayd etish; releli yarim avtomatik blokirovkaga ixtisoslashgan relsli zanjirlar orqali peregonning butunlay bo'shaganini tekshirish. Oxirgi usul shundan iboratki, poyezd tarkibining uzilishini tekshiribgina qolmay, balki relslarning darz ketishini yoki uzilishini ham tekshiradi.

Stansiyada chiqish va kirish svetoforlari sifatida faqat linzali svetoforlar ishlatiladi. Elektr energiyani tejash va akkumulyatorlarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida, ogoxlantiruvchi (kirish oldi) svetoforlar sifatida projektorli svetoforlar qo'llanishi mumkin. РПБ-ГТССtizimni har qanday SMB (signallashtirish, markazlashtirish, va blokirovka) stansiya qurilmalari bilan bog'lash mumkin, shu jumladan elektr markazlash tizimlari bilan ham. So'ngi holda РПБ uchun kerakli bo'lgan knopka va indikatsiya bilan jihozlangan EM pulti qo'llaniladi.


Download 235,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish