Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili



Download 10,32 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi10,32 Kb.
#318542
Bog'liq
Bilimli yoshlar-WPS Office


Bilimli yoshlar yurt kelajagi

Mamlakatimiz rahbari 2021-yilga “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berdi. Bu har ikkala masala nafaqat yurtimiz uchun, balki bugungi dunyo uchun ham oʻta muhimdir

Sayyoramiz pandemiya iskanjasida qolgan bir paytda aholi salomatligi juda muhim ekanligini hammamiz bilib, anglab turibmiz. Bu borada olib borilayotgan ishlar ushbu yilda ham izchil davom etadi...

Yoshlar butun jamiyatni harakatga keltiruvchi sogʻlom kuch, sogʻlom fikr, toza “qon”dir. Prezident har bir masalada ulardan ruhlanishini, kuch olishini, suyanishini, ishonishini alohida taʼkidlaydi. Navqiron avlodning bilimli boʻlishi, kasb-hunar oʻrganishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun qaygʻuradi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston yoshlari forumidagi nutqi hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ular manfaatlariga qaratilgan muhim Qoya va tashabbuslarni ilgari surgan edi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda hayotimiz davomchilari bilan ishlash boʻyicha yangicha tizim joriy qilinmoqda.

Prezidentimiz kuni kecha yigit-qizlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida ham ertamiz egalarining bugungi turmushini yaxshilash, porloq kelajagini taʼminlash bilan bogʻliq mavjud muammolarni taʼkidlab, ularni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga zarur topshiriq hamda koʻrsatmalar berdi.

Bugungi kunda 18 — 30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz ekani qayd etildi. Bu boradagi masalalarni tizimli hal qilish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda oʻQil-qizlarning takliflarini mahallabay oʻrganmoqda. Ularni kasb-hunarga oʻqitish, bandligini taʼminlash, kredit ajratishda haligacha koʻplab kamchiliklar saqlanib qo­layotgani ayonlashmoqda. Boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ham koʻplab muammolar bor. Aksariyat ­madaniyat markazlari, istirohat ­bogʻlari va sport komplekslarining moddiy-texnika bazasi qoniqarsiz, toʻgaraklar nomiga ishlayapti.

YiQilishda bu muammolarni manzilli hal etish uchun har bir tuman va shahar kesimidagi ustuvor vazifalar koʻrsatib oʻtildi.

Bu davlat rahbarining yoshlarni oʻz farzandlari deb bilishi, ularning hayoti, muammolari, orzu-maqsadlaridan ogohligi, gʻamxoʻrligi ifodasi.

Ogoh boʻlmadim, bu dunyoda kimman? Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy oʻziga mazkur savolni beradi. Demak, ulugʻ mutafakkir va ­davlat arbobi nuqtayi nazaricha, ogohlik juda muhim tuygʻu. Ayniqsa, millat Yoʻlboshchisi uchun u doimiy zarurat, katta ehtiyojdir.

Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi ogohlik, xalq bilan hamnafaslik mahsulidir. Millat taqdiriga befarq boʻlmagan, bedor insonning daʼvatkor soʻzlaridir. Xalqning kelajagi, mamlakat taraqqiyoti uchun masʼullik, bezovtalik, qaygʻurish ifodasidir. Oʻzbekiston xalqining umidini roʻyobga chiqarish yoʻlidagi jasoratdir. Davlat rahbariga munosib xulosalar, yangi rejalar, vazifalarni oʻzida mujassam etgan dasturilamaldir.

Markaziy Osiyo xalqlarining birdamligi, doʻstligi uchun bir umr kurashgan Chingiz Aytmatov shunday yozadi: “Mamlakatni birlashtirib, jipslashtirib, ichki va tashqi siyosatini oqilona boshqarib, ilm-fanni, madaniyatni, qadriyatlarni asrab va rivojlantirib, davlat kuch-qudratini oshirib, boshqaruv tizimini barqaror taraqqiy ­ettirish nihoyatda murakkab va masʼuliyatli, oʻz navbatida, sharafli vazifadir. Bunga erishish uchun avvalo ogoh boʻlish lozim...»

Tarix va bugun saboqlari koʻrsatadiki, ogohlik, birinchi navbatda, mamlakat ­rahbarining xalq ahvolidan xabardorligida namoyon boʻladi. Yaqin tariximizda odamlar hayotidan, dardi-­dunyosidan, oʻy-fikridan, orzu-­niyatlaridan xabardor boʻlinmadi. Xalqdan uzoqlashildi. Buning natijasida birlik, hamjihatlik, ahillik tamoyillariga putur yetdi. Millat taraqqiyotdan ortda qoldi.

Haqiqiy ahvoldan xabardorlik toʻgʻri qaror, oʻrinli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Buning natijasida islohotlar maydonga keladi, buyuk maqsadlar tugʻiladi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tinglab, xalqqa yaqinlashish, uni eʼzozlash, ­sevish, dardlariga darmon boʻlish, odamlarni eshitish, qadrlash dunyodagi eng buyuk tuygʻu ekanligiga amin boʻldik.

Murojaatnomaning har bir bandi xalqimiz hayotini yana-da yaxshilash, farovonlashtirish, inson huquqlarini himoyalash, odamlarni bezovta qilayotgan, norozilik uygʻotayotgan muammolarni izchil bartaraf etishga qaratilgani bilan nihoyatda muhim va qadrlidir.

Oʻzbekistonda bugun insonparvar jamiyat barpo etilmoqda. Inson qadr-qimmati ustun qoʻyilmoqda. Murojaatnomada bu intilish koʻzga yaqqol tashlanadi. Mavhumlik, umumiylik, balandparvozlikka oʻrin qoldirilmaydi.

Hazrat Alisher Navoiy bundan salkam olti asr oldin aytganidek, xalq aro kim yaxshi — xalqqa nafi koʻproq yetgan inson yaxshi. Bu oʻlmas tamoyil bugungi kunlarimiz uchun ham gʻoyat muhimdir.



Prezident Murojaatnomada xal­qimiz salomatligi, farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, ilm egallashi, sport bilan shugʻullanishi, isteʼdodlilarni qoʻllab-quvvatlash, oliy oʻquv yurtlariga kirishda grantlar sonini koʻpaytirish, ehtiyojmand oilalarning qizlarini alohida grant asosida oʻqitish, kambagʻallikni tugatish, haq-huquqlarimiz himoyasi, jazoni ijro etish manzillarini qisqartirish, maktab muammolariga yechim topish, muallimning maoshini oshirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, qiynoqqa solish holatlarini butunlay yoʻqotish, mahalla tizimidagi kamchiliklarga chek qoʻyish, yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni yana-da rivojlantirish... va yana boshqa koʻplab masalalarni chuqur tahlil qildi. Xalqimizning hayot tarzidan, odamlarni bezovta qilayotgan masalalardan, barcha-barchasidan ogoh ekanligini amalda namoyon etdi. Ularni qisqa muddatda bartaraf etish shart va zarurligini alohida taʼkidladi.
Download 10,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish