Yuk avtomobilining kuzovi va kabinasi



Download 190,5 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi190,5 Kb.
#20147

Aim.uz

Yuk avtomobilining kuzovi va kabinasi.

Reja.


1. Yuk avtomobillarining kuzovlari haqida.

2. Yuk avtomobilining kapotli kabinalari.

3. Avtomobil kuzovining tayanchig’i.

Umumiy ishlarga mo'ljallangan yuk avtomobillari taxtadan tayyorlangan bortli platforma ko'rinishdagi kuzovlarga egadir. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar kuzovi esa xar xil yuklami tashishga moslashtirilgan shaklda bo'ladi (o'zi ag'daradiganlar, furgonlar, sesternalar va boshqalar).

Yuk avtomobilining bortli platfonnasi (131-chizma, a) metall va yog'och detallardan tashkil topgan. Platformaning asosi taxtadan tayyorlangan pol (5) bo'lib, bo’lama (2) va ko'ndalang (4) to'sinlarga tayanadi. Yonlardagi tashlama (6) va orqa (3) bortlar hamda qo'zg'almas holda oldingi bort (7) asosga mahkamlangan. Tashlama bortlar asos bilan oshiq-moshiqlar (10,11) vositasida biriktirilgan bo'lib, ko'tarilgan holatda, bort burchaklaridagi maxsus berkilgichlar yordamida ushlab turiladi. Bortli platforma avtomobil ramasiga uzangisimon tortqichlar (1 va 9) va bilan mahkamlanadi.

Yuk avtomobilining kapoti konstruksiyadagi kabinalari (131-chizma, b) karkas (15), tom (13) hamda yuqorigi (12) ,orqa (14) va yon (16) panellardan iborat bo'lib, ular orasida eshik o'rinlari hosil qilingan. Shu o'rinlarga eshiklar oshiq-moshiqtar vositasida o’rnatiladi. Eshiklar yopilgan holatda, maxsus qulflar yordamida ushlab turiladi. Kabina eshiklari tushiriluvchi oynalarga, oyna ko'targichlarga va oynali darchalarga ega.



131-chizma. Yuk avtomobilining kuzovi.


Kabinaning old qismida oyna uchun o'rin bo'lib, unga ochilmaydigan, egilgan oyna o'rnatiladi. Kabina ichiga esa haydovchi o'rindig'i va boshqarish mexanizmlari joylashtiriladi.

Haydovchi o'rindig'i ikki o'rinli yoki uch o'rinli bo'lib, haydovchi va passajirlar (yo'lovchilar) uchun umumiy yoki ajratilgan holda bo'lishi mumkin, Ajratilgan konstruksiyadagi o'rindiq balandligi va uzunligi, shuningdek, suyanchig’ining qiyaligi bo'yicha rostlanadigan qilib tayyorlanadi. Kapotsiz konstruksiyadagi kabinalarda, haydovchining orqa tomonida, kabinaga ko'ndalang joylashgan, bitta uxlab kelish joyi ko'zda tutilgan. Dvigatelga xizmat ko'rsatishni ta'minlash maqsadida bunday kabinalarga, kabinani oldingi tayanch sharnirlariga nisbatan ag'daruvchi qurilma o'rnatilgan bo'ladi. (MA3, KaMA3).

Avtomobil kuzovining tayanchig'I (131-chizma, d) kapotli konslruksiyalarda kapot (17), qanotlar (18), zinalar (19) va radiator qoplamasidan (20) iborat bo'ladi. Dvigatel kabina oslida joylashganda esa, kuzov tayanchig'i faqat qanotlar, zinalar va radiator qoplamasini o'z ichiga oladi.

Tayanch iboralar: umumiy ishlarga muljallangan, taxtadan tayyorlangan, bortli platforma, ixtisoslashtirilgan avtomobillar, bo’ylama va ko’ndalang to’sinlar, tashlama va orqa bortlar, oshiq-moshiqlar, uzangisimon tortqichlar, karkas, panellar, oyna ko’targich,kapotsiz konstruksiyalar, oldingi tayanch sharnirlarda.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Yuk avtomobillarida qanday kuzovlar qo’llanadi?

2. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar kuzovlari qanday turda bo’ladi?

3. Bortli platforma qaerga mahkamlanadi?

4. Yuk avtomobili kabinalarining qanday turlarini biasiz?




Aim.uz


Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish