Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Mediatsiya to‘g‘risida”
gi qonuni 2018- yilda qabul qilindi hamda 
2019-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Bu orqali mediatsiya instituti O‘zbekistonning milliy qonunchilik 
tizimidan munosib o‘rin oldi. Ushbu qonunning maqsadi – mamlakatimizda nizolarni tartibga solishning 
muqobil usullarini rivojlantirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish, nizolashuvchi taraflarning 
nizolarini mustaqil, o‘zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko‘maklashishdan iborat. 
Konfidensiallik, ixtiyoriylik, shaffoflik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi, 
xolisligi va betarafligi hamda o‘zaro hurmat 
mediatsiya jarayonining asosiy tamoyillari sifatida e’tirof etiladi. 
Mahalla va oila tizimida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning mediativ ko‘nikmalarini 
takomillashtirishning ahamiyatini hisobga olib, ushbu yo‘nalishda turkum treninglar tashkil etilmoqda

Misol tariqasida USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohotlar bo‘yicha dasturi (JRUP) doirasida vazirlikning 
hududiy boshqarmalari rahbar va mutaxassislari uchun oila institutini mustahkamlash, oilaviy nizolarni 
hal etishning muqobil usullari, O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-
mohiyatini keng yoritish, mediatsiya tartib-taomili haqida tayanch bilimlar berish, mediatsiyani o‘tkazish 
uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan treninglarni aytish 
mumkin. Trening o‘quv dasturidan 
sohaga oid xorijiy tajriba, mediatorning kasbiy etikasi, mediatsiya 
bosqichlari, mediatsiyani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, “nizo”, “kokus”, “empatiya”, 
“refreyming”, “mediabellik”
tushunchalari haqida nazariy bilimlar o‘rin olgan. Trening doirasida mutaxassislar 
stress va nizolarni boshqarish, keyslar bilan ishlash, kommunikatsiyaga kirishishda mediatsiya usullaridan 
foydalanish, aktiv tinglash, verbal va noverbal kommunikatsiya
 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi. Trening 
ishtirokchilaridan olingan fidbek natijalari mazkur treninglarning tizim uchun yuqori amaliy ahamiyatini 
ko‘rsatdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, xodimlarning kasbiy kompetentligini muttasil 
rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, xususan, mediatsiya usulining kasbiy amaliyotga 
tatbiq etilishi mamlakatimizda mahalla va oila institutini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ta’minlash, oilaviy ajrimlar va nizolarning oldini olishga hizmat qiladi. Quyida muallif tomonidan sohaning 
keyingi rivojlanishiga xizmat qiladigan takliflar ilgari suriladi:
1. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari faoliyatiga mediatsiya tartib-taomilini oilaviy 
nizo va kelishmovchiliklarni hal etishning yangi va muqobil usuli sifatida tatbiq etish
2. Mutaxassislarning oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiya sohasiga oid nazariy bilim, jumladan, 
muloqotga kirishish, muzokaralar o‘tkazish, mediativ texnikalarni qo‘llashdagi ko‘nikmalarini tizimli 
takomillashtirish, oilaviy nizolarni sudgacha hal etish jarayonida qo‘llashga doir treninglar tashkil etish;
3. 
Adliya vazirligi bilan hamkorlikda oilaviy nizo va kelishmovchiliklarni sudgacha hal etishda 
mediatsiya tartib-taomilini tatbiq etish maqsadida oilaviy mediatorlar hamda oilaviy qadriyatlarni 
mustahkamlash komissiyalari a’zolariga mo‘ljallangan mediatorlarni tayyorlash kurslarini tashkil qilish;
4. 
Mahalla va oila tizimi mutaxassislari uchun oila mediatsiyasi, mediativ kompetensiyalar tizimiga 
oid ilmiy-uslubiy va multimedia resurslar tayyorlash;
5. Oila institutini mustahkamlashga oid oilaviy mediatsiya, oilashunoslik yo‘nalishlarida tadqiqotlar, 
ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
6. Oilaviy mediatsiya sohasida xorijiy tadqiqot muassasalari bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish;
7. 
Oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya instituti joriy etilgan mamlakatlar ijobiy tajribasini 
o‘rganish va milliy amaliyotga implementatsiya qilish.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish