Izofunksional oqsillar
Izofunksional, HbF, HbA, gemoglobin diffuziya
Tirik hujayrada m aium bir funksiyani ado etib boradigan oqsil bir necha shaklda boiishi mumkin, izofunksional oqsillar yoki izooqsillar deb shularga aytiladi. Masalan, odam eritrotsitlarida gemoglobinning bir nechta shakli topilgan: katta yoshdagi odamda ustun turadigan shakllari HbA (butun gemoglobinning 96% uning ulushiga to‘g ‘ri keladi), HbF va HbA, dir (har qaysisiga taxminan 2% dan). Gemoglobinlaming hammasi har xil to‘plam protomerlari: a, (3, g dan tuzilgan tetramerlardir: HbA formulasi - 2 a 2(i, HbF - 2 a 2y, HbA, -2 a 25. Barcha gemoglobinlaming umumiy belgisi- 2a protomerlariga borligidir. Turli protomerlar birlamchi strukturasi jihatidan bir-biriga o'xshash boiadi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalari jihatidan ham protomerlar bir-biriga ancha o‘xshab ketadi. Gemoglobinlaming hamma shakllari bir xildagi funksiyani ado etadi - kislorodni biriktirib olib, to‘qimalaming hujayralariga yetkazib beradi, biroq gemoglobinning bu shakllari funksional shakllari funksional xossalari jihatidan bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi. Masalan, HbF kislorodga HbAdan ko‘ra ko‘proq yaqin bo‘ladi va HbAdan kislorodni ajratib olishi mumkin:
HbA .0 ,+ HbF -» HbA + HbF .O,
HbF odamning embrional rivojlanishi davri uchun xarakterlidir (fetal gemoglobin); homiladorlikning so‘nggi haftalari va tug'ruqdan keyingi dastlabki haftalarda u asta-sekin HbAga almashib boradi. Homila qoni bilan ona qoni aralashmaydi; homila onasining qon tomirlaridan platsentada homilaning qon tomirlariga kislorod diffuziyalanib o‘tishi hisobiga kislorod bilan ta’minlab boradi. Fetal gemoglobinning kislorodga ko'proq yaqin bo‘lishi ona bilan homila tomirlari orasida kislorod konsentratsiyalarining farqi kam bo‘lganida diffuziya yuzaga
chiqaverishini mumkin qilib qo'yadi.Mioglobin gemoglobinlar bilan kamroq darajada yaqin bo‘ladi: tuzilishi va kislorodni biriktirib olish xossasi jihatidan u gemoglobin protomerlariga juda o‘xshash, lekin qonda aylanib yuradigan va o‘pkadan (yoki platsentadan) to‘qimalarga kislorod yetkazib beradigan gemoglobindan farq qilib, mioglobin muskullarda qo‘zg‘almay turadi va gemoglobindan mitoxondriylarga kislorod yetkazib berishda, shuningdek, muskullarda kislorod rezervi hosil qilishda oraliq vositachi bo lib xizmat qiladi.Izofunksional oqsillar, umuman olganda, bir xildagi funksiyani ado etib boradigan oqsillar oilasidir, lekin bu oila ba’zi a’zolarida alohida bir kichikroq xususiyatlari bo‘lishi fiziologik jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bir turdagi organizmlarda topiladigan oqsilning ko‘pdan-ko‘p molekulyar shakllari izooqsillar deb ataladi; har xil biologik turlarga mansub organizmlarning bularda bir funksiyalami bajarib boradigan oqsillari (gomologik oqsillar) izooqsillar qatoriga kiritilmaydi. Masalan, odam gemoglobini bilan quyon gemoglobini, garchi bir xilda funksiyani ado etib boradigan bolsada, izooqsillar emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |