§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XVIII asr)


MAVZU. YANGI DAVRDA AQSh (XVIII asrning oxiri-XIX asrning 70 y.gacha)



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana09.02.2022
Hajmi0,59 Mb.
#439154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 мавзу итт

 
MAVZU. YANGI DAVRDA AQSh (XVIII asrning oxiri-XIX asrning 70 y.gacha) 
Reja: 
6.1.
 
Mustaqillik uchun kurash. AQShning tashkil topishi
 
6.2.
 
AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy rivojlanishi
 
6.3.
 
AQShda sanoat to'ntarilishi
 
6.4.
 
Fuqarolik urushi va uning oqibatlari
 
6.1.
 
Mustaqillik uchun kurash. AQShning tashkil topishi 
Mustamlakachilik davri iqtisodiyoti. Yevropaliliklar tomonidan Amerikani o'zlashtirilishi 
Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlandi. 
Shimoliy Amerikada birinchi koloniyalar XVII asrning boshida Angliya, Gollandiya va 
Fransiyadan kelgan ko'chmanchilar tomonidan tashkil etilgan edi. 
Angliya kolonizatsiya jarayonidan avval Gollandiyani, so'ng 
XVIII
asr 60-yy.da Fransiyani siqib chiqardi. 
Amerikaga birinchi bo'lib savdo kompaniyalari vakillari kelish- gan. 
Ingliz qiroli Yakov I 1606 y.da London va Plimut kompaniyalari- ga Atlantika qirg'og'ini 
egallashga xartiya (yozma ijozat) berdi. 
Keyinchalik bu yerlarga Londondan ishchilar, ustalar va tadbir- korlar ko'chib kela 
boshladi. 
Diniy e'tiqodi nuqtai-nazaridan puritan jamoalari ko'chib kela boshladi. 
Yerlarni chegaralash natijasida yersiz qolgan dehqonlar, kas- bga ega bo'lmagan yoshlar, 
kambag'allar ham ko'chib keldi. 
Undan tashqari ingliz hukumati mustamlakalarga mehnatga layoqatli jinoyatchilarni 
jo'natar edi. 
Ko'chmanchilar asta-sekin Atlantika qirg'og'ida 13ta koloni- ya tashkil etishib, 1760 y.da 
uning aholisi 2,5 mln. kishini tashkil etdi. 
Ko'chmanchilarning asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanar edi. 
XVIII
asr oxiriga kelib Shimoliy Amerikada iqtisodiy rivojlanish xarakteri va darajasi 
nuqtai-nazaridan uchta rayon shakllandi:Shimoli-Sharq, Janub va Markaz. 
Shimoli-Sharq eng rivojlangan hudud edi. Aholisining asosiy qismi diniy e'tiqodi nuqtai-
nazaridan ko'chib kelganlardan iborat bo'lgan; 

aholining asosiy qismi yerga ishlov berish bilan shug'ullangan; 

sanoatning asosiy tarmog'i - kemasozlik bo'lgan (o'sha davrda ingliz flotining 1/3 
qismi amerika kemasozligi mahsuloti edi); 

mato to'qish jadal rivojlandi. Jun beradigan qo'ylar olib ke- linib, ularning junidan 
matolar to'qilardi; 

temir rudasi zaxiralari metallga ishlov berish sanoatini rivojl- anishiga turtki bo'ldi; 

Angliya bilan savdo yaxshi yo'lga qo'yilganligi sabab bu hududning savdo 
burjuaziyasi yetakchi o'rinlarda edi. 
Markaziy hudud. Qishloq xo'jaligida fermerlik katta ulushga ega edi. 

ingliz aristokratiyasining yirik yer egaligi mavjud edi. Yerlar kichik uchastkalarga 
bo'linib ijaraga berilardi; 

bug'doy yetishtirishga ixtisoslashgan edi; 

metallni qayta ishlash va pivo qaynatish yo'lga qo'yilgan edi; 

bug'doydan tashqari kartoshka, jo'xori, qovoq yetishtirilar- 
di; 

qishloq xo'jaligida oq tanli odamlarni majburlab ishlatish mavjud edi. Bular asosan 
qamoqxonalardan chiqqan maxbuslar edi. 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
Janub. Janubda qulchilik-plantatsiya xo'jalik yuritish tizimi shakllangan edi. Bu yerda juda 
katta unumdor yerlar mavjud bo'lib, ko'chib kelgan ingliz aristokratlari Angliya hukumatidan yirik 
yer (latifundiya)larni olishar edi. Bu yerlarda mehnat qilish uchun ish kuchi etishmas edi. 
Afrikadan negr-qullarni olib kelinishi bu muammoni hal etdi. Ularning soni o'sib bordi - 
1700 y. - 27,8 ming.kishini tashkil qil- gan bo'lsa, 1790 y. da - 760 ming.kishidan iborat bo'ldi 
(janubiy shtatlar aholisining 40%). 
Janubiy hududlarda hukmron sinf quldorlar-plantatorlar edi. 
Ushbu hududda tamaki, guruch, shakar-qamish yetishtirilardi. Asta-sekin paxta asosiy 
ekinga aylandi. 
Metropoliya bilan munosabat. Shimoliy Amerikada kapitalistik munosabatlarning 
rivojlanib borishi natijasida Yevropa immi- grantlari hisobiga yollanma ishchilar soni oshib bordi. 
Ishchilar tarkibida malakali mutaxassilar ulushi katta edi. 
Shu sababdan Angliya yuqori malakali mutuxassislarning emi- gratsiyasini chegaralashga 
(1718 y.) majbur bo'ldi. 1765 yilda esa parlament umuman ularni chiqib ketishini taqiqladi. 
Lekin bu jarayonni to'xtatib bo'lmas edi. Undan tashqari malakali mutaxassislar mehnati 
Angliyadan ko'ra yuqoriroq ba- holanar edi. 
Vaqt o'tishi bilan mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda 
keskinlasha bordi. 
Amerika savdo burjuaziyasiga savdo cheklovlarini belgilash yuqori darajada edi. 1650-
1761 yy.da 125ta qonuniy akt yor- damida amerika savdogarlarini yevropa mamlakatlari bilan 
savdo qilinishi cheklandi. 
Shakar, tamaki, paxta, teri, mis rudasi kabi kolonial mahsulot- lar bilan savdoga ingliz 
monopoliyasi o'rnatildi. 
1750 yildan "temir" qonuni amal qilib, unga muvofiq koloni- yada domna pechlari, 
temirchilik ustaxonalari qurish man etilgan edi. 
1765 y.da "gerb yig'imi" joriy etilib, har bir tovar sotib olin- ishida soliq to'lanishi nazarda 
tutilgan edi (mablag'lar Angliya budjetiga ketar edi). 
Qishloq xo'jaligida fermerlik shaklini rivojlanishiga yirik yer mulkchiligi to'siqlik qilar edi. 
1763 yilda Angliya hukumati xususiy shaxslarga hindulardan yer sotib olishni taqiqlab qo'ydi.


6-MAVZU. YANGI DAVRDA AQSh (XVIII asrning oxiri-XIX asrning 70y.gacha)
87
Bu qarama-qarshiliklar keskinlashib borib oxir natijada urush- ga olib keldi. Tarixda bu 
urush 
Mustaqillik uchun urush
deb nom oldi. 
Urush 8 yil davom etdi (1775-1783 yy.) va kolonistlar g'alabasi bilan yakunlandi. 
1776 y.da mustaqil davlat - Amerika Qo'shma Shtatlari e'lon qilindi. 
Amerika inqilobining xususiyatlari.
7
Shimoliy Amerikadagi mustaqillik urushi qit'adagi 
birinchi burjua inqilobi bo'lib, uning natijasida bir necha demokratik o'zgarishlar amalga oshirildi: 

mayda yer egalari ijara haqidan ozod etildi. 

ingliz 
qirolidan, 
cherkovdan, 
mustamlaka 
ma'muriyatidan 
yer 
olgan 
aristokratlarning yirik yerlari konfiskatsiya qilindi. 

tortib olingan yerlar mayda uchastkalarga bo'linib sotilar edi. 

mustaqillik deklaratsiyasi muallifi T.Djefferson taklifiga ko'ra yerlari bo'lmagan 
kambag'allarga g'arbdagi yerlardan tekinga berildi. 

yerga egalik qilishning feodal shakllari bekor qilindi. Dvory- an unvonlari, ijara 
merosi bekor qilindi. 

barcha portlar Yevropa savdogarlari uchun ochiq deb e'lon qilindi (savdoda ingliz 
monopoliyasi yo'q bo'ldi). 

mamlakat proteksionizm siyosatidan fritrederlik siyosatiga o'tdi. Fransiya
Prussiya, Shvetsiya bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. 

inqilob davrida ingizlar tarafdorlari bo'lganlarning 30 ming imeniyalari 
konfiskatsiya qilindi 

urush davrida harbiy sanoatni rivojlanishi rag'batlantirildi. Hukumat metall, qurol-
yarog', porox, harbiy kiyim ishlab chiqaru- vchilarga pul mukofotlari, subsidiyalar berdi. 

1778 y.da Springfeldda zambarak ishlab chiqaruvchi davlat zavodi ishga tushdi. 

1781 yilda Shimoliy Amerika Bankini tashkil etilishi mam- lakatda emissiya 
faoliyatini barqarorlashtirishga olib keldi.
7
История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: 
Ю
Н
И
ТИ-ДА
Н
А,
2007.-
С.365. 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish