“ 3-sinf o‘quvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yo‘llari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana23.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#695546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
3-sinf oquvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yollari

Giponimiya
. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi 
giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya'ni tur-jins munosabati. 
Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi. 
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko‘pgina 
ma'noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasi, 
dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma'lum jins 
turining nomini hamda o‘zining semantik tarkibida implisit tarzda jins ma'nosini 
ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy 
birlik. 
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa ob'ektiv 
borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‘liq. Masalan, [
daraxt
]
 
giperonimi jins 
ma'nosini ifodalovchi leksema sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi 
leksemalarni leksik-semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik 
guruh hosil qiladi. Shu boisdan [
daraxt
] leksemasi giperonim sifatida giponimi 
bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, [
daraxt
]
-
[
qayin
]

[
daraxt
]
-
[
terak
]

[
daraxt
]
-
[
dub
]

[
daraxt
]
-
[
 archa
]. 
Giponimlar teng huquqli bo‘lib, giperonimga munosabati bir xil. O‘z 
navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‘lanadi. 


32 
Masalan, o‘zbek tilidagi [
daraxt
] nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi: mevali 
daraxt va manzarali daraxt. Mevali daraxt o‘z mevasining nomi bilan ataladi. 
Shuning uchun bu leksema ko‘p ma'noli bo‘lganligi bois bir tomondan [
meva
], 
ikkinchi tomondan [
daraxt
] giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi:
[
Meva
]

[
olma
]
-
[
o‘rik
]
-
[
shaftoli
]
-
[
behi
]
.
 
[
Daraxt
]

[
olma
]
-
[
o‘rik
]
-
[
shaftoli
]
-
[
behi
]

 
[
Daraxt
] giperonimi jins tushunchasini ifodalovchi leksema sifatida, birinchi 
navbatda, shu jinsning turini bildiruvchi so‘z bilan bog‘lanadi. [
Daraxt
] leksemasi 
uning turi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida 
qo‘llanganda uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. Shu boisdan o‘z oldidan 
giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi: 
o‘rik daraxti, shaftoli daraxti 
kabi. 
Giponim leksemaning sememasi giponim leksemalar uchun birlashtiruvchi 
sema bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, [
daraxt
] giperonim leksemasining sememasi 
«tanasidan shoxlanuvchi o‘simlik» bo‘lib, «qizil, yashil, yoki sariq rangli 
yong‘oqdan piyolagacha bo‘lgan hajmdagi sersuv meva beruvchi daraxt» 
sememasiga ega [
olma
] leksemasining «daraxt» semasi [
daraxt
] giperonim 
leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi. 
Giperonimning ma'nosi giponim leksemanikiga nisbatan kengroq va 
«xiraroq» (noaniqroq), giponim leksemaning ma'nosi esa giperonimnikiga nisbatan 
torroq va «yorqinroq». Shu boisdan, aytish mumkinki, giperonimning ma'noviy 
mohiyati barcha giponimining ma'noviy mohiyati yig‘indisiga teng. 
Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. Demak, 
borliqdagi bu bo‘linish giponimiya hodisasi sifatida tilda ham aks etadi. Lekin 
daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan alohida leksema o‘zbek tilida yo‘q. 
Demak, giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘sh xona) hosil 
qiladi. Leksik lakunani turli nutqiy nominativ birlik to‘ldiraverishi mumkin 
(Masalan: 
mevali daraxt
va 
mevasiz daraxt
so‘z birikmalari). 
Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda lug‘aviy lakunaga 
ega bo‘ladi. Bu bo‘sh xona ayni bir jinsning turli belgisi bilan chegaralanmagan 
miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi 


33 
odam uchun o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi lug‘aviy lakuna 
hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham («mevali daraxt» va «mevasiz daraxt» 
tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual ham (mavjud leksemani ma'lum 
bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin. 


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish