ʻ tarixiy ahamiyati. Mustaqillik tushunchasi


O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun



Download 93,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana13.07.2022
Hajmi93,46 Kb.
#786327
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu seminar materillari

2. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun
amaliy harakatlar
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib
bordi. XX asrining 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik
respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil
bahorida Sovet Sosialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbo‘yidagi Litva (11
mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktyabr) va
Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat
SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Moskva 1990 yil kuzida
Markaz bilan respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan


muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Shu asosda markaziy hokimiyat
jamoatchilikning talablari ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e’tirof
etishga majbur bo‘ldi.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli
suveren respublikalar Federasiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini
bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga
qaror qildi. 1991 yil 20 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati
referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan
byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror
qildi. Qo‘shimcha byulletenga «Siz O‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli
respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federasiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?»
degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 % bu savolga
«Ha» deb javob berdilar. Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil
davlat sifatida federativ ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren respublika
sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar. 1991 yil aprelda Kiyevda
Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining
uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos
keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va
tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston
Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur
bo‘ldi. 1991 yilga kelib O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir
mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar
qilina boshlandi. 1991 yil 15 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi
«O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.

Download 93,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish