0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana23.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#406500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PIRLS tayyorgarlik 4-mashq daftari

Ulkan tish 

siri

Toshga aylangan topilmalar -  Yer yuzida ko‘p yillar oldin yashagan mavjudot 

va o‘simliklarning qoldiqlaridir.

Odamlar  asrlar  davomida  ko‘llar,  toshlar  va  qoyalardan  mavjudot  va 

o‘simliklarning  qoldiqlarini  topganlar.  Biz  bugungi  kunda  bu  qoldiqlarning 

ba’zilari dinozavrlarniki ekanligini bilamiz.

Ko‘p  yillar  muqaddam  ulkan  suyaklarni  topgan  odamlar  ular  nimaning 

qoldig‘i ekanligini bilishmagan. Ba’zilar bu katta suyaklarni o‘zlari ko‘rgan yoki 

kitoblarda o‘qigan yirik hayvonlar,  yani begemot yoki fillarning suyaklari deb 

o‘ylashgan. Lekin topilgan suyaklarning ba’zilari, hattoki eng katta begemot va 

filning suyagidan  ham juda katta  edi.  Ana  o‘shanda  ayrim  odamlar bahaybat 

hayvonlarning mavjud bo‘lganligiga ishona boshlagan.

Bir  necha  asr  avval  fransiyalik  Bernard  Palissida  boshqacha  g oy a



paydo  bo‘ldi.  Bernard  mashhur  kulol  edi.  Bir  safar  u  ko‘za  yasash  bilan 

shug‘ullanayotgan paytda tuproq orasidan ko‘plab mayda qotgan suyakchalarni 

topib  oldi.  U  suyak  qoldiqlarini  o‘rganib  chiqib,  ular  tirik  mavjudotlarning 

qoldiqlari ekanligini yozdi.  Bu g‘oya yangilik emas  edi.  Lekin Bernard Palissi 

yana  bu  mavjudotlarning  ba’zilari  yer  yuzida 

ko‘p yashamaganligini ham yozdi.  Ular butunlay 

qirilib,  yer yuzidan yo'qolib ketgan edi.

Bernard Palissi bu kashfiyoti uchun mukofot- 

landi,  deb  o'ylaysizm i?  Y o‘q!  Aksincha,  u  bu 

g'oyalari uchun qamoqqa olindi.

Biroz  vaqtlar  o‘tib,  insonlarning  qadim- 

qadimda dunyomiz qanday bo'lganligi to‘g‘risidagi 

g'oyalarni qabul qilishi osonlashdi.

1820-yilda Angliyada ulkan toshga aylangan 

tish  topildi.  Aytishlaricha,  toshga  aylangan 

topilm alar  tadqiqotchisi  Gideon  M antelning 

rafiqasi Meri Enn Mantell sayr qilayotganida katta 

tishga o‘xshagan narsani topib olgan.  U bu ulkan 

tish  noyob  topilma  ekanligini  bilib,  uni  turmush 

o‘rtog‘iga ko‘rsatish uchun uyiga olib borgan.

Gideon Mantell dastlab  tishga qaraganida uni o‘txo‘r hayvonlarga tegishli 

degan qarorga keldi,  chunki u tekis va qirrali edi. Tishning qirralari chaynash 

natijasida yemirilib qolgan,  kattaligi esa deyarli filning tishidek kelardi. Lekin 

u mutlaqo filning tishiga oxshamas edi.

Gideon  Mantell  tishga  yopishib  qolgan  tosh 

bo'lakchalarining  tarkibi  juda  qadim iyligini 

aniqladi.  U  shunga  oxshash  tosh  bo'lakchalari, 

od atd a,  su d ra lib   y u ru v ch ila r n in g   tosh g a  

aylangan  qoldiqlaridan  topilganligini  bilar  edi.,

Bu  tish  ozuqasini  chaynaydigan  o‘txo‘r,  ulkan 

sudraluvchilarga  tegishli  bo‘lishi  mumkinmi?

Endilikda  sudralib  yuruvchilarning  bunday 

turlari qirilib ketganmi?

Ulkan  tish  ustida  Gideon  Mantelning  boshi 

qotdi.  U  bilgan  sudralib  yuruvchilarning  hech  biri  ozuqasini  chaynamasdi.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish