1 – mavzu -o‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari va asosiy yo‘nalishlari



Download 70,5 Kb.
bet1/4
Sana19.05.2022
Hajmi70,5 Kb.
#604726
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MA'RUZA (1)


1 – MAVZU -O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTINING SHAKLLANISHI, TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI

Dastlabki adabiy namunalar.


Adabiy namuna haqida haqida tushuncha.
Qadimgi davrlar adabiy izlanishlari haqida ma’lumot.

Ma’lumki, har bir millat o‘zining taraqqiyot bosqichlarida muayyan adabiy izlanishlarni amalga oshirgan. Vaqt o‘tishi bilan muayyan tajribalar yuzaga kelgan.


O‘zbek mumtoz adabiyotining eng asosiy yo‘nalishlairni eng qadimgi adabiy yodgorliklardan boshlash lozim. Bu miloddan avvalgi ilk davrlarga to‘g‘ri keladi. Undan tashqari “Oltin yoruq” asari dastlabki adabiy manba sifatida muhim rol o‘ynaydi. Milli zaminimizdagi eng diqqatga sazovor asarlardan biri shubhasiz bu – “Avesto” hisoblanadi. Uning jahon, xususan Markaziy Osiyo zaminidagi sivilizatsiyaga ta’siri umumjahon miqyosida e’tirof etilgan. Bu manbani ajdodlarimizning diniy-ma’naviy qarashlari, milliy qadriyatlari manbai sifatida ko‘rib o‘tmoq – maqsadga muvofiq bo davrlarda ayniqsa ko‘kturklar davri muhim ahamiyatga ega. Chunki aynan shu davrga oid yodnomalar yaxshi saqlanib qoligan. Shu yodnomalarni o‘rganish chog‘ida ma’lum bo‘ladiki, matnda muayyan badiiy qoliplar paydo bo‘lgan va bu narsa adabiy shakllar haqida tasavvur uyg‘otadi.
IX-X asrlar davomida bizda ancha barqarorlashgan adabiy shakllar asosida yaratilgan asarlar vujudga keldi. Bu omil endi batafsil bir xulosalarga olib keldi. Bu xususda Al-Beruninyning hamda Ibn-Sinoning adabiy-estetik qarashlarini
keltirib o‘tish mumkin.
G‘aznaviylar hamda qoraxoniylar davridagi adabiy-badiiy asarlarning endilikda dunyo adabiyoti mezonlari bilan o‘lchaganda ham yetuk adabiy namunalar yaratilganini ko‘ramiz. Shuni unutmaslik kerakki, ushbu davrlar adabiy –badiiy, ma’rifiy namunalarida ko‘plab arabcha, forscha so‘zlar uchraydiki, bu omil sinkretik ijod namunalarini yuzaga chiqaradi. Va bu an’ana tusini olgan.
XIII-XIV asrlar adabiyotida alohida ko‘rsatib o‘tiladigan ikki jihatni ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bu – birinchidan tasavvufiy adabiyot hamda diniy-ma’rifiy adabiyot namunalari. Birinchi navbatda yettinchi-sakkizinchi asrlardan boshlab milliy-mumtoz adabiyotimizga tasavvuf falsafasining chuqur kirib kelganini e’tirof etish kerak bo‘ladi. Shundan e’tiboran salkam o‘n asrlik adabiyotimizda at ustun maqom egalladi.
Milliy mumtoz adabiyotimizning cho‘qqisi bu shak-shubhasiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy ijodidir. Uning ijodida ham tasavvuf yetakchi mavqe kasb etadi. “Hazoyinul-maoniy” tarkibiga kirgan aksariyat g‘azallar so‘fiyona ruhda bitilgan. Demak, tasavvuf falsafasini bilmasdan turib, mumtoz she’riyatimizni tushunmoq amrimahol bo‘ladi. Tasavvuf uning ta’sirida paydo bo‘lgan she’riyat timsollariga alohida e’tibor qaratmoq joiz. Undagi markaziy tushunchalar – shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat bosqichlarining tub mohiyati, she’riyatdagi timsollar – may, yor, ma’shuqa, raqib, boda, mayxona kabi qator tushunchalarni bilish mumtoz she’riyatimizni to‘g‘ri tushunish va talqin etishga ko‘maklashadi.
Boborahim Mashrab hamda Xo‘janazar Huvaydo ijodlari so‘fiyona ruhdagi g‘zaliyotni anglashda juda boy ozuqa beradi.
XVIII-XIX asrlardagi ma’rifatparvarlik adabiyoti endi o‘z yo‘nalishini biroz boshqacharoq olgan.
Turkiy xalqlar og’zaki ijodi tarixining ilk davrlari o’rganilganda turkiylar nomi bilan shuhrat qozongan ko’plab xalqlarning madaniyatiga murojaat qilish o’rinlidir. Chunki bugungi kunda mustaqil millat sifatida shakllangan o’zbek, qozoq, qirg’iz, boshqird, qoraqalpoq, turkman, uyg’ur, ozarbayjon, gagauz, usmonli turk, tatar, yoqut va boshqa xalqlar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Shu sababli ham Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov turkiy tilli davlatlarining beshinchi uchrashuvida so’zlagan nutqida quyidagilarni bejiz aytmagan edi. «Biz barchamizni birlashtirib turgan muhim omil – turkiy tilli xalqlarning tarixiy, ma’naviy va madaniy yaqinligi ekanini juda yaxshi anglaymiz».1
Qadimgi turkiylarning yuzaga kelishi muqaddas kitoblardan biri «Injil»da, shuningdek, ko’plab afsonalarda Nuh payg’ambarning farzandi Yofas nomi bilan bog’lanadi. «Injil»da Yofasning Go’mer, Ma’juj, Go’merning esa Ashkanoz ismli o’g’illari bo’lganligi ko’rsatiladi. Go’mer turkiylarning kimmer, Ma’juj – Gog va Mago’g, Ashkanoz – skif qavmlarining paydo bo’lishiga asos bo’lgani aytilgan.2 Tarix otasi Gerodot (miloddan avvalgi V asr) «Tarix» asarining to’rtinchi kitobida skiflar va ularga yaqin qavmlarning turmush tarzi, hayoti bilan bog’langan rivoyat hamda afsonalarni keltiradi, skiflarning forslar bilan urushlarini ko’rsatadi. Bu davr tarixchilarining asarlarida turkiy qavmlar skif, kimmer, sak, massaget kabi nomlar bilan yuritilgan. Qadimgi turkiylarning hayoti Kteziy (miloddan avvalgi V-IV asr), Xares Mitilenskiy (miloddan avvalgi IV asr), Polien (miloddan avvalgi II asr), Strabon (miloddan avvalgi I asr), Diodor (miloddan avvalgi I asr) va boshqa antik tarixchilarning kitoblarida yoritilgan, rivoyat hamda afsonalari keltirilgan.
Tarixda «turk» so’zi bir qavmga mansub ko’plab xalqlarning umumiy nomi sifatida shakllandi. V asrga oid xitoy manbalarida «turk» so’zi turonliklar, turklar ma’nolarida qo’llanilgan. Bu so’z ot ma’nosida kelsa «kuch - quvvat», sifat vazifasida kelsa «kuchli, quvvatli» ma’nosini bergan. Bundan tashqari, u «yetuk», «bilimdon», «dono» kabi tushunchalarni ham ifodalaydi. Eramizgacha Turk xoqonligi katta hududda hukmronlik qilgan. VII-II asrlarda Janubiy Sibiriyo, Enasoy (Yenisey) va Irtish daryosi bo’ylari, hozirgi Mojariston (Vengeriya) va Chexoslovakiya, Hazar dengizi bo’ylari, Eron, Iroq, Suriya va Turkiya davlatlari o’rnida sak – iskit imperiyasi barpo bo’lgan. Qadimgi turkiylar yashaydigan hududlar Sharq manbalarida Turon, yunon tarixchilarining kitoblarida esa Skifiya mamlakati deb yuritilgan.
Turkiy xalqlar adabiyotining qadimgi davrlarini tiklash va o’rganish uchun yetarli asoslar bor.
I. Ijtimoiy–siyosiy aloqalar, tildagi so’z, ibora va atamalar, diniy tushuncha, tafakkurlarning yaqinligi hamda bir xilligi jihatidan antik davrdagi ayrim xalqlarning madaniyati va adabiyotida turkiylarga xos umumiy tipologik yaqinliklar bor. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milodimizdan avvalgi uch minginchi yillarda Kichik Osiyoda yashagan shumerlarning diniy tasavvurlari, tili va adabiy qarashlarida mushtaraklik seziladi. Yoki hozirgi O’zbekiston hududida islomga qadar mesopotamiyaliklarning qishloqlari bo’lganligi to’g’risida arab tarixchilari yozib qoldirgan ma’lumotlar ham qimmatlidir.
II. Eng qadimgi davrlardan islomgacha yashagan tarixchilarning asarlarida turkiylarning ajdodlari – iskit, kimmer, sak, massaget va boshqa qavmlarning tarix maydoniga kelishi, orzu-umidlari, qahramonligi va turli xil turmush urunishlari haqida saqlangan barcha asotirlar, afsona va rivoyatlar turkiylarga mansub millatlar uchun teng darajada xizmat qiladigan adabiy yodgorlikdir.
III. Antik davr adabiyoti, jumladan, yunon adabiyotida turkiy xalqlar hayoti yoritilgan asarlar ham mavjud. Shuningdek, bu adabiyotda turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan rivoyat hamda afsonalardan ham foydalanish yoki turkiy adabiy syujetlarning ko’chib o’tishi an’analari seziladi. Hatto yirik eposlarning bir xil syujetga («Odissey» va «Alpomish») egaligi yoki turkiy qavmlar o’rtasida Prometey to’g’risida mavjud adabiy syujetlar yunon adabiyotida turli adabiy janrlardagi asarlar yaratilishiga asos bo’lishi qadimgi xalqlar adabiyotini qiyosiy o’rganish masalasini qo’yadi.
IV. Har bir xalqning o’ziga xos shakllanish jarayoni mavjud. Turkiy qavmlarning ham bir necha millat sifatida shakllanishi shunday xususiyatga ega. Qadimgi Xitoy yilnomalari, Urxun yodgorliklari, Rashididdinning «Jome’ ut - tavorix» (XIII asr), Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», Hasan Ato Abushiyning «Turkiy qavmlar tarixi» kabi asarlarida bu masala tarixiy nuqtai nazardan chuqur yoritilgan. Turkiy xalqlarning ibtidoiy shakllanish davrlari – qavmlarga nom qo’yish, ularga dono urug’ boshlig’ining otalik qilishi ko’plab badiiy asarlarda ham o’z ifodasini topgan. Bu o’rinda «O’g’uznoma», «Qo’rqut ota kitobi», «Turk xoqoni Shu va Iskandar» (Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobida saqlangan syujet asosida) kabi dostonlar turkiy xalqlar adabiyotining qadimgi davrlarini yoritishda muhim adabiy manba sanaladi.
V. Miloddan avvalgi VII asrlarda skif-kimmerlarning hukmdorlaridan biri Prototey hisoblangan. Uning otasi Paritiy bo’lgan. Paritiy ossuriy tarixchilarining ma’lumotiga ko’ra Go’g (Gog)ning o’g’lidir. Go’g va Mago’g – Ya’juj - Ma’jujlar turkiy qavmlarning eng jangovar urug’laridan bo’lishib, shimoldagi davlatda hukmronlik qilishgan va VIII-VII asrlarda Kichik Osiyodagi deyarlik barcha davlatlarni o’zlariga bo’ysundirishgan edi. Yunon va ossuriy tarixchilari skiflarning ulkan sarkardasi sifatida tan olingan Madini Prototeyning o’g’li deb hisoblashadi. Madi esa uzoq asrlar davomida turkiy adabiyotda Alp Er To’nga, forsiy adabiyotda Afrosiyob nomi bilan tasvirlangan qahramonning tarixdagi prototipidir. Demak, bu qahramon faoliyati bilan bog’langan turkum rivoyatlar, afsonalar va dostonlar turkiy adabiyotning qadimgi davrlarini tiklashda boy yodgorlik sanaladi.
VI. O’rxun-Enasoy tosh bitiklarining topilishi qadimgi turkiy yozma adabiyot mavjud bo’lganligining beqiyos namunasidir. Bu bitiklarda aks etgan badiiy tasvir, g’oya xalq og’zaki ijodida yaratilgan eposlar bilan hamohang turadi. Osmonni muqaddas tangri deb tushunish turkiylar uchun hamma davrlarga xos xususiyat bo’lgan va islomgacha bu ta’limot o’z qimmatini yo’qotmagan.
VII. Milodimizning III asridan boshlab moniylik, VIII asrning ikkinchi yarmidan buddaviylik oqimidagi turkiy adabiyotning yuzaga kelishi yozma adabiyot shakllanishiga ham asos bo’ldi. Turk olimi Reshid Raxmet Aratning tasnifiga ko’ra, qadimgi turkiy yozma adabiyotga asos solgan shoirlarning hayoti va ijodi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan.
1. Aprinchur Tegin (ikki she’ri bilan taniqlidir.) 2. Kul Tarxon (Yolg’iz nomigina saqlangan). 3. Singku Seli Tutung (Turk o’lkalari va ularning ko’lami kengligidan bahs yuritgan mashhur Chin sayyohi Husn-Tsangning sayohatnomasini o’ninchi asrning birinchi yarmida turkchaga ustalik bilan tarjima qilgan shoirdir. Bu tarjima Parij milliy kutubxonasida saqlanadi). 4. Ki-ki (Burxon-Budda muhitida yetishgan bu shoirning ikki she’ri saqlangan). 5. Pratyan-Shiri (Sanskritchadan tarjima qilgan, lekin shoirning turkcha ismi saqlanmagan). 6. Asig Tutung (birgina to’rtlikning ichida nomi keltirilib o’tiladi). 7. Chusuya Tutung (Burxon muhitida yetishgan bu shoirning «Gevezelik Bo’yasi» bir she’ri mavjuddir).8. Kalim Keysi (Burxon rahbarlari avlodidan sanalgan bu shoirning birgina she’ri saqlangan). 9. Chuchu («Devonu lugatit turkda» nomi keltirilgan bu shoirning hyech qanday yodgorligi saqlanib qolmagan. Balki koshqarliklar tilidan yozib olingan ajoyib o’gut va o’rnaklarning bir qismi bu shoirga tegishlidir).1
O’zbek adabiyotshunosligida turkiy adabiyotning antik davrini belgilash masalasiga birinchilardan bo’lib professor A.Fitrat kirishgan edi. U «O’zbek adabiyoti namunalari»2 kitobida o’zbek adabiyotining dastlabki davrini «Qabilaviy adabiyot» (17-43-betlar) deb hisoblaydi. Uning fikricha, qabilaviy adabiyotning eng muhim ko’rinishi doston adabiyotidir. Bu o’rinda u «Chistoni Eligbek hikoyasi», «Alpomish» dostoni, Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobidan «Yoz o’yinlari» (6 ta to’rtlik), «Ovdan urushqa» (12 ta to’rtlik)ni ko’rsatadi. Ikkinchi davrni esa «Feodallik davri adabiyoti» (45-70-betlar) deb nomlaydi va VIII asrdan islomiy adabiyotgacha bo’lgan davrni asos qilib oladi. Ikkinchi davr adabiyoti namunalari sifatida Urxun yozuvlaridagi adabiy parchalar, «Alp Er To’nga» marsiyasi (8 ta to’rtlik), «Yoz haqida» (5 ta to’rtlik) hamda «Qo’rqut ota kitobi» dostoni, shuningdek, «Devonu lug’otit turk»dan axloqiy – ta’limiy xususiyatga ega bo’lgan she’riy parchalar e’tiborga olingan. Fitrat o’zbek adabiyoti tarixining uchinchi davrini «Savdo sarmoyasi davri adabiyoti» (71-betdan kitobning so’ngi sahifalarigacha) deb ataydi hamda uning namunasi sifatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» va o’zbek mumtoz adabiyotida so’nggi asrlarda yaratilgan o’nlab asarlardan namunalar beradi.
Islomgacha bo’lgan turkiy xalqlar og’zaki ijodini alohida davr sifatida o’rganish dolzarb masaladir. Chunki bu davrda turkiylar o’rtasida diniy e’tiqodlar boshqachaligi, qavmlar shakllanish davrini o’taganligi, mifologik tasavvurlarda jahon xalqlari bilan umumiy o’xshashlik holatlari mavjudligi badiiy adabiyotdagi g’oyaviy yo’nalish o’ziga xos tarzda ro’y berganligini ko’rsatadi. Turk olimi Ahmed Kabakli islomgacha bo’lgan turk adabiyotini to’rt davrga bo’lib o’rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. U davrlashtirish tamoyiliga turk qavmlari va davlatlarining tarixda tutgan o’rni nuqtai nazaridan yondashadi:
1.Saka turklar davri (miloddan avvalgi VIII-II asrlar).
2.Xun (Kun) turklari davri (miloddan avvalgi III va milodimizning II asri).
3.Ko’k turklar davri (552-745 yillar).
4.Uyg’urlar davri (745-840 yillar).3
Bizning nazarimizda, turkiy adabiyotni bunday davrlashtirish, birinchidan, uning tarixiy qatlamlarini unutishga sabab bo’ladi, ikkinchidan, qadimgi davrlarda turkiylarning jahon xalqlari madaniyati, adabiyoti bilan mushtaraklik tomonlarini ochib berishga mone’lik qiladi.
Turkiy adabiyotning qadimgi davri davri haqida fikr yuritilganda, albatta, Markaziy Osiyoda turkiy xalqlar bilan yonma–yon yashagan, bu hududdagi madaniyatni yaratishda birga xizmat qilgan boshqa xalqlarning turmush tarzi va adabiyotiga ham murojaat etish kerak. Masalan, «Avesto» zardo’shtiylik nuqtai nazaridan ko’p xalqlarga bir o’lchamda xizmat qiladi.
Fanda adabiyotlar tarixi ijtimoiy-siyosiy hayot va adabiy jarayondagi o’zgarishlarga tayanilgan holda turli davrlarga bo’lib o’rganilgan. Albatta, turkiy adabiyot tarixining qadimgi davrlari bo’yicha to’plangan adabiy manbalar ham uni turlicha davrlashtirish imkonini beradi. Uni shartli tarzda uch davrga bo’lish mumkin:
1.Turkiy qavmlarning shakllanish davri adabiyoti (miloddan avvalgi VII asrlardan tosh bitiklargacha) bo’lgan davr.
2.Turkiy adabiyotning (og’zaki va qabr toshlari) dostonlar davri.
3. Turkiy xalqlar adabiyotining jahon xalqlari adabiyoti bilan mushtaraklik, ya’ni miloddan avvalgi uch minginchi yillardan VIII asrlargacha bo’lgan davr.
O’zbek adabiyoti tarixining qadimgi davrlari islomgacha bo’lgan turkiy adabiyotning tarkibiy qismidir. Adabiyotshunoslikda bu davr adabiyoti yuzasidan ayrim ishlar qilingan. N.Mallayevning «O’zbek adabiyoti tarixi»1 (oliy o’quv yurtlari uchun) darsligining «Eng qadimgi adabiy yodgorliklar», B.To’xliyevning «O’zbek adabiyoti» (o’rta maktablar uchun) darsligidagi «Eng qadimgi adabiy yodgorliklar», «Qadimgi qo’shiqlar»2 boblarida Markaziy Osiyoda yashagan qadimgi xalqlardan bizgacha yetib kelgan rivoyat, afsona, asotir, qo’shiqlar, Urxun-Yenisey tosh bitiklarining topilishi, o’rganilishi va adabiy qimmati to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Xuddi shuningdek, «O’zbek adabiyoti tarixi» V tomlik kitobining I tomida3 ham qadimgi adabiy syujetlar tahlil etilgan. «Qadimiy hikmatlar» kitobida ayrim rivoyatlar, asosan Urxun Yenisey bitiklari va Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobidagi she’riy parchalarning hozirgi tildagi matnlari keltirilgan4. Islomgacha bo’lgan o’zbek adabiyotining tarixini yoritishda A.Qayumovning «Qadimiyat obidalari»5, N.Rahmonovning «Ko’hna bitik toshlar»6, «Turk xoqonligi»7 kitoblari alohida qimmatga ega. F.Boynazarovning «O’rta Osiyoning antik davri»8 darsligi ham shunday tadqiqotlardan biri bo’lib, unda antik tarixchilarning Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga doir fikrlari bayon etiladi.
Qadimgi adabiy yodgorliklarni alohida davr sifatida o’rganish masalasining qo’yilishi va ma’lum tadqiqotlar yaratilishi adabiyotshunoslikdagi yangi yo’nalishlardan hisoblanadi. N.Rahmonov va H.Boltaboyevlar tomonidan tayyorlangan «O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari» I-jild9 kitobida qadimgi adabiy yodgorliklar «Islomgacha bo’lgan turkiy adabiyot» nomi bilan umumlashtiriladi. N.Rahmonovning «Ruhiyatdagi nur murodi»10 kitobi ham shu masalaga qaratilgan tadqiqotlardan biri bo’lib, unda turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan moniylik va budda oqimidagi adabiyot to’g’risida umumlashma xulosalar bayon etiladi hamda adabiy matnlar keltiriladi. Demak, XXI asrning boshlaridagi adabiyotshunoslikda qadimgi adabiyotimiz tarixini alohida davr sifatida o’rganish va uni «Islomgacha bo’lgan davr adabiyoti» deb atash tamoyillari yuzaga keldi.

Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish