1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


Yaponiyaning «ochilishi» oqibatlari



Download 103,92 Kb.
bet17/19
Sana30.04.2022
Hajmi103,92 Kb.
#597295
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
MUNIRA OPA

Yaponiyaning «ochilishi» oqibatlari. Shartnoma imzolanib, Amerika floti Yaponiyani tark etishi bilanoq, bu yerda misli ko‘rilmagan shiddat bilan ichki kurash avj oldi. АQSH bilan shartnoma imzolagan syogun keskin tanqidga uchradi. Tokugavalar xonadonining feodal raqiblari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi samuray-
lar syogunni sotqin deb eʼlon qildilar.
Yapon burjuaziyasining pozitsiyasi ham murakkab edi. Iqtisodiy jihatdan kuchli, lekin siyosiy jihatdan zaif bo‘lgan, buning ustiga feodal tuzum bilan son-sanoqsiz rishtalar orqali bog‘langan burjuaziya chet elliklarga yon berish siyosatini qo‘llagan syogunning tarafini olish kerakmi yoki o‘zini «mamlakatni chet ellik johillardan himoya qiluvchilar» sifatida ko‘rsatishga urinayotgan feodal muxolifatning yonini olish lozimmi, degan masalada ikkiga bo‘linib ketdi.
Yaqin kelajakda chet el bilan savdodan yaxshigina daromad olishni mo‘ljallayotgan savdogarlarning bir qismi hukumatni qo‘llashga moyil edilar. Аmmo Yaponiyada savdogarlarning bu qatlami nisbatan kamchilik edi. Savdo doiralarining katta qismi esa bu masalaga boshqacha munosabatda bo‘ldi. Birinchidan, yirik firmalar, Yaponiyaga chet ellardan mahsulotlarning oqib kelishi, ularning bozordagi hukmronliklariga jiddiy zarba bo‘lishidan qo‘rqardilar.
Ikkinchidan, yapon tashqi savdo firmalari rivojlanadigan bo‘lsa, knyazlar, hatto syogunning o‘zi ham bu firmalarga iqtisodiy bog’liklikdan qutula olmaydilar, degan havotirda edilar. Nihoyat, uchinchidan, hali kuchsiz bo‘lgan, endigina dunyoga kelayotgan sanoat burjuaziyasi chet el tovarlari yapon manufakturasiga rivojlanish imkoniyatini bermasligini tushunardi.
Oddiy samuraylar ommasiga kelganda, ular o‘z iqtisodiy holatidan juda norozi bo‘lganliklari uchun to‘laligicha syogunatning tashqi siyosatini tanqid qiluvchilar tarafida edilar.
1856 yili Simoda shahriga АQShning birinchi bosh konsuli Garris keldi. U Yaponiyada amerikalik savdogarlarga imtiyozlar o‘rnatilishini talab qildi. Garris Yaponiya hukumatiga to‘gridan-to‘g‘ri do‘q urib, agar u buysunmasa, Yaponiyani ham urushda tiz cho‘kkalatilgan Xitoyning taqdiri ko‘tishini aytdi. Feodal Yaponiya Garrisning tazyiqi ostida АQSH bilan, keyin esa boshqa davlatlar bilan ham savdo munosabatlarini kengaytirishga rozi bo‘ldi. 1858 yili yangi shartnomalar imzolandi va ularga ko‘ra chet elliklar savdo qilish hamda eksterritoriallik huquqini oldilar. Simoda va Hakodate portlaridan tashqari yaqin yillarda Nagasaki, Kanagava (hozirgi Iokagama), Hyogo (hozirgi Kobe) va boshqa portlar ham ochilishi lozim edi. Chet elliklarga Edo va Osakada yashash huquqi berilishi vaʼda qilindi. Bundan tashqari Yaponiya boj olish mustaqilligini ham yo‘qotdi. Yaponiyadan chetga chiqarish uchun tovar qiymatining 5 foizi, kiritish uchun esa 5 foizidan 35 foizigacha boj to‘lovi belgilandi. Shunday qilib, Yaponiyani qaram mamlakatga aylantiruvchi teng huquqli bo‘lmagan shartnomalar zo‘rlab qabul qildirildi.
Yaponiyaga ko‘plab miqdorda chet el tovarlarining olib kirilishi mahalliy ishlab chiqarishga qatta zarar yetqazdi. Bundan tashqari, chet ellik kapitalistlar teng huquqli bo‘lmagan kelishuvlar asosida mamlakatga kumush olib kelar va narxlardagi farqdan foydalanib, Yaponiyadan oltin olib ketardilar. Bu Yaponiyada moliyaviy inqirozni qkuchaytirdi.
To‘xtovsiz dehqonlar urushlari sharoitida syogunatga ichki muxolifatning va chet el kapitalistlarining tazyiqi oshib bordi. Tokugava hukumati jon talvasasida feodal tuzumni qutqarib qolish vositalarini izlardi.
Yaponiyadagi ichki kurash. Vujudga kelgan vaziyatdan foydalangan feodal knyazlar huquqlarini syogunat hisobiga kengaytirish uchun tobora ko‘proq talablar qo‘ya boshladilar. 1862 yili Janubiy Yaponiyaning eng qudratli knyazlaridan bo‘lgan Snmadzu (Sasuma knyazligidan) imperatorga o‘z sadoqatini shaxsan bildirish bahonasida qo‘shinlari bilan Kiotoga keldi. U Kiotodan ketmasligini va syogunning taqiq’ari bilan hisoblashib o‘tirmasligini bildirdi. Simadzu Kiotodan Edoga yo‘l oldi va knyazlar bilan hukumatning munosabatlarini tartibga soluvchi eng og’ir cheklovlarning bekor qilinishini syogundan talab qildi.
Xalqning feodal tuzumga qarshi kayfiyati oshib borayotganligidan xavotirga tushgan barcha hukmron guruhdar singari har ikkala tomon ham kelishuvdan manfaatdor edi. Xalqning norozilik kayfiyati esa faqat dehqonlar qo‘zg‘oloni va shaharliklarning isyonlaridagina emas, tobelikdan chiqishga urinayotgan oddiy samuraylar orasidagi kuchli g‘alayonlarda ham namoyon bo‘layotgandi.
Hukumat yon berdi. Knyazlar oilalarini garovda ushlab turish tizimi bekor qilindi. Knyazlarning syogun saroyiga majburiy kelish muddati ancha uzaytirildi: bundan buyon knyazlar syogunning oldiga har yili emas, uch yilda bir marta kelishlari lozim edi. Lekin siyosiy jihatdan, knyazlarning davlat masalalarini hal qilishda qatnashish huquqining syogun tomonidan tan olinishi kelishuvning eng muhim moddasi bo‘ldi. «Davlat masalalarini hal etishda syogunga yordam berishi» lozim bo‘lgan feodal seym yoki knyazlar yig’iniga o‘xshash bir tashkilot tuzildi. Bu yon berishlar Tokugavalar hukumatining obro‘si juda pasayib ketganligini aniq ko‘rsatib turardi. Muxolifatni qoniqtirish uchun syogun hatto Kiotoga, imperator oldiga ham bordi. Yana shu maqsadda syogun imkoni bo‘lishi bilanoq o‘z vassallarini chet ellik «vahshiylarga» qarshi chorlash vaʼdasini berdi.

Download 103,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish