1-2-mavzular



Download 45,67 Kb.
bet1/6
Sana12.07.2022
Hajmi45,67 Kb.
#783146
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mavzu


1-2-mavzular.
Dasturiy injiniring hukumat, jamiyat, milliy va xalqaro biznes va institutlarning samarali faoliati uchun zarur hisoblanadi. Biz zamonaviy dunyoni dasturiy ta'minotsiz boshqara olmaymiz. Milliy infratuzilmalar va kommunal xizmatlar dasturga asoslangan tizimlar tomonidan boshqariladi va ko'pgina elektrotexnika mahsulotlari kompyuter va boshqaruv dasturlari yordamida ishlaydi. Dunyo aholisining 75% dan ortig'i dasturiy ta'minot bilan boshqariladigan mobil telefonga ega va Xozirga kelib ularning deyarli barchasi Internetga ulanadi.
Dasturiy ta'minot tizimlari abstrakt hisoblanadi. Ular materiallarning xususiyatlari bilan chegaralanmaydi, ular fizik qonunlar yoki ishlab chiqarish jarayonlari bilan boshqarilmaydi. Bu dasturiy ta'minotlarni ishlab chiqarishni soddalashtiradi, chunki dasturiy ta'minot imkoniyatlari uchun tabiiy chegaralar yo'q.
Oddiy tizimlardan to murakkab, butun dunyo tizimida ishlaydigan axborot tizimlarigacha bo'lgan turli xil dasturiy tizimlar mavjud. Dasturiy ta'minot injiniringi uchun universal yondashuvlar, usullar yoki texnikalar mavjud emas, chunki har xil turdagi dasturiy ta'minot har xil yondashuvlarni talab qiladi. Tashkiliy axborot tizimini ishlab chiqarish ilmiy masalalar uchun dasturni ishlab chiqishdan butunlay farq qiladi. Ushbu tizimlarning hech birida grafik-interfeyslarga ega kompyuter o'yinlari bilan umumiylik yo'q. Ushbu ilovalarning barchasini yaratish jarayonlari dasturiy ta'minot injiniringi fani javob berishga harakat qiladi; Ularning barchasi bir xil dasturiy ta'minot injiniringi usullari va uslublariga yondashib ishlab chiqilmaydi.
Hali ham dasturiy ta'minot loyihalari noto'g'ri ketayotgani va "dasturiy ta'minotdagi nosozliklar" haqida ko'plab xabarlar kelib turadi. Dasturiy injiniring zamonaviy dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun etarli emas deb tanqid qilinadi. Biroq, “Software Engineering” kitobining muallifi Ian Sommervillening fikrimcha, ushbu Dasturiy ta'minotdagi nosozliklar quyidagi ikkita omilning natijasi hisoblanadi:

  1. Tizimning murakkabligini oshirish. Yangi dasturiy ta'minot ishlab chiqish texnikasi bizga kattaroq, murakkabroq tizimlarni yaratishga yordam berganligi sababli, talablar o'zgaradi. Tizimlarni tezroq qurish va yetkazib berish kerak; vaqt o’tgan sari kattaroq, undan ham murakkab tizimlar talab qilinadi; va tizimlar avval imkonsiz deb hisoblangan yangi imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak. Murakkabroq dasturiy ta'minotni yetkazib berish bo'yicha yangi muammolarni hal qilish uchun yangi dasturiy injiniring texnikasini ishlab chiqish kerak.

  2. Dasturiy injiniring usullaridan foydalanmaslik. Kompyuter dasturlarini dasturiy inginiring usullari va uslublaridan foydalanmasdan yozish juda oson. Ko'pgina kompaniyalar o'zlarining mahsulotlari va xizmatlari ko’payishi bilan dasturiy ta'minotlarni ishlab chiqishga o'tishdi. Ular kundalik ishlarida dasturiy injiniring usullaridan foydalanmaydilar. Binobarin, ularning dasturiy ta'minoti ko'pincha kerak bo'lganidan qimmatroq va shunga yarasha ishonchli bo’lmaydi. Ushbu muammoni hal qilish uchun dasturiy injiniring bo'yicha yaxshiroq ta'lim va trening kerak bo’ladi.

Dasturiy ta'minot muhandislari o'zlarining yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlanishlari mumkin. Albatta, bizda hali ham murakkab dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda muammolar mavjud, ammo dasturiy injiniringisiz biz koinotni o'rganmagan bo'lardik va bizda Internet va zamonaviy telekommunikatsiyalar bo'lmas edi. Sayohatning barcha turlari xavfliroq va qimmatroq bo'ladi. 21-asrda insoniyat oldida turgan muammolar - iqlim o'zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi, demografiyaning o'zgarishi, dunyo aholisining ko'payishi va Covid pandemiyasi. Biz ushbu muammolarni hal qilishimiz kerak bo'lgan tizimlarni ishlab chiqishda dasturiy injiniringga tayanamiz.




    1. Download 45,67 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish