1. Astronomiya fanining dolzarb masalalari. Astrofizika. Astronomiya predmeti va uning vazifalari



Download 453,5 Kb.
bet4/5
Sana29.12.2021
Hajmi453,5 Kb.
#98001
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza

Reflektorning asosiy turlari

Reflektorlar, kuzatish maqsadlariga ko`ra, bir necha turdagi sistemalarda ishlatilishi mumkin. Bevosita ob’yektivining fokusida kuzatish mo`ljallangan teleskop  to`g`ri fokusli reflektor deyiladi.



83 – rasm.Teleskopik sistemalar.1.Nьyuton sistemasi.2.Gregori sistemasi.3.Kassegren sistemasi.

Ob’yektivining fokusidan oldin bosh optik o`qqa burchak ostida qo`yilgan yassi ko`zgu yordamida fokusni trubadan yon tomonga, chiqarilgan teleskop Nьyuton fokusli yoki sistemali reflektor deyiladi (83 – rasm,1). Bunday teleskop fokusidan keyin o`rnatilgan botiq sferik ko`zgu yordamida teleskop bosh ko`zgusining (ob’yektivining) markaziy teshigi orqali fokusi tashqariga chiqarilgan sistema-Gregori sistemali reflektor deyiladi (83 – rasm, 2). Va nihoyat, bosh ko`zgu fokusidan oldin o`rnatilgan qavariq ko`zgu yordamida, sistema fokusi ob’yektiv markazi teshigidan tashqariga chiqarilgan sistema–Kossegren sistemali reflektor deyiladi(83 – rasm, 3). Garchi bunday sistemalarda nurning qo`shimcha ko`zgulardan qaytishi hisobiga anchayin nur yo`qolsada, teleskopning ba’zi predmetlarini (kattalashtirish, ajrata olish kuchi) maqsadga moslab o`zgartirilishi va qo`shimcha qayd qilgich asboblarni biriktirilishini qulaylashtirishi bilan katta ahamiyat kasb etadi.

Astrofizik tadqiqotlarda yoritgichdan kelayotgan nurdan maksimal foydalanish juda muhim. Biroq refraktorlar linzasining shisha materiali, nurni kuchli yutib, (ayniqsa ulьtrabinafsha sohasida) ko`zgu, fotografik emulьsiya yoxud fotoelektrik qayd qilgichga tushayotgan nurni keskin chegaralaydi. Shuningdek, fotomateriallarning va fotoelektrik qayd qilgich asboblarning sezgirlik chegarasi, ko`znikiga nisbatan keng bo`lganidan ularda xromatik aberratsiyaning ta’siri ham katta bo`ladi. Shuning uchun ham astrofizik maqsaddagi kuzatishlarda refraktorlar o`rniga reflektor keng qo`llanadi.

Astrometriyada, hozirga qadar ham refraktorlar qulay instrument hisoblanadi. Buning sababi, reflektorlarning uning aylanish o`qlari atrofida kichik miqdorga bo`lsada, burilishlarga juda sezgirligidandir. Agar reflektor ko`zgusiga tushayotgan nur ma’lum burchakka og`sa, undan qaytayotgan nurning yo`nalishi burchakka og`adi va bu, fotoplastinkada ob’yekt tasvirining sezilarli siljishiga olib keladi. Refraktorda nurning bunday kattalikdagi burchakka () beixtiyor burilishi, fotoplastinkada tasvirni nisbatan juda kichik miqdorgagina siljishiga sabab bo`ladi. Bu esa, asosiy maqsadi, yoritgichlarning o`rnini aniq o`lchashdan iborat bo`lgan astrometriya uchun juda muhimdir. Shuning uchun ham refraktorlar astrometriyaning asosiy instrumentlaridan hisoblanadi.

Ko`zguli teleskoplarda tasvir, bosh ko`zguning optik o`qi yaqinidan qaytgan nurlarda juda tiniq chiqib, bosh optik o`qdan uzoqdan qaytgan nurlarda buzila boshlaydi (o`qdan tashqari aberratsiya tufayli). Shuning uchun ham reflektorlar yordamida osmonning taxminan  dan katta maydonini rasmga olish maqsadga muvofiq bo`lmaydi. Buning uchun maxsus ko`zguli-linzali teleskoplardan foydalanishga to`g`ri keladi.




Download 453,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish