1. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. Startaplarni va kichik biznesni moliyalashtirishning farqli va o’hshash jihatlari javob: 1



Download 48,88 Kb.
bet10/12
Sana03.07.2022
Hajmi48,88 Kb.
#735403
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Abbos moliya

4-variant
1. Moliyaviy hisobot va uning ahamiyati.
2. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi va unga tegishli bo’lgan qiymatning funksional
shakllari
JAVOB.1 Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish
va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u
subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik)
ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va
xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil
topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar,
boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan
mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va
tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi
qonunga binoan:1[39][41]
barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31-
dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;
yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi
hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31-
dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan
korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning
31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat
beriladi;
korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda
topshiradilar.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning
xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon
etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga
topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va
tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish
nazarda tutilgan:
1- «Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
5- «Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari
to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.2[40][42] Shuningdek, hisobot shakllariga
izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida
axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi
moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot
davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini
tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan:
dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan
qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy
qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari,
vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi
mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik
shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi. Konsolidallashgan
hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan
tuziladi.3[41][43] Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha
tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat
bo’lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi:
a) buxgalteriya balansi (1-shakl);
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
c) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq
hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va
tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar,
hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan
tasdiqlangandan so’ng yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi
yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi,
tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari
tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish
balansiga qo’shilmaydi. Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish
vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining
aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan
asoslanishi kerak Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun
buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma
ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan
muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi
summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil
tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan
summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining
ketma - ketligi quyidagicha:
- ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal -
orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal
orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi;
- 5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining
debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga
o’tkaziladi;
- 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob
yig’indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal -
orderlarda aks ettiriladi jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab
chiqiladi.
JAVOB.2 Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va
samaradorligi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapitalning
namoyon bo’lish shakllari. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi va unga tegishli
bo’lgan qiymatning uch funktsional shakllari. Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra
asosiy fondlarning tarkibi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari. Asosiy ishlab chiqarish
fondlarining tarkibiy tuzilmasi. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning asosiy
metodlari va ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari. Asosiy fondlarni
shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag’larining manbalari.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy
resurslardan foydalanishning samaradorligi. Asosiy kapitaldan samarali
274
foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib
beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar. Ishlab chiqarishning umumiy
rentabelligi ko’rsatkichi. Fond qaytimi va fond sig’imi ko’rsatkichlari.
Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi.
Aylanma kapitalning bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinishi. Aylanma
kapitalning funktsiyalari va ularni amalga oshirish shakllari. Aylanma kapitalning
tarkibiy tuzilmasi. Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini
xarakterlovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. Sof aylanma kapital. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligiga ta’sir
etuvchi omillar. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo’lgan qiymatning
quyidagi uch funktsional shakllarida harakat qilishi-ni anglatadi:
 pulli;
 unumli;
 tovarli.
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va
mehnat vositalarining takror ishlab chiqarili-shini ta’minlaydi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapital-dan farqli o’laroq
asosiy kapital o’zining iste’mol shaklini birdaniga yo’qotmaydi, ya’ni davomli
muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o’zining qiymatini astasekinlik bi-lan, eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklangun-ga
qadar ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon
amortizatsiya deb ataladi va u o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda
hisoblanadi.
Ma’naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vosita-lari boshlang’ich
qiymatini to’liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb ataladi. Bu davr tugaganidan
so’ng asosiy kapitalga avanslash-tirilgan pulli qiymat o’z aylanishini tugatadi va
yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga etgunga qadar o’tkazilayotgan
qiymat asta-sekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fon-di ko’rinishida
jamg’arilib boriladi. So’ngra iste’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklashga
foydalaniladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan shakli sifatida asosiy
fondlar – uzoq vaqt davomida natural-iste’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida
foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra asosiy fondlar quyidagilarga bo’linadi:
 asosiy ishlab chiqarish fondlari;
 noishlab chiqarish asosiy fondlari.
Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda ishtirok etadigan
va ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida o’zining qiymatini tayyor
mahsulotga qismlarga bo’lib o’tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab
chiqarish fondlari deyiladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning balansida
bo’lgan va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydala-nishga mo’ljallangan
XYuSning mulklari kiradi. Ular bo’yicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Bu
fondlarning qiymati ularning eskirishi munosabati bilan XYuSning foydasi
hisobidan takror ishlab chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik,
ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati jihatidan bo’lishi mumkin. Tarmoq
tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining
butun iqtisodiyot bo’yicha shu fondlar qiymatidagi salmog’ini xarakter-laydi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilma-si alohida guruh ichidagi
turli ko’rinishlarining salmog’ini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mehnat vositalari turli ko’rinishlarining nisbatidan iborat bo’lib, investitsiyalarning texnologik ilg’orligi va
ularning oqilona joylashtirilganligini aks ettira-di. Asosiy fondlarning xizmat qilish
muddati jihatidan tarki-biy tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror
ishlab chiqarish sur’atlari bo’yicha ifodalaydi. Keyingi yillarda asosiy fondlarning
etarli darajada faol takror ishlab chiqarilmagan-ligi uchun ularning yoshi va
eskirishi ortib bormoqda.

Download 48,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish