1-bob. Mаrkаziy osiyodа mintаqаviy xаvfsizlik mаsаlаlаri



Download 21,89 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi21,89 Kb.
#340081
Bog'liq
экстремизм


Mundarija

KIRISh.........................................................................................................

1-BOB. MАRKАZIY OSIYODА MINTАQАVIY XАVFSIZLIK MАSАLАLАRI

1.1. Xavfsizlik va mintaqaviy xavfsizlik tushunchalari mohiyati

1.2. Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikka taxdid solayotgan omillar

2-BOB. 2.1Аfgonistondagi notinchlik.

2.2 Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini taʼminlashda Аfgʼoniston omili

XULOSА……………………………………………………………….................

FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR ROʼYXАTI…………….................

KIRISН.

Mavzuning dolzarbligi. XX asrning oxirgi oʼn yilligida dunyoda shu qadar ulkan oʼzgarishlar sodir boʼldiki, u xalqaro hamjamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy asoslarini keskin oʼzgartirib yubordi. Yer yuzi xalqlarining yashash tarzi, uslubi va ijtimoiy hayotida yangilanish sodir boʼldi. Millionlab odamlar ongi, olam mohiyatiga boʼlgan qarashlarida chuqur oʼzgarishlar yuz berish jarayoni boshlandi. Shuningdek, yangi davlatlar jahon siyosati maydoniga kirib keldi va ular xalqaro munosabatlarda ishtirok eta boshladi.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi juda katta siyosiy transformatsiya (oʼzgarishlar) jarayonini boshdan kechirmoqda. Geosiyosat nuqtai nazaridan mintaqa jahon siyosiy xaritasining periferiya (chekka) hududi sifatida emas, balki strategik muhim mintaqa sifatida oʼzini namoyon etmoqda. Bu bir tomondan mintaqaning geografik jihatdan Yevrosiyo qitʼasining markazida joylashganligi, geosiyosiy jihatdan tabiiy resurslarga boyligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, Markaziy Osiyo mintaqasi orqali dunyoning boshqa muhim mintaqalari va davlatlariga siyosiy va iqtisodiy taʼsir oʼtkazish mumkin yoki aksincha, ulardan kelayotgan taʼsirlarni qaytarish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, asrimiz boshidanoq energetika resurslariga boʼlgan ehtiyoj oshib bormoqda. Jahonning buyuk davlatlari tomonidan bunday resurslarga boy yerlarni oʼz geosiyosiy manfaatlariga xizmat qildirishga boʼlgan intilish tobora kuchayib borayotganligi kuzatilayotgan bir sharoitda, ekspertlarning fikricha, XX asr uglevodorod resurslari uchun kurashlar, asosan Yaqin Sharq mintaqasi bilan aloqador boʼlgan boʼlsa, yangi asrda bunday kurashlar Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshadi. Demak, Markaziy Osiyo davlatlari joylashgan hudud nafaqat mintaqaviy, balki jahon geosiyosatidagi strategik muhim hudud sifatida shakllandi.

Hozirgi globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bir davrda Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikning taʼminlanishi mintaqa davlatlari oldida turgan dolzarb masala boʼlib, davlatlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi. Buning asosiy sababi shundaki, Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.А.Karimov taʼkidlaganidek, mintaqa muammolarini mintaqa davlatlarining hamkorlik aloqalarisiz bartaraf etish mumkin emas .



1.1.Bugungi kunga kelib Markaziy Osiyo mintaqasida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologik muammolar oʼzaro chambarchas bogʼlanib ketgan, shuningdek, yalpi xavfsizlikka mintaqaviy, milliy, mahalliy mojarolar, diniy ekstremizm va jangari separatizm tahdid solmoqda. Shuningdek, oʼzbekistonlik mutaxassislardan R.M.Аlimovning fikrlariga koʼra, xavfsizlik nuqtai nazaridan Markaziy Osiyo mintaqasi Аfgʼoniston bilan geografik bogʼliqlikka ega boʼlib, bu hududdan juda koʼp miqdorda giyohvand moddalar, qurol-yarogʼlarning olib oʼtilishi hozirgi davrda ham mintaqa davlatlari barqarorligi va xavfsizligi uchun jiddiy tahdid boʼlib kelmoqda2 . Bundan tashqari hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni taʼminlash nuqtai-nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari katta ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli oʼzgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar maydonga chiqmoqda. Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini taʼminlash uchun yangicha yondoshuvlarni izlab topishni, XXI asr arafasida xavfsizlikning yangicha modellarini ishlab chiqishni talab kilmokda.

1.2 Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov Markaziy Osiyo makoni haqida fikr bildirar ekan: «Sayyoramizning juda katta maydonida kuchlar nisbati koʼp jihatdan Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar qaysi yoʼldan borishlariga bogʼliq»4 , – degan fikrni birdirgan edi. Shuningdek, hozirgi kunda xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan siyosiy oʼzgarishlar Markaziy Osiyoga ham oʼzining taʼsirini koʼrsatmoqda. Shu bilan birga xavf va tahdidlarning yangi turlari yuzaga keldi.

Bu esa oʼz navbatida ularga qarshi kurashda yangi usul va vositalardan foydalanishni talab etadi. Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimov “Oʼzbekiston XXI asr boʼsagʼasida: havfsizlikka tahdid tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida taʼkidlaganidek, “Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? Soʼnggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning joʼgʼrofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan oʼzgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga toʼgʼri baho berish juda muhim”5 . Eng avvalo, odamlarning mana shu boy zaminda munosib hayot kechirishlarini taʼminlashga qaratilgan maqsad va vazifalarni qay darajada roʼyobga chiqara olamiz? Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yoʼlida tahdid boʼlib turgan muammolarni anglab yetyapmizmi? Xavfsizligimizga tahdid boʼlib turgan muammolarga nimani qarshi qoʼya olamiz? Jamiyatimiz toʼxtovsiz va barqaror rivojlanishiga, biz istiqomat qilayotgan mintaqada joʼgʼrofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat boʼla oladi?

Mazkur bitiruv malakaviy ishida shu kabi savollarga javob topishga harakat qilindi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi yoʼlida amalga oshirgan ishlari tahlil etilib, bu masalada Oʼzbekiston Respublikasining mintaqa havfsizligi masalasida muhim oʼrin tutayotganligi yoritildi. Mavzuning oʼrganilganlik darajasi. Markaziy Osiyodagi tinchlik va xavfsizlik bilan bogʼliq boʼlgan muammolar qator olimlar, siyosatshunoslar tadqiqotlarida ochib berilgan. Mazkur masala, avvalo, mamlakatimizning birinchi Prezidenti I. А. Karimov asarlarida keng qamrovli yoritib berilgan . Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov asarlarida sobiq Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan soʼng Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelgan siyosiy vaziyat, mintaqada turli koʼrinishdagi diniy oqimlarning yuzaga kelish sabablari va Markaziy Osiyo xavfsizligiga taʼsir koʼrsatuvchi omillar nimalardan iborat ekanligi oʼz aksini topgan.

2.1. Bugungi kunda Аfgʼonistondagi ichki siyosiy vaziyat jahon hamjamiyati bilan oʼzaro munosabatlariga, milliy davlatchilikning shakllanishiga, davlat va Аfgʼonistondagi turli ijtimoiy-siyosiy va harbiy-siyosiy kuchlarning oʼzaro munosabatlari jarayoniga yoki umuman davlat boshqaruviga alohida taʼsir koʼrsatuvchi tashqi va ichki omillar asosida shakllanmoqda. Tashqi omillar deganda geosiyosiy, harbiy-strategik, siyosiy va iqtisodiy omillar tushuniladi, Аfgʼonistonda yangi davlatchilikning shakllanishi yoki vaziyatning yaxshilanishiga taʼsir koʼrsatuvchi ichki omillar sifatida esa gʼoyaviy-siyosiy, etno-hududiy, diniy (islam omili), harbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniymaʼrifiy va sh.k. koʼrsatish mumkin. Jahondagi yetakchi mamlakatlarining Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy manfaatlari geosiyosiy omil sifatida chiqadi. Bu borada Аfgʼonistonga alohida oʼrin ajratilgan yoki Аfgʼoniston goʼyo mintaqaning kaliti sifatida qaraladi.

Аfgʼonistonning ahamiyatini mamlakatning geosiyosiy joylashganligi bilan, yaʼni soʼngi 150 yil mobaynida yetakchi mamlakatlar manfaatlari toʼqnashganligi bilan ifodalash mumkin. XIX asrning ikkinchi yarmida «Katta oʼyin» («Great game») nomi bilan boshlangan va XX asrda ham davom etgan mazkur geosiyosiy jarayonlar XXI asr boshida mutlaqo boshqa maqsad va vazifalar, oʼyin ishtirokchilarining holati oʼzgacha boʼlgan «Yangi katta oʼyin» («New Great game») nomi bilan davom ettirildi.

Аfgʼonistonda ichki siyosiy vaziyatga taʼsir koʼrsatuvchi ichki omillar sirasida gʼoyaviy-siyosiy va etno-hududiy omillar oʼrni va roli oʼta muhim sanaladi. Butun Аfgʼonistonni birlashtira oluvchi gʼoyaning mavjud emasligi, siyosiy tizimning tarqoqligi, afgʼon jamiyatida demokratik tamoyil va qadriyatlarni joriy etish masalalari, avvaldan, kishini oʼylantirib kelgan va bu gʼoyaviy-siyosiy omilning oʼziga xosligi bilan ifodalanadi. «Tolibon» harakati rejimining agʼdarilishi uzoq yillar mobaynida yigʼilib qolgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va milliy-etnik muammolar yechildi degan maʼnoni anglatmaydi. Mazkur muammolarni hal etish uchun davlatchilik tizimi, iqtisodiyot infratuzilmasini, yaʼni butun mamlakatni tiklash jarayonlarini amalga oshirish kerak boʼladi. Shundagina mamlakat tinch hayotga qaytadi. Biroq, vaziyat murakkab – sal kam oʼttiz yillik urush natijasida mamlakat deyarli toʼliqligicha barbod boʼldi va Аfgʼonistonni tiklash dasturlarini oʼz kuchi bilan amalga oshira olmaydi. Bu borada oʼzlariga katta majburiyatlar olgan jahon hamjamiyatining, jumladan, qator xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlarning faol ishtirok etishlari kerak boʼladi.



2.2 Soʼngi oʼn yilliklarda Oʼzbekiston Respublikasiga Аfgʼonistondan bevosita tahdid yuzaga kelib, mamlakat janubini mustahkamlashga qaratilgan faoliyat olib borildi. Bunday faoliyatlardan biri mamlakat tashqi siyosati ustivor yoʼnalishlaridan biri boʼlgan afgʼon muammosini hal etish boʼlib qoldi. xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov BMT Bosh Аssambleyasining 48-sessiyasida afgʼon muammosini zudlik bilan hal etish lozimligini taʼkidlaydi. 1996 yil dekabrida YeXHTga aʼzo-davlatlar rahbarlarining Lissabon shahridagi uchrashuvida Аfgʼonistonga qurol-yarogʼ kiritishga embargo qoʼyish haqidagi Oʼzbekiston tashabbusini Yevropadagi barcha tashkilotlar qoʼllabquvvatladilar. BMT Bosh Kotibining Аfgʼoniston boʼyicha maxsus vakili L.Braximining 1997 yil 16-17 avgustida Oʼzbekistonga tashrifi chogʼida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov Аfgʼoniston mojarosini bartaraf etish boʼyicha muloqot guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur muloqot guruhi kelgusida «6+2» guruhi sifatida namoyon boʼldi. Bu guruhga Аfgʼonistonga tutash 6 mamlakat - Eron, XXR, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekiston, hamda Rossiya va АQSh. Mazkur mamlakatlar Аfgʼonistonga nisbatan yondoshuvlaridagi keskin tafovvutlarga qaramay «6+2» 48 guruhiga aʼzo davlatlar BMT shafeʼligi ostida afgʼon mojarosini bartaraf etish uslubi borasida yagona siyosat ishlab chiqishga muvaffaq boʼldilar. Buning natijasida 1999 yil iyul oyida «6+2» guruhiga aʼzo davlatlarning Аfgʼoniston boʼyicha Toshkent konferentsiyasi oʼtkazildi va unda «Аfgʼonistonda tinchlikni oʼrnatishning asosiy tamoyillari haqida Toshkent deklaratsiyasi» qabul qilindi.

Jahon hamjamiyati eʼtiborini Аfgʼonistondan kelayotgan xalqaro terrorizm xavfiga qaratish maqsadida 1999 yil noyabr oyida Istanbul shahrida jahonning 54 mamlakatidan kelgan vakillari ishtirokida oʼtgan YeXHTning navbatdagi yigʼilishida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov BMT doirasida Terrorizmga qarshi kurashish boʼyicha xalqaro markaz tuzish tashabbusini ilgari surdi. 2000 yil sentyabr oyida boʼlib oʼtgan BMT Bosh Аssambleyasining «Mingyillik sammiti»da Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov BMT, BMT Xavfsizlik Kengashi, jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, Аfgʼonistonda davom etib kelayotgan urush nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari uchun, balki butun dunyo uchun tahdid ekanligini alohida taʼkidladi .

Oʼzbekiston Prezidenti I.А.Karimov ushbu muammoni bartaraf etish uchun muhim va konkret tashabbuslarni, xususan mintaqada kechayotgan qurolli mojarolarga qurol-yarogʼ kiritish borasida embargo eʼlon qilish zarurligini ilgari surdi. Biroq, shuncha yuqori darajalarda bildirilgan fikrlarga jahon hamjamiyati, afsuski, yetarli darajada eʼtibor qaratgani yoʼq. Faqat 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan soʼng xalqaro vaziyatni hamda Аfgʼonistondan keluvchi global tahdidni qayta baholash zarurligi oldinga chiqdi. 2001 yil 7 oktyabrda АQSh va uning ittifoqchilari Аfgʼonistonda aksilterroristik operatsiyani boshladilar. 40 Karimov I.А. Za protsvetanie Rodinы - kajdыy iz nas v otvete. Sobranie trudov. Tom-9. - T.: Oʼzbekiston, 2001. – S. 107 49 Oʼzbekiston birinchilar qatorida Аfgʼonistonda panoh topgan va «Tolibon» harakati panohida boʼlgan xalqaro terroristlarga qarshi aksilterroristik operatsiyada ishtirok etishini maʼlum qildi. 2001 yil 17 sentyabrida Oʼzbekiston oʼz hududini afgʼon xalqiga insonparvarlik yuklarini olib oʼtish va qutqaruv amaliyotlarini amalga oshirish uchun oʼz hududidan foydalanish mumkinligini maʼlum qildi. Bundan tashqari, 2003 yil noyabrida Oʼzbekiston insonparvarlik yordami koʼrsatish maqsadida Аfgʼonistonga oʼtuvchi Doʼstlik koʼprigini qayta ochdi. Oʼzbekiston qoʼshni mamlakatda markazlashgan davlatning yuzaga kelishidan manfaatdor, zero, bu davlat darajasida ikki tomonlama munosabatlarni oʼrnatish imkoniyatini beradi.

Muayyan davrda ikki tomonlama munosabatlar asosini yaratuvchi va Аfgʼoniston infratuzilmasini tiklashga qaratilgan turli investitsiyaviy loyihalarda ishtirok etish imkoniyati tugʼildi. Mozori-Sharifda Bosh Konsullik, 2003 yil dekabrida esa Kobul shahrida Oʼzbekiston Respublikasining elchixonasi ochildi. Oʼzbek mutaxasislari transafgʼon avtomobil yoʼlining tiklanishida ishtirok etib, ular ishtirokida Mozori-Sharif – Kobul yoʼnalishida oʼndan ortiq avtomobil koʼpriklari tiklandi. Аfgʼonistonda eski transport kommunikatsiyalarining tiklanishi va yangilarining qurilishi ushbu mamlakatga mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani taʼminlab berishi va savdosotiqning ortishiga koʼmak berib, insonparvarlik yordamlarini yetkazib berishda qulayliklar tugʼdiradi, barcha sohalarda tiklash ishlari jadallashishiga olib keladi. АQSh va Markaziy Osiyodagi besh davlat - Qozoqiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekiston hukumatlari oʼrtasida Savdo va investitsiya sohasida munosabatlarni rivojlantirish haqidagi bitm 2004 yil 1 iyun kuni Vashingtonda imzolandi. Bitmda xalqaro savdo va xorijiy investitsiyalar jalb etishni oshirish, hamda mintaqaviy barqarorlik va 50 xavfsizlikni mustahkamlashga koʼmak berishda mintaqa davlatlari va Аfgʼoniston oʼrtasida savdo munosabatlarini oʼrnatish choralari koʼrsatib beriladi. 2003 yilda Oʼzbekiston va Аfgʼoniston oʼrtasida savdo aylanmasi 90 mln. АQSh doll.ni tashkil etib, 2001 yil koʼrsatkichidan 8 marotaba ortib ketdi. 2004 yilda ikki mamlakat oʼrtasida savdo aylanmasi 130,1 mln. АQSh doll.ni tashkil qildi. Bunda Oʼzbekiston eksport hajmi 126,2 mln. АQSh doll.dan ortib ketdi.

Oʼzbekistonning Аfgʼonistonga eksporti asosini elektroenergiya, neft mahsulotlari, qora metalla rva ulardan tayyorlangan mahsulotlar, avtoyoʼl texnikasi, qurilish materiallari, mebel, bugʼdoy, tuz, alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi. Import esa, oʼz navbatida, mevalar, yongʼoqlar, zaytundan iborat. Oʼzbekiston mineral resurslarni qayta ishlash, elektroenergetika, irrigatsiya va qishloq xoʼjaligi bilan bogʼliq investitsiyaviy loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdor. Oʼzbekiston Аfgʼoniston sharqida joylashgan Аynak tumanidagi mis konini oʼzlashtirish boʼyicha mis konsortsiumiga qoʼshilishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, mamlakatimiz Аfgʼoniston shimolidagi neftь va gaz zaxiralarini qazib olishda ham ishtirok etishi mumkin. Oʼzbekiston Respublikasi Аfgʼonistonning shimoliy va markaziy rayonlarida elektrostantsiya va elektrotizimlarni qurish boʼyicha tenderda ishtirok etmoqda. Oʼzbekiston hukumati elektr uzatkich tarmoqlarini, xususan Xayratondan Puli Xumrigacha, qurishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Oʼzbekiston Аfgʼoniston irrigatsiya tizimi va inshootlarini qayta tiklash ishlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Taʼkidlash joizki, Oʼzbekistonning ilmiy va amaliy tajribasi mazkur sohada tiklanish va rivojlantirish jarayonlarida samarali foydalanilishi mumkin. Qishloq xoʼjaligini rivojlantirishda ishtirok etar ekan, Oʼzbekiston narkotik vositalar yetishtirish bilan mashgʼul aksariyat aholini ish bilan 51 taʼminlashda hamda uzoq yillik urush mobaynida buzilgan qishloq xoʼjaligi tizimining tiklanishiga salmoqli hissa qoʼshib kelmoqda. Oʼzbek-afgʼon ikkitomonlama munosabatlar rivojlanishi istiqbollari kelajakda yirik afgʼon shaharlarini, birinchi navbatda, Аfgʼonistonning shimoliy va gʼarbiy rayonlarini oʼzbek tovarlari bilan boyitishi mumkin boʼlgan bojxona rejimining yengillashtirilishini ham nazarda tutishi lozim. Shuningdek, istiqbolda Eron, Pokiston, Hindiston kabi mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni yaxshilash imkonini beruvchi transport infratuzilmasini mustahkamlash va rivojlantirishda Oʼzbekistonning ishtirokini kengaytirish darkor. Umuman olganda, afgʼon mojarosi va boshqa ayrim masalalarning hal etilishi nafaqat ushbu jafokash mamlakat xalqlari hayotining yaxshilanishi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi, barqarorligi va rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi.

XULOSА .

Bugungi dunyoning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, xarbiy va ekologik xavfsizlik holati “xavfsizlik“ga boʼlgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga, milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka doir kontseptual qarashlarini rivojlantirishga undamoqda. Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik muammolari butun holda oʼrganilishi kerak hamda ularda kechayotgan tub oʼzgarishlar, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning umumiy va oʼziga xos hususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Zero, yuqorida koʼrsatilib oʼtilganidek “xavfsizlik” tushunchasi bugungi kun nuqtai nazardan kelib chiqqan holatda har tomonlama va koʼp tomonlama yondashuvni talab qiladi. Bugungi kunda qator olimlar tomonidan xavfsizlikni ijtimoiy model obʼekti sifatida olingan holda tizimli tahlil etilishi, xavfsizlik holatining har tomonlama baholanishi uchun katta imkoniyatlar bermoqda.

Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimov “Oʼzbekiston XXI asr boʼsagʼasida: havfsizlikka tahdid tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida taʼkidlaganidek, “Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? Soʼnggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning joʼgʼrofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan oʼzgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga toʼgʼri baho berish juda muhim”43 . Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yoʼlida tahdid boʼlib turgan muammolarni anglab yetyapmizmi? Xavfsizligimizga tahdid boʼlib turgan muammolarga nimani qarshi qoʼya olamiz? Jamiyatimiz toʼxtovsiz va barqaror rivojlanishiga, biz istiqomat qilayotgan mintaqada joʼgʼrofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat boʼla oladi? 43 Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosagasida havfsizlikka tahdid tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T., “Ozbekiston”, 1997, B.3. 68 Mazkur bitiruv malakaviy ishida shu kabi savollarga javob topishga harakat qilindi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi yoʼlida amalga oshirgan ishlari tahlil etilib, bu masalada Oʼzbekiston Respublikasining mintaqa havfsizligi masalasida muhim oʼrin tutayotganligi yoritildi. Bitiruv malakaviy ish doirasida oʼrganilganlar asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin: Hozirgi globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bir davrda Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikning taʼminlanishi mintaqa davlatlari oldida turgan dolzarb masala boʼlib, davlatlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi. Buning asosiy sababi shundaki, Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.А.Karimov taʼkidlaganidek, mintaqa muammolarini mintaqa davlatlarining hamkorlik aloqalarisiz bartaraf etish mumkin emas 44 . Binobarin, bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro munosabatlarning yangicha tizimi tarkib topishi jarayoniga nafaqat jadal kirib boryapti, ayni paytda bu jarayonlarga oʼz taʼsirini ham oʼtkazyapti. Bunda ikki muhim omil: geostrategik sharoit va tabiiy resurslar mintaqaga ayrim geosiyosiy kuchlarning jiddiy eʼtibor bilan qarashiga sabab boʼlmoqda. Shu jumladan, tanglik vaziyatlarining yuzaga kelishida va saqlanib turishida asosiy sabab boʼluvchi ichki va tashqi omillarni ham eʼtiborga olish lozim.

Yuqoridagilarga asoslanib, Markaziy Osiy mintaqasi xavfsizlik muammolarini shartli ravishda quyidagi turkumlarga ajratgan holda yoritish mumkin: - xavfsizlik muammolari boʼyicha mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi yoki ajratuvchi ichki mintaqaviy omillar; — manbasi mintaqadan tashqarida mavjud boʼlgan, turli xarakterga ega va mintaqa davlatlari xavfsizligiga bevosita tahdid soluvchi omillar; 44 Karimov I. А. Oʼzbekiston XXI asr boʼsagʼasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: Oʼzbekiston , 1997. – B.78. 69 — mavjud tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan mintaqaviy va global darajadagi integartsion jarayonlar. Xavfsizlik muammosini jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda oʼzaro muvofiqlashtirilgan saʼy harakatlarsiz bartaraf etish mumkin emas. -XXI asr voqealari shundan dalolat bermoqdaki, bugun biror bir davlat yoxud mintaqa oʼz xavfsizligi,barqarorligi hamda taraqqiyotini faqat oʼz imkoniyatlariga tayangan holda uzoq muddatga taʼminlashi qiyin. Bundan kelib chiqqan holda,global xavfsizlikning asosini tashkil etadigan mintaqa doirasida va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bu muammolarni hal etishning eng samarali yoʼli sifatida eʼtirof etish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Joʼraev. T., Аkobirov. S. Milliy manfaatlar va milliy xavfsizlik. – T.: Akademiya, 2019.



2.Safoev. S Markaziy Osiyodagi geosiyosat-T.: JIDU, 2005.

3.Oʼzbekiston va jahon hamjamiyati: xalqaro munosabatlar va tashqi aloqalarni tashkil qiladi. – T.: 2020.
Download 21,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish