139-modda. Tuhmat
Tuhmat qilish, ya'ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat qilish —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Tuhmat:
a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab;
b) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda;
v) xavfli retsidivist tomonidan;
g) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |