1. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarini masalalar yechishga oʻrgatish metodikasining umumiy masalalari


Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga asosiy miqdorlar haqida tushunchalar berish



Download 310 Kb.
bet3/6
Sana11.07.2022
Hajmi310 Kb.
#775874
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOʻM kurs ishi Nozima

Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga asosiy miqdorlar haqida tushunchalar berish.
Boshlangʻich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bogliqlikda turli miqdorlarni ham oʻrganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni oʻrganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bolib, bu tushunchalar oʻquvchilarning butun oʻqishi davrida shakllanadi.
Biz oʻquvchilarga uzunlik, jismning massasi (ogʻirlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar toʻgʻrisida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni oʻrganish arifmetik material bilan qoʻshib oʻqitiladi. Masalan: oʻlchashni oʻrganish, sanashni oʻrganish bilan, oʻlchov birliklari sanoq mavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan, miqdorlar ustida amallar, arifmetik amallar bilan parallel oʻqitiladi. Miqdorlarni oʻqitish matematikani hayot, sharoit bilan bogʻliq holda oʻqitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik taʼlim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni koʻrgazmali, aynan oʻzini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni oʻlchashni amaliyotda koʻradilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va oʻlchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
2. Uzunlik va uning biliklari bilan tanishtirish metodikasi. Kesma uzunligini eng avvalo taqqoslash bilan kesmalarning teng, katta, uzun, qisqa, kalta kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qoʻyib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil oʻlchov birliklarini tanlash mumkin. Masalan: sanoq choʻpini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni oʻlchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq choʻpining uzunligini sm bilan oʻlchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tugʻiladi. Sm moduli orqali oʻquvchilar:
1. Berilgan kesmani oʻlchash.
2. Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.
1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qoʻyish bilan 1 dm ni oʻlchab kesib oladilar. Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm oʻlchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini oʻlchaydilar. Oʻlchashda kesmada oʻlchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li boʻlinmalarni raqamlar bilan belgilashga oʻtiladi. Shu asosda sm li, dm li oʻlchov birliklari hosil qilinadi. Chizgʻich qanday yasalgani hamda chizgʻich bilan oʻlchash malakalari beriladi. Chizgʻich bilan qogʻozda kesmalar chizish va oʻlchash, turli xil uzunliklarni oʻlchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-oʻnlikni oʻtishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni oʻtishda tanishtiriladi.
Navbatdagi bosqich oʻnliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. Oʻlchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni oʻlchashda va 1000 liklar mavzusida km tushunchalari beriladi.
Oʻquvchilar chamalash yordamida uzunliklarni oʻlchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha boʻlgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bogʻlanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi:
a)1 m 1 sm dan qancha katta?,
b)1 dm 1 m dan necha marta kichik?,
v) 1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi?
g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang.
Kesmalarni oʻlchashning puxta koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat qogʻozga chizilgan kesmalarni oʻlchash boʻyicha mashq qildirib qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha katta boʻlmagan obyektlarni oʻlchash boʻyicha ham mashq qildirish kerak.
Koʻpincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi. Chizgʻich oʻrniga katakli daftarning bir necha varagini buklab har ikki katak 1 sm ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qogʻozda raqamlar bilan ham belgilab chizgʻich yasash mumkin. Bunda oʻlchov boshini 0 bilan ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato oʻlchashga yoʻl qoyishi mumkin. Shuning uchun qogʻozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni oʻtilganidan keyin raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qogʻozda sm larni shoshmasdan 0 soni oʻtilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi foydalidir.
Uzunlik olchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar oʻtkazish tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab oʻtib, necha qadam km boʻlganini, bir qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi chizgʻich, ruletka, oʻlchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar.
1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000 mm.
3.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb oʻrgatish osondir. Boshlangʻich sinflarda faqat jismning massasi oʻrganiladi, shu sababli, ogʻirlik, ogʻirlikni tortish, ogʻirlik toshlari, ogʻirlikni tenglashtirish, soʻzlarini iloji boricha ishlatmay, massa, jismlarning massasini oʻlchash, massani oʻlchash asboblari kabi soʻzlardan foydalanish kerak.
Narsalarni massasiga koʻra ogʻir, yengil soʻzlari bilan farqlaymiz. Massa birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan. Shulardan keyin massa oʻlchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi.
1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g.
Maktabgacha bolgan yoshdayoq bolalar, yengil, ogʻir, bir xil ogʻirlikda kabi soʻzlarni eshitib, shugʻullanib massa haqida boshlangʻich tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy koʻrsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sigim) oʻlchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda boʻlishi, yani 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni oʻlchab toʻldirish ishlari amalga oshiriladi. Oʻqituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yogʻni, kerosinni nima bilan oʻlchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi.
Idishlarning sigimi, va litr tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi. Litr darsiga oʻquvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega boʻlgan jismlar haqida tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin.
1.Qaysi biri, yaʼni shar yoki kub kattami?
2. Gʻisht quyadigan qoliplardan qaysi biri kattaq?
3. Choy qoshiq va osh qoshiq bilan suvni oʻlchab stakanni toʻldir, qaysi qoshiq bilan koʻp miqdordagi suv quyiladi?
Oʻqituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani koʻrsatadi va umum qabul qilingan oʻlchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sigʻimini oʻlchash zarur boʻlgan holatlar sigʻimlarni oʻlchash yoki hajmlarni oʻlchash deb ataladi. Soʻngra 1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka toʻladi. Nima uchun banka 1 l li deb atalishini endi tushunadilar, keyin oʻquvchilarga topshiriq beradi: 1 l li krujka va 1 l li banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning sigʻimini aniqlash topshiriladi.
Oʻqituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin.
1)magazin oʻyini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yogʻ kabilar oʻlchashni bilib olishadi;
2)banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab oʻlchab solish;
3)bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bolsa, ularni tenglashtirish uchun nima qilish kerak, degan masalalar berish.
2-sinfda oʻquvchilari gramm bilan tanishadilar. Bolalarga bir tiyinning massasi 1 g, 2 tiyinniki 2 g, 3 tiyinniki 3 g deb tangalarni oʻlchab, ularning qanday ogʻirlikka ega ekanligini amaliy koʻrsatadi. Shulardan keyin savdo tarozisi va katta tarozi bilan tanishtiriladi. Buning uchun yaqin oraga ekskursiya oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. 3-sinfda sentner, tonna kabi massa oʻlchovlari tushunchalari bilan tanishadilar.
Massa o`lchov birligi haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish, bu oʻlchov birliklari-bilan tanishtirish metodikasi.
Bolalar 1- sinfda tanishadigan birinchi massa, birligi bu" kilogrammdir.1 kg li massa xaqidagi tasavvorni bolalar faqat oʻzlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Bolalar massalari 1 kg ga teng boʻlgan (masalan, bir pachka shakar) predmetlarni qoʻllarida ushlab koʻrishlari va bu predmetlarni ogʻir yoki yengil predmetlar bilan taqqoslashlari kerak. Taqoslash operatsiyasi asosidagina bolalar 1 kg li massa haqida real tushunchalarnk sezadilar.
Birinchi darsning o‘zidayoq bolalarni pallali (richagli) tarozida xar xil predmetlarni (paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg shakar, tuz, yormalar va "boshqa narsalarni) 1, 2, 5 kg li toshlaridan foydalanib tortish bilan tanishtirish kerak. Tortish jarayonida bolalarning oʻzlari qatnashishi muximdir. Albatta, bunda oʻqituvchi oldindan tarozida tortish qoidalarini gapirib berishi kerak. Tortish natijalari doskaga va daftarlarga yoziladi.
Navbatdagi darsda bolalar hajm (sigʻim) oʻlchovi birligi Litr bilan tanishadilar. Bunda litrni har xil namunalarining boʻlishi, yani bir litrli banka, krushka, shuningdek idishlarning (banka, chelak, kastryulka, stakanlar) boʻlishi juda ahamiyatga ega:)
Oʻqituvchiga moʻljallangan metodik qoʻllanmada «dars suhbatdan boshlash» tavsiya qilinadi, bu suhbatda «bolalardan oldin, kim ulardan sut yoki lampa moy (kerosin) sotib olganini, unda sotuvchi sut yoki kerosinni nima bilan oʻlchashini» surab olish tavsiya etiladi. Shundan keyin litrni koʻrsatish va litr yordamida har xil idishlarning hajminga (sigimini) oʻlchashga oʻtish tavsiya qilinadi. Amaliy ishlarni har xil shaklda oʻtqazish mumkin. Shulardan bazilarini keltiramiz:
«Magazin» uyini. oʻquvchilardan biri sotuvchi qilib tayinlanadi. Chelaklarga «sut» (suv) quyilgan. Bir necha oʻquvchi bidonlar va bankalar olishadi, ular xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularga 1 l, 2 l, 3 l «sut» quyib beradi. Qolgan hamma oʻquvchilar sotuvchi «sutni» toʻgʻri quyib berayotganini kuzatib borishadi.
Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sigʻishini oʻlchash taklif qilinadi. Bunda oldin oʻquvchilardan biror idishga necha litr suyuqlik sigʻishi haqida qanday fikrda ekanliklarini soʻrash kerak. Ular oʻzlari oʻylagan sonni yozib qoʻyishsin, oʻlchashlardan keyin oʻzlarining qanchalik turli oʻylaganliklarini tekshirib koʻradilar.
Bir chelakka 5 l ikkinchi chelakka 3 l suv quying. Chelaklardagi suvlar teng boʻlishi uchun nima qilish kerak? (1 l suvni birinchi chelakdan ikkinchisiga quyish, birinchi chelakdan 2 l suvni toʻkib yuborish mumkin, ikkinchi chelakka yana 2 l suv quyish mumkin). Oʻqituvchi bulardan bazi mashqlarni tanlab olishi, oʻz mashqlaridan foydalanishi mumkin, ammo bolalar oʻlchashni mashq qilishlari va sigʻimni koʻzda chamalab aniqlashri muhimdir.
Ikkinchi sinfda oʻquvchilar yangi massa birligi gramm bilan tanishadilar. Bunda ish metodikasi kilogramm bilan tanishishdagidekdir. Masalan, gramm haqida konkret tasavvur hosil qilish uchun bolalar qoʻllari bilan massasi 1 g bolgan toshni ushlashlari va uning ogʻirligini boshqa predmetlariing ogʻirliklari bilan taqqoslashlari kerak. Bolalarga 1 tiyinlik tanganing massasi 1 g, 2 tiyinlikniki 2 g, 3 tiyinlikniki 3 g, 5 tiyinlikniki 5 g ekanini aytish va bu chahalardan toshlar oʻrnida foydalanish mumkinligini aytish foydali. Sinfga dorixona tarozisini olib kirish, bolalarga bu tarozida dorilar tortilishini tushuntirish kerak. Dorilarni oʻlchash uchun 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 20 g, 50 g, 100 g, 500 g li mayda toshlar kerakligini aytadi (va koʻrsatadi). Shundan keyin tortishga oid amaliy mashqlar oʻtkazish kerak: Masalan, 300 g shakar, 200 g yorma tortib olish va xokazo.. Bu progressda oʻquvchilarning oʻzlari ishtirok etishlari muhimdir.
Ikkinchi sinfda oʻquvchilarni savdo tarozisi bilan tanishtirish tavsiya qilinadi. Shu maqsadda yaqin joydagi ovqat magaziniga ekskursiya tashkil qilish va -bolalarni bunday tarozilarning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishtirish kerak.
Uchinchi sinfda, birinchi dan «massa oʻlchovlari» tushunchasi kiritiladi, ikkinchidan, oʻquvchilar oʻzlari uchun birlik sentner va tonna bilan tanishadilar, uchinchidan, massa oʻlchovlari jadvali kiritiladi.
«Massa oʻlchovlari» terminink quyidagicha tushuntirish yordamida kiritishi tavsiya qilinadi: «Ikki kesmani taqqoslab, ulardan qaysinisi uzun. qaysinisiqisqa ekanligini bilish zarur" boʻlganda ularning uzunliklarini bir xil birlik masalan, santimetr bilan oʻlchab taqqoslaymiz. qaysi boʻlak nolning massasi ortiq, qaysinisiniki kam ekanligini bilish zarur boʻlganda esa, buni tarozi va toshlar yordamida hal qilamiz. Siz qanday massa birliklarini bilasiz? 1 kg da qancha gramm bor?...».
Massasi 1 ts va 1 t bolgan predmetlarni qolda «ushlab turish» mumkin emas. Shu sababli oquvchilarda yangi oʻlchov bir liklari xaqida konkret tasavvurlar hosil qilishi uchun metodik adabiyotda ilgaridan oquvchilarga, masalan, bunday malumotlarni aytish tavsiya qilinadi: ikki qop kartoshkaning massasi taxminan 1 ts, «Moskvich» avtomobilining massasi (passajirlarsiz) taxminan 1 t ga teng; sinfdagi hamma oquvchilarning (3035 ta oquvchi) massasi taxminan 1 t ga teng. Shundan keyin massa olchovlari jadvali tuziladi va bolalarga uni eslab qolish tavsiya etiladi.

Download 310 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish