1. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 0,59 Mb.
bet1/9
Sana06.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#743728
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2634 15.12.2014




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2634]
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 92-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157, 2010-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 47-son, 440-modda);
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 2013-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 416-modda).
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-noyabr,
74-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrug‘iga
ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi.
2. Budjet tashkilotlari xarajatlarni qoplash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan tashqari boshqa daromad manbalari mavjud bo‘lganda, mazkur ko‘rsatilgan mablag‘lar bo‘yicha ham daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzadi.
3. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, shuningdek shtat jadvallarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida mustaqil ravishda tuzadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan tuziladi, ro‘yxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
4. Xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallari bir moliya yili muddatiga, mavsumiy yoki yil mobaynida tuzilgan tashkilotlar bo‘yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko‘rsatish davriga tuziladi va amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5. Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va tariflar:
barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) bo‘yicha — mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1-yanvarida amalda bo‘lgan shartlarda;
mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlar bo‘yicha — mazkur tashkilot faoliyat ko‘rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi holatiga ko‘ra hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Budjet tizimi budjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo‘shimcha xarajatlarga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari so‘mda tuziladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. “UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallarini ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun dasturiy majmua orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimiga (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) jo‘natadi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari rahbarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va har biriga xos “QR” kodlar qo‘yilib, axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
2-bob. Xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish va tasdiqlash
1-§. Xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash
8. Xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetasi xorijiy va milliy valyutalarda har bir diplomatik muassasa bo‘yicha alohida mazkur Nizomning 1 a-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan ularga tegishli moliya yili uchun yetkazilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida tuziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga tegishli moliya yili uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmini yetkazish tegishli moliya organlari yoki budjet mablag‘larini taqsimlovchilari tomonidan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga tegishli moliya yili uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmini yetkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va moliya organining mazkur masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning rahbarlari hamda tegishli xodimlarining kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar, ularga tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish tartibi masalalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablarini tushuntiradilar, budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi hisob-kitoblarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishi majburiyligi, xarajat qilishda smeta-shtat intizomiga va tejamkorlik rejimiga rioya qilish haqida ko‘rsatmalar beradilar, shuningdek xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni to‘ldirish texnikasi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Bir vaqtning o‘zida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga kelgusi yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlariga muvofiq asosiy ko‘rsatkichlarni (sinflar, o‘quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) yozma ravishda xabar qiladilar.
11. Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlariga va tejamkorlikning qat’iy rejimini hisobga olgan holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Xarajatlarni hisoblab chiqarishda quyidagilarga amal qilinishi zarur:
belgilangan tartibda tasdiqlangan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ularga taqdim etilgan budjet sohasidagi vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga;
belgilangan tartibda tasdiqlangan budjet tashkilotlari xarajatlarining normativlariga;
tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va tariflariga.
Jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
xarajatlar smetasiga ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalari, ularga qo‘shimcha haq to‘lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda kiritiladi. Ishbay shaklida bajariladigan ishlar uchun ish haqi, moliya yiliga xarajatlar smetasida nazarda tutilgan shunday ishlarning hajmidan kelib chiqib xarajatlar smetasiga kiritiladi;
pedagog xodimlar ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni aniqlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalaridan, daftarlarni tekshirganlik, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim;
tibbiyot xodimlari ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni aniqlashda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalari va shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim;
(12-bandning yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va stipendiya bilan ta’minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga belgilangan stavkalardan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
(12-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
(12-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar har bir tashkilotga ko‘rsatiladigan xizmatga o‘tgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki belgilangan limit (jismoniy hajmlar) doirasida hamda narx va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi;
(12-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda, limitdan ortiqcha foydalanilgan aloqa xizmatlari, shu jumladan shaharlararo (xalqaro) so‘zlashuvlar uchun, Internet xizmatlari va boshqa aloqa xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning faoliyat xususiyatlaridan va mazkur xizmatlarga bo‘lgan talabidan (zaruriyatidan) kelib chiqib nazarda tutiladi;
davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha budjet tashkilotlarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar budjet tashkilotlarining har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining natural me’yorlaridan va o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqib hisoblanadi;
dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar kuniga bir bemorga hisoblangan dori-darmonlar me’yoriga qarab belgilanadi;
ijtimoiy-madaniy tashkilotlarni ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyabzal, choyshab, ko‘rpa-to‘shak anjomlari va boshqa yumshoq anjomlar sotib olishga ketadigan xarajatlar mavjud moddiy ta’minotning me’yorlari asosida ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi;
suv, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning bajarayotgan ish me’yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
qo‘riqlash faoliyati xizmatlarining to‘lovi bilan bog‘liq xarajatlar mazkur xizmatlarni yetkazib beruvchilarning tariflariga muvofiq aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilotlarning binolar, inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan xarajatlar me’yori, limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi;
xizmat safarlariga xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalaridan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
(12-bandning yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bog‘liq xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo‘lgan ehtiyojlar, shuningdek bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda o‘zgacha ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
13. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va/yoki tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bosh bo‘linma sifatida belgilangan) huzuridagi buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha quyidagi alohida hollarda bo‘limlar va kichik bo‘limlar (tashkilotlar turi) kesimida xarajatlar smetasi tuzilishi va tasdiqlanishi mumkin:
bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha — veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa kichik tashkilotlar bo‘yicha;
bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, agar ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish xo‘jalik xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bo‘yicha.
14. Mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlovchilari bo‘lib xarajatlar smetasini tasdiqlagan bosh tashkilotlarning rahbarlari hisoblanadi.
15. Mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarning xarajatlar smetasi, xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo‘lgan hisob va hisobot, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi.
Xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko‘rsatkichlar ro‘yxati bo‘yicha xarajatlarning guruhlari va ilovalari bo‘yicha, shuningdek xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi.
16. Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko‘rsatkichlar;
sotib olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati;
kapital va joriy ta’mirlash uchun asosiy ishlar ro‘yxati;
o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar hajmi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan kadastr yuritish va boshqa ko‘rsatkichlar hisobi bo‘yicha ishlar hajmi;
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun asoslangan hisob-kitoblar;
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ajratishni asoslash uchun boshqa zarur hisob-kitoblar.
Tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko‘rib chiqiladi hamda xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha ular tomonidan o‘zini saqlash uchun xarajatlar smetasidan tashqari markazlashtirilgan tadbirlarga xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin.
Agarda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi barcha tashkilotlar bo‘yicha qo‘riqlash xizmatini to‘lash, xizmat kiyimini sotib olish, yagona axborot-kompyuter tizimiga xizmat ko‘rsatish, seminarlar o‘tkazish va boshqalar) bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda, xarajatlar smetasiga har bir markazlashtirilgan holda to‘lanadigan tadbirlar bo‘yicha hisob-kitoblar ilova qilinadi.
18. Kelgusi moliya yilida ochilishi rejalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha xarajatlar smetasi tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo‘limlari tomonidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga haq to‘lash shartlari va faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash tashkilotlarda mavjud bo‘lgan xarajatlarning o‘rtacha me’yorlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunda, yangi budjet tashkilotlarini saqlash xarajatlari mazkur tashkilotlar faoliyatining boshlanishi mo‘ljallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
19. Davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi ijrochi-tashkilotlar bo‘yicha barcha ilmiy-texnik loyihalarning umumiy summasini smetada budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida aks ettirgan holda tuziladi. Bunda xarajatlar smetalariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ish beruvchilarning ajratmalari va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘zida aks ettirgan xarajatlar kalkulatsiyasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetalari buyurtmachi rahbari tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda smeta bo‘yicha xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi.
21. Davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish uchun ijrochi-tashkilotlarga yo‘naltiriladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi ular bilan mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarni bajarishga budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida shartnoma tuzgan tegishli vazirlik, davlat qo‘mitasi va idorasi rahbari (u vakolat bergan shaxs) tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi.
22. Xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetasini budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
221. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasini, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini mazkur Nizom 46-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
2-§. Shtat jadvallarini tuzish va tasdiqlash
23. Shtat jadvali mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Budjet tashkilotining shtat jadvalida va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalida mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan, bir yilga hisob-kitob qilingan ustamalar to‘lashga, qo‘shimcha haq to‘lash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi alohida satrda ko‘rsatiladi, masalan:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantiriladigan Budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (tibbiyot muassasalari, barcha tipdagi umumta’lim maktablari va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bundan mustasno);
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mukofotlash, moddiy yordam ko‘rsatish, ko‘p yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirish uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
ko‘p yillik mehnati va maxsus unvonlarga (malaka darajasi, darajali unvon, diplomatik martaba va boshqalar) oylik ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lashni belgilash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
mehnat ta’tilidagi shaxslarning o‘rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
Umumta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg‘armasi va boshqalar.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma shtat jadvalini mazkur Nizom 46-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Budjet tashkilotining shtat jadvalini va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari shtat jadvallarini budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan, biroq joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay tasdiqlaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
3-bob. Vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda keyingi moliya yilining birinchi choragini oyma-oy bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Bunda, vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan ortiq bo‘lmasligi lozim hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25-dekabrigacha tuziladi va tasdiqlanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
27. Vaqtinchalik xarajatlar smetalari xarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida birinchi chorak uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan kam bo‘lmasligi kerak.
28. Vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash talablariga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
29. Budjetdan tashqari jamg‘armalarga ega bo‘lgan budjet tashkilotlari mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini har yili tuzadi va tasdiqlaydi. Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari va xarajatlarini rejalashtirish budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan daromadlar manbai va xarajatlar yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
30. Budjet tashkilotlari quyidagi budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha smetalar tuzadilar:
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlariga undiriladigan ota-onalar to‘lovlari hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotganligi uchun, o‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim olganligi uchun, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi to‘lovlar;
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar uchun undiriladigan ota-onalar to‘lovlari hisobidan shakllantiriladigan, shuningdek tibbiyot muassasalarida statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun undiriladigan to‘lovlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi tuzilmaydi. Bu mablag‘lar mazkur muassasalarning xarajatlar smetasida hisobga olinadi.
(30-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
31. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasida tushumlar manbaini ko‘rsatgan holda budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarining hajmi va mazkur mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablag‘lar qoldig‘i hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan xodimlar soni bo‘yicha shtat jadvali ilova qilinadi. Bunda, mazkur shtat jadvali budjet tashkilotining shtat jadvaliga o‘xshash holda tuziladi hamda tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan yoki moliya organida mazkur Nizomga muvofiq muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
32. Budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan yoki moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno.
5-bob. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan ularning bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish
1-§. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan ularning bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini ko‘rib chiqish
33. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ularga yetkazilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqishni ta’minlaydi.
34. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollarda mazkur tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini ko‘rib chiquvchi budjet mablag‘larini taqsimlovchilar quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek kelgusi yil xarajatlar smetalarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
tejamkorlik rejimiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kiritishga yo‘l qo‘ymaslik;
alohida tadbirlarni o‘tkazish muddatlarini va ularni moliyalashtirishni ta’minlash imkonini hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash;
hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
35. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar quyidagilarni tekshirishi lozim:
budjet tashkiloti xodimlariga ish haqi to‘lovi uchun xarajatlar smetasi bo‘yicha tasdiqlangan summalarining shtat jadvaliga (bunda, xarajatlar smetasidagi ish haqi jamg‘armasi xodimlar to‘liq to‘ldirilmaganligi dinamikasidan kelib chiqib, shtat jadvalidagidan kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini nazarda tutish lozim) binoan tasdiqlangan ish haqi summalariga muvofiqligini;
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan shtat jadvallarini belgilangan namunaviy shtat jadvallari va shtat normativlariga muvofiqligini;
shtat jadvalida ko‘rsatilgan lavozimlarni Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga va namunaviy shtatlarga muvofiqligini;
lavozim maoshlari hamda ularga ustamalarning to‘g‘ri belgilanganligini;
Budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasining to‘g‘ri tashkil qilinganligini;
Umumta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg‘armasining to‘g‘ri tashkil qilinganligini;
xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar summasini talabalar tarkibi bo‘yicha hisobot ma’lumotlari va xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini;
to‘rtinchi guruh bo‘yicha xarajatlar summasining to‘rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasida ko‘rsatilgan summaga muvofiqligini;
xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar bo‘yicha boshqa hisob-kitoblar va asoslantirishlarni.
36. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar xarajatlar smetasini asoslanganligini chuqurroq o‘rganish maqsadida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida ularga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqli.
37. Agar budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlar summasi belgilangan tartibda ularga yetkazilganiga nisbatan ortiq bo‘lsa, budjet mablag‘larini taqsimlovchi tegishli summaga bo‘ysunuvidagi mazkur budjet tashkiloti va/yoki budjet mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni qisqartirishga majbur.
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida xarajatlar summasining oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
38. Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng hamda budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar smeta va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘zining bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning hisobini yuritishlari shart.
39. Budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi har bir budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini belgilangan muddatda ro‘yxatga olishni to‘liq yakunlashni va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yilining 1-apreliga qadar belgilangan muddatda jamlanma xarajatlar smetasini topshirishni hisobga olgan holda belgilaydi.
40. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishda budjet mablag‘larini taqsimlovchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan shtat jadvallariga nisbatan ortiqcha shtat birliklarni qisqartirishi lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish lozim.
41. Yangidan tashkil etilayotgan (jumladan, qayta tashkil etish natijasida tashkil qilingan) budjet tashkilotlari yoki budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to‘g‘risidagi tegishli qaror ko‘rsatilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
42. Budjet tashkilotlari yoki budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatga olish mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga kiritiladi.
43. Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari, smetalar va shtat jadvallari) budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari yoki ularning o‘rinbosarlari va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshliqlari tomonidan imzolanadi.
44. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi shtamp bilan:
birinchi nusxasi — tegishli budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchiga qaytiriladi;
ikkinchi nusxasi — har bir budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchilar uchun alohida papkalarda budjet mablag‘larini taqsimlovchining tegishli moliya-iqtisod bo‘linmalarida saqlanadi;
uchinchi nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartibni saqlash bilan bog‘liq xarajatlari bilan bog‘liq xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-§. Budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish va tasdiqlash
46. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar:
jamlanma xarajatlar smetasini, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifiga muvofiq bo‘lim, kichik bo‘lim, bob va xarajatlar moddalari kesimida, bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini, markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlar smetasini, budjet mablag‘larini taqsimlovchilar xarajatlar smetasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini jamlash yo‘li bilan mazkur Nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq shakllarda;
jamlanma shtat jadvalini budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifiga muvofiq bo‘lim va kichik bo‘limlari kesimida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari xodimlarining va budjet mablag‘larini taqsimlovchi xodimlarining lavozimlari yoki toifalari bo‘yicha sonini guruhlashtirish yo‘li bilan mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda tuzadi.
Jamlanma xarajatlar smetasiga set, shtat va kontingentlar (sinflar, koykalar miqdori, xodimlar soni va shu kabilar) bo‘yicha jamlanma hisobotlar ilova qilinadi.
47. Budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha jamlanma daromadlar va xarajatlar smetalari hisobidan belgilangan miqdorda xodimlar birliklari saqlab turilgan hollarda smetaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda moliyalashtirish manbai ko‘rsatilgan holda shtat jadvali ilova qilinadi.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
48. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari budjet mablag‘lari taqsimlovchilarning bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliya-iqtisod masalalar bo‘yicha mutaxassisi) tomonidan imzolanadi hamda budjet mablag‘larini taqsimlovchi rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
49. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallari bilan bir vaqtda bo‘ysunuvlaridagi budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘larini oluvchilar bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining hamda budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetasining, daromadlar va xarajatlar smetasining va shtat jadvallarining nusxalarini, shuningdek ularning ilovalarini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari tarkibida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari mavjud bo‘lgan budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining xulosalarini taqdim etadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlarida budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini, daromadlar va xarajatlar smetasini va shtat jadvallarini, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini va jamlanma shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
1-§. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
50. Belgilangan tartibda tasdiqlangan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallari, ular moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga kiritiladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya organlari budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari bilan birgalikda mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlarni har bir tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan muddatda ro‘yxatga olishni to‘liq yakunlashni hisobga olgan holda belgilaydilar.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
51. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, vaqtinchalik xarajatlar smetasini, shuningdek jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (bunda bo‘ysunuvida budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilari bo‘lmagan budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkaziladi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, (jamlanma) vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
(51-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari kasb-hunar kollejlarining xarajatlar smetasi, shtat jadvallari va vaqtinchalik xarajatlar smetasini, ular uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochib, ro‘yxatdan o‘tkazadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha kasb-hunar kollejlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 16-yanvardagi 5-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-1, 19.01.2017-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 3-son, 47-modda)
52. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalarini saqlab turish uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
53. Moliya organlari xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar hisobini olib borishga majburlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Moliya organlarida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish
(2-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
54. Xarajatlar smetasi tasdiqlangan xarajatlar bo‘yicha quyidagi xarajatlar guruhiga ajratgan holda umumiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar;
ish beruvchilarning ajratmalari;
boshqa xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
541. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng mazkur smetalar bo‘yicha moliyalashtiriladigan bo‘ysunuvdagi tashkilotlarga 10 ish kuni ichida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
shtat jadvallari va mazkur tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari;
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (o‘quvchilar, sinflar, bolalar, koykalar, koyka-kun, bola-kunlari va boshqalar soni), bepul yoki imtiyozli oziq-ovqat oluvchi o‘quvchilar soni, birinchi sinf o‘quvchilarining soni, bepul qishki kiyim va poyafzal ajratiladigan, aholini kam ta’minlangan qatlamidan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilari soni va boshqa tarmoq ko‘rsatkichlari;
budjet ajratilgan mablag‘lar doirasida sotib olishga mo‘ljallangan jihozlar va asbob-uskunalar ro‘yxati;
joriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati.
Ma’lumotlar tegishli moliya organlari tomonidan tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladi.
(541-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
55. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalari, shuningdek moliya yili boshidagi mavjud erkin qoldiqlar va tegishli budjet tizimi budjetlari ijrosi bo‘yicha qo‘shimcha olingan daromadlar hisobidan tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan va tegishli moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
56. Namunaviy shtatlar belgilangan tashkilotlarning shtat jadvali namunaviy shtatlarga muvofiq hamda xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
Tashkilotlarga ish hajmiga ko‘ra namunaviy shtatlar qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan yoki tashkilotlar uchun tasdiqlangan shtatlar normativlari (namunaviy shtatlar) mavjud bo‘lmagan hollarda, shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan tegishli rahbarlar tomonidan ular uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida tasdiqlangan shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Tashkilotlar xodimlarining lavozim bo‘yicha maoshlari va tarif stavkalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida qabul qilinadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
58. Ish haqi miqdori tarifikatsiya bo‘yicha belgilanadigan, ya’ni, attestatsiya natijalari bo‘yicha beriladigan tegishli malaka toifasi mavjudligiga, ish vaqtining haqiqiy hajmiga va boshqalarga ko‘ra belgilanadigan xodimlar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi shtat jadvallarida ko‘rsatiladi va u rahbar, bosh buxgalteri (buxgalter) tomonidan imzolanadigan tarifikatsiya ro‘yxatidagi mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
59. Xarajatlar smetasi mazkur xarajatlar smetasida tasdiqlangan barcha guruhlar bo‘yicha xarajatlarni, xarajatlar yoyilmasiga va ularning hisob-kitoblariga to‘liq mos kelishini tekshirgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
3-§. Xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining tasdiqlanishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishining rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
60. Tegishli moliya organlari tashkilotlarning xarajatlar smetasini chuqur o‘rganish maqsadida budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida qo‘shimcha hisob-kitoblarini talab qilishga haqli.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
61. Xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin moliya organlari quyidagilarni:
budjet tashkiloti xodimlariga ish haqi to‘lovi uchun xarajatlar smetasi bo‘yicha tasdiqlangan summalarining shtat jadvaliga binoan tasdiqlangan ish haqi summalariga muvofiqligini (bunda, xarajatlar smetasidagi ish haqi jamg‘armasi xodimlar to‘liq to‘ldirilmaganligi dinamikasidan kelib chiqib, shtat jadvalidagidan kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini nazarda tutish lozim);
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan shtat jadvallarini belgilangan namunaviy shtatlar va shtat normativlariga muvofiqligi;
shtat jadvallarida belgilangan lavozimlar bo‘yicha maoshlar hamda ularga qo‘shimchalarning to‘g‘ri belgilanganligi;
Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasining to‘g‘ri shakllantirilganligini;
Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg‘armasi to‘g‘ri shakllantirilganligini;
xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar summasining xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini;
budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha tushumlarni hisobga olgan holda “Boshqa xarajatlar” guruhi xarajatlari summasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan summasiga muvofiqligini;
konsullik yig‘imlarining kelib tushishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalarini saqlash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlari hisob-kitobi to‘g‘riligini tekshirishi lozim.
62. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishda moliya organlari ortiqcha shtatlarni chiqarib tashlashlari lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish lozim.
63. Yangidan tashkil etilayotgan jumladan, qayta tashkil etish natijasida tashkil qilingan tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to‘g‘risidagi tegishli qaror ko‘rsatilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari yoki budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatga olish mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi yuridik shaxs maqomiga ega tashkilotlarga beriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, boshqa tashkilotning tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lgan tuzilmalar o‘zlari qarashli bo‘lgan tashkilotlar bilan birga bitta ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda, zarur hollarda, ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasidagi shtatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tashkilotlar bo‘yicha va ularning tuzilmalari bo‘yicha alohida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga kiritiladi.
(65-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi rasmiylashtirmasdan kiritiladi.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(65-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
66. Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari, xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari quyidagi tarzda:
smetalar va shtat jadvallari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan tashkilotlar bo‘yicha — moliya vazirining o‘rinbosari, sohalarni moliyalashtiruvchi boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan;
hududiy moliya organlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri yoki uning o‘rinbosari, moliya organlari boshliqlari (mudirlari) yoki ularning o‘rinbosarlari hamda moliya organlari budjet bo‘limlari va moliya organlarining tegishli (bo‘limlari) sektorlari boshliqlari tomonidan imzolanadi.
67. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
68. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan (jamlanma) xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalarida (bo‘limlarida) va hududiy moliya organlarida alohida papkalarda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
69. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning axborot tizimiga belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi ko‘rsatkichlarini kiritish:
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari (bo‘limlari);
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarining tegishli bo‘limlari;
tuman va shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
70. Tashkilotlar rahbarlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha arizalari mazkur hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududiy moliya organining rahbari tomonidan o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazgan hududiy moliya organining qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi arizalar yuqori turuvchi moliya organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7-bob. Budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallariga, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchining va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritish
(7-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
(71-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga yil mobaynida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida moliya organlari (budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari o‘z bo‘ysunuvidagi) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarni yozma shaklda xabardor qilishi lozim.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Mazkur o‘zgartirishlar budjet tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan smetalarga tuzatishlar kiritmay, Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida hisobga olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Budjet mablag‘larini, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari taqsimlovchilarning, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning so‘rovi bo‘yicha o‘zgartirishlardan tashqari barcha o‘zgartirishlar:
(72-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq 17-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga yo‘llaydi. Bunda bo‘ysunuvida budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar mavjud budjet mablag‘larini taqsimlovchilar 17-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq 18-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani bo‘ysunuvidagi tashkilotlarga yo‘llaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududiy moliya organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga 17-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yo‘llaydi.
(72-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
73. Ma’lumotnoma-bildirishnomani olgandan so‘ng budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkiloti, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ro‘yxatini:
(73-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar — budjet mablag‘larini taqsimlovchiga;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shuningdek yuqori turuvchi bo‘ysunuvga bo‘lmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar — tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
(73-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Diplomatik muassasalarning xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 14 a-ilovasiga muvofiq shaklda xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ro‘yxatini taqdim etadi.
74. Manzilli va titul ro‘yxatiga kiritilgan aniqliklar asosida kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetasiga mazkur Nizomga asosan o‘zgartirishlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
75. Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotining va budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga ko‘ra xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda:
(75-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan;
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan. Bunda budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘ysunuvlaridagi budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar kesimida o‘zgartirishlar ro‘yxati ilova qilingan jamlanma so‘rovni taqdim qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari kesimida va ularning rahbarlari bilan kelishgan holda o‘zgartirishlarning jamlanma so‘rovini ishlab chiqadi va taqdim etadi;
(75-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(75-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan chiqarigan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
76. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar axborot tizimiga tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.
Dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ular tomonidan axborot tizimiga dasturiy majmua orqali jo‘natiladi.
Xarajatlar smetasining IV guruh xarajatlari (dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlardan tashqari) bo‘yicha o‘zgartirishlar, xarajatlar iqtisodiy tasnifi kichik modda va elementlari doirasida kiritilishi mumkin. Ushbu o‘zgartirishlar budjet tashkilotlari va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari (ularning bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari bo‘yicha) tomonidan kiritiladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
77. Daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi mazkur Nizomda daromadlar va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi va axborot tizimiga tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
78. Budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar xodimlarining lavozim bo‘yicha maoshlari va tarif stavkalarida oldingi ro‘yxatdan o‘tkazilganlariga nisbatan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish haqidagi farmonlariga muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xodimlarning navbatdagi attestatsiyasini o‘tkazish vaqtida budjet tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida kiritilishi mumkin. Mazkur hollarda shtat jadvallariga o‘zgartirishlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Boshqa barcha hollarda shtat jadvallariga kiritiladigan o‘zgartirishlar shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
79. Joriy moliya yilining o‘tgan oy (chorak)ida ishlatilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qoldig‘i joriy moliya yilining keyingi oyi (choragi)ga xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘tadi.
80. Tashkilotlar boshqa shahar yoki tumandan belgilangan tartibda o‘tkazilgan holda yuqori tashkilotlar rahbarlari o‘n kunlik muddatda yangi joylashgan joydagi moliya organiga avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan smeta, shtat jadvallari va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini taqdim etishlari lozim.
Bir vaqtning o‘zida moliya organi tashkilotlarni saqlab turish xarajatlari smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni oldingi ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi moliya organidan talab qiladi hamda mazkur ma’lumotlar olinganidan so‘ng Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga “hisobga qabul qilindi” deb yozadi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi tegishli o‘zgartirishlar bilan yangisiga almashtiriladi.
Moliya organi tashkilot boshqa joyga o‘tkazilganligi to‘g‘risida ham Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga tegishli yozuvni yozadi.
81. Tashkilotlar rahbarlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha arizalari mazkur hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududiy moliya organining rahbari tomonidan o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan hududiy moliya organining qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi arizalar yuqori moliya organida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan ko‘rib chiqiladi.
8-bob. Nazorat va javobgarlik
82. Budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishining nazorat etilishini ta’minlash maqsadida, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng bir haftalik muddatda budjet tizimi budjetidan moliyalashtiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarda, shuningdek ular bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishini ta’minlovchi buyruqlar chiqariladi. Buyruqlarda quyidagilar tartibga solinadi:
budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilish, xarajatlarni tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshirish;
ular bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar rahbarlarining quyidagilar bo‘yicha majburiyatlari:
budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
budjetga keltirilgan zararni qoplash bo‘yicha choralarni qabul qilish;
budjet va smeta-shtat intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish.
83. Kommunal xizmatlar (issiqlik va elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya) bo‘yicha tashkilotlar uchun belgilangan pul va naturadagi limitlarga rioya qilishni ta’minlash maqsadida buyruqlarda, shuningdek quyidagilarga javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar ko‘rsatiladi:
kommunal xizmatlar iste’mol qilish limitlarini bo‘ysunuvlaridagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga yetkazish;
belgilangan limitlar doirasida kommunal xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan shartnomalar tuzishni ta’minlash;
kommunal xizmatlar iste’moli hisobini o‘lchash asboblarini o‘rnatish va ularning ishlashi ustidan nazorat o‘rnatish;
belgilangan limitlardan ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ygan o‘z bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning rahbarlari hamda bosh buxgalterlarini (buxgalterlarini) javobgarlikka tortish yuzasidan choralar ko‘rish;
kommunal xizmatlar yetkazib beruvchilarini shartnomalarda o‘rnatilgan hajmlardan va budjet mablag‘lari limitlaridan ortiqcha ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun haq to‘lanmasligi to‘g‘risida ogohlantirish;
buyruqda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarni bajarish.
84. Buyruq chiqarilgandan so‘ng uch kun muddat ichida uning bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
85. Buyruqlar bilan quyidagilar bir haftalik muddat ichida imzo qo‘ydirib tanishtiriladilar:
budjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlari;
budjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning moliya reja-iqtisod xizmatlari xodimlari;
budjetdan ajratiladigan mablag‘larning sarflanishiga mas’ul bo‘lgan boshqa xodimlar;
o‘z bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning rahbarlari hamda bosh buxgalterlari (buxgalterlari).
Oldingi tahrirga qarang.
86. Har yili moliya organlari moliya yilining birinchi chorak oxiri va ikkinchi chorak boshida barcha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi (daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi), budjet mablag‘larini taqsimlovchining va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi, tasdiqlanishining to‘g‘riligini va o‘z vaqtida yetkazilishini tekshirishdan o‘tkazishi, hududiy moliya organlari tomonidan mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli olib borilganligini tizimli nazorat qilishi, tekshiruvlarni tashkillashtirishda va o‘tkazishda ularga zarur yordamni ko‘rsatishi lozim.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
87. Mazkur Nizomning 86-bandida ko‘rsatilgan tekshirishlarni o‘tkazishda:
smeta-moliya hujjatlarini chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, hokimiyatlarining tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘z vaqtida tashkilotlarga yetkazish bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish;
daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va maqsadli foydalanilishini inobatga olgan holda, daromadlar va xarajatlar smetasining daromadlar shakllanishining qonuniyligi va xarajatlar rejalashtirilishining asoslanganligini e’tiborga olish;
xarajatlarni rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, xarajatlar smetasi bo‘yicha aniqlangan ortiqcha budjetdan ajratiladigan mablag‘lar summasini bu haqda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilar rahbarlariga xabar bergan holda o‘z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish zarur.
88. Budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlarni rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga qoida buzilishlarni bartaraf etish va aniqlangan ortiqcha budjetdan ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasidan kamaytirish to‘g‘risida takliflar kiritish bilan axborot berilishi mumkin.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida yetkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralarida muntazam umumlashtiriladi va ko‘rib chiqiladi hamda mazkur ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
89. Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning (jamlanma) smeta ijrosi bevosita mazkur tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet mablag‘laridan tasdiqlanmagan xarajatlar smetasi, budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan tadbirlar, shuningdek daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha smetada yoki jamlanma xarajatlar smetasi va alohida xarajatlar smetasida tasdiqlangandan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
90. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar rahbarlari, shuningdek ular bo‘ysunuvidagi tashkilotlar smeta-shtat intizomiga va smeta-shtat hujjatlarining taqdim etish muddatiga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilingan xarajatlar smetasiga keltirilgan hisob-kitoblarda ko‘rsatilgan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (tarifikatsiya ro‘yxati, maydoni, hajmi, sarflanayotgan kommunal xizmatlari bo‘yicha tabiiy ko‘rsatkichlar hajmi hamda ular bo‘yicha xarajatlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va pasport ma’lumotiga, shartnomalar va boshqalarga mosligi)ning to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari (buxgalterlari), moliya-iqtisod bo‘limi boshliqlari (shtat jadvallariga muvofiq moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha mutaxassis) shaxsan javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilingan jamlanma xarajatlar smetasiga keltirilgan hisob-kitoblarda ko‘rsatilgan budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchilar rahbarlari va bosh buxgalterlari (buxgalterlari), moliya-iqtisod bo‘limi boshliqlari shaxsan javobgar bo‘ladi.
(90-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning mas’ul xodimlari tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

_____yil uchun ____________________________________
(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotning nomi)
_______________________________ro‘yxatdan o‘tkazildi
____________________________da
___-son ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi
20___yil “____” ____________
__________________
(imzo)
__________________
(imzo)
M.O‘.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish