1 Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba`zi belgilarining ko’rinishini o’rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi



Download 34,82 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi34,82 Kb.
#246377
1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq

Tarbiyalanganlik  darajasini  diagnostika  qilish  -  bu  yo‘nalish  shaxslarning 

tarbiyalanganligini,  ularning  xulq-atvorini,  odob-axloqini,  tarbiyalanganligini  (tarbiyaviy 

ta’sirlarga berilishi)ni o‘rganishdan iboratdir.  

Tashkiliy-metodik  diagnostika  -  pedagoglarning  kvalifikatsiyasini,  o‘quv  jarayonining 

uslubiy ta’minlanganlik darajasini baholashdir.  

 

17 



Didaktik  diagnostika  -  pedagogik  jarayonni  takomillashtirish  uchun  xizmat  qilishdir 

(o‘quv  jarayonining  tashkiliy  metodik  tomonlaridan  tashqari).  Shaxslarning  og‘zaki  va  yozma 

javoblarini,  javoblardagi  tipik  xatolarni,  ularning  sabablarini,  o‘quv  faoliyatidagi  salbiy 

o‘zgarishlarni,  shaxslarda  o‘quv  mehnat  malaka  va  ko‘nikmalarning  rivojlanganlik  darajasini, 

ta’lim olishga nisbatan moyilliklari diagnostika qilinadi.  

Ijtimoiy-pedagogik  diagnostika  -  shaxslarning  pedagogik  qarovsizligi,  moslashganlik 

darajasi,  tarbiyasi  og‘ir  bolalarni  diagnostika  qilishda  ijtimoiy  omillarni  hisobga  oluvchi 

yo‘nalishdir.  Diagnostika  pedagoglar  tomonidan  maktabdan,  o‘quv  yurtidan  tashqarida  olib 

boriladi. Shu sababli diagnostika jarayonida oila sotsiologiyasi va iqtisodi, xuquq sotsiologiyasi, 

dam  olish  sotsiologiyasi,  iqtisodiy  sotsiologiya  kabi  sohalarda  qo‘llaniladigan  metodikalar  va 

ko‘rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi.  



Ijtimoiy  psixologik-pedagogik  diagnostika  -  bu  yo‘nalish  sotsiologiya,  ijtimoiy 

psixologiya,  pedagogikani  o‘z  ichiga  qamrab  olgan  bo‘lib,  shaxslar,  pedagoglar,  ota-onalar 

guruhlarini,  shaxslarga  ommaviy  kommunikatsiya  vositalarining  (radio,  televizor,  gazetalar  va 

h.k.)  ta’sirini,  shaxslarning  burch  va  xuquqlari,  ular  orasidagi  munosabatlarni  o‘rganishga 

yo‘naltirilgandir. 

 «Psixodiagnostika»  so‘zining  mohiyati  «psixologik  tashhis  qo‘yish»  yoki  kishining 

mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi. Psixodiagnostika – 

amaliy  jihatdan  psixologning  deyarli  barcha  faoliyat  doiralarida,  ya’ni  psixologik-pedagogik 

tadqiqotlarda  muallif  yoki  ishtirokchi  sifatida  qatnashayotganda,  psixologik  maslahat  hamda 

psixologik  korreksion  (to‘g‘rilash  va  rivojlantiruvchi)  ishlarni  amalga  oshirayotgan  jarayonda 

qo‘llaniladi.  Ammo  ko‘pincha  amaliy  psixologning  ishlarida  psixodiagnostika  –  faoliyatning 

alohida  mustaqil  turi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Uning  maqsadi  –  psixologik  tashhis  qo‘yish, 

ya’ni  kishini  mavjud  psixologik  holatini  baholash  orqali  ifodalanadi.  Psixodiagnostik  faoliyat 

jarayonini  metodikalar  aprobatsiyasi,  talablar  yo‘riqnomasini  ishlab  chiqish,  tadqiqotlarni 

o‘tkazishdagi  qonun-qoidalarni  yaratish,  natijalar  tahlilining  usullarini  shakllantirish  hamda 

ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.  

 O‘qituvchi  talim  va  tarbiyadagi  qiyinchiliklar  nima  uchun  va  qanday  qilib  paydo 

bo‘lishini tushunish uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va 

turli  psixik  holatlarni,  psixologik-diagnostika  metodlarini  egallashi  zarur.  O‘qituvchining 

psixodiagnostik  tadqiqot  yoki  doimiy  kuzatish  jarayonida  olingan  natijalarni  bolalar  bilan 

ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi. Psixodiagnostika psixologik 

diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil 

qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyalari  haqidagi xulosalaridan iboratdir. Psixologik 

 

18 


diagnoz  (diagnosis  -  grekcha,  aniqlash,  bilish  degan  ma’noni  anglatadi)  -  shaxs  individual-

psixologik  xususiyatlarining  hozirgi  holatiga  baho  berish,  rivojlanishini  oldindan  aytib  berish 

(prognoz  qilish)  va  psixodiagnostik  tekshiruv  vazifalaridan  kelib  chiqib,  tavsiyalar  ishlab 

chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir.  

Psixodiagnostik  tadqiqotlar  amaliyotida  psixologik  diagnoz  qo‘yishning  3  bosqichi 

farqlanadi:  

1.  Simptomatik  diagnozda  dasturi  mavjud  har  qanday  EHM  bajarishi  mumkin  bo‘lgan 

tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.  

2.  Etnologik  dagnozda  (kelib  chiqish  sabablari)  biror  xususiyatning  mavjudligini  emas, 

balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.  

3.  Tipologik  diagnozda  sinaluvchi  shaxs  tuzilishida  olingan  natijalarning  ahamiyati  va 

o‘rni aniqlanadi. 

Psixodiagnostika  psixologiyaning  ilmiy  va  amaliy  jabhalaridan  tashqari  uning  boshqa 

sohalarida keng qamrovda qo‘llaniladi. Masalan, tibbiy psixologiya, patopsixologiya, injenerlik 

psixologiyasi,  mehnat  psixologiyasi  kabi  insonning  psixologik  xususiyatlarini  bilish  talab 

qilinadigan barcha sohalarda foydalaniladi.  

Ilmiy va amaliy psixodiagnostika qayd etilgan barcha holatlarda ham o‘ziga xos muhim 

vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi:  

1. Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq-atvori holatini aniqlash;  

2. Mazkur xususiyatning shakllanganligi, ya’ni uning miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarda 

namoyon bo‘lishi darajasini o‘rganish;  

3.  Zarur  bo‘lgan  holdagina  shaxsning  tashhis  qilinayotgan  xulq-atvoridagi  psixologik 

xususiyatlarini ochib berish;  

4.  O‘rganilayotgan  xususiyatlarning  shakllanganlik  darajasini  taqqosiy  ishlanmasini 

yaratish.  

Amaliy  psixodiagnostikada  sanab  o‘tilgan  vazifalarning  har  biri  alohida  yoki  kompleks 

tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.  

Demak,  psixodiagnostika  psixologdan  professional  faoliyati  jarayonida  maxsus 

tayyorgarlik  talab  qiluvchi  murakkab  sohadir.  Psixolog  (tashhischi)  egallashi  kerak  bo‘lgan 

bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  shunchalik  keng  va  murakkabki,  uning  o‘zlashtirilishi  bilan 

psixodiagnostikani  professional  psixolog  faoliyatining  negizi  sifatida  e’tirof  etilishiga  sabab 

bo‘ladi.  Haqiqatan  ham  amaliy  psixologlarni  malakali  mutaxassis  etib  tayyorlash  ahamiyatga 

molik omildir.  

O‘quvchilar  jamoasida  shaxslararo  diagnostika  doimiy  va  maqsadga  yo‘naltirilgan 

 

19 


bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun  turlicha  nomlanishga  ega  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  o‘quvchi  va 

bolalar  jamoasini  o‘rganishning  maxsus  dasturlari  ishlab  chiqilmoqda,  masalan,  o‘rganish 

sxemasi, kuzatish dasturi, pedagogik yoki psixologik-pedagogik konsilium dasturi, o‘quvchilarni 

o‘rganish kartasi va boshqalar.  

Dasturlarning  umumiy  belgilari  –  bu  yiriklashtirilgan  ko‘rsatkichlar  va  kuzatuvlarni 

aniqlovchi,  so‘rov,  ekspert,  test  metodikasini  qo‘llashni  talab  etuvchi  dasturlarning  o‘zi  kichik 

diagnostikadir.  Hozirgi  davrda  shaxslararo  munosabatlarni  o‘rganish  va  ularni  o‘lchashni 

shaxslararo  munosabatlarni  ijtimoiy  ustanovkalar  natijasi  sifatida  o‘rganish  zarur  bo‘lgan  bir 

qator  gumanitar  fanlar  diagnostik  apparatning  asosi  deb  qabul  qilgan.  Ijtimoiy  yo‘riqnoma 

deganda individning o‘z hayotiy tajribasi asosida yuzaga kelgan vaziyatlar yoki ob’ektni ijobiy 

yoxud  salbiy  baholashga  oldindan  moyilligining  barqaror  yashirin  holati  tushunilib,  u 

pretseptual,  emotsional  va  fikrlash  jarayonlariga  regulyativ,  dinamik,  uyushtiruvchi  ta’sir 

ko‘rsatadi.  

Hamda  mazkur  ob’ektning  ushbu  vaziyatdagi  xatti-harakatlari  (ham  verbal,  ham 

noverbal)  namoyon  bo‘ladi.  E.Bogardusning  “ijtimoiy  masofa”  metodikasi  asosida  ishlab 

chiqilgan  muallifning  “shaxslararo  muvofiqlik”  shkalasi  keltirilgan  bo‘lib,  u  sinfda 

kommunikativ  munosabatlarni  integral  baholashni  o‘tkazish  uchun  mo‘ljallangan.  U  muloqot 

masofasini miqdoriy aks ettiradi. Biz yaratgan shkalaning E.Bogardus shkalasidan farqi ishning 

ikkinchi bobida, tadqiqot metodikasi bayonida yozilgan. 

Ma’lumki,  tashhissiz  didaktik  jarayonni  samarali  boshqarish,  mavjud  sharoit  uchun 

optimal  natijalarga  erishish  mumkin  emas.  Ta’lim  tashhisida  oqibatlar,  erishilgan  natijalar  va 

ta’lim  olganlik  farqlanadi.  Shuningdek,  ta’lim  olganlikni  tashhislash  vaqtida  belgilangan 

maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham qaraladi.  

Didaktik  tashhisning  maqsadi  o‘quv  jarayonini  uning  samaradorligi  bilan  bog‘liq  holda 

aniqlash,  baholash  va  tahlil  qilishdan  iborat.  Diagnostik  faoliyatning  maqsadi  o‘qituvchiga 

pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va baholash mezonlarini belgilashga, muammolarni oson hal 

qilish  yo‘llarini  aniqlashga,  o‘quvchilarning  faoliyatini  boshqarishga  va  o‘zining  kasbiy 

faoliyatini tuzatishga, pedagogik o‘zaro ta’sir samaradorligini baholashga imkon beruvchi yaxlit 

axborotni aniqlashdan iborat. Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni 

nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga undashning murakkab shakllaridan 

voz kechishni talab qiladi. O‘quvchilarning o‘quv mehnatini rag‘batlantirishning yangi usullarini 

izlash,  ta’lim  va  tarbiya  sohasida  kuch  to‘plab  borayotgan  shaxsiy  foyda    tamoyili  yangicha 

yondashuvlarni belgilab beradi. 

Tashhislash  tizimida  baho  rag‘batlantirish  vositasi  sifatida  bir  qator  afzalliklarga  ega.  
Birinchi  navbatda,  baholovchi  fikrlar  (ballar)  qo‘llanishi  mumkin  bo‘lgan  tashhislash  natijalari 

shaxsning  yetuklik  darajasini  belgilashga  ko‘maklashadi,  bu  esa  raqobatli  ta’lim  sharoitlarini 

yaratishda  muhim  omil  sanaladi.  Demak,  ta’limni  tashxis  etishning  o‘ziga  hos  ahamiyati 

jamiyatimiz  uchun  zarur  bo‘lgan  ulkan  ishlarni  amalga  oshirioshdan  kelib  chiqadi  va 

mamlakatimizda  kasb-hunar  ta’limi  xodimlarini  malakasini  oshirish,  kasbiy  tayyorgarliklarini 

yangi pog‘onaga ko‘tarish negizlariga Uzbekiston konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun, 

pedagogik  ta’lim  konsepsiyasi  hamda  Oliy  va  o‘rta,  maxsus  ta’lim  xujjatlariga  e’tiborni 

kuchatirish muhimligi ravshan bo‘ldi. 

O‘quvchilar  jamoasida  tashxisning  doimiy  va  maqsadga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  kerak. 

Buning uchun turlicha nomlanishga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘quvchi va bolalar jamoasini 

o‘rganishning  maxsus  dasturlari  ishlab  chiqilmoqda,  masalan,  o‘rganish  sxemasi,  kuzatish 

dasturi, pedagogik yoki psixologik-pedagogik konsilium dasturi, o‘quvchilarni o‘rganish kartasi 

va  boshqalar.  Dasturlarning  umumiy  belgilari  –  bu  yiriklashtirilgan  ko‘rsatkichlar  va 

kuzatuvlarni aniqlovchi, so‘rov, ekspert, test metodikasini qo‘llashni talab etuvchi dasturlarning 

o‘zi kichik diagnostikadir.  

Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o'z farzandining bahtu saodati, fazlu 

kamolini  ko'rish  uchun  butun  hayoti  davomida  kurashadi,  mehnat  qiladi,  'zini  ayamaydi.  Bola 

tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf - odatlar 

bola  zuvalasini  shakllantiradi.  Eng  muhimi,  farzandlar  oilaviy  hayot  maktabi  orqali  jamiyat 

talablarini anglaydi, xis etadi.  

O'zbek  oilasi  mustabidlik  zamonida  ham  o'zining  tarixan  shakllangan  qiyofasini 

yo'qotmadi.  Ulug'  adibimiz  Abdulla  Qodiruy  qahramonlaridan  birining:  "Bu  xonadondan  hech 

kim  norizo  bo'lib  ketgan  emas",  deya  aytgan  gaplarida  elimizga  xos  katta  hayotiy  falsafa 

mujassam.  

Bu  yo'q  joydan  paydo  bo'lgan  gap  emas.  Ota  -  onaning  farzand  oldidagi  burchlari, 

o'zlarining  oxiratini  obod  etuvchi  qarzlari  bor.  Dinu  diyonatli  xonadon  oqsoqollaridan 

so'rasangiz,  ularni  lo'nda  qilib  sanab  beradi:  yaxshi  nom  qo'yish,  yaxshi  muallim  qo'liga 

topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli - hunarli qilish, boshini ikki, uyli - joyli qilish.  

Mana  shuning  uchun  ham  bugungi  kunda  biz  bu  masalaga  jiddiy  e'tibor  bermoqdamiz. 

Shuning  uchun  ham  bu  maqsadga  qaratilgan  loyihalar  jamoatchiligimiz  diqqat  -  e'tibori 

markazita  o'tmoqda,  tarbiya  sohasi  isloxoti  bugungi  eng  dolzarb,  ertangi  taqdirimizni  hal 

qiluvchi muammoga aylanmoqda.  

Lo'nda  qilib  aytganda,  bugungi  kunda  oldimizga  qo'ygan  buyuk  maqsadlarimizga,  ezgu 

niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli


amalga  oshirilayotgan  islohotlarimiz,  rejalarimizning  samarasi  taqdiri  -  bularning  barchasi, 

avvalambor,  zamon  talablariga  javob  beradigan  yuqori  malakali,  ongli  mutaxassis  kadrlar 

tayyorlash  muammosi  bilan  chambarchas  bog'liqligini  barchamiz  anglab  yetmoqdamiz.  Shu 

bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz.  

Faqatgina  chinakam  ma'rifatli  odam  inson  qadrini,  millat  qadriyatlarini,  bir  so'z  bilan 

aytganda,  o'zligini  anglash,  erkin  va  ozod  jamiyatda  yashash,  mustaqil  davlatimizning  jahon 

hamjamiyatida o'ziga munosib obro'li o'rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Sir 

emaski,  har  qaysi  davlat,  har  qaysi  millat  nafaqat  yer  osti  va  yer  usti  tabiiy  boyliklari  bilan, 

harbiy  qudrati  va  ishlab  chiqarish  salohiyati  bilan,  balki  birinchi  navbatda  o'zining  yuksak 

madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir.  

Bunday  boylikning  ahamiyatini  anglash  uchun  chor  Rossiyasining  Turkiston  o'lkasidagi 

general - gubernatori M. Skobelev:  

6 Pedagog tomonidan o’qitish texnologiyasi ishlab chiqilayotgan vaqtda pedagogik

diagnostika muhim o’rin egallaydi. Birinchidan, innovatsion texnologiyani ishlab chiqishda yoki qo’llashda pedagogik tizimning boshlang’ich holatini aniqlashdan boshlash zarur. Bu hol texnologiya maqsadlarining diagnostikligini ta’minlaydi, u esa o’z o’rnida pedagogik tizimning bitta rivojlanish bosqichidan yangisiga, yuqoriroq bosqichiga o’tishini nazarda tutadi. Ikkinchidan, diagnostika pedagogik vazifani yechish bo’yicha texnologik zanjirning yakuniy bosqichi bo’lib hisoblanadi. Diagnostika pedagogik ta’sirning ma’lum bir tizimga va qo’llanilgan vositalarning samaradorligini baholashga ko’rsatgan ta’sirini aniqlashga yo’naltirilgan.

Pedagogik diagnostika pedagog kasbiy faoliyatining boshlang’ich va yakuniy bosqichi bo’lib hisoblanadi. Chunki pedagogik diagnostika davriy tavsifga ega bo’lib, u bitta pedagogik masalani yechish bilan chegaralanmaydi. Shuni e’tiborga olish kerakki, ma’lum bir pedagogik masalani yechishda asos qilib olingan pedagogik tizimning muvofiqligi pedagogik tizimga shu paytgacha ko’rsatilgan ta’sirning natijasi bo’lib hisoblanadi. Bu hol pedagogik diagnostikaning innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda pedagog faoliyati tizimini tashkil etuvchi komponenta bo’lib xizmat qilishini ta’kidlashga imkon beradi.


Download 34,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish