TEST
1.Burda, shingil, qultum kabi hisob so‘zlari
qanday ma’noni ifodalash uchun ishlatiladi?
A) donalab hisoblash
B) to‘dalab, guruhlab ko‘rsatish
C) butunning qismini hisoblash
D) chamalab hisoblash
2.Quyidagi tarixiy o‘lchov so‘zlardan qaysi biri
uzunlik o‘lchovi hisoblanadi?
A) paysa B) dahsar C) yog‘och D) tanob
3.Quyidagi tarixiy o‘lchov so‘zlardan qaysi biri
maydon o‘lchovi hisoblanadi?
A) paysa B) dahsar C) yog‘och D) tanob
4. Butunning qismini hisoblash uchun
ishlatiladigan quyidagi so‘zlarning qaysilari
yasama so‘z hisoblanadi? 1) tomchi; 2)
to‘g‘ram; 3) bo‘lak; 4) chimdim; 5) siqim; 6)
burda; 7) shingil
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 4, 5, 6, 7
5. Qaysi fe’l(lar)da kelasi zamon sifatdoshi
ikkita nisbat qo‘shimchasidan so‘ng qo‘shilgan?
1) bajariladigan ish; 2) olinadigan ko‘ylak; 3)
haydaladigan yer; 4) chaqiriladigan mehmon; 5)
yoziladigan bayon; 6) pishiriladigan ovqat
A) 1, 4, 6 B) 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 3, 5, 6
6. Omonlik tilasang, agar sen o‘zing, Tilingdan
chiqarma yaroqsiz so‘zing. (Hojib) Ushbu
baytdagi tilasang (a) hamda chiqarma (b)
fe’llariga to‘g‘ri izoh berilgan javobni toping. 1)
bo‘lishli; 2) bo‘lishsiz; 3) o‘timli; 4) o‘timsiz; 5)
xabar mayli; 6) shart mayli; 7) buyruq-istak
mayli; 8) tub so‘z; 9) yasama so‘z
A) a - 1, 3, 6, 8; b - 2, 3, 7, 8
B) a - 1, 3, 7, 9; b - 2, 4, 6, 8
C) a - 2, 4, 6, 8; b - 1, 3, 5, 9
D) a - 1, 4, 6, 9; b - 2, 3, 7, 9
7. Qaysi sonlar "sehrli sonlar" sifatida talqin
qilinadi?
A) bir, besh, yetti, to‘qqiz
B) bir, uch, yetti, qirq C) uch, besh, olti, qirq
D) uch, yetti, to‘qqiz, qirq
8. Ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’llarga
qo‘shila oladigan qo‘shimchalarni aniqlang. 1)
nisbat qo‘shim-chasi; 2) bo‘lishsizlik shakli; 3)
zamon qo‘shimchasi; 4) shaxs-son qo‘shimchasi
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 2, 4
9. Quyidagi qaysi gaplarda daraja-miqdor
ravishi qatnashgan? 1. Qaddini rostlab eshikni
uzoq taqillatdi. 2. Abdushukur bu yerdan chiqib
ketish payiga tushdi. 3. Mehmondorchilik
tugagach u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan
turdi. 4. Chol va kampir behad sevinishibdi. 5.
Xo‘roz arang qochib qutulibdi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
10. Qaysi so‘zdagi yasovchi qo‘shimcha
ko‘makchilar bilan sinonim bo‘la oladi?
A) salomlash B) uylarga
C) yovuzlarcha D) qo‘qqisdan
11.Qaysi gapda harakat nomi ega vazifasida
qo‘llanmagan?
A) O‘qish - koni foyda.
B) Bilim o‘qish va takrorlash mevasidir.
C) Ertalab turish, yuz-qo‘lni yuvish,
boshqalarga salom berish insoniylik belgisidir.
D) Barcha gaplarda harakat nomi ega vazifasida
qo‘llangan.
12.Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-
muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan,
bir-birini chuqur ma’no-mazmuni bilan
boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik.
Ushbu gapda orttirma nisbatdagi fe’llar qanday
gap bo‘lagi bo‘lib kelgan?
A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi
13. Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-
muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan,
bir-birini chuqur ma’no-mazmuni bilan
boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik.
Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli
orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan?
A) sof fe’l B) harakat nomi
C) sifatdosh D) ravishdosh
14. Sog‘lom va zehnli bo‘lib ulg‘aygan bola
hayotda qiynalmaydi. Ushbu gap kesimi qaysi
nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan?
A) aniq nisbat B) o‘zlik nisbat C) majhul nisbat
D) orttirma nisbat
15.Quyidagi gapda ishtirok etgan fe’lning vazifa
shakllari qaysi javobda to‘gri sanab o‘tilgan?
Eldan ketib el bo‘lganni kim biladi? 1) sof fe’l;
2) ravishdosh; 3) sifatdosh; 4) harakat nomi
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4
16. Quyida berilgan gapdagi tagiga chizilgan
so‘z qanday nisbatda? Yaltiraydi, doim tovlanar,
Oy nurida cho‘miluvchi tosh.
A) o‘zlik B) majhul C) birgalik D) orttirma
17. Quyida berilgan fe’llardan nechtasi tub,
nechtasi yasama fe’l hisoblanadi? yiltiradi,
keltiradi, suvsiradi, kulimsiradi, suvsadi,
borsaydi
A) 3 ta tub, 3 ta yasama B) 4 ta tub, 2 ta yasama
C) 2 ta tub, 4 ta yasama D) 1 ta tub, 5 ta yasama
18. "Borganim yo‘q" - bo‘lishsizlik fe’lidan
qanday ma’no anglashilganini aniqlang.
A) harakatning oddiy inkori
B) harakatning umuman bajarilmaganlik inkori
C) harakatning qat’iy inkori
D) ish-harakatning bajarilganligi
19. Qaysi gapda asli fe’l bo‘lib, otga o‘tgan so‘z
ishtirok etgan?
A) Otalarimiz azaldan oldi-berdi qilishgan.
B) Nozima ikkilanmasdan tokchadagi qog‘ozni
oldi-berdi.
C) O‘qituvchilarning oldiga kiraman-da,
konspekt daftarini olib, o‘sha yerda
ko‘chiraman-qo‘yaman.
D) U soy yoqalab omonat toshlardan sakrab-
sakrab, ohista yurib kelardi.
20. O‘zlik nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan gapni
toping.
A) Hozirgi kunda milliy xalq
hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
B) Sobir masalani yechishga qiynaldi.
C) Halima juda ozoda kiyinadi. D) U belbog‘ini
yuziga tashlab, ko‘rpachaga cho‘zildi.
21. Qaysi gapda sifatdosh ishtirok etgan?
A) Zinapoyalar bo‘ladi, juda istagan odam
o‘shalardan yurib suv bo‘yigacha tushaveradi.
(P.Qodirov)
B) Tong xo‘rozi qichqirgach mehmon
qo‘zg‘aldi. (G‘.G‘ulom)
C) Uning maqsadi Yo‘lchi bilan uchrashuv,
albatta. (Oybek)
D) Ixtiyorsiz oldinga intildi-yu, bir nima
demoqqa chog‘landi, lekin maxdum o‘ng qo‘lini
ko‘tardi. (M.Ismoiliy)
22. Qaysi gapda ot + fe’l qolipidagi qo‘shma
fe’l qatnashgan?
A) Ko‘zimga allanima ko‘rindi, o‘zimni
bosishga harakat qildim.
B) Alibek qo‘lini shimining cho‘ntagiga solib,
qo‘shni xonaga chiqib ketdi.
C) G‘oyibnazarni yangi mavsum oldidan
hisobchilikdan bo‘shatishdi.
D) Issiq qaytganda, odam siyraklashib
qolganda, Eshonboyev keldi.
23.Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari
keltirilgan javobni belgilang.
A) o‘ynab ketdi, aytib beraman, qolib ketdi
B) sotib oldi, tashlab qo‘yilgan, uxlab qoldi
C) o‘qib chiqdi, borib keldi, qochib ketdi
D) ko‘rib qoldi, vayron bo‘ldi, tushib ketdi