1. Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 103,84 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2023
Hajmi103,84 Kb.
#906347
  1   2
Bog'liq
2520 31.10.2013




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va ta’lim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
buyrug‘i
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 31-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2520]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlarining 3-bandiga asosan buyuraman:
1. Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-oktabr,
01-339-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 10-oktabrdagi 01-339-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ–1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlariga muvofiq, ta’lim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarining (bundan buyon matnda o‘qituvchilar deb yuritiladi) bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini (bundan buyon matnda test sinovlari deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Test sinovlari o‘qituvchilarning chet tilidan malaka va uni bilish darajasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.
Test sinovlarida ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, o‘qituvchining istagiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati bo‘yicha 95 ball va undan yuqori ballga, Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan “APTIS for teachers” testlaridan S darajasiga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari bo‘yicha S1 darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida test sinovidan o‘tishlari talab etilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2019-yil 16-dekabrdagi 01-695-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son)
2. Test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar Davlat test markazining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
II bob. Test sinovlari topshiriqlarining tuzilishi
3. Test sinovlari topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqiladi.
4. Test sinovlari topshiriqlari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
tinglab tushunish bo‘limi — o‘qituvchining og‘zaki nutqni tushunish, eshittirilgan matnning asosiy mazmuni va so‘ralgan maxsus ma’lumotlarni anglab olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi, 30 ta savoldan iborat bo‘ladi, bajarish va belgilash uchun 35 daqiqa vaqt beriladi;
o‘qish bo‘limi — o‘qituvchining yarim-autentik va autentik matnlarning asosiy mazmunini hamda so‘ralgan maxsus ma’lumotlarni anglab olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi, 30 ta savoldan iborat bo‘ladi, bajarish va belgilash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limi — o‘qituvchining tegishli grammatik tuzilmalar va so‘zlarni farqlash hamda ularni to‘g‘ri qo‘llay olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi, 30 ta savoldan iborat bo‘ladi, bajarish va belgilash uchun 40 daqiqa vaqt beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
yozish bo‘limi — o‘qituvchining grammatik tuzilmalar va so‘zlarni to‘g‘ri ishlatgan holda berilgan mavzular bo‘yicha yaxlit matnlar yoza olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi, kamida 150 ta va 250 ta so‘zdan iborat javoblar talab qilinadigan 2 ta mavzudan iborat bo‘ladi, bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
gapirish bo‘limi — o‘qituvchining grammatik tuzilmalar va so‘zlarni to‘g‘ri ishlatgan holda savollarga javob berish, berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va asoslay olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi hamda o‘zi haqidagi savollarga javob berishi, berilgan muammoli vaziyatlarni izohlashi va ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishini nazarda tutuvchi 3 ta savoldan iborat bo‘ladi, bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
III bob. Test sinovlarini o‘tkazish
5. O‘qituvchilar test sinovlarida ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan Davlat test markaziga murojaat qiladi.
6. Arizalar bevosita, pochta aloqasi yoki Davlat test markazining internetdagi rasmiy sayti orqali har yili aprel va noyabr oylarida qabul qilinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
7. O‘qituvchi uning arizasi Davlat test markazi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab ikki oy ichida test sinovidan o‘tkaziladi.
8. Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ariza bilan murojaat qilgan o‘qituvchilarning sonini hisobga olgan holda Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida o‘tkaziladi.
9. Test sinovlari o‘tkaziladigan sana, vaqt, joy va unda ishtirok etadigan o‘qituvchilar ro‘yxati test sinovlari o‘tkazilishidan kamida bir hafta oldin Davlat test markazining internetdagi rasmiy saytida e’lon qilinadi.
10. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan, test sinovlari o‘tkazish uchun tayyorlangan va zarur texnik vositalar bilan ta’minlangan binolarda o‘tkaziladi. Test sinovlari unda ishtirok etadigan o‘qituvchilar sonini hisobga olgan holda Davlat test markazida ham o‘tkazilishi mumkin.
11. Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga kirishi taqiqlanadi.
12. Test sinovlarini o‘tkazishda ta’lim tizimidan mutaxassislar Davlat test markazi vakili, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi sifatida jalb etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
13. Test sinovlari o‘tkaziladigan guruhlar Davlat test markazi tomonidan 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan tarkibda qur’a tashlash yo‘li bilan shakllantiriladi. O‘qituvchilar test sinovlari o‘tkaziladigan bino va xonalarga pasport asosida kiritiladi. O‘qituvchilar test sinovi vaqtida bir kishidan o‘tiradi.
14. Test sinovlariga kechikib kelgan o‘qituvchilar test sinovlariga kiritilmaydi va qaydnomada “kelmadi” deb qayd etiladi. Test sinovlariga uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi va h.k.) kelmagan o‘qituvchilar uzrli sabab yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatni uzrli sabab bartaraf etilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida taqdim etgan taqdirda, test sinovlarini topshirish uchun to‘lov undirilmagan holda test sinovlari bosqichlarida qatnashish uchun qayta murojaat qilishlari mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 9-iyuldagi 01-193-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-2, 15.07.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 28-son, 379-modda)
15. Test sinovlari qog‘ozda yoki maxsus dasturiy ta’minot yordamida kompyuterda o‘tkaziladi.
16. Test sinovlari ikki bosqichda tashkil etiladi. 1-bosqichda o‘qituvchining tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, 2-bosqichda gapirish ko‘nikmasi baholanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
17. O‘qituvchi test sinovi o‘tkaziladigan binoga qo‘llanmalar, lug‘at, jadval, shpargalka, kompyuter, uyali telefon va boshqa telekommunikatsiya vositalarini olib kirgan bo‘lsa, test sinovi vaqtida test materiallarini boshqalarga uzatsa, ularga yordam bersa, o‘zaro gaplashsa yoki savollar kitobi varaqalarini yirtsa, test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda test sinovidan chetlashtiriladi.
18. Test sinovlari jarayoni videotasvirga olinadi. Videotasvir test sinovlari jarayoni bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda foydalanish uchun Davlat test markazida bir yil davomida saqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
19. O‘qituvchilarning yozish bo‘limidagi topshiriqlar bo‘yicha javoblarini tekshirish va gapirish bo‘limi bo‘yicha sinov o‘tkazish uchun Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan ta’lim tizimidagi malakali mutaxassislardan iborat tarkibda imtihon komissiyasi tuziladi. Imtihon komissiyasi a’zolari komissiya ishiga shartnoma asosida jalb etiladi. Imtihon komissiyasi yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
20. Tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlaridan ixtiyoriy biri bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchining yozma ishi tekshirilmaydi, yozma ishi tekshirilmagan yoki yozish bo‘limi bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 60 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchi test sinovining 2-bosqichiga qo‘yilmaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2019-yil 16-dekabrdagi 01-695-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son)
21. Test sinovining 1-bosqichi natijalari test sinovi o‘tkazilgan kundan so‘ng ikki hafta ichida e’lon qilinadi.
22. Test sinovining 2-bosqichi uning 1-bosqichi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir haftadan keyin, biroq ikki haftadan kechiktirmasdan o‘tkaziladi. Gapirish bo‘limi bo‘yicha belgilangan maksimal balning kamida 50 foizini to‘plagan o‘qituvchi mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.
23. Test sinovlari natijalari har bir bo‘lim bo‘yicha alohida va umumiy ball ko‘rinishida qaydnomada aks ettiriladi. Har bir bo‘lim uchun maksimal ball 30 balni tashkil qiladi.
Gapirish bo‘limi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun ichida barcha bo‘limlar bo‘yicha test sinovi natijalari Davlat test markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
24. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda maxsus raqamlangan blankada rasmiylashtiriladigan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnomalar test sinovi natijasi e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida Davlat test markazi tomonidan ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlariga yoki o‘qituvchining o‘ziga beriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
25. Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnomaning haqiqiyligi unda ko‘rsatilgan o‘qituvchining maxsus kodi yordamida Davlat test markazining rasmiy sayti orqali tekshirilishi mumkin.
Ma’lumotnoma barcha turdagi ta’lim muassasalari uchun bir xil kuchga ega.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
26. Test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘qituvchilar tegishli bosqichlar bo‘yicha natijalar e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellatsiya shikoyatini yozish uchun o‘qituvchiga test materiallari (savollar kitobining asli, javoblar varaqasining nusxasi, o‘qituvchi tomonidan belgilangan noto‘g‘ri javoblar ro‘yxati, yozma ishning nusxasi, gapirish bo‘limi bo‘yicha berilgan savollar) beriladi. Apellatsiya shikoyatida o‘qituvchi aniq asoslangan e’tirozlarini ko‘rsatishi lozim.
Test sinovlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan tartibni buzish holatlari yuzasidan apellatsiya shikoyati test sinovining tegishli bosqichi o‘tkazilgan kuni berilishi lozim.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
27. Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan 5 — 7 kishidan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasiga Davlat test markazi, tegishliligiga ko‘ra ta’limni boshqarish organlari va muassasalari hamda boshqa tashkilotlardan mutaxassislar jalb etiladi.
28. Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi va quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovlari natijalarini noto‘g‘ri deb topish va ularni qayta hisoblash to‘g‘risida;
test sinovlarini o‘tkazish tartibi buzilgan deb topish, test sinovlari natijalarini bekor qilish va o‘qituvchiga test sinovining tegishli bo‘limini qayta topshirish uchun ruxsat berish to‘g‘risida;
test sinovlarini o‘tkazish tartibi buzilmagan deb topish va test sinovlari natijalarini o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida.
29. Apellatsiya shikoyatiga Apellatsiya komissiyasining qarori asosida yozma ravishda javob beriladi. Bunda Apellatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha belgilangan maksimal balning 40 foizi va undan ortiq ball to‘plagan deb topilgan o‘qituvchining yozma ishini tekshirish va gapirish bo‘limi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazish yoki tegishli bo‘limlar bo‘yicha test sinovlarini qayta o‘tkazish uch kun ichida amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
IV bob. O‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash
30. Test sinovlarining tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 50 foizini, gapirish va yozish bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi.
O‘qituvchining Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati bo‘yicha 95 ball va undan yuqori ballga, Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan “APTIS for teachers” testlaridan S darajasiga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari bo‘yicha S1 darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjati Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma o‘rnida qabul qilinadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2019-yil 16-dekabrdagi 01-695-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son)
31. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlari asosida belgilanadi.
32. Test sinovlarining ijobiy natijasi 3 yil muddatga amal qiladi. 3 yildan so‘ng o‘qituvchi ustama olish huquqini beruvchi test sinovlaridan qaytadan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim.
33. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tmagan yoki testda ishtirok etish uchun ariza berib, test sinovida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmagan yoxud test sinoviga kechikib kelgan yoki test sinovidan chetlashtirilgan o‘qituvchi test sinovlarini navbatdan tashqari qayta topshirishi mumkin. Bunda test sinovlarini qayta topshirish uchun o‘qituvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida to‘lov to‘lanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Har uch yilda topshiriladigan navbatdagi test sinovlari uchun o‘qituvchilardan to‘lov undirilmaydi.
34. Test sinovlarini qayta topshirish uchun to‘langan mablag‘lar Davlat test markazining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushiriladi va birinchi navbatda test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yo‘naltiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 9-iyuldagi 01-193-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-2, 15.07.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 28-son, 379-modda)
35. O‘qituvchining test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmasligi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish yoki boshqa intizomiy jazo chorasi qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, lavozim maoshiga oylik ustama olish huquqini beruvchi test sinovidan kalendar yil mobaynida qatorasiga ikki marta o‘tmagan umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘z mablag‘lari hisobidan malaka oshirish kurslaridan o‘tmagunlariga qadar chet tili bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyatiga qo‘yilmaydilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 9-iyuldagi 01-193-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2520-2, 15.07.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 28-son, 379-modda)
V bob. Yakuniy qoida
36. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. XODIYEV
2013-yil 10-oktabr
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2013-yil 10-oktabr
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi direktori U. SALIMOV
2013-yil 10-oktabr
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 10-oktabr
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2013-yil 10-oktabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 10-oktabr
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA


Download 103,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish