1. Davlatning funksiyalari Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»


Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»



Download 120,5 Kb.
bet3/5
Sana10.12.2022
Hajmi120,5 Kb.
#883378
1   2   3   4   5
Bog'liq
1486564838 67577

3. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»
Istalgan boshqa tashkiliy tuzilma singari davlatning faoliyat ko`rsatishi ham transaksiya xarajatlari bilan bog`liq. Va ular katta miqdordagi transaksiyalarga qaraganda qanchalik ko`p bo`lsa, davlat shartnoma shartlarini bajarishning kafili sifatda ishtirok etadi. Shaxs va davlat o`tasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari murakkab va pozitsion xususiyatga ega. Birinchidan, shaxslar davlatga nazorat qilish huquqi bilan birga ushbu huquqni o`z vakillariga – davlat xizmatchilariga o`tkazish huquqini ham topshirishadi. Ikkinchidan, shaxslar nazorat qilish huquqini muayyan shaxsga emas, balki davlat tuzilmasida ma’lum mavqeni egallab turgan funksioner - byurokratlarga topshirishadi. Hukumronlik munosabatlari funksionerlarning shaxsiy xususiyatlariga emas, balki ularning «oqilona yaratilgan qoidalar bilan asoslangan ishbilarmonlik mahoratiga» asoslanadi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishda davlatning roli qanchalik faol bo`lsa, davlatning ichki tuzilishi shunchalik murakkab va davlat xizmatchilarining soni shunchalik yuqori, demak, davlat apparatining ichida aylanuvchi axborotning buzib ko`rsatilishi darajasi shunchalik yuqori bo`ladi. Bundan tashqari, monitoring va davlat tomonidan o`z vakillari – byurokratlarning opportunistik xatti-harakatlarini oldini olish xarajatlari ham ortadi. Shuning uchun davlatning mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish jarayoniga har qanday aralashuvini modellashtirishda biz, birinchidan, axborotning ehtimoliy buzib ko`rsatilishini, ikkinchidan, majbur qilishdan legitim foydalanish ehtimoli hamma vaqt 100 foizdan kamligini hisobga olishimiz zarur. Hozirgi vaqtda ochiqcha foydalaniladigan resurslarga nisbatan mulkchilik huquqlarining davlat tomonidan tafsirlanishi jarayonini yoritish uchun Elinor Ostrom quyidagi matritsani taklif etadi.






2-shaxs

Davlat tomonidan tafsirlangan mulkchilik huquqlari asosida samarali faoliyat

Kuch ishlatishdan foydalanish

1-shaxs

Davlat tomonidan tafsirlangan mulkchilik huquqlari asosida samarali faoliyat

10-2x; 10-2x [P]

-1-2x; 11-2u

Kuch ishlatishdan foydalanish

11-2u; -1-2x

2u; 2u [N, St1, St2]

bu yerda u – davlat tomonidan kuch ishlatishning legitim qo`llanilishi ehtimoli; x - qonun bilan belgilangan mulkchilik huquqlarini buzmaganlarga qarshi kuch ishlatishning nolegitim, hato qo`llanilishi ehtimoli (davlat tomonidan kuch ishlatishning qo`llanilishi foydalilikning ikkita birligi yo`qotilishiga olib kelishi ko`zda tutiladi).


Bundan kelib chiqadiki, davlat tomonidan foydalaniladigan axborotning ishonchlilik darajasi 75 foizdan kam bo`lsa (x > 0,25; u < 0,75), davlatning aralashuvi resursdan foydalanuvchilar tomonidan kuch ishlatishning qo`llanilishi eskalatsiyasini to`xtatib qololmaydi. Haqiqatdan ham, x va u ning ushbu qiymatlarida Nesh bo`yicha yagona muvazanatli yakun (2 u; 2 u), - kuch ishlatishdan ikki tomonlama foydalanish bo`ladi.
Shuning uchun bozorning «muvaffaqiyatsizliklari» bilan bir qatorda davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»ni ham e’tiborga olish lozim. Xususan, davlatning quyidagi «muvaffaqiyatsizliklari» ajratiladi:

  • daromadlar va xarajatlarning mos kelmasligi: oddiy firmadan farqli o`laroq, davlatning qat’iy byudjet cheklovi darajasi mutlaq darajadan ancha yiroq, davlat, hatto agar o`z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo`lmagan taqdirda ham, uni bankrotga aylantirish ancha mushkul;

  • davlat faoliyati samaradorligining aniq mezonlari mavjud emasligi: firma uchun foyda singari samaradorlikning aniq mezonlari mavjud emasligi tufayli davlat tuzilmalari ularni mustaqil ishlab chiqilgan standartlar bilan almashtiradi va ushbu holatda davlatning faoliyati ularning o`zlari tomonidan beriladigan mezonlar (byudjet tushumlarining o`sishi, davlat nazoratining ekspansiyasi va h.k.) bo`yicha baholanadi;

  • oldinga qo`yilgan natijalardan farq qiluvchi natijalarga erishish ehtimoli: axborot xarajatlari hamda monitoring va nazorat xarajatlarining o`sishi amalga oshirilgan vazifalarning oldinga qo`yilgan vazifalardan muntazam farq qilishi uchun zamin yaratadi (yuqorida keltirilgan, unda davlatning kuch ishlatishdan xususiy foydalanishni cheklashga urinishi uning eskalatsiyasiga olib kelishi mumkin bo`lgan model bunga yaqqol misol bo`ladi);

  • resurslarning noteng taqsimlanishi: transaksiya xarajatlari noldan farq qilganda resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini taqsimlashda davlat uchun adolatlilikning bir necha standartlari mavjud; Pareto bo`yicha optimum bilan bir qatorda quyidagilar ana shunday standartlar hisoblanadi: Kaldora qoidasi (agar resurslarni taqsimlash natijasidan yutayotgan tomon yutqazayotgan tomonga yo`qotishlarni qoplashga qodir bo`lsa, resurslarni taqsimlashga o`zgartirish kiritishga yo`l qo`yiladi), Rolz qoidasi (eng kam ta’minlanganlarning ahvolini yaxshilovchi - resurslarning adolatli taqsimlanishi) va ko`plab boshqa standartlar.

Shuning uchun ikkita ideal holat (bir tomondan, shartnomaning bajarilishi qisman kafolatlangan mulkchilik huquqlarini xarajatlarsiz faoliyat ko`rsatuvchi bozor almashuvi asosida taqsimlash va, ikkinchi tomondan, huquqlar bilan almashish ustidan nazoratni shartnoma tomonlarining manfaatlari yo`lida harakat qiluvchi davlatga o`tkazish) o`rtasida emas, balki ikkita takomillashmagan muqobil vaiantlar o`rtasida tanlashga to`g`ri keladi. Bozor va davlat o`rtasidagi tanlov faqat nomukammalliklarning turli darajalari va xillari o`rtasidagi tanlov hisoblanadi. Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini almashish va himoya qilishning bozor mexanizmi noldan farq qiluvchi transaksiya xarajatlarini va kuch ishlatish eskalatsiyasini nazarda tutadi, davlat tomonidan kuch ishlatishdan foydalanish uchun monopol huquqning qo`lga kiritilishi ham, bu safar davlat apparatining ichida, transaksiya xarajatlarining o`sishiga olib keladi, bu hol huquqlarning taqsimlanishida muntazam buzib ko`rsatishlarni keltirib chiqaradi.
Shu munosabat bilan O.Uilyamson mulkchilik huquqlarini taqsimlashning u yoki bu varianti samaradorligini, uni faraziya bilan emas, balki real amalga oshiriladigan muqobil variantlar bilan taqqoslagan holda baholashni taklif etadi. Agar taqsimlashning qaysidir varianti uchun uni ta’riflash va katta miqdordagi sof yutuq bilan joriy etish mumkin bo`lgan muqobil variantni taklif etish mumkin bo`lmasa, uni optimal deb hisoblash lozim. Shu nuqtai nazardan, ilgari samarasiz hisoblangan mulkchilik huquqlarini taqsimlash misollari real muqobil variantlarni hisobga olgan holda, optimal bo`lib chiqmoqda. Xususan, ko`pincha davlat aralashuvining iqtisodiyot uchun zararliligiga misol tariqasida foydalaniladigan AQSh federal hukumatining «shakar dasturi» (shakarni arzon import qilish o`rniga uning milliy ishlab chiqarilishini qo`llab-quvvatlash) amalda barcha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy haqqoniylikka javob beruvchi yagona variant hisoblanadi.

Download 120,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish