1-dekabr oitsga qarshi kurash kuni



Download 26,12 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi26,12 Kb.
#379238
1   2
Bog'liq
11-DEKABR OITSGA QARSHI KURASH KUNI

OITS - XXI ASR VABOSI

Barchaga ma’lumki, 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni. Dunyoda aql bovar qilmas darajada ko’payib borayotgan OITS kasalligiga chalinish buxronini to’xtatish bugunning eng muhim masalalaridan biri ekanini anglash va tushunish har bir fikrlovchi fuqarolarga taaluqlidir.

Odamlarni bu ofatdan saqlashda asosiy e’tiborni jamiyatimizning qadimdan odat bo’lib kelgan sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, xalqimiz tomonidan qoralangan illatlar (narkomaniya, foxishabozlik, ichkilikbozlik)ni tag-tomiri bilan yo’qotish kabi masalalarga qaratish darkor.

Shu o’rinda:

● OITS o’z girdobiga ko’proq o’smirlar, yoshlarni qamrab olib, o’limga olib kelishini;

● Bu hol ota-oanlarga tuzatib bo’lmas ruhiy ta’sir o’tkazishini;

● Xalq xo’jaligida eng samarali ishchilar soniga salbiy ta’sir ko’rsatishi;

● Vatanimiz mudofaa quvvatining susayishiga;

● Kelajak avlodning sog’lig’i va faoliyatini ishdan chiqishiga olib kelishi va buni hotirjamlik bilan kuzatish mumkin emasligini alohida ta’kidlamoqchiman.

Gellap xizmatining m’alumotiga binoan 12 % so’ralganlar: “OITS – axloq-ma’naviy me’yorlarining susaygani uchun jazo”, deb javob berganlar. Gomoseksualizm va narkomaniyani qoralovchilar OITS insonning yashash qoidalarini buzgan gunohkorlar uchun haqiqiy jazo deb hisoblaydilar. Boshqa fikrdagilar “OITS bu baxtsizlik” deb hisoblaydilar. Mashxur olimlar va amaliyotchilar fikricha:

● Kelib chiqishi, tibbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar masshtabi bo’yicha OITS epidemiyasini yadroviy falokatga tenglashtirish mumkin. (Rossiya Akademiyasi Prezidenti V.I.Pokrovskiy)

● Kelib, ketuvchi vabodan farqli o’laroq OITS hech qachon ketmaydi, doimo qoladi. Ba’zi mamlakatlar aholisi butunlay qirilib ketish xavfi bor. (“OITS kuzatuvchisi” ni AQSHda birinchi bor ochganlardan R.Gall.)

● Hozirda insoniyat shunday global portlash yuz berganidan daxshatda. Biz buni sezmay qoldik. Hozirda planetamizda 5 mln inson ushbu virusni yuqtirgan bo’lsa, natijada yaqin bir necha yil ichida millionlab kasallar paydo bo’ladi. Insoniyat OITSning yangi epidemiyasi oldida turibdi va bu urushda insoniyat yutqazish xavfiga duch keldi. (OITS bilan kurash va uni oldini olish bo’yicha VOZning global loyiha direktori D.Mann)

● Ba’zi Afrika mamlakatlarida, kasalxonaga yotqizilganlarning 80 % ida OITVga antitelolar bo’lsa, kimdan bola tug’iladi? Tranzit reyslar, avtomobil haydovchilarining 33% infeksiya bilan zararlangan va ular virus tashuvchilardir. (Buyuk Britaniyaning Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligining bosh tib eksporti D. Edison)

OITS nima? OITS- orttirilgan immunitet tanqisligi sindomi so’zlarining qisqartmasidir. Ya’ni orttirilgan – tug’ilmagan, balki virus (OITV) ning ta’siri oqibatida olingan; immunitet – tizimga taaluqli; tanqisligi – kasallikni chaqiruvchi viruslar hozir bo’lganda immunitet tizimi tomonidan javob bo’lmasligidir; sindrom – bu insonning kasal ekanligini ko’rsatib beruvchi bir qator alomatlar va simptomlardir.

Immun taqchilligi qonquvvatlik va hatto organizmning kasallikka qarshi kurashuvchi himoya tizimining zararlanishiga olib keladi. Ta’kidlash joizki, virusning o’zi emas, kasalliklari o’limga sababchi bo’ladi. Kasallik hujayralar va immune tizimini chuqur izdan chiqaradi. Bunday holatlar esa so’zsiz yuqumli kasalliklar, somatic kasalliklar va o’sma kasalliklarni keltirib chiqaradi. OITS insonlar immun tizimining birlamchi kasallanishi bo’lib, avvalo bu immuna komponent to’qimalarning T-limfotsitlar (helper)larni parchalanishi hamda patologik jarayonlarga makrofaglarni ham jalb etadi.



1981-yilning iyun oyida birinchi marta AQSHning Nyu-York va San-Fransizko shaharlarida yosh erkaklar orasida yuqumli kasallik va teri o’smalarining ko’paygani haqida xabarlar paydo bo’ldi. Ularda, o’pka yallig’lanishining, parazitlar kuzatuvchisi pnevmotsista (karinini) keltirib chiqarayotgani, hamda shilliq qavatlarning zamburug’lar (kandida) bilan zararlanishi, o’smalar (limfoma) paydo bo’lishi, sporalar va virus bilan zararlanganlarda bosh miya kasalliklari kelib chiqishi kuzatilgan. Bu mikroorganizmlar sog’lom odamlar uchun xafvsiz bo’lgani holda, uning immun tizimi pasayganda, jadallik bilan rivojlanish xususiyatiga ega. 1986-yilda dunyoda 40 ming kishi OITS bilan kasallangan, AQSHda 30 mingga yaqin, Fransiya va Braziliyada 1 mingga yaqin, Markaziy Afrikada 4 mingga yaqin, Angliya va boshqa mamlakatlarda 0.5 ming atrofida kasallanganlar qayd etilgan. 1987-yilda Efiopiya, Mozambik, Gvineya-Bisaudan kelgan fuqarolarning OITV bilan zararlangani aniqlangan. 1989-yil mamlakatimiz fuqarosida ham OITV infeksiyasi aniqlanadi: bu ayol Afrika fuqarosiga erga tegib, uning ota-onasinikiga boradi. U yerda farzandli bo’ladi, ammo oilaviy kelishmovchilik natijasida qaytib keladi. Qaytgandan so’ng unda mazkur virus aniqlanadi.

XXI asr vabosi bo’lmish bu kasallik OITS nomini olguncha “Sayoq yurganlar chumasi”, “4 G” (ya’ni, gomoseksualistlar (75-77%), o’ziga geroin yuboruvchilar (16%), donorlar qonidan tayyorlangan dorilardan zararlangan gemofiliya kasallari hamda Amerikadan tashqari eng ko’p kasallik kuzatilgan Gaiti aholisi ) kabi nomlar bilan atalgan.
Download 26,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish