1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.Tayanch atamalar: mikroorgonizm, mexanizm, ma'naviy meros, ijoddiy faoliyat, milliy iftixor



Download 310,56 Kb.
bet181/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Bog'liq
falsafa

196. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.Tayanch atamalar: mikroorgonizm, mexanizm, ma'naviy meros, ijoddiy faoliyat, milliy iftixor

Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari: — kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; — jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg‘otish; — tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan munosabatda bolishga va ularni ravnaq toptirish yolida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilish; — o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun za- min yaratish; — ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdir. Estetik tarbiya juda keng ko‘lamga ega bo‘lib, insonni bir bu- tun shaxs sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun har qaysi davr, tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Biroq, bu jarayon pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bugungi kunda oliy ta’lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoq- da. Biroq, ko‘pgina muassasalarda bu fanga nihoyatda jo‘n va primitiv yondashuv mavjudligini alohida e’tirof etish zurur.



Estetik tarbiya o‘z- o‘zidan paydo bo‘lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» emas va ayni paytda birdan to‘xtab qoladigan «mexanizm» ham emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Qolaversa, estetik tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning muayyan jabhalarida aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi. Bundan tashqari tarbiyaning mazkur shakli ayrim kishilarning yoxud biror-bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga keladi. Estetik tarbiya mohiyatan inson omili bilan bog'liq bo‘lib, bu omil nafis didga, yuksak farosatga va pokiza tuyg‘ularga egaligi bilan ajralib turadi. Jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs estetik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining muayyan xatti-harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta’sir ko£rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta’sirlarni go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik asosida yo‘naltirishdan iborat. Har bir inson jamiyatda o‘z o'rnini bilishi, o'zini jamiyat- ning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo‘ladigan bo‘shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishi anglanmoqda. Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go‘zallik haqidagi tuyg‘ularini, tabiatga bolgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go‘zallik va ulug‘vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.


197. Globallashuv sharoitida estetik tarbiyaga tahdidlarning o‘ziga xos ko‘rinishlarini sharhlab bering.Tayanch atamalar :Ommaviy madaniyat , bodi-art, bozor sa'nati, ahloqsizlik

«Ommaviy madaniyat»ning yoshlar estetik didiga ta’siri. XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon bo‘lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakl- lantirishi mumkin bo‘lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. Shu munosabat bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev: «Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat manbayi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun yot bo‘lgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayotgan zararli axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman»1, — deb ta’kidlaydi. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy estetik tarbiyaga zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqa- rishi bilan xatarli hisoblanadi. Estetik tarbiya aynan shunday ho- latga qarshi maqsad yo‘lida yosh avlodni milliylikka zid bo‘lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. «Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va be- gona bo‘lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayot- gani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga da’vat eti- shi tabiiydir. Shu sababli yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta’sirlardan, «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masa- lalari bir zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi darker»1. «Ommaviy madaniyat» illat sifatida haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, iste’mol va tovar sifatida xaridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa pirovardida «bozor adabiyoti», «bozor san’ati» degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning «gullab-yashnashi» uchun imkon yaratadi. XX asrning 70-yillarida ko‘plab sotsiologlar, faylasuflar, san’atshunoslar «ommaviy madaniyat»ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umummadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqi- qotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o‘zining «Gullayotgan Amerika» kitobida «Isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy «madaniyat»larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh «isyonkorlar» madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq falsafiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz o'girgan holda o‘zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi «yangi odam» uchun mazkur qadriyatning asosi — bu o‘zini mavjud tizimdan tashqarida his qilishga bo‘lgan layoqatidir», — degan fikrni bayon etgan edi. «Ommaviy madaniyat»ning asl maqsadi har kuyga so- lish mumkin bolgan olomonni shakllantirish bo‘lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi. Shuning uchun «ommaviy madaniyat» namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Demak, bugun estetikaning zamonaviy muammolari inson—tabiat, inson—inson, inson—texnika bilan bog‘liq bo£lib, — ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish va ko‘paytirish; — tabiat obyektlari bilan bog‘liq madaniy merosni asrab qolish va avlodlarga yetkazish; — inson o‘zini «go‘zallashtirishi» orqali o‘zligini yo‘qotishi va millat (qiyofasiga) genofondiga zarar yetkazishini anglashi; — insonning texnikaga va atrof-muhitga munosabati, «ommaviy madaniyat»ning har qanday ko‘rinishiga hamda «fetish estetika» va «bozor san’ati» kabi tahdidlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish