1. Ekologik ahvol va ekologik vaziyat to’g’risida tushuncha Ekologik vaziyatlar va ularning geografik joylashuvi


Ekologik xavfning manbalari va oqibatlari



Download 106,5 Kb.
bet6/12
Sana30.12.2021
Hajmi106,5 Kb.
#90045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-dars

5. Ekologik xavfning manbalari va oqibatlari. Inson hayotini turli ekologik xavflardan asrash keyingi vaqtlarda eng muhim masalalardan bo’lib qoldi. Ekologik xavf-xatarning sabablariga texnologik va ekologik krizislarni kiritish mumkin. Ekologik xavf iqtisodiyotning nazoratsiz rivojlanishi, texnologiya va texnikaning orqada qolishi, tabiiy va antropogen avariya va falokatlarning yuz berishi natijasida inson, o’simlik hamda hayvonot olami yashaydigan muhitning buzilish ehtimolligi, buning oqibatida tirik organizmlarning mavjud bo’lish sharoitlariga moslashishi buziladi.

Ekologik xavf-xatarning eng kuchli ob’ektlari AES, kimyo sanoati, neftni qayta ishlaydigan korxonalar, truboprovodlar transport hisoblanadi. Albatta, bulardan tashqari bizga sezilmaydigan texnologik chiqindilar havo, suv, tuproq, o’simlik va boshqa organizmlarni sekin-asta zaharlab kelmoqda, bular ma’lum vaqtdan so’ng to’satdan katta hududga kuchli ta’sir qilishi ham mumkin. Inson salomatligiga texnogen chiqindilarning faol tasiri to’g’risida 70–yillarda bir qator olimlar ogohlantirgan edilar. Masalan, yashash muhitida radiatsiya, kimyoviy birikmalarning tasiri kabi mutagen omillarning keskin ko’payishi kuzatilsa, u holda odamning genetik axboroti buzilishi mumkin. Bu hodisa insonning genetik asosining buzilishi xavfidan darak byeradi. Buning tasdig’i sifatida keyingi 30 yil mobaynida rivojlangan mamlakatlarda nuqson bilan tug’ilgan bolalar miqdori keskin ko’payganligini ko’rsatish mumkin. Rossiyaning Pyerm shahrida yodorganik va ftororganik sintez ishlab chiqariladigan mintaqada 12-17 yoshdagi o’g’il bolalarning 57%, qiz bolalarning 82%i qalqon bezining gipyerplazi(to’qimalarda strukturali elementlar sonining ortishi), buyrak yuqorisining buzilishi (disfunktsiya) va boshqa kasalliklar bilan xastalangan. Ufa, Ekatyerinburg, Samarada 3 yoshgacha bo’lgan yosh bolalar badanining me’yordan kichikligi xaraktyerli va b.

Qo’rg’oshin va simob chiqindilari nihoyatda tahlikali. Ularning ozgina miqdori ham bolalarning bosh miyasi o’sishiga jidiy tasir ko’rsatadi. Saraton kasalini o’rganuvchi xalqaro agentlikning xabariga ko’ra hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonida taxminan 50 turdagi modda kishini rak kasali bilan og’rishiga tasir etishi mumkin, epidemiologiya tadqiqotlarining ko’rsatishicha, taxminan 100 turdagi modda kantsyerogenli xususiyatga ega ekan. Bularning barchasi kuchli ekologik xavf to’g’risida xabar byeradi. Bizningcha, eng avvalo sanoat korxonalarida chiqindilarning eng kam miqdorda tashqariga chiqishini ta’minlashga yerishish o’ta dolzarbdir.

Respublika Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” (1997 y.) asarida ekologik va xavfsizlik muammosi chuqur tahlil qilingan. Muallif respublika hududi uchun bir qator eng xavfli manbalarni ko’rsatib o’tadi. Chunonchi, Moylisuv(Qirg’iziston) daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko’milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni to’sadigan to’g’onlarni mahkamlash va ko’chki xavfi bo’lgan joylardagi qiyaliklarni mustahkamligini ta’minlash lozim. Navoiy viloyatidagi uran qoldiqlari saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o’chog’i hisoblanadi. Bu yerdagi radioaktiv qumni shamol uchirishi xavfi bor (512 bet).

Islom Karimov o’z kitobida shuningdek, ekologik xavfsizlik nuqtai nazardan suv zahiralarining taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug’dirayotganligini uqtiradi. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiena va sanitariya epidemiologik vaziyatni, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida yomonlashtirayotganligini katta tashvish bilan yozgan. Haqiqatdan ham Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon va boshqa hududlarda suv taqchilligi va suvning ifloslanganligi aholi orasida turli kasalliklarning tarqalishi nuqtai nazardan katta ekologik xavf hisoblanadi.

Orol dengizining tezkorlik bilan qurib borayotganligi xususan O’zbekiston hududi uchun jiddiy xavf, axir dengiz butunlay qurisa uning o’rnida maydoni 6,6 mln. ga dan ziyod qum va tuzdan iborat ulkan Orol cho’li tarkib topadi, buning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hozirdan ma’lum. Qoraqalpog’iston, Xorazm, Toshhovuz vohalarida tabiat-xo’jalik-aholi tizimida jiddiy o’zgarishlar bo’lishi mumkin.

Qizilqum, Qarshi cho’li, Ustyurt platosida keyingi vaqtlarda ma’danlarni qidirish, neft va tabiiy gaz qazib olish va boshqa maqsadlarda keng miqyosda texnologik jarayonlar amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida katta maydonlarda yaylovlar ishdan chiqmoqda, ya’ni harakatdagi qumlar maydoni kengayishi tufayli qorako’l qo’ylari boqiladigan tabiiy yaylovlarda degradatsiya kuchayish tendentsiyasi yuz byermoqda. Bu hodisa vohalar bilan cho’l tutashgan mintaqada ham barqarorlashmoqda. Barxan qumlari maydonining kengayishi jiddiy ekologik xavf, uning oqibatlari barchaga ayon.

Demak, respublikada ekologik xavfsizlik masalasi etarli darajada taxlikali, uni ma’lum majmuali dasturlar asosida bosqichma-bosqich ijobiy hal qilish amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada uzoqqa mo’ljallangan ekologiyalashtirilgan iqtisodiy strategiya zarur.




Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish