1. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang



Download 22,06 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi22,06 Kb.
#826706
Bog'liq
ona tili asosiy 23.03.2022


Ona tili asosiy
1. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A)Darhaqiqat, shoirning yuragi sof
tuyg‘ulardan oziqlanadi.
B)Mevali daraxtga tosh otadilar.
C)Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.
D)Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.
2. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan?
A)Men yashikdagi shaftolilarni o‘ynab yurgan bolalarga berdim.
B)Biror mamlakatda jabr-zulm, fisq-fasod kuchayib ketsa, podshoh adolatli siyosat bilan zulmning ildizini yo‘qotishi lozim.
C)Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramay ichkariga kirishmadi.
D)Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
3. Biz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarimiz.Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf deb bilamiz.
Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar tarkibidagi munosabat shakllari sonini aniqlang.
A) 6ta B) 8ta C) 9ta D) 7ta
4. Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik . . .
Ushbu takrorlanmas misralar muallifini aniqlang.
A) Usmon Nosir B) Asqad Muxtor
C) Cho‘lpon D) G‘afur G‘ulom
5.Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan?
A) bo‘g‘ma B) chopiq C) ko‘zlamoq
D) otilmoq
6. Tarixiy mavzularda yozilgan "Tarixi muluki Ajam", "Tarixi anbiyo va hukamo" asarlarining muallifini aniqlang.
A)Zahiriddin Muhammad Bobur
B)Alisher Navoiy
C)Nosiruddin Rabg‘uziy
D)Muhammad Rizo Ogahiy
7.Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A)Yozgi ta’tilda buvimnikida dam
olmoqchiman.
B)Men kasal bo‘lgan yigitni o‘ylab juda kuyindim.
C)Jarohati ochilib ketib, qonagani yaxshi bo‘lmabdi.
D)Ish qurollari sozlanib, hasharga shay qilib qo‘yildi.
8.Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A)U shuncha urinsa ham atrofdagilarni bunga ishontira olmaydi.
B)U do‘stini bekatda ko‘rib qoldi-yu,
ko‘rmaslikka oldi.
C)Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim.
D)Bir vaqt qarasam, ko‘zimning yoshini to‘xtata olmayapman.
9. Yoyiq undalma qatnashgan qo‘shma gapni aniqlang.
A)Darhaqiqat, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q, do‘stim.
B)Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding.
C)Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi?
D)Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq.
10. Qaysi javobda sof zidlov bog‘lovchisi ishtirok etgan?
A)Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi?
B)Biz o‘sha o‘yinlarda faqat jismonan emas, balki ma’naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz.
C)Yosh Farhodning fikri quyosh kabi yorug‘, lekin ko‘ngildagi ravshanlik undan ham ortiq.
D)Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach eski maktab sari jo‘nadim.
11. Qaysi qaytorda Ibroyim Yusupovning o‘zbek tilida nashr etilgan kitoblari berilgan?
A)"Akatsiya gullagan joyda", "Gilamchi xotin haqida haqiqat", "Turnalar", "Azim rivoyati"
B)"Qirq qiz", "Aktrisaning iqboli", "Umirbek laqqi", "Nasihatlar"
C)"Kun chiqish yo‘lovchisiga", "Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha", "Naqliya so‘zlar"
D)"Buloqlar qaynaydi", "Oltin qirg‘oq", "Dala armonlari", "Cho‘l to‘rg‘ayi"
12. O‘tkir Hoshimovning hikoyalari qaysi javobda berilgan?
A)"Nur borki, soya bor", "Tushda kechgan umrlar"
B)"Dunyoning ishlari", "Oltin zanglamas"
C)"Odamlar nima derkin?", "Odam bo‘lish qiyin"
D)"Urushning so‘nggi qurboni", "Muhabbat"
13. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A)Manzilga yetkach sen bilan alohida gaplashaman.
B)Bolalar uning bo‘shangligini bilib, baravar tortishishdan sira qolmasdi.
C)Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi.
D)Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz.
14. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo‘lishdir. Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?
A)ravish, fe’l, ot
B)ravish, ot
C)ot, olmosh
D)fe’l, ot, olmosh
15. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
A)Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda.
B)Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
C)Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning
hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin.
D)Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar.
16. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan?
A) axloq, tirnoq, pishloq
B) sovuq, sana, o‘yin C) bilak, qovoq, chelak
D) yurak, buyruq, kerak
17. Tog‘ay Murodning qaysi asarida butun umr davomida farzandsizlik azobidan qiynalgan, qo‘shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib
o‘tirganda onalik baxtidan bir lahza totinib dunyodan ko‘z yumgan Oymomo obrazi uchraydi?
A) "Yulduzlar mangu yonadi"
B) "Oydinda yurgan odamlar"
C) "Otamdan qolgan dalalar"
D) "Ot kishnagan oqshom"
18. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A)Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi.
B)Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi.
C)Har shanba "Muqimiy"da "Advokatlik osonmi?" dramasi qo‘yilayotgan ekan.
D)Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi.
19. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?
A)Fikr-muloxazalarimni kengash a’zolariga bildirdim.
B)Xalq uchun o‘z umrini baxshida etgan insonning nomi hech qachon unitilmaydi.
C)Xalq ezozi inson uchun eng oliy mukofot hisoblanadi.
D)Shirin uyqudan voz kechib, kitoblar bilan do‘st tutungan inson vaqtlar o‘tib muvaffaqiyatga erishadi.
20. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda.
Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A)Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama otlar qatnashgan.
B)Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat qatnashgan.
C)Kesim vazifasida kelgan fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan.
D)Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan.
21. Qaysi ma’lumot Odil Yoqubov haqida emas?
A)Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida “Xatingni kutaman” nomli asari bosilib chiqqan.
B)Ijodkor ma’lum muddat Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse-prezidenti vazifasini ham ado etgan.
C)Ijodkor Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda ishtirok etgan.
D)Ijodkorning dastlabki yirik asari
“Tengdoshlar” qissasidir.
22.Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A)Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi.
Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
B)Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani.
Kechki shabada uning tanasiga huzur
bag‘ishlamoqda edi.
C)Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi.
U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.
D)“Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam”, - dedilar bobom.
U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur changchi sifatida nom chiqargan edi.
23. Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o‘tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish
uchun turli nayranglar o‘ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar.
Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin?
A)"Eshak bilan baqalar"
B)"Ustiga tuz ortilgan eshak"
C)"Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon"
D)"Bo‘ri bilan laylak"
24. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmalarini aniqlang.
1) yutuqdan ruhlanmoq; 2) bilimdon o‘quvchi; 3) ta’sirli so‘zlamoq; 4) tuyg‘ularni his qilish; 5)yurtdoshlarga g‘amxo‘rlik
A) 1, 2, 4 B) 2, 3,4 C) 1,4,5 D) 1, 3, 5
25. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli birikmalarni aniqlang.
A)og‘ir xo‘rsinmoq, sayoz fikrlamoq
B)samolyotning dumi, rubobning qorni
C)siquv ostida yashamoq, uyga bormoq
D)yengil kuy, achchiq so‘z
26. Kimning otasi“ Ozodiy” taxallusi bilan qo‘shiq va g‘azallar yozgan ?
A.Zavqiy B.Muqimiy C.Maxtumquli D.Abay
27. Yordamga muhtoj odamning yoniga bir zumlik qo'rquv tufayli bormagan, mo‘rt barg kabi hayot sinovlariga bardosh berolmagan qahramon nomi keltirilgan javobni aniqlang.
A) Nizomjon(“Ufq”)
B) Akbarali (“Chinor”)
C) Bahromov (“To‘qqizinchi palata”)
D) Bo'rixon (“Qorako'z majnun”)
28. Qaysi javobda ta’riflangan adabiy qahramon “Ravshan” dostonida ishtirok etmaydi?
A) “Majlisli kun bo'lsa, to'rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo'sag'aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bo'lib, paygabetda yotar edi”.
B) “...oqshomlari qo'liga kamonni olsa, qushni ko'zidan urar edi. Juda mergan edi..
C) “...bir “devona” o'tiribdi: devsifat, bir ajdahoday, hech narsani ko'ziga iladigan emas, balki nazariga keltirmay, pisand qiladigan ham emas; shunday haybatli, siyosatli”.
D) “...juda masxaraboz edi, har tusli bo'la berar edi. Agar birovni aldamoqchi bo'lsa, har tusli bo'lganda o'zining jo'ralari ham tanimas edi”.
29. Oybek tarjima qilmagan asarni belgilang?
A) «Yevgeniy Onegin» B) «Sosunli Dovud»
C) «Dubrovskiy» D) «Maskarad»
30. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?
A)Ey farzand, hamisha fozillar bilan
hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil.
B)Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
C)Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
D)Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror
toptirishning eng qulay vositasidir.



Download 22,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish