1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]


Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara to‘lovining tayanch stavkasi; Es



Download 102,63 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi102,63 Kb.
#202954
1   2
Bog'liq
102 08.04.2009

Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara to‘lovining tayanch stavkasi;

Es — bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;

Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti;

Kq — qurilish turi bo‘yicha koeffitsiyent (alohida turgan bino, qo‘shimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona, yarim yerto‘la, yerto‘la);

Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;

Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yo‘llari bo‘ylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yo‘llariga chiqishda joylashish va boshqalar).

Oldingi tahrirga qarang.

10. Binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovi stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi taqdim etgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalari hisob-kitobi asosida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam bo‘lishi mumkin emas.

(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Bunda, hunarmandlar uchun davlat mulki obyektlari uchun ijara to‘lovi belgilangan eng kam to‘lovning 50 foizi miqdorida belgilanadi.



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkalari hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan har yili 1-noyabrgacha tayyorlanadi hamda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi, ular o‘n ish kuni mobaynida ularni kelishadilar yoki qayta ishlash va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining mulohazalari va takliflari olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda kelishishga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga qaytaradilar.

(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Joriy yilning 15-dekabridan kechikmay binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovi eng kam stavkalarining kelishilgan hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun yuboriladi.



(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga, tegishli koeffitsiyentlar belgilanmasdan, ijara to‘lovining eng kam stavkasi bo‘yicha beriladi.



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 21-son, 246-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq quyidagi alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyekti uchun ijara to‘lovi ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi:



hisobot davrining yakuni bo‘yicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar ishlab chiqarish, ularga ortopedik protezlash, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;

hisobot davrining yakuni bo‘yicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga o‘quv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qo‘llagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;

mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari yoki nogironligi bo‘lgan bolalari bo‘lgan yolg‘iz shaxslar, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar, odam savdosi qurbonlari, o‘qishni tugatgan kunidan boshlab uch yil o‘tmagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari, “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-sonli qaroriga asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son)

Mol-mulkning boshqa turlari uchun ijara to‘lovi stavkasi:

agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lmasa yoki ushbu muddatga teng bo‘lsa, yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin bo‘lmasa — mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;

agar ijaraga topshirilayotgan mol-mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lsa — mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Samarali foydalanish muddati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida ko‘rsatilgan tasniflashdan kelib chiqib belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

balansida saqlovchining rahbari va bosh buxgalteri ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklangan qiymati to‘g‘risida taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar.



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

10-1. Ijara shartnomasini tuzishda isitish, sovutish, elektr energiyasi bilan ta’minlash, sovuq va issiq suv ta’minoti, yong‘in xavfsizligi va qo‘riqlash (hisoblagich, dizel generatori, sovutish mashinasi (chiller, fankoyl va boshqalar), tortish ventilyatorlari, nasoslar, transformator va taqsimlash kichik stansiyalari, yong‘in xavfsizligi va qo‘riqlash tizimlari, ko‘tarish mexanizmlari (shu jumladan liftlar va boshqalar) zinapoya panjaralari, zinapoyalar, lift shaxtalari va boshqa shaxtalar, shuningdek balansida saqlovchi va ijaraga oluvchilarning xodimlari va/yoki o‘quvchilari oshxonalar va bufetlarda ovqatlanishi uchun foydalanadigan maydonchalar bo‘yicha muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar, mexanik, elektr, sanitariya-texnik asbob-uskunalar va boshqa asbob-uskunalar va qurilmalar bo‘yicha ijara to‘lovi belgilanmaydi.



Davlat mulkining ko‘rsatib o‘tilgan turlari bo‘yicha shartnomada kommunal va foydalanish to‘lovlari, shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud bo‘lganda) nazarda tutiladi.

(10-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

10-2. Turli sport, madaniy, o‘quv, tibbiyot tadbirlari va boshqa ijtimoiy tadbirlar (to‘garaklar)ni tashkil etish, shuningdek darsdan tashqari (ishdan tashqari) vaqtda balansida saqlovchi va ijaraga oluvchilarning xodimlari ovqatlanishi va/yoki davolanishini tashkil etish maqsadida ijaraning ayrim obyektlari (oshxonalar va bufetlar, zallar (xonalar), sport inshootlari 270 ish kuni va 8 soatlik ish kuni hisobidan kelib chiqib ijara to‘lovining soatbay stavkasi to‘langan holda ijaraga berilishi mumkin.



(10-2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ta’lim muassasalarining sport inshootlari o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda, ularni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha investitsiya majburiyatini olgan tadbirkorlik subyektlariga (amalga oshirilgan ishlarining qiymatidan kelib chiqib) ijara to‘lovlarisiz foydalanishga beriladi.



(102-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)

Oldingi tahrirga qarang.

103. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar tashkil etilganda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi belgilangan miqdorning 50 foiziga kamaytirilgan holda hisoblanadi.



Bunda fitobarlarda vending avtomatlaridan foydalanilgan hollarda davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari hisoblanmaydi.

(103-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 508-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son)

III. Davlat mulkini ijaraga berish tartibi

11. Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berish maqsadida:

ijaraga berilayotgan davlat mulkini xatlovdan o‘tkazadi;

ijaraga berilayotgan davlat mulkiga yuklatilgan majburiyatlarni aniqlaydi va ular haqida ma’lumot tayyorlaydi;

ijaraga berilayotgan davlat mulki ro‘yxatini tuzadi;

ijara shartnomasi loyihasini, davlat mulkini ijaraga berish shartlarini, ijara obyekti, shu jumladan undan foydalanish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqa zarur axborotni tayyorlaydi;

ijaraga berilayotgan davlat mulki ro‘yxatini e’lon qiladi;

davlat mulki ijarasiga buyurtmanomalarni qabul qiladi va ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishini, maxfiyligini va saqlanishini ta’minlaydi;

potensial ijaraga oluvchilarning (keyingi o‘rinlarda talabgorlar deb ataladi) talabi bo‘yicha ularga ijaraga berilayotgan mol-mulk, uning tavsiflari bilan tanishish imkoniyatini beradi;

ijaraga berilayotgan mol-mulkni tegishli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha bitim loyihasini ishlab chiqadi hamda uni balansda saqlovchi hamda kommunal xizmatlar va foydalanish xizmatlari ko‘rsatuvchilar bilan kelishadi (zaruriyat bo‘lsa);

qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish maqsadi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq belgilanadi.



(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2019-y., 09/19/881/3936-son)

Oldingi tahrirga qarang.

12. Davlat mulki davriy nashrlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risida majburiy tarzda e’lon qilish sharti bilan (chorakda kamida bir marta) ijaraga beriladi.

(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)

E’londa quyidagi ma’lumotlar beriladi:

ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni va faksi, elektron pochta manzili;

ijaraga berilayotgan davlat mulkining nomi, miqdori, tavsifi va tarkibi, u joylashgan joy, balansda saqlovchining nomi;

ijara muddati;

davlat mulkini ijaraga berish shartlari, shu jumladan undan foydalanish shartlari;

ijaraga beruvchining xohishiga ko‘ra boshqa ma’lumotlar.

Oldingi tahrirga qarang.

Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qilgan taqdirda, agar qonunda yoki ijara shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vazifalarini zarur tarzda bajarib kelgan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugagandan keyin, shartlar teng bo‘lgan holatlarda ijara shartnomasini yangi muddatga tuzishda boshqa shaxslarga nisbatan ustunlik huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan eng ko‘p muddatlar tugagach davlat mulki ijaraga umumiy asoslarda beriladi.



(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son)

Oldingi tahrirga qarang.

13. Har bir ijara shartnomasi bo‘yicha buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish to‘g‘risida e’lon berilgandan keyin birinchi buyurtmanoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab, har bir buyurtmanomaga tartib raqami berilgan hamda buyurtmanoma berilgan sana va vaqt ko‘rsatilgan holda, besh ish kuni mobaynida maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.



Ko‘rsatib o‘tilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin tushgan talabnomalarni (buyurtmanomalarni) ko‘rib chiqish ikki ish kunidan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshiriladi.

Talabgorlar (talabgor) talabnomalarni (buyurtmanomalarni) ko‘rib chiqishda qatnashishi mumkin. Buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishda qatnashmagan talabgor ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yozma ravishda (faks, elektron pochta, pochta orqali) xabardor qilinadi.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

14. Talabgorlarning buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish balansda saqlovchi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida ijaraga beruvchi huzurida tashkil etiladigan Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi, ko‘rib chiqish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.



Komissiya ishi reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)

15. Ikki va undan ortiq talabgorlardan takliflar tushgan taqdirda ijara shartnomasi ijaraning belgilangan shartlariga rioya qilingan holda ijaraga berilayotgan davlat mulki uchun ijara to‘lovining eng ko‘p miqdorini taklif etgan talabgor bilan tuziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Talabgorlarning takliflari teng bo‘lgan taqdirda ijara shartnomasi, agar talabgorlardan biri buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish jarayonida ijara to‘lovining dastlabki taklifidan ortiq bo‘lgan miqdorda ijara to‘lovini taklif etmasa, boshqalardan oldin buyurtmanoma bergan talabgor bilan tuziladi. Ushbu holatda shartnoma ijara to‘lovining eng yuqori miqdorini taklif etgan talabgor bilan tuziladi.



(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

O‘z majburiyatlarini zarur tarzda bajargan ijaraga oluvchi boshqa shartlar teng bo‘lgan taqdirda yangi muddatga ijara shartnomasini tuzishda boshqa talabgorlar oldida ustunlik huquqiga ega bo‘ladi, transport vositalari ijarasi bundan mustasno.

Oldingi tahrirga qarang.

Faqat bir nafar talabgordan buyurtmanoma tushgan taqdirda ijara shartnomasi uning takliflari tegishli e’londa ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda u bilan tuziladi yoxud unga ijara shartnomasi tuzishning sabablari asoslangan rad javobi yuboriladi.



(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Bunda navbatma-navbatlik tartibida:



budjet tashkilotlari;

xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha guruhlar davlat mulki ijara shartnomasini tuzishning ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar, ular O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari shartlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda joylashtiriladi, ular uchun ijara to‘lovining nul stavkasi belgilangan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

balansida saqlovchining yuritishida bo‘lgan tashkilotlar, shuningdek balansida saqlovchining yuqori tashkiloti (muassasasi) hisoblangan vazirliklar (idoralar)ning tarkibiy bo‘linmalari;

kichik tadbirkorlik subyektlari;

nodavlat notijorat tashkilotlari davlat mulki ijara shartnomasini tuzishning ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar.

(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan beshinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

15-1. Amal qilish muddati navbatdagi yilga o‘tadigan ko‘chmas davlat mulki ijara shartnomasi bo‘yicha bo‘lajak yil davri uchun ijara to‘lovi belgilangan tartibda bo‘lajak yilga ijara to‘lovining eng kam stavkalariga muvofiq belgilanadi.



Ushbu Nizom 15-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq tuzilgan, amal qilish muddati keyingi yilga o‘tadigan ko‘chmas davlat mulki ijara shartnomasi bo‘yicha kelgusi yil davri uchun ijara to‘lovi oldingi va kelgusi yil uchun eng kam stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblangan ijara to‘lovi tafovutiga mutanosib ravishda ko‘payadi yoki kamayadi.

Ijaraga oluvchi kelishmagan taqdirda ijara shartnomasi bekor qilinadi va ijara obyekti belgilangan tartibda ijaraga beriladi.

(15-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

152. Davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga yagona elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlar yo‘li bilan ham ijaraga berilishi mumkin. Davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan elektron savdolar o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi



(152-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 209-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son)

IV. Davlat mulkining ijara shartnomasini tuzish

Oldingi tahrirga qarang.

16. Buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kunda Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.



Buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi imzolangan bayonnoma asosida tegishli davlat mulkining ijara shartnomasi tuziladi.

(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

17. Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi o‘rtasida tuziladi. Ijara shartnomasini buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish bayonnomasida ko‘rsatilgan muddat mobaynida, lekin ko‘pi bilan besh kun muddatda barcha tomonlar imzolashi kerak.

18. Ijara shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:

ijaraga berilayotgan davlat mulkining tarkibi va qiymati;

ijara muddati;

ijara to‘lovining stavkasi va umumiy miqdori, uni to‘lash shartlari va muddatlari;

ijara to‘lovi miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish muddatlari va shartlari;

davlat mulkining holati va ijaraga beruvchi uni ijaraga oluvchiga berishi kerak bo‘lgan muddat;

ijaraga oluvchi tomonidan davlat mulkidan foydalanish, shu jumladan kommunal to‘lovlarni va boshqa foydalanish to‘lovlarini to‘lash shartlari;

shartnoma to‘xtatilgandan keyin davlat mulkini qaytarish holati va tartibi;

ijaraga olingan davlat mulkini tiklash va ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlar;

axborotlar hajmi va ularni ijaraga beruvchiga taqdim etish muddatlari;

ijara shartnomasini, shu jumladan ijara to‘lovlarini to‘lash muddatlarining buzilishi munosabati bilan bekor qilish shartlari;

tomonlarning javobgarligi;

qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar.

19. Transport vositasini ijaraga berishda ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishni, shuningdek transport vositasini sug‘urta qilishni amalga oshiradi.

20. Ijara shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

21. Davlat mulkining ijara shartnomasi:

ko‘chmas mulk bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berilganda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan transport vositalari ijaraga berilganda, notarial tasdiqlanishi;

korxonalar ijaraga berilganda — notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

V. Davlat mulki ijarasi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish

22. Ijara to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ijara to‘lovi;

Oldingi tahrirga qarang.

kommunal va foydalanish to‘lovlari shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud bo‘lganda).



(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

23. Ijara to‘lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to‘lovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) bo‘yicha teng miqdordagi to‘lovlar bilan to‘lanadi. To‘lov ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun yuz foiz oldindan to‘lash shaklida amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan davlat mulkini tiklash yoki mukammal ta’mirlashni amalga oshirgan taqdirda uning qilgan xarajatlari, ijaraga oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari ekspertizasi natijalari taqdim etilgan taqdirda, balansda saqlovchiga ajratiladigan ijara to‘lovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno.



(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan davlat mulki ijarasidan mablag‘lar, shuningdek ijara to‘lovi kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi har haftada quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim;

(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

ijara to‘lovi mablag‘larining 50 foizi — Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi — ijaraga beruvchiga yo‘naltiriladi davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno;



(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi.



(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)

Oldingi tahrirga qarang.

xalq ta’limi muassasalarining ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin — xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.



(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Oldingi tahrirga qarang.

ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya summasi va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimaning 50 foizi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va qolgan 50 foizi ijaraga beruvchining tasarrufida qoladi.



(23-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey-qo‘riqxonalari balansida bo‘lgan madaniy meros obyektlarini ijara berilgan hollarda (tadbirkorlik faoliyati subyektlariga investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga berish hollaridan tashqari), ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamiga tushadigan ijara to‘lovini hamda ijara to‘lovi kechiktirilgani uchun undirilgan penya, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi.

(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)

Oldingi tahrirga qarang.

mablag‘larning 90 foizi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi.



(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)

10 foizi tegishli ijaraga beruvchi tasarrufida qoladi.

(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 372-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ijara to‘lovi mablag‘larining 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi — ijaraga beruvchiga yo‘naltiriladi.



(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ijaraga beruvchi mablag‘larni Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi, ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi o‘rtasida har qaysi ijara shartnomasi bo‘yicha alohida, ijaraga beruvchi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochiladigan tranzit hisob raqamidan taqsimlaydi.



(23-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)

Ijara to‘lovining o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

24. Kommunal va foydalanish xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash miqdori, tartibi va muddatlari ijara shartnomasi bilan bir vaqtda tuziladigan balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi bitim bilan (bitim shartlari ijara shartnomasiga kiritilishi mumkin), kommunal va foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar tomonidan belgilangan tariflarni hisobga olgan holda tartibga solinadi. Elektr energiyasi, suv va gazni hisobga olish uchun zarur hisoblash priborlarini o‘rnatish shartnoma shartlariga muvofiq balansda saqlovchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Ijaraga beruvchi kommunal va foydalanish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan unga ko‘rsatilgan xizmatlar haqining o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qiladi.

VI. Davlat mulkini berish va qaytarish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

25. Tuzilgan ijara shartnomasi shartlariga muvofiq balansda saqlovchi ijaraga beruvchi ishtirokida davlat mulkini shartnoma shartlariga va davlat mulkining mo‘ljallangan maqsadiga muvofiq holatda ijaraga oluvchiga berishi, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagach yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda, haqiqiy emas deb hisoblanganda balansda saqlovchiga qaytarishi shart.



(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

26. Davlat mulki unga tegishli bo‘lgan barcha buyumlar va unga taalluqli bo‘lgan texnik hujjatlar bilan birga ijaraga oluvchiga beriladi va uning tomonidan qaytariladi.

27. Davlat mulkini berish va qaytarish uch tomonlama topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzgan holda, tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:

dalolatnoma tuzilgan joy va sana;

ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);

davlat mulkining texnik holati.

Berish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari (mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlanadi.

28. Ijaraga olingan davlat mulkida kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari) mulkni qabul qilib oluvchi tomonlar boshqa tomon davlat mulkini shartnomada belgilangan muddatlarda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha uni qabul qilib olishni va davlat mulkini topshirish - qabul qilish dalolatnomasini imzolashni rad etishga haqlidir.

VII. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish, uning hisoboti va uni nazorat qilish

29. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish va axborot ma’lumotlari bazasini yuritish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

30. Ijaraga berilayotgan davlat mulki reyestri ijaraga beruvchi tomonidan shakllantiriladi va mulk to‘g‘risidagi mavjud axborotga muvofiq har chorakda yangilab boriladi (ijaraga berilgan, ijara muddati tugagan va shu kabilar).

Reyestrni shakllantirish uchun axborot balansda saqlovchi tomonidan har chorakda taqdim etib boriladi.

31. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish maqsadida ijaraga beruvchi ijara shartnomasi tuzilgandan keyin bir ish kuni mobaynida reyestrga tegishli yozuvni kiritadi, ijara shartnomasi asl nusxasining har bittasiga hisobga olingani to‘g‘risida belgi qo‘yadi, hisobga olish yozuvi kiritilgan sanani va tartib raqamini ko‘rsatadi, uni muhr bilan tasdiqlaydi. Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasining asl nusxalari bir nusxadan balans saqlovchiga, ijaraga oluvchiga beriladi va bir nusxasi ijaraga beruvchida qoladi.

32. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga oluvchi tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlarning ijara shartnomasiga muvofiq zarur darajada bajarilishini muntazam nazorat qilib boradi. Ushbu maqsadlarda ijaraga beruvchi quyidagilarga haqlidir:

ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmlarda axborot so‘rash;

zarurat bo‘lganda, mulkning fizik holatini ijaraga oluvchining xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda ko‘zdan kechirish;

ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlarini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini o‘rganish (servitut, garov va shu kabilar);

ijaraga oluvchining ijaraga olingan davlat mulkini yaxshilashni amalga oshirish to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

Oldingi tahrirga qarang.

33. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan davlat mulki to‘g‘risida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar hokimliklarining moliya boshqarmalariga va Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga ma’lumot taqdim etadi.



O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi ijaraga berilgan davlat mulki bo‘yicha yig‘ma axborotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha taqdim etadi.

Hisobot shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.

(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)

VIII. Yakuniy qoidalar

34. Davlat mulkini ijaraga berishning ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan shartlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq belgilanadi.

35. Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan ijaraga beruvchi shaxsan javob beradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Balansida saqlovchi yil choragida kamida bir marta o‘zi uning yuritishida bo‘lgan davlat mulkini xatlovdan o‘tkazishga va foydalanilmayotgan davlat mulki aniqlangan taqdirda 10 kun mobaynida ijaraga beruvchiga davlat mulki joylashgan joyni, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflarini ko‘rsatgan holda uning haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga majbur.



(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar yashirilganligi, o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek ularning buzilganligi uchun balansida saqlovchi va aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)

36. Ijara shartnomasiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni tomonlar bajarmagan taqdirda ular qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

37. Davlat mulkini ijaraga berish munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolar qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda hal etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

38. Qamrab olishning to‘liqligi, o‘z vaqtida va zarur tarzda hisoblanishi, ijaraga berilgan davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovi to‘lanishini nazorat qilish ijaraga beruvchilar tomonidan, shuningdek belgilangan tartibda tekshirishlar amalga oshirilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.



(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 186-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 48-son, 494-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 11-son, 123-modda, 21-son, 246-modda, 30-son, 372-modda; 2015-y., 1-son, 10-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; 25-son, 537-modda, 25-son, 543-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 19.10.2019-y., 09/19/881/3936-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)

Download 102,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish