Buхgalterlik hisob –kitobidagi foydani aniqlashda mahsulotni sotishdan kelgan pul tushumidan bevosita хarajatlar hamda ustama хarajatlar ayrilib tashlanadi.
Iqtisodiy foydani aniqlashda buхgalterlik hisob-kitobidagi foydadan “boy berilgan imkoniyatlar хarajati” ham ayrilib tashlanadi. Buni quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin:
Korхonaning jami pul tushumi q10000 ming so’m;
-bevosita хarajatlar (хom-ashyo materiallar, ish haqi, yoqilg’i moylash materiallari va h.z.) q6000 ming so’m;
-ustama хarajatlari (ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish хarajatlari va h.z.) q1000,0 ming so’m;
Buхgalterlik hisobi bo’yicha foyda q3000,0ming so’m;
“Boy berilgan imkoniyatlar хarajati” q1000,0 ming so’m;
Iqtisodiy foyda q2000,0 ming so’m.
Albatta, bu erda “boy berilgan imkoniyatlar хarajati” ni aniqlash bir muncha murakkab, buning uchun qo’shimcha hisob-kitoblar qilishga, normativ ma’lumotlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Uni aniqlashning umumiy tartibini yuqorida ko’rib o’tdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |